Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALAR O‘YININING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI'

MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALAR O‘YININING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
113
64
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
predmetli o‘yinlar / syujetli-rolli o‘yinlar / qoidali o‘yinlar / psixik jarayon / ta’lim-tarbiya. / игры с предметами / сюжетно-ролевые игры / игры с правилами / мыслительный процесс / обучение

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — G.Q. Hasanova

Ushbu maqolada o‘yinning bolalar hayotida ko‘p qirrali faoliyat ekanligi, unda kattalarga mansub bo‘lgan mehnat ham, turli narsalar haqida tafakkur qilish, xom-xayol surish, dam olish va xushchaqchaqlik jarayonlarining barchasi o‘yin faoliyati ekanligi haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

G.Q. Hasanova

в данной статье рассматривается, что игра – это многогранная деятельность в жизни детей, в которой труд взрослых, размышления о различных вещах, воображение, отдых и веселье – все это игровая деятельность.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALAR O‘YININING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© G.Q. Hasanova1H_

1Buxoro davlat pedagogika instituti, Buxoro, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: Ushbu maqolada o'yinning bolalar hayotida ko'p qirrali faoliyat ekanligi, unda kattalarga mansub bo'lgan mehnat ham, turli narsalar haqida tafakkur qilish, xom-xayol surish, dam olish va xushchaqchaqlik jarayonlarining barchasi o'yin faoliyati ekanligi haqida fikr yuritilgan.

MAQSAD: maktabgacha yoshdagi bolalar psixologik xususiyatlari o'rganish, tahlil qilish va muammolarni bartaraf etish yo'llarini tavsiya qilishdan iborat.

MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot jarayonida suhbat, ijtimoiy-psixologik so'rovnoma, kuzatish kabi metodlaridan foydalanildi va olingan natijalarning statistik ishonchlilik darajasi faktorli tahlil orqali tasdiqlandi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: maktabgacha yoshdagi bo'lgan bolalarning psixologiyasidagi shunday jihat e'tiborimizni qaratdikki, ular aynan shu davrda o'z qiziqishlari, yetakchi faoliyati bo'lgan syujetli-rolli o'yinlardagi harakatlari bilan birgalikda ijtimoiy dunyoning, avvalo, ota-ona oilasidagi rollarga va o'zaro munosabatlarga e'tiborli bo'lib, aynan ota-onalikka xos qiliqlarni o'zlashtirishga kirishadilar. Bola bunda uning oldida ro'y berayotgan voqea-hodisalarning kuzatuvchisi va ishtirokchisiga aylanib, bu jarayonlar qanchalik dinamik bo'lsa, shunchalik faol va qiziquvchan bo'ladi, ota-ona va bola o'rtasidagi munosabatlarga nisbatan ko'proq, to'laroq va turli-tuman axborotlarni oladi, o'zlashtiradi va fikrlaydi.

XULOSA: shuni aytish mumkinki, oilaning zimmasiga ulkan va zarur ijtimoiy missiya yuklangandir. Bola tarbiyasi eng og'ir ijtimoiy vazifa ekanligi ayondir. Ota va onaning shaxsiy va ijobiy namunasi solih va soliha farzandlarning kamolga yetishi uchun garovdir. Ostona hatlab tashqi dunyoga qadam qo'yilganida esa bolaga atrof-muhit va jamoatchilikning ta'siri sezilarli bo'ladi. Ta'lim muassasalari va mahalla-kuy, umuman, ijtimoiy sfera muhiti inson farzandini to hayotining so'nggi daqiqasigacha ta'qib qilib boradi. Shu boisdan, oilaviy munosabatlarda shaxsning umummadaniy dunyoqarashini shakllantirishga erishish, nafaqat shaxsiy hayotda, balki, mamlakatimizda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar va ularning taraqqiyoti jamiyatning ruhiy va ma'naviy takomilida ham muhim o'rin tutadi.

Kalit so'zlar: predmetli o'yinlar, syujetli-rolli o'yinlar, qoidali o'yinlar, psixik jarayon,ta'lim-tarbiya.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Iqtibos uchun: Hasanova G.Q. Maktabgacha yoshidagi bolalar o'yinining psixologik xususiyatlari. // Inter education & global study. 2024. №7. B.220-227.

ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ИГРЫ ДОШКОЛЬНИКОВ_

© Г.К. Хасанова1И

1 Бухарский государственный педагогический институт, Бухара, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в данной статье рассматривается, что игра - это многогранная деятельность в жизни детей, в которой труд взрослых, размышления о различных вещах, воображение, отдых и веселье - все это игровая деятельность.

ЦЕЛЬ: психологические особенности детей дошкольного возраста заключаются в изучении, анализе и рекомендации путей решения проблем.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в процессе исследования использовались такие методы, как беседа, социально-психологический опрос, наблюдение, а степень статистической достоверности полученных результатов подтверждалась факторным анализом.

ОБСУЖДЕНИЕ и ВЫВОДЫ: мы обратили внимание на такой аспект психологии детей дошкольного возраста, что именно в этот период они, в сочетании со своими интересами, действиями в сюжетно-ролевых играх, являющихся ведущей деятельностью, начинают осваивать именно родительские манеры поведения, ориентируясь, прежде всего, на роли и взаимоотношения социального мира в родительской семье. Ребенок при этом становится наблюдателем и участником происходящих перед ним событий, чем динамичнее эти процессы, тем активнее и любознательнее он получает, усваивает и мыслит информацию, более полную и разнообразную по отношению к отношениям между родителем и ребенком.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: можно сказать, что на семью возложена огромная и необходимая социальная миссия. Понятно, что воспитание ребенка-самая тяжелая социальная задача. Личный и положительный пример отца и матери -залог взросления праведных и праведных детей. Порог даже когда вы ступаете во внешний мир, влияние окружающей среды и общества на ребенка становится заметным. Образовательные учреждения и окрестности-мелодия, среда социальной сферы в целом преследует человеческое дитя до последней минуты его жизни. Поэтому достижение формирования общекультурного мировоззрения личности в семейных отношениях, не только в личной жизни, но и социально -экономические изменения, происходящие в нашей стране и их развитие, играют важную роль в духовном и духовном совершенствовании общества.

Ключевые слова: игры с предметами, сюжетно-ролевые игры, игры с правилами, мыслительный процесс, обучение

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №7

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Для цитирования: Хасанова Г.К. Психологические особенности игры дошкольников. // Inter education & global study. 2024. №7. С. 220-227.

PSYCHOLOGICAL FEATURES OF THE PRESCHOOL CHILDREN'S GAME

© Gulnoz K. Xasanova1®

1Bukhara State Pedagogical Institute, Bukhara, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: in this article, in the works of Eastern thinkers and special treatises dedicated to ethics, the education of the young generation is aimed at solving the qualities that determine the future fate of mankind, arming them with a positive criterion.

AIM: the psychological characteristics of preschool children are to study, analyze and recommend ways to solve problems.

MATERIALS AND METHODS: in the course of the study, such methods as conversation, socio-psychological survey, observation were used, and the degree of statistical reliability of the results obtained was confirmed by factor analysis.

DISCUSSION AND CONCLUSIONS: we drew attention to such an aspect of the psychology of preschool children that it was during this period that they, in combination with their interests, actions in story-role-playing games, which are the leading activity, begin to master precisely parental behaviors, focusing primarily on the roles and relationships of the social world in the parental family. At the same time, the child becomes an observer and participant in the events taking place in front of him, the more dynamic these processes are, the more actively and inquisitively he receives, assimilates and thinks information that is more complete and diverse in relation to the relationship between parent and child.

CONCLUSION: we can say that the family has a huge and necessary social mission. It is clear that raising a child is the most difficult social task. The personal and positive example of a father and mother is the key to the maturation of righteous and righteous children. Threshold even when you step into the outside world, the influence of the environment and society on the child becomes noticeable. Educational institutions and the surrounding area are a melody, the environment of the social sphere as a whole haunts the human child until the last minute of his life. Therefore, the achievement of the formation of a general cultural worldview of a person in family relations, not only in personal life, but also the socio-economic changes taking place in our country and their development, play an important role in the spiritual and spiritual improvement of society.

Key words: games with objects, role-playing games with a plot, games with rules, mental process, education

For citation: Gulnoz K. Xasanova. (2024) 'Psychological features of the preschool children's game', Inter education & global study, (7), pp. 220-227. (In Uzbek).

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 7

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Maktabgacha ta'lim tashkilotida bolaning yoshi ulg'ayib, mustaqil harakat qilish imkoniyati oshgan sari, uning atrofidagi narsa va hodisalar haqidagi fikrlari kengayib boradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning etakchi faoliyati o'yindir. Bu yoshdagi bolalarning o'yinlarini uchga bo'lish mumkin: predmetli o'yinlar(15-20 minut o'ynaladi); syujetli-rolli o'yinlar (30-60 minut o'ynaladi); qoidali o'yinlar (Isoatdan -2kungacha davom etishi mumkin).

MTT yoshidagi bolalarning o'yin faoliyatlari masalasi asrlar davomida juda ko'p olimlarning diqqatini o'ziga jalb qilib kelmoqda. Bu yoshidagi bolalar o'zlarining o'yin faoliyatlarida ildam qadamlar bilan olg'a qarab borayotgan sermazmun hayotimizning hamma tomonlarini aks ettirishga intiladilar.

Bola atrofidagi narsalar dunyosini bilish jarayonida ular bilan bevosita amaliy munosobatda bo'lishga intiladi. Bu o'rinda shu narsa xarakterliki, bola bilishga tashnaligidan atrofdagi o'zining haddi sig'adigan narsalari bilangina emas, balki kattalar uchun mansub bo'lgan, o'zining kuchi ham etmaydigan, haddi sig'maydigan narsalar bilan ham amaliy munosabatda bo'lishga intiladi. Masalan: bola avtomashinani yoki tramvayni o'zi haydagisi, haqiqiy otga minib yurgisi, uchuvchi bo'lib, samolyotda uchgisi va rostakam militsioner bo'lgisi keladi. Tabiiyki bola o'zidagi bunday ehtiyojlarning birontasini ham haqiqiy yo'l bilan qondira olmaydi. Bu o'rinda savol tug'iladi. Bolalarning tobora ortib borayotgan turli ehtiyojlari bilan ularning tor imkoniyatlari o'rtasidagi qarama-qarshilik qanday yo'l bilan hal qilinadi? Bu qarama-qarshilik faqatgina birgina faoliyat orqali, ya'ni, bolaning o'yin faoliyati orqaligina hal qilinishi mumkin. Buni quyidagicha izohlab berish mumkin:

- birinchidan, bolalarning o'yin faoliyati qandaydir moddiy mahsulot ishlab chiqarishga qaratilgan faoliyat emas. Shuning uchun bolalarni o'yinga undovchi sabab (motiv) kelib chiqadigan natija bilan emas, balki shu o'yin jarayonidagi turli harakatlarning mazmuniga bog'liqdir;

- ikkinchidan, bolalar o'yin jarayonida o'z ixtiyorlaridagi narsalarni, o'zlarini qiziqtirgan, ammo kattalargagina mansub bo'lgan narsalarga aylantirib, xohlaganlaricha erkin faoliyatda bo'ladilar. Bolalarning o'yin faoliyatlari ularning jismoniy va psixik jihatdan garmonik ravishda rivojlanishi uchun birdan-bir vositadir.

O'yin bolalar hayotida shunday ko'p qirrali faoliyatki, unda katgalarga mansub bo'lgan mehnat ham, turli narsalar haqida tafakkur qilish, xom-xayol surish, dam olish va xushchaqchaqlik jarayonlarining barchasi o'yin faoliyatida aniq bo'ladi. Shuni ham ta'kidlab o'tish kerakki, o'yin faqat tashqi muhitdagi narsa hodisalarni bilish vositasigina emas, balki qudratli tarbiya vositasi hamdir. Ijodiy va syujetli o'yinlarda bolalarning barcha psixik jarayonlari bilan birgalikda ularning individual xususiyatlari ham shakllanadi. Demak, maktabgacha ta'lim tashkilotidagi ta'lim -tarbiya ishlarining muvaffaqiyati ko'p jihatdan bolalarning o'yin faoliyatlarini maqsadga muvofiq tashkil qila bilishga bog'liqdir. Shunday qilib, o'yin bolalar xayoli tomonidan yaratilgan narsa emas, aksincha, bolalar xayolining o'zi, o'yin davomida

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

yuzaga kelib, rivojianadigan psixik jarayondir. Shuni ham ta'kidlash joizki, fan-texnika mislsiz rivojlanayotgan hozirgi davrda hayratda qoldiradigan narsalar bolalarga go'yo, bir mo'jizadek ko'rinadi. Natijada ular ham o'zlarining turli o'yinlari jarayonida o'xshatma qilib (ya'ni, analogik tarzda), har xil xayoliy narsalarni o'ylab topadilar (uchar ot, odam mashina, gapiradigan daraxt kabilar). Bundan tashqari, bolalarning turli xayoliy narsalarni o'ylab chiqarishlari yana shuni anglatadi-ki, ular o'zlarining har turli o'yin faoliyatlarida faqat atroflaridagi bor narsalarni emas, balki ayni chog'da ehtiyojlarini ham aks ettiradilar.

Bolalarning o'yin faoliyatlarida turli xayoliy va afsonaviy obrazlarni yaratishlari odamning (shu jumladan, bolalarning ham) tashqi muhitdagi narsa va hodisalarni aks ettirish passiv jarayoni emas, balki faol, ijodiy yaratuvchanlik jarayoni ekanligidan dalolat beradi.

Bolalar o'yin faoliyatining yana bir xususiyati bu o'yin jarayonida bolaning qiladigan hatti-harakatlari va bajaradigan rollarining ko'pincha umumiylik xarakteriga ega bo'lishidir. Buni shunday tushunish kerakki, bola o'zining turli-tuman o'yinlarida faqat o'ziga tanish bo'lgan yolg'iz bir shofyorning, shifokorning, militsionerning, tarbiyachining, uchuvchining hatti-harakatlarnigina emas, balki umuman shofyorlarning, shifokorlarning, tarbiyachilarning hamda uchuvchilarning hatti-harakatlarini aks ettiradi.

Bu yoshdagi bolalar o'z vaqtining ko'p qismini o'yin bilan o'tkazadi, ayniqsa 3 yoshdan 6-7 yoshgacha o'yinlar ahamiyatli taraqqiyot yo'lini bosib o'tadi: predmetli-boshqaruv va ramziy o'yinlardan tortib to qoidali syujetli-rolli o'yinlargacha. Bu yosh davrida barcha o'yin turlarini ko'rish mumkin.

Bu yosh davri davomida bolalarning quyidagi asosiy faoliyat turlari izchillikda takomillashib boradi: predmetlar bilan boshqarish o'yini, konstruktiv tipdagi individual predmetli o'yin, jamoaviy syujetli-rolli o'yinlar, individual va guruhiy ijod, o'yin-musobaqa, o'yin-muloqot, uy mehnati. Kichik maktabgacha yoshdagi bolalar asosan predmetlar, turli xil o'yinchoqlar bilan yolg'iz o'zlari o'ynaydilar. O'zlarining predmetli va konstruktorli o'yinlarida idrok, xotira, tasavvur, tafakkur jarayonlarini, shuningdek o'z harakat qobiliyatlarini takomillashtirib boradilar. Albatta, turmush tajribalari va faoliyatlari doirasi cheklangan kichik yoshdagi bolalar (ba'zan kichik guruh bolalari ham) o'zlarining o'yinlarida konkret odamlarni va ularning harakatlarini aks ettiradilar xolos. Masalan, (oyisini, dadasini, akasini, tarbiyachisini va shu kabilarni). O'rta yoki katta yoshidagi bolalarning o'yinlarida esa bunday obrazlar umumiylik xarakteriga ega bo'la boshlaydi. Sekin-asta o'rta maktabgacha davrga borib o'yin jamoaviy bo'lib boradi va unga ko'proq bolalar qo'shila boshlaydi. Bolalarning individual xususiyatlarini, ularning jamoa o'yinlari davomida kuzatish qulaydir. O'z o'yinlarida bolalar kattalarning predmetlarga munosabatinigina emas, balki ko'proq ularning o'zaro munosabatlarini ham aks ettiradilar va ularga taqlid etadilar. Shuningdek, jamoa o'yinlarida bolalar bir guruh odamlarning murakkab hayotiy faoliyatlarini aks ettiradilar. Masalan, «poezd» o'yinini olaylik. Bunda mashinist, parovozga ko'mir yoquvchi, provodniklar, kontrolyor, kassir, stansiya xodimlari va yo'lovchilar bo'ladi. Bolalarning mana shu kabi jamoa o'yinlari

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

artistlarning faoliyatiga o'xshaydi. Chunki, jamoa o'yinidagi har bir bola o'z rolini yaxshi ado etishga intilishi bilan birga, o'yinning umumiy mazmunidan ham chetga chiqib ketmaslikka tirishadi. Bu esa, har bir boladan o'zining butun qobiliyatini ishga solishni talab etadi. Ma'lum rollarga bo'lingan jamoa o'yini, bolalardan qat'iy qoidalarga bo'ysunishini va ayrim vazifalarni talab doirasida bajarishni taqozo etadi. Shuning uchun bolalarning bunday jamoa o'yinlari psixologik jihatdan katta ahamiyatga ega. Chunki, bunday o'yinlar bolalarda irodaviylik, xushmuomalalik, o'yin qoidalariga, tartib-intizomga bo'ysungan va shu kabi boshqa ijobiy xislatlarni tarbiyalaydi va rivojlantiradi.

Eng asosiysi bu o'yinlarda kattalarning predmetli dunyoga nisbatan xulq-atvori takrorlanmaydi, odamlar orasidagi munosabatlarga, xususan - rollariga imitatsiya (taqlid) qilinadi. Bolalar ushbu munosabatlar asosida quriladigan rollarni va qoidalarni ajratadilar, o'yinda unga amal qilinishini qattiq nazorat qiladilar va o'zlari ham ularga rioya qilishga harakat qiladilar. Bolalarning syujetli-rolli o'yinlari turli mavzularda bo'lib, bolalar ular bilan hayotiy tajribasiga muvofiq yaxshi tanishdir. Bolalar tarafidan o'yinda qayta ijro etiladigan rollar -oilaviy (ona, ota, buvi, buva, o'g'il, qiz va h.k) yoki tarbiyaviy (enaga, tarbiyachi,) yoki ertak qahramonlari (bo'ri, ayiq, tulki, quyon, echki,) yoki kasbiy (shifokor, komandir, uchuvchi). Rollarni ijro etuvchilar kattalar yoki bolalar yoki ularni o'rnini bosuvchi o'yinchoqlar, qo'g'irchoqlar bo'lishi mumkin.

Ushbu yosh davri taraqqiyot uchun zarur bo'lgan ikkita faoliyat turining boshlanishi bilan bog'langan: mehnat va o'qish. Bu yoshdagi bolalarning o'yin, mehnat va o'qishni o'zlashtirishlarini ketma-ketligi bosqichini aniqlash mumkin, bunda maktabgacha yosh davri tahlil maqsadida shartli ravishda 3 ta davrga bo'linadi: kichik maktabgacha yosh davri (3-4 yosh), o'rta maktabgacha yosh davri (4-5 yosh) va katta maktabgacha yosh davri (56 yosh). Ushbu bo'lish yosh davrlari psixologiyasida bolalarning psixologiyasi va xulq-atvoridagi jadal va sifatiy o'zgarishlarni qayd etish uchun o'tkaziladi.

Kichik maktabgacha yoshdagilar hali, qoidaga muvofiq, yolg'iz o'ynaydilar. O'zlarining predmetli va konstruktorli o'yinlarida idrok, xotira, tasavvur, tafakkur va harakat qobiliyatlarini takomillashtirib boradilar. Ushbu yoshdagi bolalar syujetli-rolli o'yinlarida odatda kundalik hayotlarida kuzatadigan kattalarning harakatlarini qayta namoyon etadilar.

Sekin-asta o'rta maktabgacha davrga borib o'yin birgalikda bo'lib boradi va unga ko'proq bolalar qo'shila boshlaydi. Eng asosiysi bu o'yinlarda kattalarning predmetli dunyoga nisbatan xulq-atvori takrorlanmaydi, odamlar orasidagi munosabatlarga, xususan - rollilariga imitatsiya (taqlid) qilinadi. Bolalar ushbu munosabatlarda quriladigan rollarni va qoidalarni ajratadilar, o'yinda unga amal qilinishini qattiq nazorat qiladilar va o'zlari ham ularga rioya qilishga harakat qiladilar. Syujetli-rolli bolalar o'yinlari turli mavzularda bo'lib, bolalar ular bilan hayotiy tajribasiga muvofiq yaxshi tanishdir. Bolalar tarafidan o'yinda qayta ijro etiladigan rollar - bu qoidaga muvofiq, oilaviy rollar (ona, ota, buvi, buva, o'g'il, qiz va h.k) yoki tarbiyaviy (enaga, bog'chadagi tarbiyachi) yoki ertaknamo (echkicha, bo'ri, quyon, ilon) yoki kasbiy (shifokor, komandir, uchuvchi). Rollarni ijro etuvchilar odamlar, kattalar yoki bolalar, yoki ularni o'rnini bosuvchi o'yinchoqlar, qo'g'irchoqlar bo'lishi mumkin.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

O'rta va katta maktabgacha yosh davrida syujetli-rolli o'yinlar rivojlanadi, biroq kichik maktabgacha yosh davridan o'yinlarga kiritiladigan va amalga oshiriladigan mavzulari, rollari, o'yin harakatlarining qoidalari bilan katta turli-tumanligi bilan farqlanadi. Tabiiy xarakterdagi ko'pgina predmetlar shartlilariga almashtiriladi va ramzli o'yin boshlanadi. Masalan, oddiy kubik o'yindan va unga ajratilgan roldan qat'iy nazar ramziy ma'noda mebellar va mashinalarni, odamlar va hayvonlarni namoyish etadi.

O'yinlarda asosiy rol qoidalarga rioya qilishga va munosabatlarga, masalan, subordinatsiyaga ajratiladi. Bunda birinchi marotaba liderlik paydo bo'ladi, bolalarda tashkilotchilik ko'nikma va malakalari rivojlanadi.

Shu bilan bir qatorda o'yinli individual faoliyatning ramziy shakllaridan yana biri rasm chizishdir. Unga sekin-asta ko'proq tasavvur, xayol va tafakkur qo'shilib boradi. Bola ko'rganlarini tasvirlashdan vaqti bilan bilganlarini, xotirasidagi va o'zi o'ylab topganlarini chiza boshlaydi. O'yin-musobaqalar alohida sinfga ajratiladi, unda yutuq va g'oliblik bolalarni juda jalb qiladi. Taxmin qilinishicha, aynan shunday o'yinlarda muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasi shakllanadi va mustahkamlanadi.

Katta maktabgacha yosh davrida konstruktorlik o'yini mehnat faoliyatiga aylana boshlaydi, o'yin jarayonida bola turmushda zarur bo'lgan nimanidir yasaydi, yaratadi, quradi. Bolalar bunday o'yinlarda oddiy mehnat ko'nikma va malakalarini egallaydilar, ularda amaliy tafakkur faol rivojlanadi. Bola o'yinda ko'plab uy-ro'zg'or asboblari va predmetlaridan foydalanishni o'rganadi. Unda o'z xatti-harakatlarini rejalashtirish qobiliyati paydo bo'ladi va rivojlanadi, ko'p harakatlari va aqliy operatsiyalari, tasavvu r va xayoli takomillashadi.

Bu yosh davridagi bolalar ijodiy faoliyatdan tasviriy san'at ayniqsa, rasm chizishni yaxshi ko'radilar. Bolaning nimani va qanday ifodalashiga qarab, uning atrof olamdagi voqelikni qanday idrok qilishi, xotirasi, xayoli va tafakkurining o'ziga xosligi haqida mushohaza qilish mumkin. Rasmlar orqali bolalar tashqi olamdan olayotgan tassurotlari va bilimlarini etkazishga harakat qiladilar. Rasmlar bolaning jismoniy va psixologik holatiga ko'ra o'zgarishi mumkin. (kasallik, kayfiyat). Aniqlanishicha, kasal bola lar chizgan rasmlar sog'lomlarnikidan ko'pgina jihatlari bilan farq qiladi.

3-7 yoshli bolalarning psixik rivojlanishida badiiy-ijodiy faoliyat turi bo'lgan musiqaning ahamiyati ham juda kattadir. Musiqa orqali bolalar ashula aytishga, musiqa ohangiga mos ritmik harakatlar qilishga o'rganadilar. 3-7 yoshli davrida bolalarning asosiy faoliyati quyidagi ketma-ketlikda kechadi: predmetlarni o'rganishi; individual predmetli o'yinlar, jamoa syujetli-rolli o'yinlar; individual va guruhiy ijod; musobaqa o'yinlari; muloqot o'yinlari; uy mehnati.

O'yin faoliyati bolalarni insoniyatning ijtimoiy tajribasini egallashning faol shakli bo'lgan ta'lim faoliyatiga tayyorlaydi. Odam birdaniga ijtimoiy tajribani o'zlashtirishga kirisha olmaydi. Ijtimoiy tajribalarni faol egallashi uchun odam, avvalo, etarli darajada nutqni egallagan bo'lishi, ma'lum malakalar, uquvlar va sodda tushunchalarga ega bo'lishi kerak bo'ladi. Bularga bola yuqorida ko'rsatib o'tganimizdek, o'yin faoliyati orqali erishadi.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Asqarova O'.. Pedagogikadan amaliy mashg'ulotlar masalalari. O'quv —uslubiy qo'llama. T.: "Istiqlol" nashriyoti. 2005y. 112b.

2. Ahmedova M.E.. Pedagogik nazariyasi va tarixi (Pedagogika tarixi). T.: Tafakkur -bo'ston. 2011 yil. 1228b. Adadi-500.

3. Musurmonova O. Ma'naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi. -T.: O'qituvchi, 1996. -192b.

4. Musurmonova O. O'quvchilarining ma'naviy madaniyatini shakllan-tirish. -T.: Fan. 1993. -112b.

5. Mahkamov U. Axloq -odob saboqlari. -T.: Fan, 1994. -134b.

6. Yoshlarni ma'anviy tarbiyasi. (darslik). Ergashev Q. T.: Ma'naviyat nashriyoti. 1999.

7. Yusupova.P. Maktabgacha pedagogika Toshkent "O'qituvchi" 1993 yil

8. Rahmonqulova N., Matnazarova O'.Pedagogika nazariyasi va tarixi (o'quv qo'llanma). T.: "O'zbekiston Respublikasi faylasuflari milliy jamg'armasi". 2010. 116 bet..

9. Hasanboyev J va boshqalar.Pedagogika. (Pedagogika nazariyasi va tarixi). (darslik). T.: 2011. 456 bet.

10. Pedagogika tarixi. (darslik). Hoshimov K. T.: A.Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy k/si. 304 bet.

11. Po'latova R.M. Maxsus pedagogika. Oligofrenopedagogika. (darslik). T.: G'.G'ulom nomidagi tabaa uyi. 2005. 224 bet.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

^Xasanova Gulnoz Kasimovna, Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim pedagogikasi kafedrasi mudiri, p.f.n., [Хасанова Гулноз Касимовна, заведующий кафедрой педагогики дошкольного и начального образования, к.п.н., ], [Gulnoz K. Xasanova, Head of the Department of Pedagogy of Preschool and Primary Education, P.A.T.,]; manzil: O'zbekiston, Buxoro shahar Piridastgir ko'chasi 2-uy [адрес: Узбекистан, Бухара г. Пиридастгир ул., д. 2], [address: Uzbekistan, Bukhara Pyridastgir str., 2]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.