Научная статья на тему 'TA`LIM TIZIMIDA IJTIMOIY ARALASH YOSHLI GURUHLAR'

TA`LIM TIZIMIDA IJTIMOIY ARALASH YOSHLI GURUHLAR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
28
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bilish jarayonlari / motivatsiya / intelektual qobilyat / individuallik / konstruktorli o’yinlar / liderlik / innovatsiya. / cognitive processes / motivation / intellectual ability / individuality / constructive games / leadership / innovation.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Maxmudjonov Ibroximjon Ismoiljon Ogli

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tizimining davlat va jamiyat hayotidagi o’rni va ahamiyati, aralash yoshdagi guruhlar, bolalarning yoshga oid xususiyatlari haqida bayon qilingan. Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi ta’lim tarbiyadagi muammolar, kamchiliklar va ularning yechimlari tavsiyalar hamda xulosalar yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article describes the role and importance of the preschool education system in the life of the state and society, mixed age groups, age-specific characteristics of children. The problems, shortcomings and their solutions in the field of preschool education are highlighted in the recommendations and conclusions.

Текст научной работы на тему «TA`LIM TIZIMIDA IJTIMOIY ARALASH YOSHLI GURUHLAR»

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

TALIM TIZIMIDA IJTIMOIY ARALASH YOSHLI GURUHLAR Maxmudjonov Ibroximjon Ismoiljon o'g'li

Andijon davlat universiteti ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti Pedagogika va psixologiya yo'nalishi 3- bosqich talabasi https://doi. org/10.5281/zenodo.7357888

Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tizimining davlat va jamiyat hayotidagi o'rni va ahamiyati, aralash yoshdagi guruhlar, bolalarning yoshga oid xususiyatlari haqida bayon qilingan. Maktabgacha ta'lim tashkilotidagi ta'lim tarbiyadagi muammolar, kamchiliklar va ularning yechimlari tavsiyalar hamda xulosalar yoritib berilgan.

Kalit so'z: bilish jarayonlari, motivatsiya, intelektual qobilyat, individuallik, konstruktorli o'yinlar, liderlik, innovatsiya.

Аннотация. В статье описываются роль и значение системы дошкольного образования в жизни государства и общества, смешанные возрастные группы, возрастные особенности детей. В рекомендациях и выводах освещены проблемы, недостатки и способы их решения в сфере дошкольного образования.

Ключевые слова: познавательные процессы, мотивация, интеллектуальные способности, индивидуальность, конструктивные игры, лидерство, инновации.

Abstract. This article describes the role and importance of the preschool education system in the life of the state and society, mixed age groups, age-specific characteristics of children. The problems, shortcomings and their solutions in the field of preschool education are highlighted in the recommendations and conclusions.

Keywords: cognitive processes, motivation, intellectual ability, individuality, constructive games, leadership, innovation.

Asosiy qism Tarixga nazar tashlaydigan bo'lsak, har bir davlat istiqbolini qo'lga kiritgandan so'ng o'z taraqqiyoti va ilm fan ravnaqi yo'lini belgilab olgan. Xususan, O'zbekiston respublikasi mustaqillikka erishgandan so'ng yuksak ma'naviyat, buyuk qadriyat, milliy ta'lim tarbiya tizimini takomillashtirish va isloh qilish masalasini davlat siyosati darajasigacha ko'tarilishi fikrimizning yaqqol dalilidir. Bu yo'lda barcha o'zbek xalqi birlashib, bir yoqadan bosh chiarib tarixiy tajribalar asosida to'planib boyib borgan ezgu masadlarga yo'g'rilgan ma'naviyat, ma'rifat, ilm fan yo'lida sobitqadamlik bilan jasorat ko'rsatgan buyuk xalqimizning mashaqqati, say harakatlari maxsuli desak mubolag'a bo'maydi. Darxaqiqat, mamlakatimizda milliy genofondini mustahkamlash, yosh avlodni yetuk kadrlar etib tarbiyalash masalalariga doimiy e'tibor qaratib kelinmoqda maktabgacha ta'lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, maktabgacha ta'lim muassasalari davlat va nodavlat tarmog'ini kengaytirish va moddiytexnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, maktabgacha ta'lim muassasalariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta'limtarbiya jarayonlariga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma'naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash vazifalari qo'yildi. Maktabgacha ta'lim tizimi uzluksiz ta'limning birlamchi, eng asosiy bo'g'ini hisoblanadi. Mutaxassis va pedagoglarning ilmiy xulosalariga ko'ra, inson o'z umri davomida oladigan barcha axborot va ma'lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo'lgan davrda oladi. Ana shu dalilning o'zi bolalarimizning yetuk va

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

barkamol shaxs bo'lib voyaga yetishida maktabgacha tarbiyasi qanchalik katta ahamiyatga ega ekanidan dalolat beradi. Bugungi kunda maktabgacha ta'lim tizimida bolalarni har tomonlama yetuk shahs qilib tarbiyalashda qator muammo va kamchiliklarga duch kelishimiz mumkun. Bu muammolar quyidagilar: bolalarni inovatsion fikrlash qobiliyati, intelektual rivojlanish yo'nalishi bo'yicha metodik qo'llanmalarning kamligi, jismoniy chiniqtirish borasida suv muolajasi bo'yicha gigienik talablarga javob beradigan moddiy tehnik bazani yetarli emasligi, chet tillarini o'rgatish imkoniyatlarini kamligi shular jumlasidandir. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida aralash yoshdagi guruhlar tashkil qilingan. Bu guruhlarga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan 12 nafardan oshmagan bolalar qamrab olinadi. Bu guruhlarda bolalarning yoshi turlicha bo'lganligi sababli tarbiyachiga birmuncha qiyinchiliklar tug'diradi va mashg'ulotlar umumiy tarzda olib boriladi. Ushbu guruhdagi bolalarni qiziqishlarini, ijtimoiy yo'nalganligini hisobga olgan holda mashg'ulotlar olib borish maqsadga muofiqdir.

Muammolarni bartarash etishda bolalarning yosh hususiyatlarini, individual rivojlanish ko'rsatkichlarini, aqliy va jismoniy chiniqqanligini, ijodkorlik yo'nalishini, qobiliyatlarini to'g'ri yo'naltirish va rag'batlantirish talab etiladi. Xususan, bolalarning yosh davri taraqqiyot uchun zarur bo'lgan asosiy faoliyat turlari ya'ni o'yin, mehnat va o'qish bilan chambarchas bog'liq. Ushbu yoshdagi bolalar faoliyat motivlari va bilish jarayonlarining rivojlanganlik darajasiga ko'ra quyidagi davrlarga bo'linadi va bu ko'rsatkichlar har bir davrda turlicha tavsiflanadi: -Kichik maktabgacha yosh davri(3-4)yosh, -O'rta maktabgacha yosh davri( 4-5 )yosh, -Katta maktabgacha yosh davri( 5-6) yoshni tashkil qiladi.

Kichik maktabgacha yoshdagi bolalar qoidalarni bilmaganlari uchun yolg'iz o'ynaydilar. O'zlarining predmetli va konstruktorli o'yinlarida idrok, xotira, tasavvur, tafakkur va harakat qobiliyatlarini takomillashtirib boradilar. Ushbu yoshdagi bolalar syujetli-rolli o'yinlarida odatda kundalik hayotlarida kuzatadigan kattalarning harakatlarini qayta namoyon etadilar. Ular shu o'yinlarda yashaydilar, sekin asta jamoa bo'lib o'ynash ko'nikmalari shakillanadi. Buyumlarni bir-bir bilan taqqoslas, vaqtni anglash, jonli va jonsiz tabiat haqida elementar dunyoqarash takomillashib boradi. O'rta maktabgacha yoshda esa o'yin birgalikda olib boriladi va unga ko'proq bolalar qo'shila boshlaydi. Eng asosiysi bu o'yinlarda kattalarning predmetli dunyoga nisbatan xulq-atvori takrorlanmaydi, odamlar orasidagi munosabatlarga, hususan - rollariga taqlid qilinadi. Bolalar ushbu munosabatlarda quriladigan rollarni va qoidalarni ajratadilar, O'yinda unga amal qilinishini qattiq nazorat qiladilar va o'zlari ham ularga rioya qilishga harakat qiladilar. Syujetli-rolli o'yinlari boyib boradi: qizlar ertak qahramonlaridan Zumrat va To'marisga taqlid qilsalar, o'g'il bolalar esa Alpomish, Uch og'ayni botirlar, Shiroq va To'ng'ich botir kabi ertak qahramonlariga o'xshashga harakat qiladilar. Ertak qahramonlarining ona vatanga muhabbati ,mardligi, sadoqati, vatan ravnaqi taraqqiyoti va porloq kelajagi uchun hatto jonini ham fido etganliklaridan ta'sirlanadilar va ularni o'zlarining qahramonlari sifatida talqin qiladilar. Katta maktabgacha yosh davrida bolalarning o'yinlari murakkablashib boradi, biroq kichik yosh davrdagi bolalardan farqli o'laroq, o'yinlarga kiritiladigan va amalga oshiriladigan mavzulari, rollari, o'yin harakatlarining qoidalari bilan kattalar turli-tumanligi bilan farqlanadi. Tabiiy xarakterdagi ko'pgina predmetlar shartlilariga almashtiriladi va ramzli o'yin boshlanadi. Masalan, oddiy kubik o'yindan va unga ajratilgan roldan qat'iy nazar ramziy ma'noda mebellar va mashinalarni, odamlar va hayvonlarni namoyish etadi. O'yinlarda asosiy rol qoidalariga rioya qilishga va munosabatlarga alohida ahamiyat beradilar. Bunda birinchi marotaba liderlik paydo bo'ladi, bolalarda tashkilotchilik ko'nikma va malakalari rivojlanib

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

boradi. Yuqorida ko'rganimizdek har bir yosh davrda bolalar qobiliyatlari, aqliy, jismoniy va ijtimoiy rivojlanganlik darajasi bilan bir- biridan farq qiladi.

Pedagogika fanining asoschisi Y.A Komeniusning fikricha, Yoshga oid xususiyatlarni hisobga olish pedagogik prinsplardan biridir, tabiatda hamma narsa o'z vaqtida sodir bo'ladi, shuning uchun ta'lim va tarbiyada ham hamma narsa o'z vaqtida va izchil ravishda o'tishi kerak" degan fikrlarni bildirgan. Xulosa qilib aytganda, yuqorida keltirib o'tilgan muammolarga yechim topishda aralash yosh guruhdagi bolalar bilan olib boriladigan ishlarni to'g'ri yo'lga qo'yish,ularning individual xususiyatlarini, aqliy rivojlanganlik darajasini, bilish jarayonlarini hisobga olish maqsadga muofiqdir. Bugungi kun pedagogi o'zi ustida tinimsiz izlanishlar olib beradigan, jahon andozalariga mos qurollangan, yuksak ma'naviyatli, axborot komunikatsion texnologiyalarini yaxshi biladigan, mahoratli inson bo'lishi talab etiladi. Zero, kelajagimiz, bugungi kunimizning ertasi yoshlar qo'lida ekan ularni har tomonlama yetuk, barkamol inson qilib tarbiyalash barchamizning muqaddas burchimizdir.

REFERENCES

1. Ismoiljon ogli, M. I. (2022). YOSHLARNI IJTIMOIY MUNOSABATLARDA SHAXS SIFATIDA SHAKLLANISHIDA IJTIMOIY TARMOQLARNING TASIRI. BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI, 510-512.

2. Mahmudjonov, & M. Jarkinboyev. (2022). PERSONAL PEDAGOGICAL RESEARCH IN IMPROVING PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL SKILLS. Miasto Przyszlosci, 24, 154-156.

3. Yusupova Diloromxon Sabirdjanovna, Maxmudjonov Ibroximjon Ismoiljon O'G'Li MALAKALI PEDAGOKIK FAOLIYAT ORQALI QOBILIYATLI BOLALARNI ANIQLASH // SAI. 2022. №B3. URL: https://cyberleninka.ru/article/n7malakali-pedagokik-faoliyat-orqali-qobiliyatli-bolalarni-aniqlash (дата обращения: 26.07.2022).

4. Махмуджонов Иброхимжон, Тожиддинова Лайлохон Шокиржон ^изи ПСИХОЛОГИЯДА ИНСОН КАМОЛОТИ // SAI. 2022. №B3. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/psihologiyada-inson-kamoloti (дата обращения: 26.07.2022).

5. Ismoiljon ogli, M. I. (2022). SHAXS RIVOJLANISHINI MAMLAKATIMIZ PSIXOLOGLARI TOMONIDAN O'RGANILISHI. PEDAGOGS jurnali, 10(4), 140-143.

6. Ismoiljon ogli, M. I. (2022). STRESS MUAMMOSINING SHAXS SHAKLLANISHIGA TASIRI. PEDAGOGS jurnali, 13(1), 50-55.

7. Ibrohimjon, M. (2022). PARENT AND CHILDRELATIONSHIP AND PSCHOLOGICAL FACTORS THAT COME TO THE SURFACE IN THE FAMILY. PEDAGOGS jurnali, 13(1), 62-67.

8. Ismoiljon ogli, M. I. (2022). TURLI NAZARIY YONDASHUVLARDA «MEN» KONTSEPTSIYANI O'RGANISH. PEDAGOGS jurnali, 10(4), 151-154.

9. Ibrohimjon, M. (2022). PSYCHOLOGICAL CRISES IN PERSONALITY PSYCHOLOGY AND WAYS TO OVERCOME THEM. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(4), 743-746.

10. Ibrohimjon, M. (2022). THE POSITION OF SOCIAL PSYCHOLOGY IN THE WORLD TODAY. PEDAGOGS jurnali, 13(1), 77-79.

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

11. Ibrohimjon, M. (2022). SOCIAL PSYCHOLOGICAL DEVELOPMENT OF PRESCHOOL CHILDREN AND ESTABLISHMENT IN SOCIAL RELATIONS. PEDAGOGS jurnali, 13(1), 72-76.

12. Ibrohimjon, M. (2022). PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL FACTORS OF THE PROCESS OF INCREASING YOUNG PEOPLE IN SOCIAL RELATIONS: PROBLEMS AND SOLUTIONS. PEDAGOGS jurnali, 13(1), 68-71.

13. Ibrohimjon, M. (2022). COMMUNICATION IN SOCIAL RELATIONS, COMMUNICATION AND INTERPERSONAL RELATIONSHIP PSYCHOLOGY. PEDAGOGS jurnali, 13(1), 80-82.

14. Махмуджонов Иброхимжон, Тожиддинова Лайлохон Шокиржон ^изи ПСИХОЛОГИЯДА ИНСОН КАМОЛОТИ // SAI. 2022. №B3. URL: https://cyberleninka.ru/article/n7psihologiyada-inson-kamoloti (дата обращения: 26.07.2022).

15. Ismoiljon ogli, M. I. (2022). BOLALARNING PSIXOLOGIK XOLATLARINI SOG'LOM RUHIY MUHITDA TARBIYASH USULLAR. BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI, 506-509.

16. Gulruhbonu Zulunova Bobirmirzo kizi, Muslimbek Jarkinboyev Yo'ldashali o'g'li, & Mahmudjonov Ibrohimjon. (2022). INTERNAL FACTORS, PERSONAL PREREQUISITES IN YOUNGER SCHOOL CHILDREN. European Journal of Interdisciplinary Research and Development, 4, 30-33. Retrieved from http://ejird.journalspark.org/index.php/ejird/article/view/58

17. Ismoiljon ogli, M. I. (2022). DEVIANT XULQ-ATVORLI BOLALAR BILAN IJTIMOIY-PEDAGOGIK AMALIYOT YURITISH. PEDAGOGS jurnali, 10(4), 144-150.чч

18. F.R. Qodirova, Sh.Q. Toshpo'latova, Maktabgacha "Pedagogika" Tafakkur nashriyoti

19. O'. M .Asqarova, M. Hayitboyev, M.S. Nishonov "Pedagogika". "Talqin" Toshkent.

20. O.Sodiqova, D. Toshboyeva "Bolalar psixologiyaasi" o'quv metodik qo'llanma, Noshir nashriyoti" Toshkent.2013

21. Sh. Sodiqova "Maktabgacha Pedagogika" Toshkent: 2013. B.

22. N. Atayeva, F. Rasulova, M. Salayeva, S. Hasanov "Umumiy Pedagogika" Toshkent

2011.

23. O.A Xasanboeva, R.R. Avezova, G.J. Shamaribxodjaeva, H. Aliqulova "Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti" Toshkent 2015.B.[69.72].

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.