Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM YOSHDAGI BOLALARDA TOLERANTLIK MUNOSABATINI TARBIYALASHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI'

MAKTABGACHA TA’LIM YOSHDAGI BOLALARDA TOLERANTLIK MUNOSABATINI TARBIYALASHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
276
32
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
maktabgacha ta’lim / tolerantlik / komil inson / bag‘rikenglik / tinchliksevarlik / vatanparvarlik / madaniyat / yosh avlod / tarbiyachi / “Ilk qadam”.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Mustanova Sojida Barotovna

ushbu maqolada maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda tolerantlik ya’ni bag‘rikenglik munosabatini shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari yoritilgan. Tolerantlik tarbiyasining shakllari va texnologik o‘ziga xosliklarini ham aniqlash talab etilmoqda. Tolerantlik oliy darajadagi insoniy fazilat ekanligini ta’limning ilk bosqichlaridan boshlab yosh avlod ongiga singdirishga erishish lozim.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM YOSHDAGI BOLALARDA TOLERANTLIK MUNOSABATINI TARBIYALASHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI»

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №6 MAKTABGACHA TA'LIM YOSHDAGI BOLALARDA TOLERANTLIK

#

MUNOSABATINI TARBIYALASHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI

* ; i>

»

Mustanova Sojida Barotovna

Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti Maktabgacha ta'lim yo'nalishi magistгanti https://doi.org/10.5281/zenodo.6783639

P-<\ > Cj )><#

Annotatsiya: ushbu maqolada maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalaгda toleгantlik ya'ni bag'rikenglik munosabatini shakllantirishning pedagogik imkoniyatlaгi yoгitilgan. Tolerantlik taгbiyasining shakllaгi va texnologik o'ziga xosliklarini ham aniqlash talab etilmoqda. Tolerantlik oliy darajadagi insoniy fazilat ekanligini ta'limning ilk bosqichlaгidan boshlab yosh avlod ongiga singdiгishga erishish lozim.

X^nli^ m о 1/io К /то л по fn ' lim +г\1 aronf и 1л I/ Am 11 i-nrrv-n Ko rv' п l/an rrl 1

Kalit so'zlari: maktabgacha ta'lim, tolerantlik, komil inson, bag'rikenglik,

>

tinchliksevarlik, vatanparvarlik, madaniyat, yosh avlod, tartiyachi, "Ilk qadam".

* ; !>

W-

Jahonda ta'lim sohasidagi innovatsion гivojlanish tendensiyalaгiga mos гavishda

maktabgacha ta'lim tizimini kompetensiyaviy talaba asosida takomillashtiгishga alohida e'tibor qaгatilmoqda. Jumladan, dunyo miqyosida bolalarni psixofiziologik, intellektual, ijodiy va shaxsiy salohiyatini oshiгishga yo'naltiгilgan kreativ texnologiyalami гivojlantiгish, maktabgacha ta'lim muassasalarida shaxsga yo'naltiгilgan innovatsion ta'lim muhitini tashkil qilish hamda s trategik boshqaruv tamoyillari asosida maktabgacha ta'limning sifat menejmenti mexanizmlarini takomillashtirish masalalariga qaratilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borilmoqda.

Bugungi kunda respublikamizda maktabgacha ta'lim sohasida me'yoriy huquqiy bazani tubdan takomillashtirish, ilg'or xorijiy tajribalar, ilmiy ishlanmalar va texnologiyalami maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatiga integгatsiya qilish, maktabgacha yoshdagi bolalarni erta rivojlantirish sohasidagi ilmiy, innovatsion pedagogik faoliyatni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan konseptual islohotlar amalga oshirilmoqda. Xalqimizda shakllangan muomala madaniyati, mehr-oqibat, muruvvat, andisha va or-nomus kabi odob-axloqqa oid his-tuyg'ular nafaqat tarbiya vazifasini o'taydi, balki insoniy qadriyatlar va fazilatlaming namoyon bo'lishida, komil insonni shakllantirishda muhim rol o'ynaydi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash xalqimizning azaliy oгzusi bo'lib, ajdodlarimiz ma'гifat, ma'naviyat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o'гgatish, ulami komillikka yetaklash yo'llaгi, qonun-qoidalaгini muttasil izlaganlaг. Bu esa ta'lim-tarbiyaning bugungi samarali

qoidala.............. izlaga^ilai. Bu esa ----------—y------ bu&un&i samarali

metodlarining yaratilishiga olib kelgan.

Ы> 3 ]> <}>

a I

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №6

Ma'lumki, mamlakatimiz taraqqiyoti va kelajagi ta'lim-tarbiya sohasidagi sifat

#

o'zgarishlari qilib yuqori samaradorlikka erishishga, ularning jahon ta'limi talablari bilan mosligi va amaliy hayotdagi o'rnini qay darajada topayotganligiga bog'liq.

Ta'lim-tarbiya jamiyat uchun hayotiy zaruriyatdir. Ayniqsa, yosh avlodga tarbiya berish jarayonida maktabgacha ta'lim juda katta ahamiyat kasb etadi. Bolalarga tarbiya berish, ularga ta'lim berish bilan birgalikda amalga oshiriladi. Ammo tarbiyaning o'z vazifasi, mazmuni, amalga oshirish usuli va vositalari mavjud.

Ta'lim va tarbiya jarayonining uzviyligi maktabgacha ta'lim muassasalari oldiga qo'yilgan eng muhim pedagogik vazifalardan biri hisoblanadi.

Respublikamizda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni har tomonlama uyg'un rivojlantirish uchun yetarlicha shart-sharoitlarni yaratish, ta'lim-tarbiya jarayonlariga innovatsion va ilg'or xorijiy tajribalarni tatbiq etishga katta ahamiyat qaratilmoqda. "Ilk qadam" davlat o'quv dasturida, bolalar «Ijtimoiy-hissiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalarida o'z "Men"i va o'zgalar shaxsi o'ziga xosliklari, bag'rikenglik va tolerantlikka doir bilimlarini shakllantirish, ijtimoiy munosabatlar va muloqot o'rnatish kompetensiyalarini o'zlashtirishlari kerakligi belgilab berilgan [2.:15].

"O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha

»

m?

rivojlantirish konsepsiyasida "Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, maktabgacha ta'lim tizimiga innovatsiyalarni, ilg'or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish" [3] ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Bu esa, maktabgacha yoshdagi bolalarda tolerantlik munosabatini shakllantirishning psixologik-pedagogik va metodik xususiyatlarini aniqlashtirish, tolerantlikni shakllantirishning metodik tizimini takomillashtirishni taqozo etadi.

Tarbiyachi bilan tarbiyalanuvchi orasidagi "Hamkorlik pedagogikasi" va "Tolerantlik" tushunchalarini qo'llamay turib, har tomonlama rivojlangan shaxsni kamol toptirish mumkin emas.

"Tolerantlik" lotincha "tolerantia" — "sabr-toqat" degan so'zidan olingan bo'lib, bag'rikenglik, o'zgalarning turmush tarzi, xulq-atvori, odatlari, his-tuyg'ulari, fikr mulohazalari, g'oya va e'tiqodlariga nisbatan toqatli bo'lishlikni anglatadi

[5:65].

Tolerantlikning asosiy maqsadi yoshlarga bag'rikenglik, o'zga din, millat vakillariga hurmat, ularning qadriyatlarini e'zozlash, milliy boyliklariga hurmat bilan

tJL

qarash, toqatlilik, bardoshlilik, do'stlik, birodarlik, vatanparvarlik, saxiylik,

iw-

! K*

sadoqatlilik, o'zgalarga hurmat nazari bilan qarash ko'nikmalarini shakllantirishdan iborat.

i m:y >

Lit

>q ] q )> >

7l| > j

WiW к/

>q )> q )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №6

O'zbekiston Milliy ensiklopediyasida tolerantlikka quyidagicha ta'rif berilgan:

#

"Bag'rikenglik, o'zgalarning turmush tarzi, xulq-atvori, odatlari, xis-tuyg'ulari, fikr-mulohazalari, g'oyalari va e'tiqodlariga nisbatan toqatli bo'lish" [4.:345].

Maktabgacha ta'lim jarayonida bolalarda tolerantlikni tarbiyalashda tarbiya vositalari hamda tarbiyachining o'rni beqiyos hisoblanadi, shuningdek, toleratlik tushunchasi o'z tarkibiga chidam, bardosh, o'zgalarning hayot tarzi, fikrlashi, xatti-harakati, qadriyatlariga toqat qilish, ularga hurmat nazari bilan qarash, atrofdagilarni

! Ш-

kamsitmaslik kabi tushunchalarni qamrab olgan. J> V^ Г .J

Hozirgi kunda tolerantlik o'ta muhim ahamiyat kasb etadi. Bunga ko'ra har kim

o'z e'tiqodiga amal qilishda erkindir. Har kim bu huquqga boshqalar ham ega

ekanligini tan olmog'i lozim. O'zbekiston ko'p millatli davlat. Bu yerda asosiy millat

o'zbeklar bilan birga o'z madaniyatiga va an'analariga ega bo'lgan yuzdan ortiq

millat va elatlar yashaydi. Ana shunday sharoitda, ko'pmillatli jipslashgan davlatni

barpo etishda, millatlararo va elatlararo bag'rikenglikka erishish siyosatining

ahamiyati benihoya kattadir.

Tolerantlikni har tomonlama qo'llab- quvvatlash maqsadida YUNESKO

"Bag'rikenglik tamoillari deklaratsiyasi"ni 1995-yil 16-noyabrda qabul qilingan.

Jamiyatda turli xalqlar, millatlar va dinlarning o'ziga xos xususiyatlariga nisbatan

»

m?

tolerantlik munosabatini O'zbekiston misolida ko'rish mumkin.

Pedagogik jarayonlarda tolerantlik tushunchalarini yosh avlodlarda shakllantirish bugungi maktabgacha ta'lim pedagogikasining oldida turgan eng birlamchi masalalaridan biri.

Yosh avlodda tolerantlik munosabatini tarbiyalash quyidagilarni o'z ichiga

oladi: [2] L J

1. Dunyodagi barcha narsalarning (er sharidagi materiklar, davlatlar, ularda yashovchi xalqlar, hayvonlar, o'simliklar va b.) turlicha ekanligini tushuntirish.

2. Millatlarni irqi, dini, xayot-tarzi har xil ekanligini tushuntirish.

3. Millatlar bir-biridan farq qilishini tushuntirish.

4. Kishilardagi o'zgachalikka bag'rikenglik va sabr bilan munosobatda bo'lish.

5. Fuqarolarni o'zaro tinch-totuvlikda yashashga o'rgatish.

6. Yosh avlodda bag'rikenglik, sabrlilik, chidamlilik kabi xususiyatlarni

*

tarbiyalash.

Tolerantlik munosabatini tarbiyalash uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish

»

zarur:

- maktabgacha ta'lim jarayonidan boshlab bolalarga odamlar har-xil bo'lishi, ular bilan yaxshi muomala qilib yashash kerak ekanligini tushuntirish;

- har bir narsa o'zini takrorlanmas, qadrli xususiyatlariga ega ekanligi, shuning uchun bunga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish kerak ekanligini tushuntirish;

i >-;> ]>

H ]>:>

: * ^ * n>

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №6

- o'zining o'z xalqining madaniyati, xayot tarzini boshqalarnikidan ustun deb

#

>

hisoblamaslikka o'rgatish;

- boshqa xalqlar madaniyati, dini, qadriyatlariga nisbatan bardoshli, oqilona munosabatda bo'lishni qaror toptirish;

- bolaning ilk bog'cha davridan boshlab atrofdagilar bilan o'zaro ongli bir-birini tushunuvchanlik shartlariga asoslangan muloqotga o'rgatishga erishish;

- bolalarda o'zgalar fikrini bardosh bilan tinglash, muammolarni o'zaro murosa asosida hal qilishga undash ko'nikmasini tarkib toptirish;

1 о r

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

- bolalarda tolerantlik tushunchalarini shakllantirishda tinchliksevarlik, etnik, diniy, siyosiy, konfessional (diniy konfessiya-muayyan dinga e'tiqod qiluvchi kishilar jamoasi va shaxslararo kelishmovchiliklarga nisbatan chidamlilik, tenghuquqlilik kabilarning tub mohiyatini o'rgatish [6.:26].

Tolerantlikka ehtiyoj bugun paydo bo'lib qolgani yo'q. Qadim zamonlardan buyon, ne-ne yurtlarni bosib olgan shohlarning ham siyosatida bag'rikenglik

\ rain Лт~г\ 1л 11 л\г min/11 \ Л про I on nnnrn miiiornWirlofi/inn A mi \lnnr LT о гг» км т г и A/ii/in

yetakchilik qiladi. Masalan, sharq mutafakkirlaridan Abu Nasr Farobiy ijodida

bag'rikenglik g'oyalari yuksak rol o'ynaganligini yaqqol ko'rishimiz mumkin. Uning "Baxt-saodatga erishuv yo'llari haqida risola", "Shaharni boshqarish" "Urush va tinch turmush haqida kitob", "Fazilatli xulqlar", "Fozil shahar odamlari qarashlari"

»

m?

singari asarlari o'zining boy insonparvarlik va bag'rikenglik tamoyillari singdirilganligi bilan muhim ahamiyatga egadir.

Turkistonning XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi milliy taraqqiyparvar ziyolilari bo'lmish jadidlar ham diniy bag'rikenglik g'oyalarini ro'yi rost ifodalab berganlar. Ularning atoqli namoyondalari Mahmudxo'ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Munavvarqori Abdurashidxonov va boshqalar o'z asarlarida ham, amaliy

faoliyatlarida ham bag'rikenglik, ya'ni tolerantlik g'oyalarini targ'ib qildilar.

Pedagogik jarayonlar mutafakkir bobolarimiz, ilm olami keng ijodkorlarning asrlari bilan boyitilsa, bag'rikenglikning teran ma'nolari mohir pedagoglar tomonidan yosh avlodga yetkazib berilsa, bag'rikeng avlod tarbiya topadi. Zero, barcha zamonlarda ham tolerantlik bilan oziqlangan qalblarga ehtiyoj bo'lgan. Butun insoniyat uchun alohida shaxs uchun ham bag'rikenglik, ya'ni tolerantlik birinchi darajali ahamiyatga egadir, millatlararo munosabatlar sohasida esa uning ahamiyati

J-jt

beqiyosdir.

Tolerantlikni tarbiyalash ko'p ma'noli, murakkab tushuncha sifatida bola ko'p

tomonlama ta'sir etishni, ularda odamni sevish, hurmatlash tuyg'ularini, inoqlikda

i 1 > I 1 >

yashashga intilish, sabrlilik, bag'rikenglik, chidamlilik, kechirimlilik va boshqa

xususiyatlarni shakllantirishni talab qiladi.

Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki, maktabgacha yosh bolalariga

sabrlilik, bag'rikenglik, chidamlilik, kechirimlilik va boshqa xususiyatlarni

j- • u ,____• .... .....• • u ____.„u™

singdirish, ularning mazmunini anglatish maktabgacha yoshdagi bolalar

Ы> 3 ]> <}>

а >

u>,* ^ t<ns

WiW к/

>q )> q )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №6

dunyoqarashi, dunyoni qabul qilishlari, anglashlarini o'zgartirib, bolalarning

tolerantlik xulq-atvoriga ega bo'lishlariga xizmat qiladi.

t>yj> - , „

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari. - T.: 2018 .

1. Sodiqova Sh.A. Maktabgacha pedagogika. - T.: 2017

2. "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi. - T.: 2018

3. O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Kotsepsiyasi. 08.05.2019y. PQ-4312.

4. O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi. 2005-yil. 5-jild.

5. Karimova E. O'zbek tolerantligi. - T.: 2005.

6. ^аршибоев М. Миллий истикдол гояси ва маьнавият асослари: 9-синф учун дарслик.

7. Qodirova Sh, Toshpo'latova Sh, A'zamova M. Maktabgacha

*

pedagogika. -T.: 2019.

8. Ф.Усманов. Узбек тилидаги ухшатишларнинг лингвомаданий тадкики. URL: http://library.ziyonet.uz/static/lib/reader-

lW

pdf/web/viewer.html?file=http://library.ziyonet.uz/uploads/books/251467/5e1c61965 017c.pdf

9. Usmanov F.F. Linguocultural competence as the means of identifying images in fixed similes // Theoretical & Applied Science. №5 (73). 2019. p. 17-20. URL: http://www.t-science.org/arxivDOI/2019/05-73/05-73-4.htm

10. 9. Nurmanova D. Linguistic Concept of the Text // Pindus Journal of

Culture, Literature, and ELT. 2021/9/18. -P. 65-67. URL: https: //literature.academicj ournal .io/index.php/literature/article/view/85

11. Nabiyeva D.A., Nurmonova S.D. современное жанроведение или генристика: теории, методы, перспективы // Theoretical & Applied Science. ■ч 2020/4. -C. 824-827. URL: https://www.elibrary.ru/item.asp?id=44843224

12. Таджибаева М.А. Традиционные образы в узбекской джадидской поэзии // Проблемы востоковедения. 2012. 2 (56). - С. 53-58. URL:

https://cyberleninka.ru/article/n/traditsionnye-obrazy-v-uzbekskoy-dzhadidskoy-p°ezii-1

I >j > ! Щ >

i>1>i

>

I > >

>q ] i )> >

шt ^ *ч>

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.