Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MA’NAVIY – AXLOQIY TARBIYALASH'

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MA’NAVIY – AXLOQIY TARBIYALASH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
5414
376
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
axloq / ma’naviy-axloqiy tarbiya / axloqiy ong / axloqiy xulq atvor / ma’naviy axloqiy rivоjlanish / axloqiy his-tuyg’u / tasavvur / madaniy xulq-atvоr. / morality / spiritual-moral education / moral consciousness / moral behavior / spiritual-moral development / moral feeling / imagination / cultural behavior.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Dexkonova Dilrabo Muxamadjonovna

Maktabgacha pedagоgika yosh avlоdni barkamol shaxs etib voyaga yetkazishda ma’naviy axloqiy tarbiyani muhim оmil dеb hisоblaydi. Ushbu ishda maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy – axloqiy tarbiyalash zaruriyati, hamda yning o’ziga xos xususiyatlari borasida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SPIRITUAL AND MORAL EDUCATION OF PRESCHOOL CHILDREN

Preschool pedagogy considers spiritual and moral education as an important factor in the development of the younger generation as a harmoniously developed person. This work discusses the need for spiritual and moral education of preschool children, as well as the specifics of the year.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MA’NAVIY – AXLOQIY TARBIYALASH»

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MA'NAVIY - AXLOQIY TARBIYALASH

Dexkonova Dilrabo Muxamadjonovna

Farg'ona davlat universiteti Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakulteti magistranti

ORCID: 0000-0001-2233-4455 https://doi.org/10.5281/zenodo.6578521

Annotatsiya. Maktabgacha pedagogika yosh avlodni barkamol shaxs etib voyaga yetkazishda ma'naviy - axloqiy tarbiyani muhim omil deb hisoblaydi. Ushbu ishda maktabgachayoshdagi bolalarni ma'naviy - axloqiy tarbiyalash zaruriyati, hamdayning o 'ziga xos xususiyatlari borasida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: axloq, ma'naviy-axloqiy tarbiya, axloqiy ong, axloqiy xulq atvor, ma'naviy - axloqiy rivojlanish, axloqiy his-tuyg'u, tasavvur, madaniy xulq-atvor.

ДУХОВНО-НРАВСТВЕННОЕ ВОСПИТАНИЕ ДОШКОЛЬНИКОВ

Аннотация. Дошкольная педагогика рассматривает духовно-нравственное воспитание как важный фактор развития подрастающего поколения как гармонично развитой личности. В данной работе рассматривается необходимость духовно-нравственного воспитания детей дошкольного возраста, а также специфика года.

Ключевые слова: нравственность, духовно-нравственное воспитание, нравственное сознание, нравственное поведение, духовно-нравственное развитие, нравственное чувство, воображение, культурное поведение.

SPIRITUAL AND MORAL EDUCATION OF PRESCHOOL CHILDREN

Annotation. Preschool pedagogy considers spiritual and moral education as an important factor in the development of the younger generation as a harmoniously developed person. This work discusses the need for spiritual and moral education ofpreschool children, as well as the specifics of the year.

Keywords: morality, spiritual-moral education, moral consciousness, moral behavior, spiritual-moral development, moral feeling, imagination, cultural behavior.

KIRISH.

Axloq so'zi - lotincha «moros», ya'ni moral, mantiq so'zidan kelib chiqib, u hech qaerda qat'iy yozib qo'yilmagan ijtimoiy konundir. Inson kundalik hayotida undan (axloq normalaridan) norma sifatida foydalanadi. Axloqiy tarbiya normalari har bir jamiyatning huquqiy normalariga asos bo'ladi. Axloqiy tarbiyada kishi axloqiy bilimlarni o'zlashtiribgina qolmay, har qanday vaziyatlarda o'zini ana shu normalarga munosib tuta oladigan kishilar axloqiy tarbiyalangan hisoblanadi. Axloqiy tarbiyalangan kishida barqaror ma'naviy motivlar shakllangan bo'ladi. Bu motivlar esa o'sha kishini jamiyatda munosib xulq-atvorga rag'batlantiradi. Yosh avlodni jamiyatga, mehnatga, o'ziga munosabatni ochib beruvchi ma'naviy fazilatlarga muvofiq ravishda tarbiyalash tarbiyalanuvchi shaxsni, axloqiy tarbiyaning pedagogik va psixologik asoslarini chuqur bilishni talab qiladigan murakkab jarayondir. Axloqiy bilimlarni ongli ravishda o'zlashtirib olishgina болаларga atrofdagi kishilar xatti-harakatidagi qaysi jihatlar yaxshi-yu, qaysilari yomon ekanligini anglab olishga yordam beradi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ma'naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etish ijtimoiy tarbiyaning muvaffaqiyatini ta'minlovchi eng muhim omil sanaladi. Ma'naviy-axloqiy ta'lim va tarbiya o'zaro bog'liqlik, uzviylik, aloqadorlik hamda dialektik xarakterga ega bo'lib, shaxs

ma'naviy-axloqiy kamolotini shakllantirish asosi hisoblanadi. Ma'naviy-axloqiy ta'lim bolalarga ma'naviy-axloqiy munosabatlar mohiyati to'g'risida tizimlangan bilimlarni berish, ularda ma'naviy-axloqiy bilimlarni egallashga bo'lgan ehtiyojni yuzaga keltirish ma'naviy-axloqiy ongini shakllantirish jarayoni bo'lib, izchil, uzluksiz, tizimli tarzda tashkil etilishi lozim.

Qadimgi faylasuflar-u, donishmandlar ijodida odob-axloq malasalari markaziy o'rinni egallab kelgan. Ular axloq-odobni jamiyatning «poydevori» deganlar. Shuning uchun jamiyatning har bir a'zosining xulqi-odobiga alohida e'tibor bilan qaraladi. Ma'naviy- axloqiy bilimlarni ongli ravishda o'zlashtirib olishgina o'quvchilarga atrofdagi kishilar xatti-harakatidagi qaysi jihatlar yaxshi-yu, qaysilari yomon ekanligini anglab olishga yordam beradi. Axloqiy tushunchalarning turli yosh davrlarida shakllanish darajasi turlichadir. Jumladan: 1. Axloqiy onglilik, 2. Axloqiy qadriyatlar, 3. Axloqiy his-tuyg'ular.

Axloq ijtimoiy ong shakllanishidan biri bo'lib, muayyan jamiyatda yashovchi kishilar amal qilishi zarur bo'lgan ma'lum xatti-harakat qoidalari yig'indisidir. Axloq odamlarning bir-biriga. jamiyatga, davlatga, xalq mulkiga, oilaga munosabatini muayyan tartibga soladigan xatti-harakat qoidalari tizimida namoyon bo'ladi.ahloq- kishining ichki olami, e'tiqodi, fazilatlari sifatida mavjud bo'lsa, odob-shaxsning ko'zga tashlanadigan mulozamati, xulq-atvori, muomala-munosabatlarida namoyon bo'ladi.

ADABIYOTLAR SHARHI.

Husayn Koshifiyning «Axloqi Muhsiniy» asari shaxsiy, oilaviy va fuqarolik axloq asoslarini o'z ichiga olgan.U 40 bobdan iborat. Muallif asarda adolat, sabr, yoqimlilik, hayo, odob, ishonch, va'daga vofo qilish masalalari haqida so'z yuritadi.

Jaloliddin Davoniyning «Axloqi Jaloliy» asarida axloqiy muammolar ijtimoiy-falsafiy masalalar tahlil qilinadi. Asarni yozishda muallif Arastu, Aflotun, Abu Nasr Farobiy, Ibn Sinolarning axloqiy ta'limotlaridan foydalangan. Risola uch qismdan iborat bo'lib, birinchi qismida xulqiy tarbiya va axloqiy xislatlarni egallash haqida so'z yuritib, axloqning asosiy tushunchalari: donolik, adolat, iffatga mufassal to'xtalgan, axloq ilmining maqsad va vazifalari belgilab berilgan. Ikkinchi qism oila va oilaviy hayot masalalariga bag'ishlangan. Unda bolalarni tarbiyalash va kamolga yetkazish, kasb-hunarni egallash yoritiladi. Uchinchi qism ijtimoiy siyosiy masalalarga bag'ishlangan.

Ahmad Yugnakiyning «Hibbat-ul-haqqoyiq» asari ta'limiy-axloqiy yo'nalishda yozilgan bo'lib, bilimlilik, adolat, sahovat kabi hislatlar ulug'lanadi, yetuk insonni tarbiyalash g'oyasi ilgari suriladi.

Amir Temur «Axloqiy Husniya» - yaxshi xulqlar egasi bo'lgan. U oqil va tadbirli sarkarda sifatida odamlarni ishga tayinlashda ham, vazifasidan ozod etishda ham shoshma-shosharlik va adolatsizlikka yo'l qo'ymagan. Amir Temur singari jahon ma'naviyati saltanatida o'z o'rinlariga ega bo'lgan buyuk bobokalonlarimizning axloq, go'zal xulq haqidagi fikrlari bugungi kun talabi bilan yozilgandek tuyuladi.

Amir Temurning vasiyatlaridan xalqiga cheksiz sodiqligini, millatini ulug'laganini, ozodlik uchun kurashuvchan, axloqiy madaniyati yuksakligini ko'rish mumkin: «Millatning dardiga darmon bo'ling. Zaiflarni qo'riqlang, yo'qsinlarni boylar zulmiga tashlamang. Adolat va ozodlik dasturingiz, rahbaringiz bo'lsin».

Ota-bobolarimizning asrlar davomida to'plagan hayotiy tajribasi, diniy, axloqiy, ilmiy, adabiy qarashlarini ifoda etgan yodgorliklar orasida Xorazm vohaasi hududida yaratilgan bebaho

ma'naviy obida «Avesto» kitobi alohida o'rin tutadi. Ana shunday o'lmas asori atiqalar bu ko'hna o'lkada, bugun biz yashab turgan tuproqda qadimdan buyuk madaniyat mavjud bo'lganidan guvohlik beradi. «Avesto»ning tub ma'no mohiyatini belgilab beradigan «Ezgu fikr, ezgu so'z, ezgu amal» degan tamoyilni oladigan bo'lsak, unda hozirgi zamon uchun ibrat bo'ladigan axloqiy saboqlar borligini ko'rish mumkin.

Abdulla Avloniyning «Turkiy guliston yoxud Axloq» kitobining «Haqqoniyat» deb atalgan bobida rostlik va to'g'ri so'zlikni insonning eng insoniy sifatlaridan biri deb hisoblaydi. U bola tarbiyasida o'sayotgan shart-sharoit va tarbiyaning roliga alohida e'tibor beriladi.

A.Navoiy ijodida ham axloq-odob masalalariga katta ahamiyat berilgan.

«Odobli inson barcha odamlarning yaxshisidir va barcha odamlar uchun yoqimlirog'idir»

- deydi mutafakkir A.Navoiy.

A.Navoiyning «Mahbub-ul qulub» asarida odob, axloqqa oid g'oyalar ilgari surilgan. Insonparvarlik g'oyalari ulug'langan.

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL.

Maktabgacha pedagogika yosh avlodni ma'naviy - axloqiy rivojlanishida tarbiya va tarbiyani muhim omil deb hisoblaydi. Pedagogika va ruhiyatga oid tadqiqotlar natijalarining ko'rsatishicha, maktabgacha tarbiya davri bolaning ma'naviy shakllanashida eng muhim boshqichidir. Shu davrda ma'lum maqsadga yo'naltirilgan tarbiya-tarbiya ta'sirida shaxsning axloqiy sifatlari shakllana boshlaydi. 6-7 yoshda ijobiy xulq normalarining ancha barqaror shakli yuzaga keladi. Bola atrofdagilar bilan bo'ladigan munosabatlarida egallab olgan axloq normalariga asoslangan holda ish tutadigan bo'lib qoladi. Shuning uchun bolalarga ilk yoshdan boshlab ma'naviy- axloqiy tarbiya berib borish muhimdir. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma'naviy- axloqiy jihatdan tarbiyalash vazifasi va mazmuni bolaning ma'naviy dunyosini, uning ongini, axloqiy hislarini, shaxsiy sifatlarini tarbiyalash va rivojlantirishni taqozo etadi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ma'naviy- axloqiy tarbiya vazifalari quyidagilar:

1. Bolalarda axloqiy his-tuyg'ular, tasavvurlar va xatti-harakatlarni tarbiyalash.

2. Xulq madaniyati va ijobiy munosabatlarni tarbiyalash.

3. Bolalarda axloqiy his-tuyg'ularni tarbiyalash.

4. Xulqdagi salbiy sifatlarni barham toptirish.

NATIJALAR.

Ma'naviy- axloqiy tarbiya maktabgacha ta'lim tashkilotlarida turli xil vositalar yordamida amalga oshiriladi. Birinchi galda bolalarni har xil faoliyatlar vositasida kattalar mehnati bilan tanishtirish, mashg'ulotlarda va mashg'ulotlardan tashqari vaqtlarda amalga oshirish. Turli xil bayramlar, ijtimoiy hayot voqealari, bolalar adabiyoti, musiqa, o'yin, ommaviy axborot vositalari

- oynai jahon, radio va boshqalar bolalarning ma'naviy- axloqiy tarbyasiga katta ta'sir ko'rsatadi. Kichik yoshli bolalar axloqiy tasavvur va bilimlarni faqat o'yin mashg'ulotlarida yaxshi o'zlashtirib oladilar. Bolalar tomonidan o'zlashtirib olingan tasavvurlarni ular ongli ravishda tushunib etishlari dastlab mashg'ulotlarda, keyinchalik o'yin, mehnat jarayonlarida, sayrda, mustaqil faoliyatlar orqali amalga oshiriladi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ma'naviy- axloqiy tarbiyaning asosiy tamoyillari quyidagilarni o'z ichiga oladi:

- g'oyaviy va tarbiya ishining ma'lum maqsadga qaratilganligi;

- ta'lim-tarbiya ishiga bola shaxsini xurmat kilgan xolda yondashish;

- axloqiy tarbiya ishini hayot va zamon bilan birga olib borish;

- bolalarning faolligi;

- oila va MTTlarining tarbiyaviy ta'sirining birligi;

- bola shaxsidagi ijobiy sifatlarga suyanish;

- bola shaxsini har tomonlama rivojlanishini ko'zda tutish.

Ma'naviy- axloqiy tarbiya printsiplarini pedagogik shart-sharoit bilan qo'shib amaga oshirish bolaning axloqiy rivojlanishiga samarali ta'sir etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ma'naviy- axloqiy tarbiya berishda har xil metod va usullarni qo'llash muhim ahamiyatga egadir. Ma'naviy- axloqiy tarbiya metodlari quyidagi guruhlarga bo'linadi:

1-guruh. Axloqiy ongni, axloqiy tasavvur va bilimlarni, ularni bajarish xoxishini shakllantirishga qaratilgan metodlar.

2-guruh. Madaniy xulq-atvor, ijobiy munosabatlarni shakllantirishga qaratilgan metodlar.

3-guruh. Axloqiy his tuyg'ular va munosabatlarni rag'batlantirishga tilgan yordamchi metodlar.

Yuqorida keltirilgan barch metodlar orqali bolalarga axloqiy norma va qoidalar, ijtimoiy hayot voqealari o'rgatiladi. Ularda axloqiy tasavvur va tushunchalar shakllantiriladi.

Bu guruh metodlariga qo'yiladigan asosiy talablar asosan; bolalarning yaxshilik, yomonlik to'g'risidagi tasavvurlarini e'tiborga olish; axloqiy xulq-atvor no'rmalarini muhokama qilish uchun maxsus yaratilgan vaziyatda bolalarning ozlarini faol qatnashtirish; har bir bolaning his-tuyg'usiga ehtiyotlik bilan munosabatda bolish.Bolani noo'rin tadqid qilish, uning ustidan kulish, unga nisbatan e'tiborsizlik qilish qa'tiyan man qilinadi. Hamma metodlardan izchillik bilan kompleks ravishda foydalaniladi.

XULOSA VA MUNOZARA.

Kichik yoshli bolalar axloqiy tasavvur va bilimlarni faqat uyin mashg'ulotlarida yaxshi o'zlashtirib oladilar. Bolalar tomonidan o'zlashtirib olingan axloqiy tasavvurlarni ular ongli ravishda tushunib yetishlari dastlab mashg'ulotlarda, keyinchalik o'yin, mehnat jarayonlarida, sayrda, musatqil faoliyatlar orqali amalga oshiriladi.

Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga axloqiy tarbiya berishda har xil metod va usullarni qo'llash muhim ahamiyatga egadir. Axloqiy tarbiya metodlari - bolalarning axloqiy tasavvur va bilimlarni egallab olishga qaratilgan faoliyat usulidir. Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyalanadigan axloqiy xususiyatlar, xulq-atvor qoidalari orasida insonparvarlik muhim o'rin tutadi. Insonparvarlik hissi axloq normalari va qoidalarini o'rgatish asosida rivojlanadi.

Buning uchun bolalarni yaxshi ishlarni qilishga o'rgatib borish kerak. Insonparvarlikni tarbiyalashda bolalarning yoshini e'tiborga olish zarur. Kichik bolaga yaxshi bo'l deganingiz bilan yaxshi bo'lib qolmaydi, chunki unda yaxshilik bilan yomonlikni to'g'ri tahlil qilish hayotiy tajribasi yetishmaydi. Bu yoshdagi bolalarni yaxshi ishlar qilishga o'rgatiladi: yiqilib tushgan bolani turg'azib qo'yishga yordam berish, uning ustki kiyimlarini qoqib qo'yish, yupatish, o'simlik va hayvonlarni parvarish qilish, o'yinchog'ini o'rtog'iga berib turish, tik turgan kishiga joy ko'rsatish, eng muhimi boshqalarga ko'rsatilgan xizmatdan xursand bo'lishga o'rgatish.

Kamtarlik, to'g'rilik, halolik va quvnoqlik xususiyatlarini tarbiyalash._Bu xususiyatlar sog'lom shaxsni tarbiyalashning eng muhim omillaridan hisoblanadi.

Kamtarlik har bir kishining eng muhim va oliyjanob fazilatlaridan biridir. Bu asosan maktab yoshidan tarbiyalanadi. Ammo maktabgacha yoshidan boshlab, bolalarga kamtarlik hissini singdirish, manmanlik, takabburlik va maqtanchoqlikni yo'qotib borish zarur.

Maktabgacha yoshdagi bolalar o'zlarini boshqa bolalardan ustun qo'yishga urinadilar, ba'zan ota-onalarining kasbi bilan ham maqtanadilar. Bunday xolatda bolalarning ota-onalari bilan tegishli ish olib borish, har bir kasbning zarurligi va muhimligi to'g'risida aniq misollar bilan tushuntirish zarur. Bolalar ayrim ishlarning uddasidan chiqib, boshqa bolalarni kamsitsalar, tarbiyachi bolaga biror narsani bilmagan o'rtog'iga o'rgatish kerakligini, o'z-o'zini maqtash yarashmasligini tushuntiradi. Sofdillik va rostgo'ylikni tarbiyalash yolg'onchilik va vijdonsizlik paydo bo'lishining oldini olish va unga qarshi kurash bilan uzviy bog'liqdir. Ba'zi bolalar o'zlari to'qigan, kattalardan eshitgan ertaklarini tushlarida ko'rgandek qilib ko'rsatishga urinadilar. Bunday holda ham urushmasdan «Ertak» to'qishni yaxshi bilgani uchun maqtash kerak.

Shunday qilib, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalardagi harakterning ijobiy na'munalarini, ularning yosh xususiyatlarini e'tiborga olgan holda axloqiy tarbiyaning hamma samarali usullari bilan tarbiyalanib borilsa, ijobiy natijalarga erishish mumkin.

ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. "Maktabgacha ta'lim- tarbiya to'g'risida"gi Qonun,.-T.;O'zbekiston. 2020 y.

2. F.Qodirova, Sh.Toshpo'latova, M.A'zamova. "Maktabgacha pedagogika". -

T.,"Ma'naviyat".2013

3. Yusupova P. Maktabgacha tarbiya pedagogika.T.; O'qituvchi, 1993.

4. Xasanboeva O.U. va boshqa. Maktabgacha ta'lim pedagogika .T.; Ilm ziyo. 2006.

5. Sh.Sodiqova "Maktabgacha pedagogika". "Tafakkur sarchashmalari" T.: 2013 y.

6. N.M.Kayumova "Maktabgacha pedagogika". "TDPU" nashiroti T.; 2013 y

7. BonoTHHa H.P. ^omKontHaa negaroraKa M. HaBHpHHT. 2005r

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.