Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI TARBIYALANUVCHILARNI IJODIY FIKRLASHGA O‘RGATISHDA NOAN’ANAVIY USULLARDAN FOYDALANISHNING MUHIM JIHATLARI'

MAKTABGACHA YOSHDAGI TARBIYALANUVCHILARNI IJODIY FIKRLASHGA O‘RGATISHDA NOAN’ANAVIY USULLARDAN FOYDALANISHNING MUHIM JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ijodiy fikrlash / noan’anaviy usullar / rasmli test / tarqatma material / didaktik o‘yin / ko‘rgazma / shaxsning rivojlanishi / mantiqiy topshiriq / Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari / “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Kurbanaliyeva Shoxista Badridinovna

Bu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodiy fikrlashni tarkib toptirish, shuningdek, rivojlantirishning ayrim noan’anaviy ish usullari haqida so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI TARBIYALANUVCHILARNI IJODIY FIKRLASHGA O‘RGATISHDA NOAN’ANAVIY USULLARDAN FOYDALANISHNING MUHIM JIHATLARI»

MAKTABGACHA YOSHDAGI TARBIYALANUVCHILARNI

IJODIY FIKRLASHGA O'RGATISHDA NOAN'ANAVIY USULLARDAN FOYDALANISHNING MUHIM JIHATLARI

Kurbanaliyeva Shoxista Badridinovna

Fargona viloyati Kuvasoy shahar 22-DMTT direktori https://doi.org/10.5281/zenodo.11242664

Annotatsiya. Bu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodiy fikrlashni tarkib toptirish, shuningdek, rivojlantirishning ayrim noan'anaviy ish usullari haqida so'z yuritilgan.

Kalitso'zlar: ijodiy fikrlash, noan'anaviy usullar, rasmli test, tarqatma material, didaktik o'yin, ko'rgazma, shaxsning rivojlanishi, mantiqiy topshiriq, Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari, "Ilkqadam" davlat o'quv dasturi.

Аннотация. В данной статье рассказывается о некоторых нетрадиционных способах развития творческого мышления у детей дошкольного возраста.

Ключевые слова: креативное мышление, нетрадиционные методы, официальный тест, раздаточный материал, дидактическая игра, выставка, личностное развитие, логическое задание, государственные требования к развитию детей младшего и дошкольного возраста, государственная образовательная программа «Первый шаг».

Abstract. This article talks about some unconventional ways to develop creative thinking in preschool children.

Keywords: creative thinking, unconventional methods, official test, handouts, didactic game, exhibition, personal development, logical task, state requirements for the development of children of primary and preschool age, state educational program "First Step".

Jamiyatda yashayotgan insonlarning aqliy salohiyati qay darajadaligi har qanday jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini belgilaydi. Aqliy salohiyat bilan birga beriladigan ijodiy tafakkur insonga berilgan ijtimoiy boylik hisoblanadi. Bu kabi jamiyat a'zolarining ko'payishini istasak, ishni aynan maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilardan boshlash zarurdir.

Chunki, bu yoshdagi bolalar o'zlarining iqtidorlarini, iste'dodlarini namoyon etishga qodirlar. Erta aniqlangan iqtidor va qobiliyatlar ustida ishlanganida, ularni rivojlantirishga xizmat qiladigan sharoitlarning yaratilganidagina bu kabi boylik o'z natijasini beradi. Bu jarayonda maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisining vazifasi tarbiyalanuvchilarni to'g'ri yo'naltirishdan iboratdir. Bu kabi qobiliyat egalari erta yoshdan aniqlansa, ota-onalar bilan to'g'ri hamkorlik ishlari amalga oshirilsa, sharoit yaratib berilsa har tomonlama ijodiy fikrlaydigan shaxs shakllanadi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari hamda "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi asosida ta'limiy faoliyatlarning samarali amalga oshirilishini ta'minlash, ta'limning sifat ko'rsatkichini kafolatlashda interfaol texnologiyalar hal qiluvchi omillardan biridir.

Mazkur vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishning yana bir omili, tarbiyachilar tomonidan interfaol texnologiyalarning mohiyatidan xabardorliklari hamda ularni ta'lim jarayonida samarali qo'llay olishlari, shuningdek, ta'lim jarayonini tashkil etishga nisbatan ijodiy yondashuvning qaror topishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Shaxsning rivojlanishi - jamiyat rivoji demakdir. Shunday ekan, jamiyat oldida turgan eng asosiy vazifalardan biri - har tomonlama yetuk, salohiyatli, barkamol va sog'lom, ijodiy fikrlovchi

avlodni voyaga yetkazishdir. Bu muhim vazifani amalga oshirishda tarbiyachilar albatta, o'qitishning jahon miqyosidagi ilg'or usullari asosida faoliyatlarni tashkil etishi zarur. Mazkur jarayonda tarbiyachining ijodiy salohiyatini ham unutmaslik zarur. Biz yuqorida talqin etgan ijodkor shaxsning shakllanishida, albatta ijodkor tarbiyachining o'rni muhimdir.

Maktabgacha ta'limda tarbiyalanuvchilarda ijodkorlikni shakllantiruvchi vositalar sirasiga ko'rgazmalilik, tarqatma materiallar, rasmli testlardan foydalanish, didaktik o'yinlar, mantiqiqy topshiriqlar va hakozolarni kiritish mumkin.

Ko'rgazmali qurollardan foydalanish bolalarni mavzuga amaliy yondoshishiga, faollikka, ko'rish orqali narsa yoki predmet haqidagi bilimni mustahkamlashga undaydi.

Tarqatma materiallar tarbiyachining vaqtdan unumli foydalanishiga, individual ishlarni tashkillashtirishiga xizmat qiladi. Individual yondashib har bir bolaga yoki kichik guruhga berilgan tarqatma esa, tarbiyalanuvchilarda ma'suliyat hissini tarbiyalaydi.

Rasmli testlar bir vaqtning o'zida bolalarning bir necha mavzularni qanday o'zlashtirganini aniqlashga yordam beradi. Bolalarda qiziqish, ijodkorlik kabi hislarni tarkib toptiradi.

birinchi

Yana shuni ta'kidlash lozimki, rasmli test orqali bola bitta to'g'ri javobni tanlashi uchun ikkita noto'g'ri javobni ham tahlil qilishiga to'g'ri keladi.

Didaktik o'yinlardan foydalanilganda, bolalarda faollik oshadi. Didaktik o'yinlar o'tkazishdan oldin bolalarning yoshini, bilim saviyasini hisobga olishni unutmaslik kerak. Ularni oddiy, oson va vaqtni kam oladigan turlaridan boshlab, asta-sekin murakkablashtirib borish yaxshi natija beradi. Bunday ish tutish, bir tomondan bolalarning dunyoqarashi va ongini kengaytirsa, boshqa tomondan, ularning bayon etish qobiliyatini kuchaytiradi, mustaqil ishlash ko'nikmalarini rivojlantiradi.

Tarbiyachi bunday didaktik o'yinlarni mavzu asosida ma'lum maqsaddan kelib chiqqan holda tanlay olishi zarur.

Mantiqiy topshiriqlar bolalarni o'ylashga, mavzuga ongli munosabatda bo'lishga o'rgatadi.

Katakchalarni to'g'ri to'ldirsangiz alloma nomi kelib chiqadi

O'quv qurollar va jihozlar nomlarini to'g'ri topsangiz, kalit so'z kelib chiqadi

Shiddat bilan jadallayotgan bugungi kunda bilimli, mantiqan va ijodiy fikrlaydigan farzandlarni tarbiyalashni o'z oldimizga maqsad qilgan ekanmiz, eng avvalo pedagogning o'z ustida mustaqil ishlashi zarurligini unutmasligimiz kerak. Farzandlarimizdan biz nima kutayotgan bo'lsak, pedagog undan ham ko'proq bilimli, ijodkor bo'lishi zarur.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 dekabrdagi "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to'g'risida"gi 802-son qarori.

2. Takomillashtirilgan "Ilk qadam" Davlat o'quv dasturi. Toshkent-2022 yil.

3. Sh.Shodmonova. Maktabgacha ta'lim pedagogikasi. O'quv-metodik qo'llanma. Toshkent-2008.

4. Akramova Matluba Tulkinovna. Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi. O'quv qo'llanma. Toshkent-2021.

5. Kalmuratov T.N. Issues of Improving the Management of Family Non-Governmental Preschool Education Organizations. International Journal of Social Science Research and Review, http://ijssrr.com editor@ijssrr.com Volume 4, Issue 4 November, 2021 Pages: 135139.5 bet

6. Valiyeva F.R. To Develop Professional Training of Professional Education Specialists by Ensuring //International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD) Special Issue on International Research Development and Scientific Excellence in Academic Life Available Online: www.ijtsrd.com e-ISSN: 2456 - 6470 2021

7. Olimov Q.T, Li D.Ye, Mavlonov N.Sh, Technology of creation electronic textbooks on special disciplines for vocational education, J: Xalqaro ilmiy jurnal "Vestnik nauki" 2020-yil 23-fevral № 2 (23)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.