Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TA’LIMIY FAOLIYATLARNI SAMARALI TASHKIL ETISHDA «ILK QADAM» DAVLAT O‘QUV DASTURINING AFZALLIKLARI'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TA’LIMIY FAOLIYATLARNI SAMARALI TASHKIL ETISHDA «ILK QADAM» DAVLAT O‘QUV DASTURINING AFZALLIKLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
“Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturi / rivojlanish markazlari / ta’limiy faoliyat / “Qurish / konstruksiyalash va matematika” markazi / “Syujetli-rolli o‘yinlar va drammalashtirish” markazi / “Til va nutq” markazi / “Fan va tabiat” markazi / “San’at” markazi

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Norbaeva Soxiba Otaqulovna

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturi asosida rivojlanish markazlarida ta’limiy faoliyatlarni tashkil etish, rivojlanish markazlarida ta’limiy faoliyatlarni tashkil etishning samarasi haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, “Ilk qadam” Davlat dasturi asosida ta’limiy faoliyatlar mazmuni har bir rivojlanish markazlari faoliyati kesimida izohlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TA’LIMIY FAOLIYATLARNI SAMARALI TASHKIL ETISHDA «ILK QADAM» DAVLAT O‘QUV DASTURINING AFZALLIKLARI»

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA TA'LIMIY FAOLIYATLARNI SAMARALI TASHKIL ETISHDA «ILK QADAM» DAVLAT O'QUV DASTURINING AFZALLIKLARI

Norbaeva Soxiba Otaqulovna

Samarqand viloyati, Payariq tumani, 32-DMTT direktori https://doi.org/10.5281/zenodo.11242735

Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida "Ilk qadam" Davlat o'quv dasturi asosida rivojlanish markazlarida ta'limiy faoliyatlarni tashkil etish, rivojlanish markazlarida ta'limiy faoliyatlarni tashkil etishning samarasi haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, "Ilk qadam" Davlat dasturi asosida ta'limiy faoliyatlar mazmuni har bir rivojlanish markazlari faoliyati kesimida izohlangan.

Kalit so'zlar: "Ilk qadam " Davlat o'quv dasturi, rivojlanish markazlari, ta'limiy faoliyat, "Qurish, konstruksiyalash va matematika" markazi, "Syujetli-rolli o'yinlar va drammalashtirish " markazi, "Tilva nutq" markazi, "Fan va tabiat" markazi, "San'at" markazi.

Аннотация. В статье рассматривается организация образовательной деятельности в центрах развития, эффективность организации центров развития в организациях дошкольного образования на основе Государственной учебной программы «Первый шаг». Также разъясняется содержание образовательной деятельности на основе Государственной программы «Первый шаг» с точки зрения деятельности каждого центра развития.

Ключевые слова: программа "первый шаг", центры развития, образовательная деятельность, центр "строительство и математика", центр "сюжетно-ролевая игра и драма ", центр "язык и речь ", центр "наука, центр "искусство ".

Abstract. This article discusses the organization of educational activities in development centers, the effectiveness of the organization of development centers in preschool education organizations on the basis of the State Curriculum "First Step ". Also, the content of educational activities on the basis of the State Program "First Step "is explained in terms of the activities of each development сеnter.

Keywords: "First Step" program, development centers, educational activities, "Construction and Mathematics" Center, "Plot-Role Play and Drama" Center, "Language and Speech" Center, "Science" Center, "Art" Center.

Maktabgacha ta'lim tizimi uzluksiz ta'limning birlamchi, eng asosiy bo'g'ini hisoblanadi. Shunday ekan, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tashkil etiladigan ta'limiy faoliyatlar bugungi kunda har tomonlama sifatli va noan'anaviy bo'lishi talab etiladi.

"Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablari" asosida ishlab chiqilgan "Ilk qadam" Davlat o'quv dasturining mavjudligi uzluksiz ta'lim tizimida maktabgacha ta'limni samarali amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar eshigini ochadi. "Ilk qadam" Davlat o'quv dasturi maktabgacha ta'limning sifatini ta'minlashga mo'ljallangan bo'lib, ushbu dastur maktabgacha ta'lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagoglar uchun rag'batlantiruvchi o'quv muhitini qanday yaratish, bu jarayonga ota-onalarni o'z xohish-istaklari asosida jalb qilish kerakligini tushunish va jalb qilishga yordam beradi. Shuningdek, dastur tarbiyalanuvchilarda o'z xohish-istaklarini namoyon qila olish orqali o'zi istagan va qiziqqan

markazida faoliyatini olib borish, o'z "Men"ligini namoyon etish, jamoada tengdoshlari bilan iliq munosabatni shakllantirish kabi fazilatlarni tarbiyalashda xizmat qiladi.

Dastur asosida guruhlarda tashkil etiladigan "Qurish, konstruksiyalash va matematika", "Syujetli-rolli o'yinlar va drammalashtirish", "Til va nutq", "Fan va tabiat", "San'at" rivojlanish markazlaridagi faoliyatlar tarbiyalanuvchilarning doimiy ravishda yangi bilimlarni o'zlashtirishga bo'lgan ehtiyojning o'sishiga va egallangan bilimlarning mustahkamlanishiga yordam beradi. Rivojlanish markazlarida olib boriladigan rang-barang ta'limiy faoliyatlar tarbiyalanuvchilarni o'z bilimini mustaqil ravishda oshirib borishga, yuz berayotgan yangilanish jarayonlariga munosib moslashib borishga o'rgatishni o'z oldiga maqsad qilib, bolalarda o'zgarishlarni qabul qilish, amalga oshirish, tanqidiy fikrlash va asoslash, o'z tanlovini qilish, muammolarni ijobiy hal eta olish, har tomonlama ijodiy, tafakkur va ixtirochilik imkoniyatlarini namoyon etish, atrofdagilar haqida g'amxo'rlik qilish hamda atrof-olamni asrashni o'z burchi deb bilish kabi ijobiy xislatlarni tarbiyalashga xizmat qiladi. Bunday faoliyat turlari bolalarning tabiatga qiziqishlariga, tajribadan qoniqish hosil qilishlariga, o'z g'oyalarini tajribada sinab ko'rishga bo'lgan intilishning kuchayishiga turtki bo'ladi.

Bundan tashqari, bola o'z g'oyalari bilan yolg'iz qolishi yoki aksincha do'stlari bilan birga o'ynash imkoniyati ham mavjud bo'ladi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida rivojlanish markazlaridagi muhitning talab darajasida jihozlanishi ham ta'limiy faoliyatlarning samarali tashkil etilishi uchun muhim sanaladi, albatta. Rivojlanish markazlari shunday bo'lishi lozimki, bunda bolalarda paydo bo'lgan savollarga bolalarning o'zlari javob topish imkoni mavjud bo'lsin. Ya'ni, tarbiyalanuvchi bo'layotgan jarayonni tahlil qilsin va natijada o'zi xulosa chiqara olsin. O'z savoliga javob izlash jarayonida bolada qiziqish, dalillash va e'tibor berish asosiy mazmunga aylanadi. Bu holatda tarbiyachi savolni yanada murakkablashtirmasdan, bolani chalg'itmasdan bola uchun maqbul javobni topishga yo'naltirishi lozimdir.

Tarbiyachilarning vazifasi - bolalarning muloqotga kirishishga bo'lgan qiziquvchanligini rag'batlantiruvchi muhitni yaratish va bolalarning o'zgaruvchan ehtiyojlariga qarab, o'z vaqtida kerakli sharoitlarni moslashtirgan hamda ularni kuzatishdan iborat. Rivojlanish markazlarida bir hafta davomida bitta mavzuning o'tilishi tabiiy hol, ammo tarbiyachining ijodkorligi bilan markazlardagi jihozlar rang-barang bo'lishi, o'zgaruvchan bo'lishi tarbiyalanuvchilarda markazlarga bo'lgan qiziqishning ortishiga sabab bo'ladi.

Tarbiyachi tomonidan tashkil etiladigan ta'limiy faoliyatni rejalashtirishda ta'limni rivojlantirish vazifasi ilgari qo'yiladi. Ryejalashtirishning maqbul va moslashuvchan bo'lishiga e'tibor qaratish lozimligini unutmaydi. Bunda tarbiyalanuvchining o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda bola shaxsiga yo'naltirilgan ta'limni tashkillashtirish zamonaviy maktabgacha ta'lim-tarbiyaning konsepsiyasi hisoblanadi.

Bu jarayonda tarbiyachi tarbiyalanuvchilarni kuzatar ekan, natijada ularning nimalarni bilishlari, nimalarni bilishga bo'lgan qiziqishlari, bajara olish imkoniyatlari va tushunishlariga tayangan holda bolalarning alohida qobiliyatlarini inobatga olib rejalar ishlab chiqadi va har bir bolaga o'z imkoniyatini to'liq ishga solishida, izlanishiga, ijodkorlik qobiliyatlarini namoyon etishiga, tashabbus ko'rsatishiga, yangi g'oyalarni kashf etishida yordamlashish uchun zaruriy choralarni aniqlaydi.

Kuzatish nafaqat o'yin yoki sayr jarayonida balki, tarbiyachi ta'limiy faoliyatini tashkil etishda ham har bir bolaning individual qobiliyati, ehtiyoji va qiziqishini inobatga olgan holda zamonaviy ta'lim hamda innovasion texnologiyalardan foydalanib rejalashtirishi lozim.

"Ilk qadam" dasturiga tayangan tarbiyachi ta'limiy faoliyatda ta'lim-tarbiya muammolarini, milliy, umumbashariy va umuminsoniy qadriyatlar bilan bog'lagan holda hal etish, ma'naviy meros va milliy qadriyatlariga tayangan holda yosh avlod ongiga yetkazish usullarini qo'llaydi.

O'sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama kamol toptirish jismoniy, aqliy, axloqiy, estetik ta'lim-tarbiya to'g'risidagi metod va usullarni maktabgacha ta'lim tashkilotlarining amaliy hayoti bilan bog'lab, bolaga tanish bo'lgan muhit va oila bilan uzviy hamkorlikda har tomonlama rivojlantirish ishini amalga oshiradi.

"Ilk qadam" Davlat o'quv dasturida kun davomida bolalarga bilimni tartibli va izchil bayon qilish usullarini, zarur ko'nikma va malakalarni, kompetensiyalarni singdirish, ularning ongi va xulqiga ijobiy ta'sir etish, aqlini, idrokini, dunyoqarashini va bilish faolligini rivojlantirishga e'tibor qaratish maqsadi qo'yiladi. Tarbiyachi ushbu dastur talablariga muvofiq ish ko'rar ekan, har bir bolani bir dunyo deb bilishi, uning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda qiziqishlari va ehtiyojlarini, ijodkorlik va tadqiqotchiligini, muvaffaqiyatga erishish imkoniyatini yuzaga chiqaradigan ta'limni ta'minlashi zarur. Tarbiyachi bolalarni aynan bir xil, o'xshash narsalar va faoliyat turlariga jalb qilishlari uchun ularning o'ziga xos, boshqalardan ajralib turadigan rivojlanish ko'rsatkichlari to'g'risida to'liq tasavvurga ega bo'lishlari kerak. Shuningdek, bolaning noyob va takrorlanmas ekanliklarini unutmasliklari lozim.

"Ilk qadam" Davlat o'quv dasturidagi o'ziga xosligikning yana bir jihati shundaki, ta'limiy faoliyatlar dasturda aks ettirilgan mavzular asosida hududiy, milliy, madaniy xususiyatlar shuningdek, maktabgacha ta'lim tashkilotining imkoniyati va o'ziga xosligini hisobga olgan holda tashkil etilishidir.

Xulosa o'rnida aytish joizki, ta'limiy faoliyatlarning qay darajada samarali bo'lishi bu nafaqat tarbiyachiga bog'liq, balki, tashkilot direktorining ham "Ilk qadam" Davlat o'quv dasturini qay darajada bilishiga bog'liq deb o'ylayman. Tashkilot direktori sifatida ayta olamanki, maktabgacha ta'lim tashkiloti direktori nafaqat, rahbar, nazoratchi yoki sharoit yaratib beruvchi, balki ta'limiy faoliyatlarning qay darajada samarali tashkil etilishida ma'sul hamdir.

REFERENCES

1. Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablari. - T., 2020.

2. Takomillashtirilgan "Ilk qadam" Davlat o'quv dasturi. - T., 2022.

3. F.R.Qodirova va boshq. Maktabgacha pedagogika. Darslik. - T.: "Tafakkur" nashriyoti, 2019.

4. M.Yuldashev va boshq. Maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilarining kasbiy mahoratini rivojlantirish. O'quv qo'llanma (I qism). - T., 2020.

5. Valiyeva F.R. Ensuring continuity in the traning of future professionals in the educatication system.// Europen Journal of Research and Reflection in Educational Sciences/ Volume 7 Number 6, 2019. ISSN 2056-5852

6. Kalmuratov T.N. Issues of Improving the Management of Family Non-Governmental Preschool Education Organizations. International Journal of Social Science Research and Review, http://ijssrr.com editor@ijssrr.com Volume 4, Issue 4 November, 2021 Pages: 135139.5 bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.