Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI TARBIYALANUVCHILARINI NUTQ, MULOQOT, O'QISH VA YOZISH MALAKALARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI'

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI TARBIYALANUVCHILARINI NUTQ, MULOQOT, O'QISH VA YOZISH MALAKALARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
254
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
maktabgacha ta’lim / rivojlanish markazi / o’qish va yozish malakalari / nutq / zamonaviy usullar / bolalar rivojlanishi / muloqot / pedagog.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Saidova Gulshod Pardayevna, Ahmedova Gulxumor Karimboyevna

Maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlanish markazlarida pedagogik jarayonni tashkil etish bo’yicha fikr-mulohazalar yuritilgan. Shuningdek maqolada, maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalarini rivojlantirishning pedagogik asoslari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI TARBIYALANUVCHILARINI NUTQ, MULOQOT, O'QISH VA YOZISH MALAKALARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI»

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI TARBIYALANUVCHILARINI NUTQ, MULOQOT, O'QISH VA YOZISH MALAKALARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI

1Saidova Gulshod Pardayevna, 2Ahmedova Gulxumor Karimboyevna

1Surxondaryo viloyati, Sherobod tumani,40-DMTT direktori, 2Qoraqalpog'iston Respublikasi,

Ellikqal'a tumani, 2-DMTT direktori https://doi.org/10.5281/zenodo.11288200

Annotatsiya. Maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida rivojlanish markazlarida pedagogik jarayonni tashkil etish bo'yicha fkr-mulohazalar yuritilgan. Shuningdek maqolada, maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini nutq, muloqot, o'qish vayozish malakalarini rivojlantirishning pedagogik asoslari yoritilgan.

Kalit so'zlar: maktabgacha ta'lim, rivojlanish markazi, o 'qish va yozish malakalari, nutq, zamonaviy usullar, bolalar rivojlanishi, muloqot, pedagog.

Maktabgacha ta'lim tizimi uzluksiz ta'lim tizimining ilk bo'g'ini hisoblanadi. Ushbu tizimning asosiy maqsadlaridan biri - bola shaxsining har jihatdan rivojlanishini ta'minlash, qobiliyatlarini ro'yobga chiqarish, bolalarni o'qishga, doimiy ta'lim olish uchun zarur bo'lgan ko'nikmalarni shakllantirish va maktabda sifatli, muvaffaqiyatli o'qishi uchun tayyorlashdan iboratdir. Bu esa o'z navbatida tarbiyachilardan kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga tayyorlanish, kasbiy-pedagogik vazifalarni oqilona hal qilish, faoliyati natijalarini real baholash, hamda pedagogik jarayonni takomillashtirish, ta'lim sifatini yaxshilash, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga doir yangi g'oyalarni ilgari surish, ularni amaliyotga samarali tatbiq etish, yetarli bilim, malaka, hujjatlarni mukammal o'rganish va uni amaliyotga to'g'ri tadbiq qilish talab qilinadi.

Bugungi kunda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida pedagogik jarayonni tashkil etishda rivojlantirish markazlaridan foydalanish masalasi asosiy masalalarning biriga aylangan. Bu esa barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlarida Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standarti va "Ilk qadam" davlat o'quv dasturini amalda qo'llash bilan bog'liqdir. Maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachisi davlat talablarining "Nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari" sohasi mazmuni asosidagi o'quv-tarbiyaviy jarayonni "Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yilgan davlat talablari" asosida amalga oshiradi.

"Nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari" sohasidagi o'quv-tarbiyaviy faoliyat "Ilk qadam" Davlat o'quv dasturida berilgan yillik mavzuli reja asosida oy mavzulari va hafta mavzulariga asoslanib, faollik markazlarida va kun davomidagi turli faoliyatlarda olib boriladi.

Markazda ishlash jarayonida bolalarda nutq, kattalar, tengdoshlari bilan, o'yinchoq va texnik vositalar bilan muloqot rivojlanadi. Ya'ni televizor orqali ko'rsatilayotgan roliklardagi savollarga javob beradi, do'sti bilan suhbat quradi, o'z fikrini o'tkazish orqali bolalarcha tortishuvlar kechadi, hissiyot rivojlanadi. Bolaning fikrini qo'llovchilar bo'lsa, uning kayfiyati ko'tariladi. Kayfiyati tushgan bolaga nisbatan o'zaro yordam, uni ko'nglini ko'tarish jarayonlari ketadi. Bu holatlarni chetdan kuzatayotgan inson ular bir-birlari bilan muloqot orqali nutqlari rivojlanayotganligi tushunadilar.

Tarbiyachi nutq o'stirish metodikasining vazifalari ustida ish olib borar ekan haftaning o'rganilayotgan mavzusi asosida Davlat talablaridan kutilayotgan natijalarni maqsad qilib oladi va

faollik markazlarida turli tadbirlar, ta'limiy o'yinlar orqali maqsadga erishish uchun mavzularni rejalashtiradi.

Tarbiyachi bolalarga nutq o'stirish, savodxonlikka o'rgatish vazifalarni o'rgatish uchun dastur vazifalarini va Davlat talablaridagi "Nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari» katta sohasining har bir kichik sohasi talablari, kutilayotgan natijalarni yaxshi bilishi va olingan mavzuga mos kutilayotgan natijalarni (rivojlanish ko'rsatkichlar) tanlash, maqsadni amalga oshirish uchun tegishli markazlarni tayyorlash, jihozlar bilan boyitish ishlarini to'g'ri tashkillashtirishi lozim.

Markaz ishi davomida tarbiyachi bolalar nutqini kuzatadi, tavsiya etilgan materiallarning bolalar uchun qanchalik qiziqarli, tushunarli va osonligiga e'tibor qaratadi. Agar kerak bo'lsa, tarbiyachi ta'limiy materiallarni to'ldiradi yoki o'zgartiradi. Tarbiyachi barcha bolalarni besh kun davomida har bir markazda bo'lishini ta'minlash bilan birga ularning kuzatib boradi. Kuzatuv natijalari asosida tarbiyachi nutq o'stirish yuzasidan bola va uning ota-onalari bilan yakka tartibda ishlashni rejalashtiradi.

Har hafta oxirida tarbiyachi bolalar faoliyatini tahlil qiladi, bolalar nimalarni bilib olganini, nimani bilishni hohlashlarini o'rganadi, kattalar va tengdoshlari bilan o'zaro muloqotini kuzatadi, xulosalaydi. Shu bilan birga materiallar qay darajada qiziqarli va savodli tayyorlanganligi, qo'yilgan maqsadga erishildimi yoki yo'qligi chuqur tahlil etiladi. Shundan so'ng keyingi haftaga tayyorgarlik ko'riladi. Kerak bo'lsa umumiy guruhli faoliyatlar, kunning ikkinchi yarmida badiiy adabiyot, o'yin jarayonlarini tashkil etish orqali bola nutqi rivojlantiriladi.

Bolalar bilan ishlashda nutq rivojlanishi bo'yicha ijobiy natijalarga erishish uchun mazkur guruhlarga qatnovchi bolalarning o'zlari haqida tasavvurlarga ega bo'lish lozim. Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqini har tomonlama tekshirib chiqish zarur bo'ladi. Tekshirishni bolalar bilan ishlovchi pedagoglar va defektolog (agar u bo'lsa) bilan parallel ravishda olib borish lozim.

Natijalar tahlili quyidagilarga imkon beradi:

-mutaxassislarning yordamiga ehtiyoj sezadigan, nutq rivojlanishi sust va patologiyasi bo'lgan bolalarni aniqlash;

-bolalarning nutq rivojlanishi darajasi bo'yicha yetarlicha kontrastlik bo'lgan kichik guruhlarini ajratib olish, ulardan birinchisiga nutqning turli tomonlarini yaxshi egallagan maktabgacha yoshdagi bolalar, ikkinchisiga esa nutqi sust yoki yomon bo'lgan bolalar kiradi.

Ko'plab maktabgacha yoshdagi bolalarning kommunikativ rivojlanishi yetarlicha qulay amalga oshadi. Ular ham o'z tengdoshlari, ham katta yoshlilar bilan aloqa o'rnatadilar, birgalikda ishlash va o'ynash haqida kelisha oladilar, o'zlaricha reja tuzadilar; ular o'z iltimoslarini ifodalab bera oladilar, xabar bera oladilar va shu kabilarni amalga oshiradilar; muloqotning turli xil vositalari - nutqi, mimikasi, qo'l harakati bilan usullarni o'zlashtirgan bo'ladilar.

Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni o'qishga o'rgatish bo'g'in asosida olib boriladi. Bo'g'inlab o'qishga o'rgatish uchun so'zni bo'g'inga bo'lish, bo'g'in chegarasini aniqlashni o'rgatish muhim sanaladi. Savodxonlikka o'rgatish davrida tarbiyalanuvchilar so'zlarni bo'g'inlarga to'g'ri ajrata oladi, bo'g'inli kartochkalar yordamida bo'g'inlardan so'zlar tuzadi.

Bolalarni savodxonlikka o'rgatish umumiy maktabgacha ta'lim tashkilotlarining tayyorlov guruhlari, qisqa muddatli guruhlarda, boshlang'ich ta'limga tayyorlov guruhlari mavjud maktabgacha ta'lim tashkilotlarida amalga oshirilib, o'quv yili oxirida tarbiyalanuvchilar maktab ta'limiga quyidagi bilim, ko'nikma, malaka va kompetensiyalarga ega bo'lgan holda kirib boradilar.

1. O'qish ko'nikmasi;

2. Yozuv ko'nikmasi;

3. Tovushni tahlil qilishga tayyorgarligi;

4. Og'zaki bog'lanishli nutq.

Savodxonlikka o'rgatish o'ta mas'uliyatli jarayon bo'lib, mashg'ulotlar bolalarning faol ishtirokini ta'minlaydigan ta'limiy o'yinlar, interfaol metodlar va AKTdan foydalangan holda tashkil etilishiga erishish lozim.

Tarbiyachi-pedagog maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalarini rivojlantirishi uchun "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi asosida guruhlarda rivojlanish markazlarini tashkil etish, markazning bolalar rivojlanishidagi o'ziga xosligi, bolalarni og'zaki nutqini rivojlantirish, amaliy mashqlar, ta'limiy o'yinlar haqidagi bilimlarga, "Til va nutq" rivojlanish markazida suhbat, suratlar, narsalar, o'yinchoqlar, tengdoshlari bilan muloqotga kirishish, bolalarni his-tuyg'ularini, maqsadini nutq yordamida ifodalash malakasini shakllantirish, bolalarda nutq faoliyatini yo'lga qo'yish haqida bilim va ko'nikmalariga ega bo'ladilar.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 16-dekabrdagi "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi Qonuni.

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning

3. Grosheva I.V., Mirziyoeva Sh.Sh., Yevstafeva L.G., Maxmudova D.T., Nabixanova Sh.B., Pak S.V., Nazarova V.A., Isxakova M.R., Abdunazarova N.F. O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi (takomillashtirilgan ikkinchi nashr) Toshkent 2022-yil (o'zbek va rus tillarida).

4. Qodirova F.R. Maktabgacha pedagogika. Darslik. "TAFAKKUR" nashriyoti. Toshkent -

5. Kalmuratov T.N. Issues of Improving the Management of Family Non-Governmental Preschool Education Organizations. International Journal of Social Science Research and Review, http://ijssrr.com [email protected] Volume 4, Issue 4 November, 2021 Pages: 135139.5 bet

6. Valiyeva F.R. To Develop Professional Training of Professional Education Specialists by Ensuring //International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD) Special Issue on International Research Development and Scientific Excellence in Academic Life Available Online: www.ijtsrd.com e-ISSN: 2456 - 6470 2021

7. Olimov Q.T, Li D.Ye, Mavlonov N.Sh, Technology of creation electronic textbooks on special disciplines for vocational education, J: Xalqaro ilmiy jurnal "Vestnik nauki" 2020-yil 23-fevral № 2 (23)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.