"ILK QADAM" DASTURI ASOSIDA MAKTABGA TAYYORLOV GURUHDA BOLALARNI SAVODXONLIKKA
O'RGATISH
Qodirova F.R
MTTDMQTMOI professori, pedagogika fanlari doktori, xalqaro pedagogik ta'lim fanlar
Akademiyasi akademigi https://doi.org/10.5281/zenodo.11278628
Annotatsiya. Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020yil 22 dekabrdagi "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaningDavlat standartini tasdiqlash to'g'risida"gi 802-son qarorida o 'z tasdig'ini topgan maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun ilk va maktabgachayoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari hamdaMaktabgacha ta'lim vazirliginingMuvofiqlashtiruvchi kengashining2022-yil 4-fevraldagi 1-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan vanashr qilish uchun tavsiyaetilgan "Ilkqadam"davlato'quvdasturiasosida maktabga tayyorlov guruhlardagi bolalarga savodxonlikni o'rgatish metodikasi bo'yicha material keltirilgan.
Kalit so^zlar: savodxonlikka o'rgatish, Davlat talabi, nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari, tovush, unli tovush, undosh tovush, harf, gap, so'z, bo'g'in.
O'zbekiston Respublikasining Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablarining asosiy sohalaridan biri "Nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari" bo'lib, u quyidagi kichik sohalardan iborat: nutq va til, o'qish malakalari, qo'l barmoqlari mayda motorikasi. Ushbu kichik sohalarning maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun maktabga tayyorlov guruhlarda savodxonlikka o'rgatish ta'limiy faoliyati o'quv yili davomida jami 72 ta mashg'ulot rejalashtirilgan, ularning davomiyligi 25-30 daqiqani tashkil etadi.
Maktabgacha ta'lim tizimida savodxonlikka o'rgatish metodikasi o'ziga xos xususiyatga ega bo'lib, maktabga tayyorlov guruhda savodxonlikka o'rgatishda sodda va murakkab gaplarni nutqida qo'llash, so'zdagi tovushni o'rnini bilish, tovushlarni farqlash, so'zlarni bo'g'inga bo'lish, harflarni tanish, harflarga tegishli so'zlarni topish, bo'g'in o'qish, bo'g'inli kartochkalar yordamida bo'g'inlardan so'zlar tuzish, so'z, tovush, bo'g'in, gap haqida tushunchaga ega, peshlavha, kitob nomlari, rasm tagidagi yozuvlar va hokazolarni o'qiy olish ko'nikmalarini shakllantirishdan boshlanadi.
O'zbek tili yozuvi fonematik yozuv hisoblanadi. 1993-yil 2-sentyabrdagi "Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini joriy etish to'g'risida"gi qonunga muvofiq o'zbek tili yozuvi uchun lotin grafikasi asos qilib olindi. Nutqning har bir tovushi uchun unga mos grafik shakl qabul qilindi.
Tarbiyachi savodxonlikka o'rgatish jarayonida o'zbek tilining fonetik xususiyatlarini hisobga olib mashg'ulotlarni rejalashtirishi lozim. Buning uchun o'zbek tili grafik tizimining quyidagi xususiyatlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega:
l.Savodxonlikka o'rgatishda tovush-harf bilan tanishtirish unlilardan boshlanadi. Hozirgi o'zbektilida 6 ta unli fonema mavjud: a, o, i, e, u, o'.
2.O'zbek tilida 24 ta undosh tovush bor. Yozuvda ular 23 ta harf bilan ifodalanadi: shulardan 3 tasi harf birikmasi, 20 tasi yakka harf bilan belgilanadi. Ular quyidagilar: b, d, f, g, h,
j (jumal), j (joja), k, l, m, n, p, q, r, s, t, v, x, y, z, g, sh, ch, ng. Undoshlarni o'rgatishda ham muayyan tartibga, talabga asoslaniladi.
Savodxonlikkao'rgatish jarayonini tashkil etish metodikasi Analiz-sintez metodida savodxonlikka o'rgatish jarayoni 2 bosqichda davom etadi. Birinchi bosqichda - tarbiyalanuvchilarga quyidagilar
> og'zaki va yozma nutq,
> gaP,
> so'z,
> bo'g'in,
> tovushlar,
> nutqning gaplardan, gaplarning so'zlardan tuzilishi,
> so'zlarning bo'g'inlarga bo'linishi,
> bo'g'inlarning tovushlardan tashkil topishi haqida ma'lumot beriladi.
> tovushlarning unli va undosh tovushlarga ajratilishi o'rgatiladi hamda ulardan
amaliy foydalana bilish ko'nikmalari hosil qilinadi.
Shuningdek, bu bosqichda bolalarning bog'lanishli nutqi ustida ishlanadi. Bunda tarbiyachi bolalarga nutq haqida tushuncha beradi, nutqning kichikroq bo'lagi gap bilan tanishtiradi. Gapning so'zlardan tuzilishi, gapning birinchi so'zi bosh harf bilan yozilishi, oxirida nuqta, so'roq, undov belgilari qo'yilishi ko'rsatmali didaktik materiallar orqali tushuntiriladi.
Har bir narsaning nomi-bu so'z ekani, so'z bo'g'inlarga bo'linishi, bo'g'in va so'z tovushlardan tuzilishi, tovushni talaffuz qilish, eshitish mumkinligi, tovushlar unli va undosh bo'lishi, ularning yozuvdagi ifodasi harf bilan ifodalanishi aytiladi.
Savodxonlikka o'rgatishning bu bosqichida analiz quyidagi metodik yondasuv bo'yicha olib boriladi:
1. Nutq tarkibidan gapni ajratish.
2. Gapdan so'zlarni ajratish va so'zlarning bosh shaklini topish.
3. So'z ichidagi yangi tovushni aniqlash va uning bo'g'indagi o'rnini belgilash.
4. Bo'g'in tarkibidagi yangi tovushlarning talaffuzini orfoepik me'yorda o'rganish.
5. Bosma harfda o'rgatilgan yangi tovushning yozma shaklini tanishtirish.
Bolalarni savodxonlikka o'rgatish maktabgacha ta'lim tashkilotlarining tayyorlov
guruhlari, qisqa muddatli guruhlarda, maktaboldi tayyorlov guruhlari mavjud xususiy hamda davlat-xususuy sherikchilik asosida tashkil etilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarida amalga oshirilib, o'quv yili oxirida tarbiyalanuvchilar maktab ta'limiga quyidagi bilim, ko'nikma, malaka va kompetensiyalarga ega bo'lgah holda kirib boradilar.
1. O'qish ko'nikmasi bo'yicha:
1) barcha harflarni biladi va ularni o'qiydi;
2) bo'g'in o'qiydi;
3) so'zni bo'g'inlab o'qiydi;
4) so'zlarni bo'g'inlarga bo'ladi;
5) bo'g'inli kartochkalar yordamida bo'g'inlardan so'zlar tuzadi;
6) so'z, tovush' bo'g'in, gap haqida tushunchaga ega;
7) so'zning lug'aviy, bo'g'inli va fonetik tuzilishi to'g'risida tasavvurga ega bo'ladi;
8) peshlavha, kitob nomlari, rasm tagidagi yozuvlarni o'qiydi;
9) nutqni eshitadi va tushunadi.
2. Yozuv ko'nikmasi:
1) qog'ozda to'g'ri chiziqlar, so'zlar va qisqa gaplarni bosma harflarda yozadi;
2) daftardagi yozuv qatorlarini aniqlay oladi;
3) rasmlarni to'g'ri joylashtiradi;
4) hamma harfni bosma ko'rinishini yozishni biladi;
5) qo'lni uzmasdan nuqta chiziqlarini birlashtirib rasm chizadi;
3. Tovushni tahlil qilishga tayyorgarligi:
1) so'zni bo'g'inlarga bo'ladi;
2) so'z yoki bo'g'indagi tovushni ajratadi;
3) hamma tovushni to'g'ri talaffuz qiladi;
4) nutqining baland yoki pastligi, diksiyasiga e'tibor qaratadi.
4. Og'zaki bog'lanishli nutqi:
1) o'z ona tilida erkin so'zlashadi;
2) turli gaplarni tuzadi;
3) shaxsiy tajribasiga tayanib rasm yuzasidan tasviriy hikoyani mustaqil tuzadi;
4) turli janrdagi badiiy asarlarni ifodali hikoyalaydi;
5) qofiyalar tuzadi;
6) topishmoqlar topadi;
7) kichik she'rlarni yoddan aytadi;
8) boshqa bolalarga eslab qolgan kitob mazmunini so'zlab beradi;
Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiku, savodxonlikka o'rgatish o'ta mas'uliyatli jarayon bo'lib, mashg'ulotlar bolalarning faol ishtirokini ta'minlaydigan ta'limiy o'yinlar, interfaol metodlar va AKTdan foydalangan holda tashkil etilishiga erishish lozim.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to'g'risida" 802-son qarori.
2. Grosheva I.V., Evstafyeva L.G., Maxmudova D.T., Nabixanova Sh.B., Pak S.V., Nazarova V.A., Isxakova M.R., Abdunazarova N.F. "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi /takomillashtirilgan ikkinchi nashr/". Toshkent, 2022 y.
3. Qodirova F.R. va boshqalar. "Nutq o'stirish metodikasi" T.:2019."
4. M.R.Is'hoqova, M.Z. Fayzullayeva,J.R.Kucharov, N.Q.Azizova, N.M. Sultonova "Maktabgacha yoshdagi bolalarni savodxonlikka o'rgatish". T.-2018