Научная статья на тему 'MAKTABGACHА YOSHDАGI BOLALАRNI BADIIY ASАRLАR BILAN TANISHTIRISH MUAMMOSIGA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR'

MAKTABGACHА YOSHDАGI BOLALАRNI BADIIY ASАRLАR BILAN TANISHTIRISH MUAMMOSIGA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
45
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
badiiy adabiyot / xalq og‘zaki ijodi / nutqini o‘stirish / ertak / hikoya yoki she’r / tez aytish va topishmoqlаr / polifunksional yondаshuv / shaхsga yo‘naltirilgаn yondаshuv / “Qizil gul” / “Oq gul” / “Sariq gul” / “Moviy gul”.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Xo‘jamberdiyeva Shaxnoza Ko‘paysinovna

Ushbu maqolada badiiy adabiyot mashg‘ulotlаri samaradоrligini oshirishgа xizmat etuvchi omillаr, bolalаrni badiiy asаrlаr bilan tanishtirishda shakllanadigan malakalаr hamda maktabgachа yoshdаgi bolalаrni badiiy asаrlаr bilan tanishtirish muammosiga zamonaviy yondashuvlar haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHА YOSHDАGI BOLALАRNI BADIIY ASАRLАR BILAN TANISHTIRISH MUAMMOSIGA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR»

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI BADIIY ASARLAR BILAN TANISHTIRISH MUAMMOSIGA ZAMONAVIY

YONDASHUVLAR

Xo'jamberdiyeva Shaxnoza Ko'paysinovna

NamDU dotsenti, pedagogika fanlari doktori (DSc) https://doi.org/10.5281/zenodo.11202313

Annotatsiya. Ushbu maqolada badiiy adabiyot mashg'ulotlari samaradorligini oshirishga xizmat etuvchi omillar, bolalarni badiiy asarlar bilan tanishtirishda shakllanadigan malakalar hamda maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy asarlar bilan tanishtirish muammosiga zamonaviy yondashuvlar haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: badiiy adabiyot, xalq og'zaki ijodi, nutqini o'stirish, ertak, hikoya yoki she 'r, tez aytish va topishmoqlar, polifunksional yondashuv, shaxsga yo 'naltirilgan yondashuv, "Qizil gul", "Oq gul", "Sariq gul", "Moviy gul".

Аннотация. В dannou cmambe говорится о фaктoрaх, повышиющих эффективность 3annmuu литeрaтурoй, Haebirnx, которые формируются при 3HamMcmee детей с произведениями mKyc^ea, и современных пoдxoдax к проблеме приобщения детей к произведениям uскусствa дошкольного вoзрaстa.

Ключевые слова: xудoжeствeннaя лuтeрaтурa, фольклор, рaзвuтue речи, сшзш, рaсскaз или стихотворение, скороговорки и зaгaдкu, пoлuфункцuoнaльный подход, лuчнoстнo-oрueнтuрoвaнный подход, "Крaсный цветок", "Белый цветок", "Жёлтый цветок", "Синий цветок".

Abstract. This article talks about factors that increase the effectiveness of literary classes, skills that are formed when introducing children to works of art, and modern approaches to the problem of introducing children to works of art ofpreschool age.

Keywords: fiction, folklore, speech development, fairy tale, story or poem, quick telling and riddles, polyfunctional approach, person-oriented approach, "Redflower", "White flower", "Yellowflower", "Blueflower".

Mamlakatimizda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog'ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, bolalarni maktab ta'limiga tayyоrlash darajasini tubdan yaxshilash, ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dastard va texnologiyalarini tatbiq etish maqsadida bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida bolalarda Vatanga muhabbat hissini, oilaga, o'z xalqining milliy, tarixiy, madaniy qadriyatlariga hurmat, atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona munosabatni shakllantirishga alohida e'tibor qaratildi maktabgacha ta'lim muassasalari uchun o'quv-metodik, didaktik materiallar va badiiy adabiyotlarni tanlab olishni va ekspertizasini ishlab chiqilgan tartibga muvofiq o'tkazish, maktabgacha ta'limning muqobil shakllari uchun yangi o'quv-metodik materiallarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilab berildi.

O'zbekiston Respublikasining "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi Qonunida maktabgacha ta'lim va tarbiya - bolalarga ta'lim va tarbiya berishga, ularni intellektual, ma'naviy-axloqiy, yetik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek, bolalarni umumiy o'rta ta'limga tayyorlashga qaratilgan uzluksiz ta'lim turi sifatida e'tirof etilishi ham bugungi kunda bu

soha vakillari oldiga yangidan yangi vazifalarni qo'ymoqda. Xususan, maktabgacha ta'lim va tarbiyaning Davlat standartida maktabgacha ta'lim tizimini zamonaviy talablarga asoslangan holda tashkil etish, maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy, umuminsoniy va ma'naviy qadriyatlar asosida tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish masalasi ko'rsatiladi.

O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yilgan Davlat talablari, "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi asosida 3-7 yoshli bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirib boriladi. Yosh avlodni jismoniy, aqliy va ma'naviy kamolotida badiiy adabiyotning o'rni beqiyos hisoblanadi. Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan "Ilk qadam" davlat o'quv dasturida kichkintoylarning yoshiga, qiziqish, fikrlash doirasiga mos tarzda yozilgan badiiy asarlarga keng o'rin ajratilgan.

"Ilk qadam" davlat o'quv dasturida badiiy adabiyot "Nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari" sohasiga kiritilgan. Zero, badiiy adabiyot bolalarning lug'at boyligini, nutqini, fikrlash qobiliyatini o'stirishda, savodga tayyorlashda muhim xizmat qiluvchi vositalardan biri hisoblanadi. Ma'lumki badiiy adabiyot san'atning alohida, o'ziga xos turlaridan biridir. San'atning bosh vazifasi esa inson ruhiyatiga ta' sir etish, qalbini hayajonlantirish orqali uni yaxshilik, ezgulik, go'zallik ruhida tarbiyalashdan iborat.

Badiiy adabiyot bolalarni aqlan, axloqan va estetik tarbiyalashning qudratli, ta'sirchan quroli sifatida xizmat qiladi, u bola nutqini rivojlantirish va boyitishga ulkan ta'sir ko'rsatadi.

"Ilk qadam" davlat o'quv dasturida belgilanganidek, badiiy adabiyot mashg'ulotlaridan ko'zda tutilgan asosiy maqsad - kichkintoylar qalbida badiiy kitobga nisbatan havas uyg'otish bilan birga, ularning kitobxonlik savodini, kitobxonlik madaniyatini oshirishdan iborat.

Tarbiyachilar badiiy adabiyot mashg'ulotlari samaradorligini oshirishga xizmat etuvchi ko'pgina omillarga e'tibor qaratishlari kerak, albatta. Jumladan, mashg'ulot uchun tanlangan badiiy asar matnini puxta o'rganib chiqish, uni bolalar qalbi va ongiga yetkazish usullarini izlashda quyidagilarga e'tibor berish kerak;

- badiiy asarni o'qib, unga singdirilgan asosiy maqsadni aniqlash;

- asar qahramonlarining xulq-atvorini, o'zaro suhbatini tahlil etish;

- asar qahramonlari o'rtasidagi munosabatlarga, to'qnashuvlarning sabab va oqibatlariga e'tibor qaratish;

- badiiy tasvir vositalari (qahramonlarning qiyofasi, tabiat tasviri, jonlantirish, o'xshatish);

- asar janri (ertak, hikoya, she'r) bo'yicha farqlarni aniqlash;

- badiiy asar voqealari asosida mantiqli savollar tuzish;

- mustaqil fikrlashga o'rgatish;

- bolalarda mustaqil, erkin fikrlash ko'nikmalari shakllantirirish;

- bolalarning badiiy adabiyotga bo'lgan qiziqishlari, ijobiy munosabatlarini orttirish;

- bolalarni ijodkorlikka o'rgatish;

- asar g'oyasini ochishda xizmat qiluvchi maqol, hikmatli so'z va topishmoqlardan foydalanish va mustaqil fikrini bayon etishni mustahkamlash;

- bolalarning mustaqil fikrini bayon ettirish maqsadida badiiy asar voqeasi yoki qahramonlar sarguzashtini davom ettirish;

- bir nechta so'zdan foydalanib hikoya yoki ertak aytish;

- mustaqil ertak, hikoya yoki she'r, tez aytish va topishmoqlar to'qish;

- asar bo'yicha ijodiy va mustaqil fikrlashni davom ettirish (bolalar ishtirokida ertak va hikoyalarni sahnalashtirish, qo'g'irchoq teatri qo'yish, teatrga sayohat uyushtirish, mehnat,

tasviriy faoliyat, musiqa mashg'ulotlarida mavzuni mustahkamlash);

- kitob javonida yangi kitob va rasmlardan ko'rgazmalar tashkil etish;

- adabiyot markazida bola eshitgan asar va hikoyalar asosida ovozlari yozib olingan audio, video disklarni yaratish, mustaqil kitoblar (shaxsiy mulohazalar, she'rlar, rasmli dialoglar)ga mualliflik qilish vazifalarini amalga oshirish.

"Badiiy adabiyot" bo'limida barcha guruh bolalariga o'qib va hikoya qilib berish uchun o'zbek va jahon xalq ertaklari, adabiy ertaklar, hikoyalar tavsiya etilgan. Kichik guruhlarda bolalarni adabiyot markaziga turli rang-barang kitoblar, rangli jurnallar, turli xil asar (ertak, hikoya)lar tasviri aks etgan audio va video tasmalar jamlanmasi yig'ilgan adabiyot markaziga xushmuomalalik bilan taklif etib mashg'ulot boshlanadi.

Barcha guruhlarda tashkil etiladigan badiiy adabiyot mashg'ulotlarida, xususan, mashg'ulot boshlanishi, asosiy qism, xulosa (mustahkamlovchi) qismi, qiziqarlilik, ijodkorlik, faollik asosiy mezon bo'lishi lozim. Bu bolaning o'rganishga, bilishga bo'lgan qiziqishini oshiradi. Kichkintoyning tafakkur, tasavvur doirasini kengaytirishda, mantiqli fikrlash, intellektual salohiyatini oshirishda, ma'naviy-axloqiy tarbiyasida muhim ahamiyatga ega bo'ladi.

Badiiy adabiyot va xalq og'zaki ijodidan shundaylarini tanlab olish kerakki, aql-idroki yoki jasurligi bilan, sabr-toqati yoki mehnati bilan har qanday qiyinchiliklarni yengadigan dovyurak, vijdonli qahramonlar ishtirok etadigan hikoya va ertaklardan bolalar juda hayratlanadilar, bunday hikoya va ertaklar bolalarni ijobiy qahramonlarga nihoyatda xayrixoh bo'lishga, yovuzlikka, nohaqlikka, qizg'anchiqlikka nisbatan murosasiz bo'lishga majbur etadi.

Maktabgacha davrdagi har bir yosh bosqichi o'zining nutqiy rivojlantirish vazifalarini qo'yadi. Yoshi o'sib borishi bilan adabiy asarlarni qabul qilish darajasi ham ortib borishi tufayli ular asta-sekin murakkablashtirilib boriladi. Bolalarda she'r tinglay olish qobiliyati rivojlanadi. Shundan kelib chiqqan holda kattalar bolalarning yosh imkoniyatlarini bilishlari zarur.

Davlat o'quv dasturida bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda ularni har bir yosh bosqichida bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtirib borish me'yorlari berilgan.

Tarbiyachi bolalarni badiiy asarlar bilan tanishtirar ekan, natijada bolalarda quyidagi malakalarni shakllantirishga erishishi lozim (1-rasmga qarang).

Badiiy asarlarni tinglash va tushunish

Asar qahramonlarining hatti harakatlarini baholash

Insonlardagi axloqiy sifatlar va nuqsonlarni ta'riflab berish

Adabiy asarlarning mazmuniga doir savollarga javob qaytarish

1-rasm. Maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy asarlar bilan tanishtirish jarayonida shakllanadigan malakalar

Maktabgacha ta'lim tashkilotida bolaning kelajak hayotida muvaffaqiyatga erishishiga yordam beruvchi jismoniy, aqliy va ma'naviy qobiliyatini bilish jarayonida, bizni o'rab turgan

atrof-muhitni o'rganish, nutq o'stirish, badiiy asarlar tinglash, rasm chizish, qurish-yasash, jismoniy mashqlar bajarish va boshqa faoliyat turlarida rivojlanadi. Bu faoliyatlarda yo'nalishlar bir-biri bilan uyg'unlashtirilib - integrallashgan rejalashtirish asosida tashkil etiladi hamda o'yin shaklida qiziqarli tarzda olib boriladi. O'yin kichkintoyning tabiiy ehtiyojlari va istaklariga mos kelganligi sababli, o'yin jarayonida o'rganayotgan mavzuni quvnoqlik bilan takrorlaydi, yengillik bilan o'zlashtiradi.

Shuning uchun ham bugungi kunda mamlakatimizda maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirish va uni zamonaviy talablar asosida shakllantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Mamlakatimizda maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim tizimini takomillashtirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Bu eski maqsad va dasturlarning vaqt o'tishi bilan yaroqsiz holga kelishi bilan bog'liq. Shu munosabat bilan O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi o'qituvchilar va tarbiyachilar oldiga yangi maqsad hamda vazifalarni qo'yishga, butun ta'lim tizimini ba'zi yangi yo'nalishlarda rivojlantirishga majbur.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to'g'risida"gi 802-sonli qarori qabul qilinib, unda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari belgilab berildi. Mazkur qarorning 4-bobi, "Davlat talablarining tarkibi" bo'limida quyidagi fikrlar mavjud: "Nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari" sohasi quyidagi kichik sohalarga bo'linadi: nutq va til; o'qish malakasi; qo'l barmoqlari mayda motorikasi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotida ta'lim olayotgan bolani har jihatdan shakllantirishda nutq va tilning ahamiyati katta. Standartda turli guruh tarbiyalanuvchilarining nutqini o'stirishda muhim bo'lgan pedagogik manbaalar, davlat dasturlari, davlat talablari hayotiy faoliyatlarga bog'langan holda tavsiflab berilgan. Jumladan, maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy asarlar bilan tanishtirish orqali nutqini o'stirish ahamiyatga ega ekanligi kutilayotgan natijalar -indikatorlarda ham o'z aksini topgan.

O'rta guruh misolida talqin qilsak, "Non isi" hikoyasini o'rganish jarayonida tarbiyachi bolalarga shunday vaziyatni yaratishi kerakki, kerak bo'lsa, bola hozir kundalik hayotida mavjud predmetlarni, zamonaviy qarashlarga mos javoblarni (havo tozalovchi turli vositalarni) berishi mumkin. Tarbiyachi badiiy asarning mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda umumiy xulosa chiqarishga bolalarni o'rgatib borishi kerak. Bunda uning polifunksional va hamkorlik muhitiga ustuvorlik berishi muhim ahamiyatga egadir:

polifunksional - rivojlantiruvchi muhitning turli tarkibiy qismlaridan xilma-xil ravishda foydalanish imkoniyati;

shaxsga yo'naltirilgan - pedagog har bir bolaning o'z qiziqishiga ko'ra shug'ullanishini ta'minlashi kerak (bolalar guruh muhitida osongina harakat qilishadi, qaerda nima joylashganini biladilar, o'yinchoqlar va barcha resurslardan erkin foydalana oladilar).

Tarbiyachining polifunksional yondashuvi sifatida kun tartibining turli qismlarida, jumladan, ertalabki qabul jarayonlaridan tortib bolani kuzatishgacha bo'lgan davrdagi barcha faoliyatlarida bolalarni badiiy asarlar qahramonlariga taqqoslash, ulardagi ijobiy jihatlarni (to'g'riso'zlik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi) shakllantirish va asar mazmuni va ularni qayta hikoyalatish asosida nutq o'stirish, so'z boyliklarini oshirish vazifalarini bajaradi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berish kompetensiyaviy yondashuv asosida tuzilgan bo'lib, o'sib borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda hayotiy muhim masalalarni hal qilish uchun zarur bo'lgan axloqiy me'yor va qadriyatlarni o'zlashtirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish, "Men" obrazini qurish bilan bog'liq bo'lgan faoliyat usullarini

shakllantirishga tayyorgarlikni ko'zda tutadi. Bu jarayonda "Kompetensiya" bolaning bilim, ko'nikma, malaka va qadriyatlari majmuyidir. Boshlang'ich kompetensiyalar, rivojlanish sohasidan qat'iy nazar, bola shaxsi shakllanishi uchun asos bo'lib xizmat qiladi.

Dasturda maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim kompetensiyalari sifatida kommunikativ, o'yin, ijtimoiy va bilish kompetensiyalariga urg'u berilgan.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'limni tashkil etishda har bir yosh guruhlari uchun oyning mavzularini, haftaning mavzularini aks ettiradi va beshta rivojlantirish markazlarida ta'limiy faoliyat tashkil etiladi:

• "Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika" markazi;

• "Syujetli-rolli o'yinlar va sahnalashtirish" markazi;

• "Til va nutq" markazi;

• "Ilm fan va tabiat" markazi;

• "San'at" markazi.

Bunda bolalar ko'tara oladigan mavzuning ahamiyati muhimdir. Masalan, hafta mavzusi -"Qo'shni davlatlar", bolalar to'liq tushunishi qiyin juda keng mavzu. Shuning uchun, bir hafta davomida barcha kerakli atributlar bilan "Qozog'iston", "Tojikiston" kabi qo'shni davlatlar haqida markazlarda ko'rgazmalar tashkil etish tavsiya etiladi. Shuningdek, bolalar uchun tanlanadigan badiiy asarlar ham mavzuga mos tanlansa, maqsadga muvofiq bo'ladi. Bu bolalarga bo'sh vaqtlarida qo'shni davlatlar to'g'risida ko'proq bilib olishga, madaniyatlar va urf-odatlarning farqlari va o'xshashliklarini, xalq san'ati go'zalligini tushunishga yordam beradi.

Shu o'rinda, "Til va nutq" markazida bolalarning nutqini rivojlanishi, maktabda savodxonlikni o'qitishga tayyorgarlik, atrof-muhit bilan tanishtirish uchun yo'naltirilgan materiallar qo'llaniladi: rasmlar, kartochkalar, albomlar, nutq, o'qish-yozish ko'nikmalarini rivojlantiruvchi o'yinlar. Ma'lumki, turli qoidali o'yinlarni o'ynashni biluvchi maktabgacha yoshdagi bolalar maktabda o'quv faoliyatini muvaffaqiyatli o'zlashtiradi.

Qoidali o'yinlarning xili juda ko'p. Bular - domino, yo'nalishli o'yinlar va boshqalar. Tanlovning asosiy prinsipi - o'yinlar bolalar uchun qiziq bo'lishi, raqobatbardosh va ta'limiy xarakterga ega, kattalarning ishtirokisiz o'ynash xohishini uyg'otishi kerak.

Ijtimoiy-hissiy rivojlanish yo'nalishida milliy o'zlikni anglash, o'zi va o'zgalar shaxsini hurmat qilish, his-tuyg'ularini ifodalash, o'g'il va qiz bolaga xos bo'lgan fazilatlarni tushunish, kattalar va tengdoshlari bilan erkin muloqot qilish va milliy qadriyatlarimizga xos muomala odobiga tayanishga urg'u berilgan.

Badiiy adabiyotlar bilan tanishtirishning bolalarni rivojlanishidagi ahamiyatini inobatga olgan holda o'qish, nutq va tilga oid faoliyat ilk yoshdayoq boshlanadi. Jumladan, ta'lim va tarbiya jarayonida kattalar badiiy asar orqali bolaning ijobiy his-tuyg'ularini tarkib toptirishi, unga emotsional munosabatda bo'lishi, muloyim, mehrli, xotirjam va do'stona ohangda so'zlashishi lozimligi belgilab berilgan.

Badiiy adabiyotlar bilan tanishtirish faoliyati bolalarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda 2-3 yoshdan boshlanadi. Mazkur faoliyat she'r yodlatish, so'zlab berish, ifodali o'qish, kechki soatda asarlar o'qib berish kabi shakllarda amalga oshiriladi.

Faoliyat uchun o'quv yili davomida barcha yosh guruhlarida 36 soatdan ajratilgan bo'lsa-da, mashg'ulotlarning yillik yuklamasidan kelib chiqib umumiy yuklamada egallagan foiz jihatidan farqlanadi.

Shu ma'noda, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida foydalanish uchun bolalarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqib quyidagi badiiy asarlar to'plamlari taqdim etilgan:

- kichik guruh bolalari uchun: "Qizil gul";

- o'rta guruh tarbiyalanuvchilari uchun: "Oq gul";

- katta guruh bolalari uchun: "Sariq gul";

- maktabgacha tayyorlov guruhi bolalari uchun: "Moviy gul".

Mazkur qo'llanmalar hikoyalar, ertaklar, she'rlar va topishmoqlardan tashkil topgan. Ularning umumiy soni 444 ta bo'lib, badiiy adabiyot turlarining qo'llanilishi yosh guruhlariga qarab farq qiladi (1-jadval). 1-jadval

MTTlarda foydalanish uchun tavsiya etilgan badiiy adabiyot turlarining qo'llanilishi

Kichik guruh bolalari O'rta guruh bolalari uchun Katta guruh bolalari uchun Maktabgacha tayyorlov guruhi bolalari uchun

Qizil gul Oq gul Sariq gul Moviy gul. jami

She'r 48 48 58 60 214

Hikoya 6 13 9 7 35

O'yin qo'shig'i 18 22 6 3 49

Ertak (afsona) 8 12 12 10 42

Maqol 18 11 13 42

Tez aytish 11 6 4 21

Topishmoq 14 3 14 31

Hadis (naql) 5 5 10

Jami 80 138 110 116 444

Tahlillar shuni ko'rsatadi ki, eng ko'p tavsiya etilgan badiiy adabiyot janri sifatic a she'rla

berilgan. Keyingi o'rinlarni o'yin qo'shiqlari, ertaklar va maqollar egallagan. Sunisi ahamiyatga molikki, yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda turli mamlakatlarning ertaklari ham o'quv dasturiga kiritilgan.

So'nggi yillarda tadqiqotchilar, pedagoglar, psixologlar va shifokorlar o'yin barcha sohalarda yosh bolalarning sog'lom rivojlanishi uchun hayotiy muhim element ekanligini ishonarli darajada isbotlab berishdi (Vrown, 2009; Sorrle apsl Vgedekamp, 2009; Elkind, 2003; Hirsh-Rasek, Golinkoff, Vrenk and Singer, 2009). O'yin rivojlanishning yetakchi manbai sifatida optimal rivojlanish uchun juda muhimdir. Bu BMTning Bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiyasining

31-moddasida ham belgilangan. Unda aytilishicha, bolalar yoshiga mos o'yinlarda ishtirok etish huquqiga ega. Bolalar o'yin kompetensiyalarini egallashlari uchun ularga vaqt, makon, materiallar hamda ota-ona yoki vasiylarning, maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlaydigan malakali tarbiyachilarning qo'llab-quvvatlashi kerak. O'yin alohida bolalar uchun ta'limda muvozanatni saqlashga yordam beradi, chunki bola o'z ta'limini qo'llab-quvvatlash uchun zarur bo'lgan darajada va jadallik bilan olib boradi. U har bir bolaning rivojlanish ehtiyojlari va manfaatlarini g'ayrioddiy tarzda inobatga oladi (Hewes, 2006:5).

Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim yondashuvida o'yin - bu bola tomonidan boshlangan va maktabgacha ta'lim pedagogi tomonidan astoydil qo'llab-quvvatlanadigan asosiy ish faoliyatidir.

Xatto eng o'ynoqi bolalar ham o'yindan o'qish va rivojlanish nuqtai-nazaridan foyda olish qobiliyatiga ega emas. Buning uchun ularga vaqt, makon va shaxsiy kutilmagan hamda mustaqil tarzda boshlangan o'yin harakatlarini rivojlantirishga asosiy e'tibor qaratish kerak.

O'yin bolalar rivojlanishida, xususan, badiiy adabiyot bilan bog'liq bo'lgan ruhiy (psixik) jarayonlarni shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Tadqiqotlar hatto o'ynash imkoniyatidan mahrum bolalar keyinchalik ijtimoiy va hissiy muammolarga duch kelishi mumkinligini tasdiqladi (Fraser Brown, 2013).

Shu o'rinda ta'kidlash joizki, ayni vaqtda O'zbekiston MTTlarida qo'llanib kelinayotgan ta'limiy suhbat, o'yin metodlari bilan bir qatorda maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy asarlar bilan tanishtirishga doir jahon tajribalaridan foydalanishni ham yo'lga qo'yishga ehtiyoj bor. Jumladan, dialogik o'qish orqali bolalarda og'zaki nutq ko'nikmalarini rivojlantirish, tarbiyalanuvchilarni rasmli kitoblarning (picture book) tilini o'rganishga o'rgatishning interfaol strategiyalarini ishlab chiqish, madaniy autentik adabiyotlar vositasida bolalarni axloqiy tarbiyalashning didaktik tizimini takomillashtirish, axborot tavsifidagi matnlardan foydalanish orqali bolalarda ilmiy tushunchalarni (science conceps) shakllantirish, storitelling (storytelling-tarixiy hikoya) vositasida tarbiyalanuvchilarda badiiy idrok va taasavvurlarni shakllantirish kabilarga e'tibor qaratish lozim. Mazkur texnologiyalar badiiy adabiyotga qiziqish uyg'otish bilan bir qatorda bolalarning o'qish, kognitiv, ijtimoiy, ma'naviy-axloqiy kabi tayanch kompetensiyalarini shakllantirishda katta ahamiyatga ega.

Shuningdek, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida xilma-xil faoliyat turlari ("Notice, Respond, and Engage" - "xabar ber, javob ber, ishtirok et"); ko'nikmalarni rivojlantirish ("Develop Skills" - "ko'nikmalarni rivojlantir"), maktabgacha yoshdagi bolalarning badiiy matn va rasmlar ustida ishlashga doir ijodiy faoliyatini tashkil etish texnologiyalarini takomillashtirish kerak.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi "O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" PQ-4312-son Qarori

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

2. O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 16-dekabrdagi "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi O'RQ-595-sonli Qarori

3. Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning Davlat standartini tasdiqlash to'g'risida"gi 802-sonli qarori.

4. "Ilk qadam" (takomillashtirilgan ikkinchi nashri) Davlat o'quv dasturi. - Toshkent, 2022. -27-bet.

5. Grosheva I.V. va boshqalar. O'yin orqali ta'lim olish. Metodik qo'llanma. Toshkent, 2020.

6. Abduraximova D.A. Xalq og'zaki ijodi namunalari vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash tizimini takomillashtirish. Avtoref. p.f.d.(DSc). -T.:2020. -74 b.

7. Maxmudova D.M. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ertaklar vositasida kitobxonlikka tayyorlashning pedagogik mexanizmlari. "Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya" nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya. https://doi.org/10.5281/zenodo.7214533.

8. Xujamberdiyeva Sh.K. Maktabgaca ta'lim tashkilotlarida badiiy adabiyot bilan tanishtirishning mazmuni // NamDU Ilmiy Axborotnomasi. - Namangan, 2022. №7. -Б. 538543

9. Xujamberdiyeva Sh.K., Abdusamatova N.J., Isabayeva A.Y. "Bolalarni nutqini o'stirish" // (darslik) Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-sonli buyrug'i, 233-0262 raqamli guvohnoma. - Toshkent: «Fan ziyosi» nashriyoti, 2023, ISBN: 978-99439608-3-1. -B.1-236.

10. Гурович Л.М. и.др. Ознакомление с художественной литературой. Занятия для дошкольников 3-7 лет: Пособие для воспитателя. Детство-Пресс издательство. 2022. С 48

11. И.Белинский В.Г., Чернышевский H., Добролюбов Н.А. О детской литературе. М., Просвещение, - с. 8.

12. Теплов Б.М. Проблемы индивидуальных различий. — М., 1961. (2-е изд. 1965) 140 стр.

13. Флерина, Е.А. Эстетическое воспитание в семье.- М., 1963.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.