Научная статья на тему 'MAKTABGACHА YOSHDАGI BOLALАRNI BADIIY ASАRLАR BILAN TANISHTIRISHNING ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALАRI'

MAKTABGACHА YOSHDАGI BOLALАRNI BADIIY ASАRLАR BILAN TANISHTIRISHNING ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALАRI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
44
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
badiiy adabiyot / insoniy tuyg‘ulаr / tanishuv bosqichi / adaptiv bosqich / refleksiya bosqichi / kitobхоnlik / dialog / monolog / illyustratsiyalаr.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Qoraboyeva Zohida To‘lanboyevna

Ushbu maqolada maktabgachа yoshdаgi bolalаrni badiiy asаrlаr bilan tanishtirish jarayonining uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash bosqichlаri hamda maktabgachа yoshdаgi bolalаrni badiiy asаrlаr bilan tanishtirishning zamonaviy texnologiyalаri xususida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHА YOSHDАGI BOLALАRNI BADIIY ASАRLАR BILAN TANISHTIRISHNING ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALАRI»

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI BADIIY ASARLAR BILAN TANISHTIRISHNING ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARI

Qoraboyeva Zohida To'lanboyevna

NamDU, Maktabgacha ta'lim metodikasi kafedrasi dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.11205586

Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgachа yoshdagi bolalarni badiiy asаrlаr bilan tanishtirish jarayonining uzviyligi va uzluksizligini ta'minlash bosqichlari hamda maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy asarlar bilan tanishtirishning zamonaviy texnologiyalari xususida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: badiiy adabiyot, insoniy tuyg'ular, tanishuv bosqichi, adaptiv bosqich, refleksiya bosqichi, kitobxonlik, dialog, monolog, illyustratsiyalar.

Аннотация. В dannou cmambe paccMompeHbi этaпы обеспечения слaженности и непрерывности npo^cca ознaкомлeния дошкольников с произведениями ucKyccmea и 3HaKOMcmea дошкольников с произведениями mKyccmea обсуждaются современные технологии внедрения.

Ключевые слова: xудожeствeннaя литeрaтурa, человеческие чувствa, этaп знaкомствa, aдaптивный этaп, этaпрaзмышлeния, чтение, диaлог, монолог, иллюстрaции.

Abstract. In this article, the stages of ensuring the coherence and continuity of the process of familiarizing preschool children with works of art and introducing preschool children with works of art modern technologies of introduction are discussed.

Keywords: fiction, human feelings, acquaintance stage, adaptive stage, reflection stage, reading, dialogue, monologue, illustrations.

Maktabgachа ta'lim tashkilotlаridа bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish jarayoni maktab ta'limi mazmuni bilan optimallashgan holda olib borilishi maqsadga muvofiqdir. Chunki bolalarda badiiy adabiyot bilan tanishish orqali maktabda o'qitiladigan o'quv fanlarini o'zlashtirish uchun kerakli nutqiy zaxira shakllantiriladi. Ular atrofdagilar bilan muloqotga tayyor bo'ladilar. Bundan tashqari o'z fikrini asoslashga va nutqiy jozibador tarzda yetkazishga o'rganadilar. Sanab o'tilgan ko'nikmalarga erishish uchun badiiy adabiyot va nutq o'stirish mashg'ulotlari interfaol usullar va o'yinli texnologiyalar asosida tashkil etilishi kerak. Har qanday mashg'ulotda kitobning mohiyati va bola shaxsining shakllanishiga ijtimoiy-madaniy ta'sirini pedagog anglamog'i lozim. Ma'lumki, kitob bolani insoniy tuyg'ular, quvonch va iztiroblar, munosabatlar, motivlar, fikrlar, harakatlar, xarakterlar olami bilan tanishtiradi. Eng muhimi, insonga nazar solish, uni ko'rish va tushunish, o'zida insoniylikni tarbiyalashga o'rgatadi. Kitob insoniy va ma'naviy qadriyatlarni ochib beradi, bolalarni aqliy, axloqiy va estetik tarbiyalashning kuchli, samarali vositasi bo'lib xizmat qiladi, bolaning nutqini rivojlantirish va boyitishda ulkan ta'sir ko'rsatadi. She'riy obrazlarda badiiy adabiyot bolaga jamiyat va tabiat hayotini, inson tuyg'ulari va munosabatlari olamini ochib, tushuntirib beradi. U his-tuyg'ularni boyitadi, tasavvurni rivojlantiradi va bolaga o'zbek adabiy tilining ajoyib namunalarini beradi.

Kitobga bo'lgan muhabbat bolaga o'z-o'zidan "kelmaydi". Bunda kattalarning faol yordami kerak: pedagoglar, kitobxon bolalar va ota-onalar. Kitobda bolani asarni sevishga o'rgatish bo'yicha tayyor ko'rsatmalar berilmagan.

Maktabgacha yoshdagi bolaning o'ziga xos xususiyati shundaki, u o'qiy olmaydi. Ularda

o'qishning o'rnini eshitish va ko'rish qoplaydi. Shu bilan birga, bolalar tinglash, rasmlarga qarash, eshitganlari haqida o'ylash, adabiy matnda nima sodir bo'layotganini boshdan kechirish kabi o'qish faoliyatining kichik shakllarida o'zini namoyon etadilar. Adabiy asarlarni tinglagan bola, uning ko'z oldida tasvirlangan voqealarni real ko'rmaydi. U o'z tajribasiga asoslanib, ularni taasurotlari yordamida aytib beradi. Badiiy adabiyot bilan tanishish, asar g'oyasi va qahramonlar harakatlarini anglash va farqlash maktabgacha ta'lim tashkilotida amalga oshiriladigan o'quv-pedagogik jarayon mahsulidir. Bunda tarbiyachi hal qiluvchi rol o'ynaydi. O'quv-pedagogik jarayonning samaradorligi mazkur badiiy asarlarni bola ongiga yetkazib berishdagi mahoratga ko'p jihatdan bog'liqdir. Tarbiyachi tomonidan mazkur faoliyatni qanday borishi avvaldan bahoratlansagina, ta'limda sifat ko'rsatkichiga erishish kafolatlanadi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy asarlar bilan tanishtirish jarayonining uzviyligi va uzluksizligini ta'minlashda quyidagi bosqichlar asos qilib olinadi (1-rasmga qarang):

badiiy matnni idrok etish

1-rasm. MTTda badiiy asarlar bilan tanishtirish bosqichlari

Tanishuv bosqichi bevosita tarbiyachi bilan hamkorlikda olib boriluvchi bosqich hisoblanib, uning vazifasi o'rganiladigan asar bilan tanishtirishdan iboratdir. Bunda badiiy asar ifodali o'qish yordamida bolalarga yetkazib beriladi.

Adaptiv bosqich esa, badiiy asar bilan tanishtirish jarayoniga bolalarning moslashishidir. Psixologik adabiyotlar tahliligiga ko'ra, adaptatsiya (lotincha adaptatio - moslanmoq, sozlanmoq) - tabiat yoki jamiyat hayotida, bolaning ma'naviy-ruhiy olamida kechadigan o'ziga xos jarayon bo'lib, biron-bir muhit yoki sharoitga, yangilikka moslashuvni anglatadi. Bola badiiy asar bilan tanishish jarayoniga moslashishi samarali kechishi guruhda yaratilgan badiiy- ijodiy muhitga ko'p jihatdan bog'liqdir. Badiiy-ijodiy muhit orqali asar mazmuni va undagi qahramonlarning ruhiy, ma'naviy holatini tezroq anglaydilar. Shu ma'noda har bir tarbiyachi MTTda har bir guruhning yosh xususiyatlariga mos muhitni yaratishi maqsadga muvofiqdir.

Badiiy matnni idrok etish esa tanishtirilayotgan badiiy asarning asosiy mazmuni, ahamiyatini, asar qahramonlarining xususiyatlari, holatlarini bolalar tomonidan idrok etilishini xarakterlovchi bosqichdir.

Refleksiya bosqichi - bu badiiy asar mazmunini tushunish, anglash orqali bola uning mazmunini takrorlaydi, o'z faoliyatida aks ettiradi, kundalik hayotda duch keladigan real voqealarga solishtiradi, o'z harakatlari va holatlarini tahlil qiladi. O'z xarakteridagi xislatlarni tan

olishi, baholashi va o'zi tomonidan nazorat qilinishiga erishish ham mazkur bosqichning muhim xususiyatlarini anglatadi.

Bola rasmli ifodalarda va katta-katta harflarda o'zlashtirilgan ma'no orqali qaharamonlarga nisbatan hissiy munosabatda bo'lishi, tasvirlangan voqealarni ko'rishi va ularni boshidan kechirishi kerak. Kitobga mehr hissi shakllangan bolalar o'zlari eshitgan yoki ko'rgan narsalarining mazmunini osongina anglay oladilar. Bola o'z tasavvurida har qanday syujetni modellashtiradi, xursand yoki xafagarchiligini yuz ifodasida aks ettira oladi,shaxsiy fikrlarini bildirib, eshitgan asar bo'yicha yorqin tasavvurlarga ega bo'la oladi. Natijada u o'zini voqealar ishtirokchisidek his qiladi. Bolalikda tanishilgan kitob, kattalar o'qigan kitobdan ko'ra kuchliroq taassurot qoldiradi. Kattalarning vazifasi bolaga kitobdagi g'ayrioddiy narsalarni, tanishishga chorlaydigan zavqni ochib berishdir. Bundan tashqari bolani kitobga jalb qilish uchun, avvalo, adabiyotni o'zi sevishi, undan san'at asari sifatida zavqlanishi, o'z his-tuyg'ularini, kechinmalarini bolalarga yetkaza olishi kerak.

Badiiy asarlar qahramonlariga hamdard bo'lgan bolalar atrofdagi odamlarning kayfiyatini seza boshlaydilar. Ularda insoniy tuyg'ular uyg'ona boshlaydi. Ijtimoiy-madaniy munosabatlarda ishtirok etish, mehr-oqibat, adolatsizlikka qarshi norozilik ko'rsatish qobiliyati tarkib topadi.

Badiiy asarlar bilan tanishtirish nafaqat tarbiyachi tomonidan, balki bolalarning oila a'zolari tomonidan ham tashkil etiladi. Ota-onalarning badiiy asarlarni o'qishga qiziqishlari, farzandlari uchun kitob tanlab, harid qilishlari boladagi ishtiyoqni uyg'otishda asosiy o'rin tutadi. Uyda va bolalar bog'chasida bolani badiiy adabiyot bilan tanishtirishning yagona tamoyili bola uchun jarayonni tabiiy, uning hayotining zarur qismiga aylantirishdir. Badiiy adabiyot bolalarning aqliy, axloqiy va estetik rivojlanishiga, ularning majoziy, grammatik jihatdan to'g'ri nutqini shakllantirishga katta ta'sir ko'rsatadi. Hech kimga sir emaski, zamonaviy jamiyatda bolani kitobxonlikka qiziqtirish muammosi ko'proq e'tiborni talab qilmoqda. Ma'lumki, bugungi kun bolalari ko'proq vaqtini televizor va kompyuter ko'rishga sarflamoqda. Butun dunyoda an'anaviy kitobga bo'lgan qiziqish asta-sekin so'nib bormoqda. Bosma nashrlar ikkinchi darajali bo'lib, elektron kitoblarni o'qish uchun qurilmalarga ustuvorlik berilmoqda. U yoki bu asarni o'qish uchun bugungi kunda kutubxonaga yugurish shart emas - kitobni Internetda topish mumkin. Shuni inobatga olgan holda, bolalarni axborot manbasini to'g'ri tanlashga yo'naltirish, shuningdek, yosh avlod o'rtasida kitobxonlik nufuzi va "mutolaa qiluvchi shaxs" mavqeyini oshirish pedagog va ota-onalarning vazifalari hisoblanadi.

Bolalar bog'chasida bolalarga badiiy adabiyot bilan tanishtirish mashg'ulotining maqsad va vazifalari qanday? Bu savolga maktabgacha ta'lim davlat standarti va unga asoslangan "Ilk qadam" davlat o'quv dasturidan javob topish joiz. Mazkur hujjatlarda mashg'ulotning 2 ta yo'nalishi mujassam tarzda talqin etiladi: "Nutqni rivojlantirish" va "Badiiy adabiyot".

Nutqni rivojlantirish o'z mazmunida bolalarning nutqiy ko'nikmalarini rivojlantirishni ko'zda tutadi. "Badiiy adabiyot" nutqiy ko'nikmalar negizida kitobxonlik madaniyatini shakllantirishni ko'zda tutadi. Dasturda mashg'ulot "Badiiy adabiyot va nutqni rivojlantirish" deb nomlanadi. Mashg'ulot orqali bolalar adabiyoti bilan tanishtirish va matnlarni tinglab tushunishga, tovushli analitik-sintetik faoliyatni shakllantirish ishlari amalga oshiriladi. Bundan tashqari mazkur mashg'ulotda badiiy adabiyot va folklor turlari haqida elementar g'oyalar shakllantiriladi va san'at asarlari qahramonlariga hamdardlikni rag'batlantirish, bolalarning mustaqil ijodiy faoliyatini amalga oshirish (tasviriy, konstruktiv-namunali, musiqiy va boshqalar) kabi pedagogik jarayonlar olib boriladi.

Shunday qilib, maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta'limning davlat ta'lim

standartiga muvofiq bolalar bog'chasida kitob madaniyati, bolalar adabiyoti bilan tanishtirish bolalar nutqini rivojlantirish vositasi bo'lib, bu bolalarning faol so'z boyligini boyitish, izchil dialog va monologga tayyorlaydi, nutq va nutqiy ifodalash ko'nikmalari rivojlantiriladi. Shundan kelib chiqqan holda, bolalar adabiyoti va nutq o'stirish masalalari bo'yicha eng mahoratli pedagog va motivator sifatida tarbiyachi faoliyat yuritishi talab etiladi. Tarbiyachi bolalarni kitobga qiziqtira oladigan, bolalar adabiyoti bo'yicha pedagogik jihatdan yuqori darajada ifodali o'qish qobiliyatiga ega bo'lishi kerak. U nafaqat bolalarni kitob bilan tanishtirish, ularda o'qish jarayoniga qiziqish uyg'otadi, asar mazmunini chuqur anglashga undaydi. Tarbiyachi oilaviy kitobxonlikni rivojlantirishda maslahatchi vazifasini ham bajaradi. Eng muhim vazifasi sifatida maktabgacha ta'lim tashkilotlarida badiiy matn va rasmlar (illyustratsiyalar) bilan ishlash texnologiyasini bilishi va o'rinli qo'llashi hisoblanadi. Agarda tarbiyachi mos texnologiyani qo'llasa va vaziyatga qarab boyitsa, bolalarga kitobning qadriyat ekanligini anglatishi, kitoblarni yaratish tarixi bilan tanishtirishi, turli-tuman bolalar adabiyotini taqdim etishi, nutq uslubi va matn janrlarini farqlashga o'rgatishi, o'qish madaniyatini shakllantirishida kutilgan natijalar kafolatlanadi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish ijtimoiy-psixologik, tashkiliy-metodik xususiyatga ega jarayondir. Bu jarayon o'z mazmun-mohiyatiga ko'ra bolalar dunyoqarashini asarlarda ilgari surilgan g'oyalar orqali rivojlantirishni ko'zda tutadi.

Amaliyotdagi tahlillar shuni ko'rsatadiki, pedagoglar aynan nutq o'stirish, badiiy adabiyot bilan tanishtirish mashg'ulotlaridagina badiiy asar bilan alohida tanishtirish ishlarini olib borishadi. Agarda boshqa turdagi mashg'ulotlarda, masalan, yasash-qurish mashg'ulotida yasalayotgan hayvonni qaysi ertakda uchrashi va u nimalar qilganini suhbat davomida ayttirishga e'tibor qaratilsa, mashg'ulotlararo integratsiya va jarayonning hayot bilan bog'liqligi ta'minlanadi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarini kognitiv, axloqiy va estetik jahatdan tarbiyalash maqsadida joriy etilgan "Mantiqiy fikrlashni o'rganamiz", "Aqlli bolajon", "Bobomning ertaklari, "O'zbek xalq ertaklari" hamda boshqa bir qator badiiy adabiyot namunalarini animatsiyali, tasvirli elektron ko'rinishda taqdim etilishi tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar uchun bir qator qulayliklarni yaratadi.

Badiiy asarlar bolaning atrof-muhitga bo'lgan to'g'ri munosabatni shakllantirishga yordam beradi, real hayot omillarini umumlashtiradi, hayotni, insoniy his-tuyg'ular va munosabatlar dunyosini bilishga yordam beradi. U bolaning tafakkuri va tasavvurini rivojlantiradi, his-tuyg'ularini boyitadi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning badiiy asarlarga ijobiy munosabatini, badiiy didini, kitoblar dunyosida xayolan harakat qilish qobiliyatini rivojlantirishda pedagogning metodik faoliyati, ya'ni, bolalar yoshi va individual jihatlari inobatga olingan usul va vositalardan foydalanishi muhim omillardandir. Bolalarni badiiy asarlar bilan tanishtirishda og'zaki, ko'rgazmali va amaliy metodlardan samarali foydalanish tavsiya etiladi.

REFERENCES

1. Abduraximova D.A. Xalq og'zaki ijodi namunalari vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash tizimini takomillashtirish. Avtoref. p.f.d.(DSc). -T.:2020. -74 b.

2. Maxmudova D.M. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ertaklar vositasida kitobxonlikka tayyorlashning pedagogik mexanizmlari. "Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya" nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya. https://doi.org/10.5281/zenodo.7214533.

3. Xujamberdiyeva Sh.K. Maktabgaca ta'lim tashkilotlarida badiiy adabiyot bilan tanishtirishning mazmuni // NamDU Ilmiy Axborotnomasi. - Namangan, 2022. №7. -Б. 538543

4. Xujamberdiyeva Sh.K. Maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy asarlar bilan tanishtirishning yosh bilan bog'liq xususiyatlari // NamDU Ilmiy Axborotnomasi, № 1. - Namangan, 2023. -B. 382-388.

5. Xujamberdiyeva Sh.K., Abdusamatova N.J., Isabayeva A.Y. "Bolalarni nutqini o'stirish" // (darslik) Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-sonli buyrug'i, 233-0262 raqamli guvohnoma. - Toshkent: «Fan ziyosi» nashriyoti, 2023, ISBN: 978-99439608-3-1. -B.1-236.

6. Гурович Л.М. и.др. Ознакомление с художественной литературой. Занятия для дошкольников 3-7 лет: Пособие для воспитателя. Детство-Пресс издательство. 2022. С 48

7. И.Белинский В.Г., Чернышевский H., Добролюбов Н.А. О детской литературе. М., Просвещение, - с. 8.

8. И.Белинский В.Г., Чернышевский H., Добролюбов Н.А. О детской литературе. М., Просвещение, - с. 8.

9. Теплов Б. М. Проблемы индивидуальных различий. — М., 1961. (2-е изд. 1965) 140 стр.

10. Флерина, Е. А. Эстетическое воспитание в семье.- М., 1963.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.