Daminova Sh.F.
Jizzax davlatpedagogika universiteti "Maktabgacha va boshlang'ich yo'nalishlarida masofaviy ta'lim" kafedrasi katta o'qituvchisi
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI BADIIY ASARLAR BILAN TANISHTIRISH PEDAGOG TARBIYACHILAR O'RNI
Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirishda pedagog tarbiyachilar bolalarni aqlan, axloqan va estetik tarbiyalashning qudratli, ta'sirchan quroli sifatida xizmat qiladi, u bola nutqini rivojlantirish va ertaklar olamiga sayohat bolalar tasavvurini, ularning xayolot olamini, fantaziyasini rivojlantirishi, bu borada tarbiyachilarni maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy asarlar bilan tanishtirishga doir faoliyatini tashkil etish muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida so'z yuritiladi.
Kalit so'zlar: badiiy asar, bolalar adabiyoti, idrok, tarbiyachi pedagog, hikoyalar, ertaklar, she 'rlar.
Daminova Sh.F. senior teacher
"Distance education in preschool and primary" department
Jizzakh State Pedagogical University
THE PLACE OF EDUCATORS TO INTRODUCE PRESCHOOL CHILDREN TO ARTISTIC WORKS
Annotation. This article will serve as a powerful, influential weapon of mental, moral and aesthetic education of children in preschool educational organizations when introducing children to fiction, it will be said that the development of Child speech and a trip to the world of fairy tales will develop children's imagination, their fantasy world, fantasy, in this regard, it is important to organize the activities of educators.
Keywords: fiction, children's literature, perception, educator educator, stories, fairy tales, poems.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish pedagog tarbiyachilar bolalarni aqlan, axloqan va estetik tarbiyalashning qudratli, ta'sirchan quroli sifatida xizmat qiladi, u bola nutqini rivojlantirish va ertaklar olamiga sayohat bolalar tasavvurini, ularning xayolot olamini, fantaziyasini rivojlantiradi. Eng yaxshi adabiy namunalar asosida insonparvarlik ruhida tarbiyalangan bolalar o'z hikoyalarida va ertaklarida mazlumlar va zaiflarni himoya qilish, yomonlarni jazolash orqali o'zlarining adolatparvarligini namoyon qiladilar.
Bolalarbop barcha asarlarda yosh avlodning dunyoqarashi, tafakkuri, o'y kechinmalari, orzuistaklari, voqelikka estetik munosabati o'z ifodasini topadi. Ularning aksariyati yozuvchilar (kattalar) tomonidan yaratilsa-da, voqelik bolalar dunyoqarashi nuqtai nazaridan talqin va tadqiq etiladi, bolalar tilidan hikoya qilinadi va baholanadi. Bolalar turli faoliyatlari davomida badiiy adabiyot orqali tanishgan qahramonlariga taqlid qilishga o'rganadilar. Taqlid asosida hayotiy harakatlar modelini o'zi uchun shakllantirib oladilar.
Maktabgacha ta'lim hayotiy maktab sifatida bolalar uchun kerakli ma'lumotlarni badiiy adabiyot orqali o'rgatadi. Bolalar o'rgangan ma'lumotlarini hayotda uchraydigan voqea-hodisalar bilan solishtiradilar. Natijada ijobiy qahramonlar hatti-harakatlariga mos faoliyat orqali atrofdagilar bilan muloqotga kirishadilar, odobli va yaxshi bola rolini ijro etadilar. Shuning uchun ham badiiy adabiyotni bola shaxsini shakllantirish va nutqni rivojlantirishning muhim vositasi, bolalarni estetik va axloqiy tarbiyalash vositasi deb aytish mumkin. Badiiy asarlar bolaning atrof-muhitga bo'lgan to'g'ri munosabatini shakllantirishga yordam beradi, real hayot omillarini umumlashtiradi, hayotni, insoniy his-tuyg'ular va munosabatlar dunyosini bilishga yordam beradi.
Bola ularning g'oyalari va his-tuyg'ularini, fikrlar va til tizimini tushunishni boshlaydi. Badiiy shakllarning ma'nosini tushunishda bolalarga ota-onalar, pedagoglar va yaqinlari yordam beradi. Bizning tadqqiqotimizda maktabgacha yoshdagi bolalarga badiiy asar shakli, ba'zi xususiyatlari, matn tilining barqaror burilishlari, ritmi, qofiyasi va boshqa jihatlarini alohida ko'rsatishga urg'u berildi. Biroq bu jarayonda, ya'ni, badiiy materialni idrok etishda bolalarning individual xususiyatlari, bolalarning badiiy moyilligiga e'tibor qaratish lozim.
Bu usullardan integrativ qo'llash ham pedagogning metodik faoliyatida keng qo'llanish uchun taklif etildi. Pedagogning metodik faoliyati vazifalari quyidagilar:
1. Bolalarda kitobga bo'lgan ishtiyoqni, qiziquvchanlikni shakllantirish va o'z vaqtida payqash.
2. Rasmli ifodalar va illyustratsiyalarni ko'rib tushunish va nutqiy tasvirlash qobiliyatini shakllantirish.
3. Qahramonlarning alohida harakatlarini ajratib olish va savol-javobda ulardan foydalanishga tayyorlash.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarga badiiy adabiyotni tanishtirishda qo'llaniladigan usullardan biri bu sahnalashtirishdir. Sahnalashtirish usuli qo'llanilganda bolalar asarni sevishga, uni mazmunan o'zlashtirishga erishdilar. Ayniqsa, tadqiqot davomida rollar taqsimoti jarayonida bolalar o'rtasida qahramonlarning talash bo'lishi kuzatildi.
Bunda pedagoglar uchun quyidagi ish turini qo'llash taklif etildi. Bolalarga quyidagicha topshiriq berildi:
1. Berilgan sochma rasmlarni nomlash va asar bo'yicha turkumlash.
2. Oldin o'zlashtirilgan asar bo'yicha boshlab berilgan qahramon bilan bog'liq epizodni davom ettirish.
3. Oldin yod olingan va o'zlashtirilgan she'rlardan yod olish (bir-biri bilan teng natijalarni qo'lga kiritgan bolalar she'r misralarini navbat bilan aytadi, kim she'r aytishdan to'xta qolsa, g'olib bolaga qahramon rolini bajarish topshiriladi). Bolalarga rollar taqsimlab beriladi.
Bolalarga she'rni oson yodlash imkonini berish maqsadida mnemonik yondashuvlardan foydalanildi. Mnemonikada she'rning qator boshidagi so'zini shartli ifodalar bilan belgilashga e'tibor qaratildi. Shunda bolalar qatorni belgiga qarab qaysi so'zdan boshlash kerakligini eslaydi va qatorni yoddan aytadi. Shu tartibda bir necha bor takrorlatish orqali hamda uyga takroran yod olish topshiriqlari berish bilan bolalar tomonidan she'rning yod olinishiga erishildi. Sanab o'tilgan usullarni tarbiyachi-pedagoglar integrativ tarzda qo'llashi ham ijobiy natija berishi kuzatildi. Bolalar adabiyoti bilan tanishtirish mashug'lotlarida keng qo'llanilgan usullardan biri bu tinglash va tushunishdir.
Tarbiyachi tomonidan ta'sirli va ifodali o'qilgan asarlar bolalarni tinglab, tushunishlarini ta'minlaydi. Tinglangan asarni tahlil qilish, ma'nosini tushunish, yodda saqlash, o'z so'zlari bilan bayon etish badiiy asar ustida ishlash bosqishlarini tashkil etadi. Badiiy asarlarni vizual vositalar yordamida namoyish qilish - taqdimot usuli ham qo'llanildi. Tajriba-sinov ishlari davomida ikkala usulni integratsiyalagan "Ifodali taqdimot" texnologiyasi qo'llanildi. Bunda ifodali o'qib eshittirilgan asardagi rollar yopiq rasmlardan tanlash yordamida taqsimlandi. So'ngra rollar ijrosi bo'yicha har bir bolaga topshiriqlar tushuntirildi.
Badiiy adabiyot va nutqni rivojlantirish mashg'uloti davomida ko'pgina uslubiy texnikalarning maqsadi matnni tinglash va tushunish jarayonini yengillashtirishni, bolalar tomonidan asarni eslab qolishga yordam berishni ko'zda tutmog'i lozim. Shuning uchun ifodali o'qish pedagogdan dastlabki tayyorgarlikni talab qiladi. Dastlabki tayyorgarlikka asarni tahlil qilish, mag'zini chaqish, ichida va ovoz chiqarib o'qish mashqlari kiradi. Hamma tayyor bo'lganidan so'ng sahna ko'rinishi boshlandi. Rollar ijrosiga qarab bo'yalgan plakat ham paralel namoyish etildi. Shu tartibda bolalarning birgalikdagi faoliyati badiiy asar taqdimotida namoyish etildi. Mazmuni hayotiy va rang-barang rasmli ifodalarga ega bo'lgan badiiy asar san'at asari sifatida maktabgacha yoshdagi bolaga bevosita ta'sir qilish kuchiga egadir. Mazmuni va jozibadorligi bilan bolalar uchun qiziqarli bo'lgan badiiy asarlar qahramonlarning harakatlari va ularning oqibatlari namoyishi orqali bolalar tomonidan mustaqil ravishda o'zlashtiriladi.
Badiiy adabiyot va nutqni rivojlantirish mashg'uloti davomida ko'pgina uslubiy texnikalarning maqsadi matnni tinglash va tushunish jarayonini engillashtirishni, bolalar tomonidan asarni eslab qolishga yordam berishni ko'zda tutmog'i lozim. Ushbu maqsadlarni hal qilish uchun quyidagi texnikadan foydalanish pedagoglarga taklif etildi. Har bir yosh davriga xos xususiyatlarni sharhlash orqali quyidagi xulosalarni shakllantirish mumkin: Badiiy adabiyot
bolalarni har tomonlama tarbiyalashning ta'sirchan vositasi bo'lib, u ular nutqini rivojlantirish va boyitishga ulkan hissa qo'shadi. Badiiy adabiyot she'riy obrazlar orqali bolaga jamiyat, tabiat hayoti, insoniy his-tuyg'ular va munosabatlarni tushunishga yordam beradi, emotsiyani boyitadi. Badiiy adabiyot maktabgacha yoshdagi bolalarda insonparvarlik his-tuyg'ularini, hamdardlik, yaxshilik, kichiklar, ota-onalar va oilaning katta a'zolariga nisbatan g'amxo'rlik ko'rsatish kabi hissiyotlarni shakllantirishga yordam beradi. Bolalar badiiy asarlardan estetik va axloqiy tasavvur oladilar. Bolalarni bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtirishni ularning yosh imkoniyatlari, nutqiy rivojlanish va adabiy asarlarni qabul qila olish darajasini hisobga olgan holda o'tkazish zarur. Ushbu yosh bosqichida maktabgacha ta'lim tashkiloti va oilaning vazifasi - bolalarni adabiy rivojlantirish poydevorini hozirlash, ularni bo'lajak o'quvchilar sifatida shakllantirishdan iboratdir. Maktabgacha yosh davrida ertak va hikoyalarni ko'p eshitgan bolaning nutqi ravon, fikrlashi tiniq, xayolot olami cheksiz bo'ladi. O'tkazilgan tajribalar maktabgacha ta'lim tashkilotlaridan ta'limning navbatdagi bosqichiga borgan bolalar bilan oiladan borgan bolalar o'rtasida ravon nutqning rivojlanish darajasi va mustaqil fikrlash imkoniyatlarida sezilarli farq borligi va bu holat bolaning maktabning boshlang'ich sinflarida yaxshi baholarga o'qishiga o'z ta'sirini ko'rsatishini belgilamoqda. Bugungi shiddatli rivojlanish davrida ertak, hikoyalar aytishning o'zi kifoya qilmaydi.
Buning sababi kompyuter o'yinlari, televideniyada berilayotgan multfilmlar, ertak qahramonlari aks etgan harakatli o'yinchoqlar bolada afsonaviy devlar, uchar gilamlar, yalmog'iz kampirlarga qiziqishini qiyinlashtiradi. Bu muammoni hal etishda xalq og'zaki ijodi bilan tanishtirish ishlariga zarar keltirilmagan tarzda zamonaviy bugungi kun bolasining orzu-istaklari, hayollariga moslashtirilgan mazmundagi voqea-hodisalarga boy ertak hikoyalar, she'rlar, topishmoqu, tez aytishlar yaratish zarur. Yaratilgan asarlar bola dunyosining taraqqiyotiga ta'sir etuvchi kuch bo'lib xizmat qilishi kerak. Bola yaratilgan asarlarni tinglar ekan, o'zini va o'zligini anglash, atrof-muhit, tabiatni qadrlash, odamlarga mehrli, Vataniga sadoqatli bo'lish, Ona diyorini ulug' lash, undan faxrlanishni o'rganadi. Bundan tashqari, eshitish va tushunish bola salomatligiga kuchli ta'sir ko'rsatib, boladagi turli psixologik kamchiliklarning bartaraf etilishiga sabab bo'ladi hamda bola miya faoliyati faollashadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Abdurahimova D. Xalq og'zaki ijodi namunalari vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash tizimini takomillashtirish. Ped. fan. dok. Avtoref., - Toshkent. 2020. - B. 6-74
2. Abdurahimova D. A. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda xalq o'yinlaridan foydalanish // Bola va zamon ilmiy-ommabop jurnal. - T.: 2020. -№1. - B. 18- 21.
3. Babayeva D. R. Tevarak-atrofni o'rganishda maktabgacha katta yoshdagi bolalarning bog'lanishli nutqini rivojlant irish. Diss. ped. fan. nom. - T.: 2001. -156 b.
4. Babayeva D. R. Nutq o'stirish nazariyasi va metodikasi. (Darslik). - T.: "Barkamol fayz media", 2018, - 432 b.
5. Berdaliyeva G. Maktabgacha ta'lim muassasalari nutq o'stirish mashg'ulotlarida bolalarni mustaqil fikrlashga o'rgatish metodikasini takomillashtirish. ped. fan. b. fal. dokt. (PhD) dis. avtoreferati. - Toshkent., 2019. 10-11-b