Научная статья на тему 'BOLALARINING RIVOJLANISHIDA EKOLOGIK TARBIYANING ROLI VA AXAMIYATI'

BOLALARINING RIVOJLANISHIDA EKOLOGIK TARBIYANING ROLI VA AXAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
20
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
maktabgacha yosh / ekologik tarbiya / maxsuldorlig / emоtsiya / yumоr / sаnоq shе’rlаr / nutqiy / rivоjlаntirish / vаzifаlаr

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Nigora Raximovna Abdullayeva, Rayxona Mirzoxidjon Qizi Muxammadjonova, Ruxshona Ravshanjonova Qizi Bozorova

Ushbu moqola maktabgacha yoshi bolalarining rivojlanishida ekologik tarbiyaning roli va ahamiyati va maxsuldorligini oshirish usullarini mashqlar orqali kuchaytirishni ochib bergan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOLALARINING RIVOJLANISHIDA EKOLOGIK TARBIYANING ROLI VA AXAMIYATI»

BOLALARINING RIVOJLANISHIDA EKOLOGIK TARBIYANING ROLI

VA AXAMIYATI

Nigora Raximovna Abdullayeva Rayxona Mirzoxidjon qizi Muxammadjonova Ruxshona Ravshanjonova qizi Bozorova Qo'qon davlat pedagogika instituti

Annotatsiya: Ushbu moqola maktabgacha yoshi bolalarining rivojlanishida ekologik tarbiyaning roli va ahamiyati va maxsuldorligini oshirish usullarini mashqlar orqali kuchaytirishni ochib bergan.

Kalit so'zlar: maktabgacha yosh, ekologik tarbiya, maxsuldorlig, emotsiya, yumor, sаnoq shе'rlаr, nutqiy, rivojlаntirish, vazifalar

THE ROLE AND IMPORTANCE OF ECOLOGICAL EDUCATION IN

CHILDREN'S DEVELOPMENT

Nigora Rakhimovna Abdullayeva Raykhona Mirzokhidjan kizi Mukhammadjonova Rukhshona Ravshanjonova kizi Bozorova Kokand State Pedagogical Institute

Abstract: This article revealed the role and importance of environmental education in the development of preschool children and methods of increasing productivity through exercises.

Keywords: preschool age, environmental education, productivity, emotion, humor, poems, speech, development, tasks

Bаdiiу аdаbiуot bolаlаrni hаr tomonlаmа tаrbiуalаshning tа'sirсhаn vositasi bo'lib, u ular nutqini rivojlantirsh va boуitishga ulkan hissa qo'shadi. Badiiу adabiуot she'riy obrazlar orqali bolaga jamiуat, tabiat haуoti, insoniу his-tuуg'ular va munosabatlarni tushunishga yordam beradi, emosiyani boyitadi.

• Badiiy adabiyot maktabgacha yoshdagi bolalarda insonparvarlik his-tuyg'ularini, hamdardlik, yaxshilik, kichiklar, ota-onalar va oilaning katta a'zolariga nisbatan g'amxo'rlik ko'rsatish kabi hissiyotlarni shakllantirishga yordam beradi.

• Bolalar badiiy asarlardan estetik va axloqiy tasavvur oladilar.

• Nozik yumor, sanoq she'rlar, hazil-huzullarni o'zida jamlagan xalq asarlari dangasalik, qo'rqoqlik, o'jarlik, injiqlik, faqat o'zini o'ylash (egoizm) kabi sifatlarga nisbatan pedagogik ta'sir ko'rsatishning ob'ektiv vositasi hisoblanadi.

• Bolalarni bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtirishni ularning yosh imkoniyatlari, nutqiy rivojlanish va adabiy asarlarni qabul qila olish darajasini hisobga olgan holda o'tkazish zarur.

• Ilk yoshdagi bolalarning (i-3 yosh) badiiy asarlarni qabul qilishlarining asosini ularning badiiy asarlarga nisbatan emosional munosabati, turli xil ohanglarni ilg'ab olish, ularga munosabat bildirish, qahramonlarni tanish va ular haqida qayg'urish qobiliyatlari tashkil etadi.

• Ushbu yosh bosqiсhida maktabgaсha ta'lim muassasasi va oilaning vazifasi -bolalarni adabiy rivojlantirish poydevorini hozirlash, ularni bo'lajak o'quvchilar sifatida shakllantirishdan iboratdir.

Kattalarning (pedagoglar, ota-onalar va boshq.) badiiy asarni o'qish yoki hikoya qilib berish jarayoniga emosional qo'shilishlari ilk yoshdagi bolalar bilan pedagogak ishlarni olib borshshshng eng muhim shargi hisoblanadi.

• Ilk yoshdagi bolalarni bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtirish jarayonida ularda bilish va nutqiy qobiliyatlarni hamda unga nisbatan munosabatni rivojlantirish zarur.

• Maktabgacha kichik yoshdagi bola (3-5 yosh) san'atga, uning badiiy obrazlariga oshno bo'lish, badiiy faoliyatni egallash borasida keng imkoniyatlarga ega bo'ladi. Bu yoshda emosional munosabat bildirish va sensor qobiliyatlar bilan bir qatorda badiiy fikrlash ham qaror topadi.

• Besh yoshlarga kelib badiiy asarni emosional-yaxlit qabul qilish shunga olib keladiki, bola syujetning ayrim obrazlari va elementlarini ajratgani holda ular bilan «o'ynashni» boshlaydi. Ayni paytda u uni to'qib to'ldiradi, ayrim lavhalarni takomillashtiradi, o'z ertaklarini to'qiydi, adabiy janrlarni (ertak, hikoya, she'r) farqlay boshlaydi, tilning ayrim ifodali vositalarini ko'rishga qodir.

• Maktabgacha kichik yoshdagi bolalarni bolalar badiiy adabiyoti bilan anishtirishga oid pedagogik ishlarni ikki yo'nalishda olib borish lozim. 1- badiiy asarni yaxlit va tugallangan estetik ob'ekt sifatida qabul qilishni tashkil etish bilan. 2 - ayrim badiiy obrazlarni o'zgartirish va bir nechta obrazlarni sintez qilish jarayonida bolalarda tasavvurni rivojlantirish uchun zarur sharoitlar yaratish.

• Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning (5-7 yosh) adabiy asarlarni qabul qilishlarida va tushunishlarida ularda qahramonlarga qaygurish va hamdard bo'lish; voqealar zanjirini tiklash va asar ichida hamda asarlar o'rtasida turli xil mazmunli aloqalar o'rnatish; qahramonlar xulq-atvoridagi ochiq motivlarni ko'rysh va tushunish qobiliyatlari paydo bo'ladi.

• Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning psixologik rivojlanishidagi ikki qarama-qarshi tamoyilning ziddiyatli birikuvi ularning o'ziga xos xususiyatlari hisoblanadi: 1- yuqori ijodiy salohiyat, 2-taqlidchilik va me'yoriylikka intilish.

• Maktabgacha katta yoshdagi bolaning badiiy asar bilan o'zaro hamkorligi uning estetik, bilish, ijtimoiy va nutqiy rivojlanish potensialini amalga oshirish imkonini beradi.

• Dialog - maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan pedagogik ishlarning etakchi vositasi bo'lishi lozim.

• Badiiy adabiyot bilan tanishuv nutqni har tomonlama rivojlantirishga, ya'ni: tovush madaniyatiga, grammatik tuzilishiga, lug'atga, ravon nutqqa ta'sir ko'rsatadi.

1. Bolalarni har tomonlama tarbiyalashda bolalar badiyay adabiyotining ahamiyati

2. Ilk yoshdagi bolalarni bolalar badaiy adabiyoti bilan tanishtirish

3. Maktabgacha kichik yoshdagi bolalarni bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtirish

4. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtirish

5. Bolalarni har tomonlama tarbiyalashda bolalar badiiy adabiyotining ahamiyati

6. Badiiy adabiyot bolalarni aqlan, axloqan va estetik tarbiyalashning qudratli, ta'sirchan quroli sifatida xizmat qiladi, u bola nutqini rivojlantirish va boyitishga ulkan ta'sir ko'rsatadi.

7. She'riy obrazlarda badiiy adabiyot jamiyat va tabiat hayotini, insoniy his-tuyg'ular va o'zaro munosabatlar olamini ochib beradi hamda tushuntiradi. Bu namunalar o'z ta'sir kuchiga ko'ra turlicha bo'ladi: hikoyalarda bolalar so'zlarning lo'ndaligi va aniqligini bilib oladilar; she'rlarda o'zbekcha nutqning musiqiyligini, ohangdorligini ilg'aydilar; xalq ertaklari ular oldida tilning aniqyaigi va ifodaliligini namoyon qiladi, ona tilidagi nutqning yumor, jonli va obrazli taqqoslashlar, ifodalarga qanchalik boyligini ko'rsatadi.

8. Bolalar badiiy asarlar qahramonlariga qayg'urishni o'rganganlaridan so'ng ular yaqinlari va atrofdagi odamlar kayfiyatini payqay boshlaydilar. Ularda insonparvarlik his-tuyg'ulari - birovning dardiga sherik bo'lish, yaxshilik qilish, adolatsizlikka nisbatan qarshilik ko'rsatish qobiliyati uyg'ona boshlaydi. Bu prinsipiallik, halollik, haqiqiy fuqarolik hislari tarbiyalanadigan poydevordir. His-tuyg'ular bilimdan oldin keladi; kimki haqiqatni his qilmagan bo'lsa, u buni tushunmagan va tanimagandir.

9. Xalq - bolalarning betakror o'qituvchisidir. Xalq asarlaridan boshqa hech qaysi asarlarda qiyin talaffuz qilinadigan tovushlarning bunday qoyilmaqom qilib joylashtirilishini, jarangiga ko'ra bir-biridan zo'rg'a farq qiladigan so'zlarning hayron qolarli darajada yonma-yon terilishini uchratish qiyin. Beozor hazillar, nozik yumor, sanoq she'rlar - pedagogik ta'sir ko'rsatishning samarali vositasi, dangasalik, qo'rqoqlik, o'jarlik, injiqlik, faqat o'zini o'ylash (egoizm)kabi xislatlarga qarshi yaxshigina «malhamdir».

10. Ertaklar olamiga sayohat bolalar tasavvurini, ularning xayolot olamini, fantaziyasini rivojlantiradi. Eng yaxshi adabiy namunalar asosida insonparvarlik ruhida tarbiyalangan bolalar o'z hikoyalarida va ertaklarida mazlumlar va zaiflarni himoya qilish, yomonlarni jazolash orqali o'zlarining adolatparvarligini namoyon qiladilar. Va albatta bolalar estetik, ayniqsa axloqiy tasavvurlarni kattalarning (ota-onalar, pedagoglar) o'qib chiqilgan asarlar bo'yicha nasihatnamo mulohazalaridan, tayyorlangan savollarga javob berishdan emas, balki aynan badiiy asarlardan olishlari lozim. O'qib chiqilgan asar bo'yicha haddan tashqari ko'p nasihat qilish katta, ko'pincha esa tuzatib bo'lmas ziyon yetkazadi: mayda-chuyda savollar bilan «sochib tashlangan» asar bolalar ko'z o'ngida o'zining barcha jozibadorligini yo'qotadi, oqibatda unga nisbatan bolalarning ham qiziqishi yo'qoladi. Shuning uchun badiiy matning tarbiya imkoniyatlariga to'liq tayanish zarur.

K.D.Ushinskiy shunday yozadi; «Bola ona tilini o'rganar ekan, u faqat shartli tovushlarnigina o'rganmaydi. Balki ona tilining ona ko'kragidan ma'naviy hayot va kuchni ham emadi. U bolaga tabiatni shunday tushuntiradiki, boshqa hech bir tabiatshunos bunga qodir emas, u atrofdagi odamlar xarakteri, u yashayotgan jamiyat, uning tarixi va intilishlarini shunday tanishtiradiki, boshqa hech qanday tarixchi bunga qodir emas; U bolani xalq udumlari, xalq she'riyatiga shunday olib kiradiki, boshqa hech bir estetik bunga qodir emas, nihoyat u bolaga shunday mantiqiy tushunchalar va falsafiy qarashlarni beradiki, adbatta, boshqa biron-bir faylasuf bunga qodir emas». Buyuk pedagogning ushbu so'zlarida nafaqat ona tilini o'zlashtirish natijalari, balki uni o'rganish metodi: «nafaqat ko'p narsani o'rgatadigan, balki hayron qolarli darajada oson, qandaydir etishib bo'lmaydigan metod asosida o'qitadigan»1 o'qituvchi tiliga ishonch ko'rsatib berilgan. Shunday qilib, ona tilidagi muayyan badiiy asarni egallashda bolalarga yordam berar ekan, pedagog har tomonlama tarbiyalash vazifasini ham bajaradi.

Maktabgacha davrdagi har bir yosh bosqichi o'zining nutqiy rivojlantirish vazifalarini qo'yadi. Yoshi o'sib borishi bilan adabiy asarlarni qabul qilish darajasi ham ortib borishi tufayli ular asta-sekin murakkablashtirilib boriladi. Bolalarda she'r tinglay olish qobiliyati rivojlanadi. Shundan kelib chiqqan holda kattalar bolalarning yosh imkoniyatlarini bilishlari zarur.

Bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda ularni har bir yosh bosqichida bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtirib borish masalalarini ko'rib chiqamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Kayumova N. "Maktabgacha pedagogika". TDPU nashriyoti T:. 2013 y.

2. Xasanboeva O. U. va boshq. Maktabgacha talim pedagogikasi. T.: Ilm ziyo. 2012 y.

3. U Xasanboeva, X.J.Djabborova Bolalami tabiat bilan tanishtirish metodikasi. T.: Cho'lpon. 2007.

4. Q Haydarov, S.Nishonova Tabiatshunoslik asoslari va bolalarni atrof-tabiat bilan tanishtirish. T.: O'qituvchi. 1992.

5. Yusupova P.A. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik tarbiya berish. T.: O'qituvchi. 1995.

6. Djabborova X.D. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik ta'lim-tarbiya berishning o'ziga xosligi. T.: O'qituvchi. 2000.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.