Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARINING TAYYORLOV GURUHLARIDA BADIIY ADABIYOT BILAN TANISHTIRISH'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARINING TAYYORLOV GURUHLARIDA BADIIY ADABIYOT BILAN TANISHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
246
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Xalq ertaklari / hikoyalar / maqollar / badiiy obraz / xalq og‘zaki ijodi / aql-idrok.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Abduqayumova E’zoza Abdug‘ani Qizi

Maqolada bolalar adabiyotining rivojlanishi, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tayyorlov guruhlarida badiiy adabiyot bilan tanishtirishning yo‘llari va bola hayotidagi o‘rni yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARINING TAYYORLOV GURUHLARIDA BADIIY ADABIYOT BILAN TANISHTIRISH»

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARINING TAYYORLOV GURUHLARIDA BADIIY ADABIYOT BILAN TANISHTIRISH

Abduqayumova E'zoza Abdug'ani qízi

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakulteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7589456

Annotatsiya: Maqolada bolalar adabiyotining rivojlanishi, maktabgacha ta'lim tashkilotlarining tayyorlov guruhlarida badiiy adabiyot bilan tanishtirishning yo'llari va bola hayotidagi o'rni yoritilgan.

Kalit so'zlar: Xalq ertaklari,hikoyalar,maqollar,badiiy obraz, xalq og'zaki ijodi,aql-idrok.

O'zbek bolalar adabiyoti Sharq yozma adabiyotida "pandnoma", "ma'vizatnoma", "nasihatnoma", "axloq kitoblari" singan nomlar bilan tasnif qilinuvchi asarlar zaminida voqelikka aylangani, shuningdek, uning shakllanishi ma'rifatparvarlik va maktab-maorif tizimi islohotlari bilan chambarchas bog'liqligi ayon haqiqat. Bolalar adabiyoti awalo, turli yoshdagi bolalar va o'smirlarga mo'ljallangan so'z san'atidir. U voqelikni aynan o'n olti-o'n yetti yoshgacha bo'lgan bolalar idroki, tasawuri, tafakkur obrazlarida gavdalantiruvchi badiiy asar namunalarini o'zida mujassamlashtiradi. Shu jihatdan u umumbadiiy adabiyot bag'rida shakllangan. Ayni paytda, u qator xususiyatlariga ko'ra alohidalik kasb etadi.Bolalar uchun yaratilgan asarlarda bolalarning dunyoqarashi,orzu-istaklari va o'y hayollari o'z ifodasini topadi.Ularning aksariyati kattalar tomonidan yaratilgan bo'lsada,asardagi voqea hodisalar bolaninng o'z tilidan hikoya qilinadi. Binobarin, xuddi shu xususiyatlarni o'zida namoyon qila oladigan o'zbek bolalar adabiyoti XX asrning 20-30-yillarida to'liq shakllanib, umumadabiyotning alohida tarmog'i sifatida maxsus yo'nalish kasb etadi. Bunda Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy singan ilk namoyandalari, Shokir Sulaymon, G'ayratiy, Doijiya Oppoqova, G'ulom

Zafariy, Elbek, Hamid Olimjon, G'afur G'ulom, Ilyos Muslim, Zafar Diyor, Sulton Jo'ra, Qudrat Hikmat, Quddus Muhammadiy, Shukur Sa'dulla, Hakim Nazir, Po'lat Mo'min kabi professional yozuvchi-shoirlar oxz ijodi orqali sohaning shakllanishi va taraqqiyot xususiyatlarini belgilay oladi. Natijada, bolalar she'riyati, nasri o'tgan asrning ikkinchi yarmidan ancha yuksaldi. Bolalar dramaturgiyasi va publitsistikasiga asos solindi. Bolalar kinosi va teatri rivojlandi. "Bolalar adabiyoti,- deb yozgan edi N.Fozilov,- nozik adabiyot. Bolalar adabiyoti biz bilgan kattalar adabiyotining boshi... Bolalar yozuvchilari o'z asarían bilan katta adabiyotga boshlovchi darg'alar. Bu adabiyot - hurmattalab adabiyot, e'zoztalab adabiyot. Chunki, bolalar uchun yozilayotgan har bir asarda o'zing bolaga aylanmasang, u jonsiz tana bo" lib qoladi. Bolaning ko'ngli ham shunday. Uni sindirib bo'lmaydi. Unga hamisha e'tibor darkor. Shundagina uning ko'ngli to'lib o'sadi. U - mehrtalab. Shundagina u muhabbatingiz mevasiga aylanadi, izingizni bosadi".

Maktabgacha ta'lim tashkilotining tayorlov guruh tarbiyalanuvchilari ham badiiy adabiyotga oshno bo'ladilar.Ular xalq ertaklari, she'r, hikoyalar eshitishni yaxshi ko'radilar.Bolalar adabiyoti,avvalo o'zining qiziqarli mazmuni,badiiy obrazlarining go'zalligi, tilning ifodaliligi, she'riy so'zlarning musiqaviyligi bilan bolalarni qiziqtira oladi va ularga quvonch baxsh etadi. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga ham, awalo, maqol va topishmoqlarni, so'ng hayvonlar haqida, umuman, tabiatni sevishga o'rgatuvchi ertaklarni aytib berish yoki o'qib berish juda foydalidir. Ularga mehnatsevarlikni o'yinlar orqali o'rgatilsa, yaxshi ta'sir ko'rsatadi.Masalan„,Sholg'om"„,Bo'ri bilan Qo'zichoq", „Tulki bilan Turna", ,,Ur,to'qmoq!" kabi masal va ertaklar bolalarni mehnatsevarlikka, tabiatni sevishga, rostgo'ylikka o'rgatadi, aldamchilik va xudbinlik, baxillik va ochko'zlik yomon illat ekanligini tushuntiradi.„Ayrilganni ayiq yer, bo'linganni bo'ri yer", „Hunar, hunardan unar", „Birlashgan o'zar,birlashmagan to'zar", „Mehnatning tagi rohat" kabi xalq maqollarini yodlatish va ularning mazmunini yaxshilab tushuntirish bolalar tarbiyasiga samarali ta'sir ko'rsatadi.Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar tinglaydigan asarlarning ko'pchiligini ertak, qo'shiq,topishmoq, maqol, tez aytish kabi xalq og'zaki ijodi asarían tashkil etadi. Bundan tashqari,yozuvchilar yaratgan va

yuqoridagi talablarga to'la-to'kis javob beradigan asarlar ham maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun qo'l keladi. Ammo shu narsani ham ta'kidlab o'tish kerakki, bolalar uchun ijod qiladigan qalam sohibi hayotdagi muhim, xarakterli voqea va hodisalarni badiiy obrazlar orqali bolalar nutqiga xos tilda, ularning yoshi, ruhiyati va saviyasiga muvofiq ravishda tasvirlashi lozim. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarga mo'ljallab yozilgan asarlarda yana do'stlik, Vatanga muhabbat, iymon, e'tiqod singari mavhum tushunchalar obrazli tasvirda, ramziy detallarda tasvirlanadi. A.Obidjonning "Vatan" she'ri bugungi yosh avlod tafakkuri, o'tkir aql-idrokiga monandligi bilan e'tiborga loyiq:

- Senga bitta savol bor, Menga quloq sol, hoy, qush. Vayronada yashaysan, Noming esa naq Boyqush, Ayt-chi, nahot sen boysan?

- Asi boylik neligin Tushunmaysan, chamasi. Bu vayrona bo'lsa ham, O'zimniki hammasi, Shuning uchun men boyman!

Shoirning bolalarga xos tushuncha va tasawurdan foydalanib, asi muddaoni ayta olgani diqqatga sazovor. Boyqushning ko'rimsizligi, buning ustiga xarobada yashashi uning nomiga munosib emasligi bolalarni qiziqtirishi tabiiy. Shoir aniq va ko'rimli timsol - boyqush hamda u yashaydigan vayrona orqali maktabga tayyorlov yoshidagi kitobxonlar uchun hali mavhum bo'lgan tushuncha - vatanparvarlik, o'ziga beklik hissini anglatishga erishgan. Bolalarning, ayniqsa, jajji qizchalarning sevimli mashg'ulotlaridan biri qo'g'irchoq o'ynashdir. Yo'ldosh Sulaymonning „Qo'g'irchoq" she'rida qo'g'irchoqlami asrab-avaylash,oddiy bir o'yinchoq vositasida kattalarning mehnatini e'zozlash masalasi o'rtaga tashlanadi: Quyosh bilan teng turib, Ozoda kiyintirib,

Senga taqamiz maijon, Qo'g'irchoq, qo'g'irchoqjon. Qo'ldan qo'ymaymiz sira, Yuqtirmaymiz gard, shira. Ovunchoqsan bizlarga, Qo'g'irchoqsan bizlarga.

Har qanday yozuvchi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga o'qib beriladigan asar tilining badiiy jihatdan puxta-pishiqligiga, tushunarli, aniq va ravonligiga alohida e'tibor beradi. Bu yoshdagi bolalarga tavsiya etiladigan asarlar hayot haqida muayyan tasawur berishi bilan birga, ularga zavq-shavq bag'ishlaydi.Masalan, Shukur Sa'dullaning „Lola va mushuk" she'rini olib ko'raylik. Bu asar juda oddiy.Misralari ham sodda. U bir o'qishdayoq kichkintoy mehrini o'ziga tortadi, uni uyqudan barvaqt turishga, yuvinib taranishga, ozoda, pokiza bo'lishga o'rgatadi. Bolaning uy hayvonlariga, jonivorlarga mehribon, g'amxo'rligini oshiradi: Men Lolaman, Lolaman, Ozoda qiz bolaman. Erta bilan turaman, Yuz-qo'limni yuvaman. Mushugim bor Qoramosh, O'zi judayam yuvosh. Mendan oldin turadi, Yuz-qo'lini yuvadi.

Tarbiyachilar bolalarning asarlar haqidagi bilimlarini mustahkamlab borish uchun oldingi yosh guruhlarida ularning qaysi asarlar bilan tanishganlarini bilishlari kerak. Buning uchun yil boshida oldingi guruh dasturini ko'rib chiqish va takrorlash materialini belgilab olishi lozim. Tarbiyachi taqvim-reja tuzish paytida yaqin bir-ikki hafta ichida bolalarga o'qib beradigan asarlarini tavsiya ro'yxatidan belgilab oladi. Bunda u bolalarda his tuyg'u va xulq-atvorni, tevarak-atrofga har xil qiziqish hamda munosabatlarni tarkib toptirishdek muhim tarbiyaning umumiy vazifalariga amal qiladi. Bolalarning qiziqqan narsalarini, ularning o'zaro munosabatlarini, o'yinlarini

kuzatish yaxshi kitob tanlashga ancha yordam beradi. Har bir asarni tevarak-atrofdagi ma'lum hodisalar bilan bog'lash va o'sha vaqtdagina o'qib berish lozim, deb o'ylash noto'g'ri. Albatta, kitobdagi hodisalarga bog'liq mavzuni o'qib berish kerak. Lekin boshqa vaqtda ham bunday kitob o'qishni o'tkazish lozim. Tarbiyachi asar tanlagach, bolalarga uni qanday yetkazish lozimligini aniqlab olishi kerak. Notanish so'zlari ko'p bo'lgani uchun bolalar mazmunini tushuna olmaydigan asarni o'qimagan ma'qul.

Xulosa qilib aytganda, Bolalar uchun yaratilgan asarlar kishilarning mehnatiga hurmat, tabiatga nisbatan muhabbat va hokazo fazilatlar tarbiyalash vositasi bo'lib ham xizmat qiladi. Shuning uchun kitob bilan ishlashni shunday yo'lga qo'yish g'oyat muhimki, u bolalarda yuksak axloqiy sifatlarni tarbiyalash imkonini berishi kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar:

l.I.B.Fayzullayeva„Bolalar adabiyoti va ifodali o'qish"T-2021y

2.0.Safarov.„Bolalar adabiyoti" darslik

3.D.R.Babayeva„Nutq o'stirish nazariyasi va metodikasi " Darslik TDPU.2018y

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.