Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI QAYTA VA IJODIY HIKOYA QILISHGA O‘RGATISH'

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI QAYTA VA IJODIY HIKOYA QILISHGA O‘RGATISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
7214
273
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
hikoya / masal / qayta hikoya / xotira / ijobiy va salbiy obraz / xayoliy uydurmalar / ertak to`qish. / story / fairy tale / recount / memory / positive and negative image / imaginary fiction / fairy tale reading.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Ibodullayeva, Dildora

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini oʼstiruvchi vosita sanalgan qayta va ijodiy hikoya qilishga oʼrgatish haqida ikr yuritilgan. “Sher va Durroj” hikoyatini nutq oʼstirish mashgʼuloti misolaida maktabgacha yoshdagi bolalarga oʼrgatishning usullari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TEACHING PRESCHOOL CHILDREN TO REPRESENT AND CREATIVE STORYTELLING

This article discusses teaching school-age children how to tell a re-and-art story, which is considered a tool for growing their speech. The example of a speech-growing exercise of the story of "Lion and Durroj" highlights ways to teach school-age children.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI QAYTA VA IJODIY HIKOYA QILISHGA O‘RGATISH»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 10

educational, natural and social sciences IV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI QAYTA VA IJODIY HIKOYA

QILISHGA O'RGATISH

Ibodullayeva Dildora

SamDU Maktabgacha ta'lim fakulteti 2-kurs magistranti

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini o'stiruvchi vosita sanalgan qayta va ijodiy hikoya qilishga o 'rgatish haqida ikr yuritilgan. "Sher va Durroj" hikoyatini nutq o'stirish mashg'uloti misolaida maktabgacha yoshdagi bolalarga o'rgatishning usullari yoritilgan.

Kalit so'zlar: hikoya, masal, qayta hikoya, xotira, ijobiy va salbiy obraz, xayoliy uydurmalar, ertak to^qish.

АННОТАЦИЯ

В этой статье обсуждается обучение детей школьного возраста тому, как рассказывать историю ре-энд-арт, которая считается инструментом для роста их речи. Пример речевого упражнения из рассказа «Лев и Дуррой» выделяет способы обучения детей школьного возраста.

Ключевые слова и фразы: рассказ, сказка, пересказ, память, положительный и отрицательный

ABSTRACT

This article discusses teaching school-age children how to tell a re-and-art story, which is considered a tool for growing their speech. The example of a speech-growing exercise of the story of "Lion and Durroj" highlights ways to teach schoolage children.

Keywords and phrases: story, fairy tale, recount, memory, positive and negative image, imaginary fiction, fairy tale reading.

KIRISH

Qayta so'zlab berish (hikoya qilish) - eshitilgan badiiy asarni ravon kelishtirib berishdir. Bola muallif tomonidan aytib berilgan tayyor mazmunni gapiradi va tayyor nutqiy shakllardan - so'zlardan, jumlalardan, ularning izchilligidan foydalanadi.

Hikoya qilish - biron bir voqeani ravon qilib mufassal gapirib berishdir. Hikoya uchun bolaning o'zi mazmun va nutq shaklini tanlaydi. Mazmuni bo'yicha hikoyalarni shartli ravishda ikki turga bo'lish mumkin:

a) hayotiy voqealarga asoslangan dalilli hikoyalar (bularga kuzatish yoki idrok

qilish vaqtidagi hikoyalar, ko'rib turgan predmetni, o'yinchoqlarni tasvirlash, xotira

73

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

bo'yicha hikoyalar, ya'ni ko'rilgan narsalar haqidagi hikoyalar kiradi).

b) ijodiy hikoyalar (bolalar tomonidan o'ylab tuzilgan hikoyalar) xayoliy (uydirma) materiallarga asoslanadi. Lekin ularda bolalarning tajribasi ham ishga solinadi. Hikoyaning bunday turi maktabga tayyorlov guruhida o'tkaziladi.

Olti yoshlik bolalar o'z xayol kuchlari bilan uncha murakkab bo'lmagan hikoya va ertaklarni to'qiy oladilar. Bolalar ijodiy hikoyalarida ishtirok etuvchi shaxslarning yangi obrazlarni, ularning harakati, qiliqlarini o'ylab topadilar.

Hikoyalar shakli bo'yicha tasviriy va syujetli bo'lishi mumkin. Tasviriy hikoya - bu biror premet, masalan, o'yinchoq, kiyim yoki hodisaning tug'ilgan kun, bayram va boshqalarning xarakterli belgilarini gapirib berishdir.

Syujetli hikoya - bu qandaydir bir voqeani ijodiy gapirib berishdir. Masalan, «A'zam kuchukchani qanday qilib topib oladi?» va boshqalar.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bolalarni hikoya qilishga o'rgatishda maxsus usullardan foydalaniladi. Hikoya qilishga o'rgatish usullari turli-tumandir. Ularning eng asosiylari - tarbiyachining hikoya qilish namunasini aytib berishi, hikoyaning rejasini tuzib berishi, hikoyani qismlar bo'yicha tuzish, uning rejasini jamoa bo'lib muhokama qilish tarbiyachining savollar berishi, aytib turishi va bolalarning hikoyalarini baholash usullaridir.

Tarbiyachi har bir mashg'ulot uchun aniq bitta yoki ikkita usulni asosiy usul qilib tanlaydi. Masalan, hikoya qilish namunasini aytib berish va hikoyaning rejasini tuzib berish yoki hikoya qilish rejasini tuzib berish va rejani jamoa bo'lib muhokama qilishni tanlashi mumkin.

Tarbiyachining hikoya qilish namunasi - bu didaktik usul bo'lib, uning yordamida tarbiyachi bolalarni boshqalardan o'rnak olib hikoya qilishga o'rgatadi. Hikoya qilish namunasi qimmatli tarbiyaviy mazmunga ega bo'lishi, bolalarni o'z hikoyalarida yaxshi xatti-harakatlarni do'stlik tuyg'ularini tasvirlashga undashi lozim.

Hikoya qilish namunasini berish usuli eng yengil usul bo'lib hisoblanadi, chunki bolalar tarbiyachining surat, predmet, voqealar haqidagi savollarini yoki ko'rsatmalarini emas, balki tayyor hikoyasini eshitadilar. Shuning uchun hikoya namunasi berish usulidan hikoya qilib berishga o'rgatishning birinchi bosqichlarida yoki tarbiyachi bolalar oldiga yangi vazifalar qo'yganda foydalaniladi.

Hikoyaning rejasini berish - bu hikoya tuzishda amal qilish lozim bo'lgan ikki-uchta asosiy savollardir. Namuna bo'yicha ikki-uchta mashg'ulot o'tkazilgach, (masalan, o'yinchoqlarni tasvirlash), hikoyaning rejasini berish hikoya qilishga

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

o'rgatishning mustaqil, asosiy usuli bo'lib qoladi. Tarbiyachi mashg'ulotgacha rejaning asosiy va qo'shimcha savollarini tayyorlaydi. Chunki bir mashg'ulotda reja savollarining o'zgarib turishi bolalarni faollashtiradi. Hikoyani turli-tuman qiladi. Masalan, maktabgacha tayyorlov guruhi bolalari bilan ular yashaydigan ko'chalarini tasvirlash mashg'ulotida quyidagicha reja tavsiya qilish mumkin (bu savollar bittadan berilmay birdaniga beriladi):

1. Sening ko'changni nomi nima?

2. Sening ko'changda qanday binolar bor?

3. Sening ko'changda qanday transportlar o'tadi?

Uch-to'rt bola yuqoridagi reja savollari bo'yicha hikoya qilgach, quyidagi yangi savollarni berish mumkin:

1. Sening ko'changni nomi nima?

2. Sening ko'changda qanday daraxtlar bor?

3. Nima uchun sening ko'chang toza va chiroyli?

Maktabga tayyorlov guruhida dasturda yanada yuqoriroq talablarni qo'yadi. Bolalarni rejadagi savollarga quloq solishga unga rioya qilishga o'rgatiladi (ayniqsa suratga qarab hikoya qilishda va jamoa tajribasidan olib to'qilgan hikoyalarda).

Bu guruhda bolalar o'rtoqlarining hikoyalarini nazorat qilishga ko'proq jalb etiladi (hozir nima haqida gapirish kerak? Hammaga tushunarli bo'lishi uchun hikoyani nimadan boshlashi yaxshirok?).

Reja tuzib berish hikoyaning namunasini berish usuliga qaraganda eng qiyin usul bo'lib undan bolalarni hikoya qilishga o'rgatishda keng foydalaniladi. Rejani jamoa bo'lib muhokama qilish - bu usul bolalarni ijodiy hikoya qilishga o'rgatishning birinchi bosqichlarida ko'proq qo'llaniladi.

Bolalar hikoyaning qiyin turi, ya'ni tarbiyachi taklif etgan mavzu bo'yicha hikoyalar tuza olishlari va bu hikoyalar va bu hikoyalar turli-tuman bo'lishi uchun tarbiyachi bu usuldan foydalanishi mumkin. Tarbiyachi bolalarga mavzu va rejani beradi. Mavzu: Qizcha mushukchani qanday topdi?

1. Qizcha mushukchani qanday topdi .

2 Mushukcha qanday edi?

3. Qizcha u bilan nima qiladi?

Bolalarning joyida turib bergan javoblari hikoya bo'lmaydi, u bir necha yoki bitta jumladir. Maqsad - hikoyalarning turli-tuman bo'lishi mumkinligini ko'rsatishdir. Tarbiyachi reja tuzayotganda jamoa bo'lib muhokama qilish uchun eng qiyin savollarni oldindan aniqlashi lozim.

Qismlar bo'yicha hikoya tuzish. Odatda bu usul mazmuni qismlarga oson

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

bo'linadigan suratlar bilan ishlashda foydalaniladi. Suratlar bilan ishlashda tarbiyachi oldindan uni shartli ravishda qismlarga bo'ladi va bola biror qism haqida so'zlab berishi lozim.

Umumiy jamoa tajriba asosida hikoya qilishda tarbiyachi oldindan mavzuni juda mayda qismlarga bo'ladi, Masalan, «Bizning tipratikon» mavzusidagi tasviriy hikoyani tuzishda tarbiyachi bolalarni tipratikon haqida hamma narsani birdan so'zlamasdan, hammasini esga olish uchun tartib bilan so'zlaymiz deb ogohlantiradi. So'ngra tarbiyachi har bir qismga reja beradi. Hozir bolalar eslang tipratikonning usti nima bilan qoplangan? Uning tumshug'i qanday? U qanday yuradi?

Bu reja bolalarning ikkita-uchta hikoyalaridan keyin boshqa qismga o'tiladi. Bizda tipratikon qayerda yashaydi, uning qafasida nima bor, u nima uchun kerak aytib bering. Bolalarning javobidan keyin hikoyaning uchinchi qismiga o'tiladi. Ayting-chi biz tipratikonni nima bilan boqdik. Kim uni parvarish qiladi, qanday parvarish qildi va hikoyaning oxirida bolalardan biz o'z tipratikonimizni kimga sovg'a qildik, o'rta guruh bolalari bizga nima dedilar? deb so'rash mumkin. Jamoa hikoya uchun «Bolalar bog'chasida», «Yangi yil archasi», «Hayvonot bog'iga ekskursiya», «Shahar atrofiga sayohat» va boshqa mavzularni tanlab olish mumkin.

Mashg'ulotning oxirida tarbiyachi mavzuning hamma qismlari bo'yicha bitta umumiy reja beradi va yaxshi hikoya qiladigan 1-2 bola hammasi haqida birdan gapirib beradi. Masalan, «Bizning tipratikon» hikoyasida har bir qism rejalari bo'yicha bolalar hikoya qilganlaridan keyin mashg'ulotning oxirida tarbiyachi bunday reja beradi:

1. Bizning tipratikonimiz qanday edi?

2. Biz uni qanday parvarish qildik?

3. Biz uni kimga sovg'a qildik?

Savollar berish - bu keng tarqalgan usul. Lekin hikoya qilishda u ikkinchi darajali rol o'ynaydi. Savollar odatda javob berayotgan bolaga yoki butun guruhga hikoya tugagandan keyin uni aniqlash yoki to'ldirish uchun beriladi. Savollar metodik jihatdan to'g'ri bo'lishi lozim. Baland ovoz bilan hamma bolalarga qarata javob berish uchun bolani chaqirishdan oldin pauzaga rioya qilish kerak.

Aytib turish - hikoya qilish jarayonida bola yanglishib qolgan vaqtda savol berishdan ko'ra, so'zni yoki gapni aytib turishdan foydalanish yaxshiroqdir. Aytib turish yoki to'g'rilash yetarli darajada baland ovozda hayrixohlik ruhida bo'lishi lozim. To'g'rilangan so'z yoki jumlani bolaga takrorlash shart emas. Chunki bola hikoyaning davomini esdan chiqarib qo'yishi mumkin.

Bolalar hikoyasini baholash - o'rgatuvchi usuldir. Shuning uchun u

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

mashg'ulotning oxirida emas, balki mashg'ulot jarayonida qo'llaniladi. Baholash faqatgina hikoyasi baholanayotgan bolagagina ta'sir etib qolmay, qolgan bolalarga, ular tuzishi lozim bo'lgan hikoyalarga ham ta'sir etadi. Bolalar bahoni tinglab tarbiyachi maqtaganlarga taqlid qiladilar Har bir bolaning hikoyasi mufassal baho berish shart emas. Lekin ba'zi hikoyalarning qimmatli tomoni, ya'ni mustaqilligi, izchilligi ovoz kuchi, javob berganda turishi va hokazalar ajratib ko'rsatishi tavsiya etiladi.

Kichik guruh bolalarida boshlang'ich monolog tarzidagi nutqiy o'stirishda suratdan keng foydalanishadi. Bolalar suratlarni mashg'ulotlarda ko'radilar. Kundalik turmushda ham kitobdagi rasmlarni, suratlarni, taklifnomalarni ko'zdan kechiradilar. Yilning boshida birinchi kichik guruhda bolalar tarbiyachining savoliga xor bilan javob bera oladilar. Tarbiyachi o'z vaqtida bolalarga yordam berishi, ya'ni aytib turishi yoki birga javob berishi lozim. O'rta guruhda tarbiya dasturi asosida bolalarni hikoya qilishga o'rgatishning mazmuni bir muncha murakkablashadi. O'rta guruh bolalari faqatgina yaxshi tanish ertak va hikoyalarni kayta hikoya qilibgina qolmay, mashg'ulotda birinchi marta o'qib berilgan asarlarni ham qayta-qayta hikoya qilishga, predmetlar, o'yinchoq, o'simlik, kiyimlarning ko'prok xarakterli belgilarini tasvirlab berishga o'rganishlari lozim.

Agar bolalarga yaxshi tanish ertak va hikoyalarni qayta hikoya qilish malakasi kichkina guruhdan tarkib topa boshlasa, birinchi marta o'qib berilgan adabiy asarni qkayta hikoya qilish malakasi esa faqat o'rta guruhda tarkib topa boshlaydi.

Qayta hikoya qilish uchun asarlar tanlashda quyidagi talablarni hisobga olish tavsiya etiladi:

a) adabiy asar bolalarni ruhan tarbiyalash ishiga xizmat qilishi;

b) adabiy asarlar o'zining mazmuniga ko'ra bolalarga tushunarli va ularning tajribasiga yaqin bo'lishi;

d) adabiy asarlar badiiy bezatilgan bo'lishi lozim. Agar mazmunan aniq tuzilgan, tushunarli, ifodali tilda qisqa, aniq jumlalar bilan yozilgan bo'lishi kerak.

Tarbiyachi bu talablarga asoslanib qayta hikoya qilish uchun asarlarni to'g'ri tanlashi hamda bolalarning so'zlab berish malakalarini ham hisobga olishi kerak.

Asarni tanlab olgandan so'ng tarbiyachi uni ifodali o'qishga o'rganish unda bolalar uchun noaniq bo'lgan so'zlarni ajratishi va ularni yaxshiroq tushuntirish yo'llarini o'ylab ko'rishi lozim.

Mashg'ulotning tuzilishini belgilashda tarbiyachi unga quyidagi qismlar kirishi mumkinligini esda saqlashi kerak:

1. Kirish suhbati.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

2. Matnni birinchi o'qib berish.

3. Asar yuzasidan suhbat o'tkazish.

4. Matnni ikkinchi marta o'qib berish.

5. Bolalarning qayta hikoya qilishlari.

Katta guruh bolalarini hikoya qilishga o'rgatishda qayta hikoya qilish muhim o'rin egallaydi. Bolalar bog'chasining tarbiyachilari bolalarni adabiy asarlarni qayta hikoya qilishga o'rgatishga alohida e'tibor berishlari lozim. Chunki maktabda o'qishning birinchi kunidan boshlab ular qayta hikoya qilishga duch keladilar Katta guruhda tarbiyachi bu malakalarni mustahkamlashi va taraqqiy etishi lozim. Yilning boshida qayta hikoya qilish bo'yicha o'tkaziladigan bir necha mashg'ulotning tuzilishi o'rta guruhdagidek bo'lishi kerak.

Maktabgacha tayyorlov guruhining dasturi ham katta guruhdagi hikoya turlari ko'rsatilgan. Lekin bu yoshdagi bolalarni hali jamoa tajribalaridan hikoya tuzishga tarbiyachi tomonidan taklif etilgan mazmun bo'yicha hikoyalar to'qishga o'rgatishi kerak bo'ladi. Birinchi mashg'ulotlarda tarbiyachi hikoyaning boshlanishida o'zi gapirib beradi. Gapni suratda tasvirlangandan oldin bo'lib o'tgan voqealardan boshlaydi. Masalan, qishki ko'ngilochar tadbirlar surati bo'yicha hikoyani boshlash namunasini beradi. U sayrgacha bolalar nima qilganliklari, nima bilan shug'ullanganliklari, kim ularga ko'chaga chiqishlarini taklif qilganliklari, bolalar qanday to'planganliklari, o'zlari bilan nimalar olib chiqqanliklari haqida hikoya qilib beradi.

Nutqni o'stirish mashg'ulotlari, ayniqsa hikoya qilish mashg'ulotlari har kuni o'tkaziladigan ikki mashg'ulotning birinchisi qilib o'tkaziladi. Hikoya qilish mashg'ulotlari muntazam o'tkaziladi. Haftada to'rt marta o'tkaziladigan ona tili mashg'ulotining bittasi hikoya qilishga bag'ishlangan bo'lishi zarur. Hamma dastur vazifalarini kiritish uchun oy davomida mashg'ulot turlarini xilma-xil qilish kerak. Masalan, katta guruhda bunday bo'ladi.

Birinchi oy. I hafta - predmetni tasvirlash, II hafta - qayta hikoya qilish, III hafta - suratli tasvirlash, IV hafta - o'z tajribalaridan hikoya qilish.

Ikkinchi oy. I hafta - tasvirlash bo'yicha didaktik o'yin, II hafta - qayta hikoya qilish, III hafta - mayda suratlarni tasvirlash, IV hafta - esga tushirib gapiradigan tasviriy hikoya.

Hikoya qilish bo'yicha dastur materiallarini, nutqni o'stirish bo'yicha mazmunan bir-biriga yaqin boshqa mashg'ulotlarga qo'shib amalga oshirish mumkin. Masalan, mashg'ulotning ikkinchi qismi bolalarga hayvonlar haqida topishmoq, hikoya tuzdirish.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Bir oyda har bir bola kamida bir martadan hikoya qilishga chaqirilgan bo'lishi lozim. Har bir mashg'ulotda 6-7 kishidan so'rash kerak.

Hikoya qilish mashg'ulotlarida tarbiyachi to'g'ri sur'atni saqlashi kerak. Bolalarni javob berishga shoshiltirmasligi, javobini o'ylashga vaqt berishi, har bir bolani aqliy ish jarayoniga tortishi lozim.

"Sher va Durroj" hikoyati

Bir o'rmonda zo'r Sher va Durroj yashar ekan. Sherning kichkinagina bolasi bo'lib, u hali yurishni bilmas ekan. Onasi uni juda yaxshi ko'rar va qumursqa halok qilmasin deb, doimo tishida tishlab yurar ekan. Kunlardan bir kuni Sher bolasini tishlab olib yurganida Durroj pirr etib, sherning boshi ustidan uchib o'tibdi. Sher cho'chib ketibdi va bolasini qattiq tishlab olibdi. Bolasining joni og'rib, yig'lab yuboribdi. Sher bu ishdan juda xafa bo'libdi. U bolasining yara bo'lgan joyini tili bilan yalab-yalab qo'yibdi. Bolasi tinchlanibdi.

Durroj Sherni doim shunday cho'chitib yurishni odat qilibdi. Nihoyat, Sher Durroj bilan do'stlashmoqchi bo'libdi va unga: "Kel, o'rmonda birga do'st bo'lib,tinchgina yashaylik. Sen ashulalar aytib meni xursand qil. Biror kimsa seni xafa qilsa, men hamma vaqt senga yordam beray", - debdi Durroj ham.

Kunlardan bir kuni Durroj:- "Men tuzoqqa tushdim, yordam ber!"-deb qichqiribdi. Sher yordam berish uchun yuguribdi. Qarasa Durroj uni aldabdi. U hech qanaqa tuzoqqa tushmagan ekan. Sher do'stidan xafa bo'libdi. Unga qarab: "Yolg'on so'zlamagin,yolg'onchi el oldida uyalib qoladi",-debdi. Ammo Durroj Sherning gapiga quloq solmabdi, yolg'onchiligini aldashini qo'ymabdi. Kunlardan bir kuni Durroj rostdan ovchi qo'ygan tuzoqqa tushib qolibdi. "Dod! Meni tutib oldilar! Yordam ber!"-deb jon-jahdi bilan chaqiribdi. Sher uni eshitibdi. Yordamga bormoqchi bo'libdi-yu, keyin o'ylab qolibdi: "Har doimgidek bu gal ham meni aldayotgandir. Bormayman" - debdi. Shunday qilib, Durroj o'z yolg'onchiligi tufayli do'stidan ayrilibdi va ovchi tuzog'iga tushibdi.

Masal bo'yicha savollar:

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

1.Kimlar do'st tutinishibdi?

2.Durroj Sherni nima deb aldabdi?

3.Durrojga kim qasd qasd qilibdi?

4.Sher nima uchun Durrojga yordamga kelmabdi?

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, bolalar hikoyasini baholash - o'rgatuvchi usuldir. Shuning uchun u mashg'ulotning oxirida emas, balki mashg'ulot jarayonida

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

qo'llaniladi. Baholash faqatgina hikoyasi baholanayotgan bolagagina ta'sir etib qolmay, qolgan bolalarga, ular tuzishi lozim bo'lgan hikoyalarga ham ta'sir etadi. Bolalar bahoni tinglab tarbiyachi maqtaganlarga taqlid qiladilar Har bir bolaning hikoyasi mufassal baho berish shart emas. Lekin ba'zi hikoyalarning qimmatli tomoni, ya'ni mustaqilligi, izchilligi ovoz kuchi, javob berganda turishi va hokazalar ajratib ko'rsatishi tavsiya etiladi.

REFERENCES

1. Maktabgacha ta'limga qo'yiladigan Davlat talablari. O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vazirining 2017 yil 9 iyundagi 5-mh-son buyrug'i bilan tasdiqlanib, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017 yil 17 iyulda ro'yxatdan o'tkazilgan, ro'yxat raqami 2898.

2. O'zbekiston Xalq ta'limi vazirining 2016 yil 30 dekabrdagi «O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi «2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PK-2707-son qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo'yicha tadbirlar rejasi» to'g'risidagi 315-son buyrug'i.

3. Umarova V., Raxmonqulova Z. «Bolajon» tayanch dasturi bo'yicha adabiyot to'plami. -T.: «Bekinmachoq-plyus», 2012.

4. Mirjalilova S.S, Grosheva I.V, Nishanova M. Maktabgacha ta'lim muassasalarida kichik kutubxona yaratish, uning faoliyatini tashkil etish va bolalar badiiy adabiyotidan samarali foydalanish bo'yicha yo'riqnoma. / O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi Maktabgacha ta'lim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish respublika o'quv-metodika Markazida tashkil etilgan Ilmiy-metodik kengashning 2017 yil 25 yanvardagi navbatdan tashqari 1-sonli bayonnomasi qarori bilan tasdiqlangan.

5. Tafakkur gulshani. Vatandosh hamda xorijiy allomalarning aforizmlari va hikmatli so'zlari. / V.Vorontsov kompozitsiyasi. Tarj. Sh.Abdurazzoqova. - T.: G'.G'ulom nashriyoti, 1989.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.