Научная статья на тему 'ZAMONAVIY YONDASHUV ASOSIDA MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA ILM-FAN BILAN AMALIYOT INTEGRATSIYASI'

ZAMONAVIY YONDASHUV ASOSIDA MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA ILM-FAN BILAN AMALIYOT INTEGRATSIYASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
13
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
integratsiya / davlat talablari / dastur / rivojlanish / rivojlanish sohalari / maktabgacha ta’lim tashkilotlari / rivojlanish markazlari / metodlar / faoliyat / qiziqish / extiyoj / shart-sharoitlar / atrof-muhit.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — F.R.Qodirova

Ushbu maqola ilmiy-fan ma’lumotlari va О‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoyiladigan davlat talablariga muvofiq yaratilgan “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashga qaratilgan. Qо‘yilgan maqsadni amalga oshirish uchun mazkur xujjatlarga binoan ba’zi rivojlanish sohalari hamda rivojlanish markazlari: “Til va nutq”, “Qurish, konstruksiyalash va matematika”, “Fan va tabiat”, “Syujetli-rolli о‘yinlar va sahnalashtirish”, “San’at” mazmunining tarkibiy qismlari о‘rtasidagi integrasiyasi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY YONDASHUV ASOSIDA MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA ILM-FAN BILAN AMALIYOT INTEGRATSIYASI»

ZAMONAVIY YONDASHUV ASOSIDA MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMIDA ILM-FAN BILAN AMALIYOT

INTEGRATSIYASI

F.R.Qodirova

Maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti professori, Xalqaro pedagogik ta'lim fanlar akademiyasining

akademigi, pedagogika fanlari doktori https://doi.org/10.5281/zenodo.11211963

Annontatsiya. Ushbu maqola ilmiy-fan ma'lumotlari va O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoyiladigan davlat talablariga muvofiq yaratilgan "Ilk qadam" davlat o 'quv dasturi asosida maktabgacha ta'lim tashkilotlaridahar tomonlamarivojlangan shaxsni tarbiyalashga qaratilgan. Qo'yilgan maqsadni amalga oshirish uchun mazkur xujjatlarga binoan ba'zi rivojlanish sohalari hamda rivojlanish markazlari: "Til va nutq", "Qurish, konstruksiyalash va matematika", "Fan va tabiat", "Syujetli-rolli o'yinlar va sahnalashtirish", "San'at" mazmunining tarkibiy qismlari o'rtasidagi integrasiyasi yoritilgan.

Kalit so'zlar: integratsiya, davlat talablari, dastur, rivojlanish, rivojlanish sohalari, maktabgacha ta'lim tashkilotlari, rivojlanish markazlari, metodlar, faoliyat, qiziqish, extiyoj, shart-sharoitlar, atrof-muhit.

Аннотация. Данная статья направлена на воспитание всесторонне развитие личности детей в дошкольных образовательных организациях на основе научных данных и Государственной учебной программы "Ilk qadam" для ДОО Республики Узбекистан, созданной в соответствии с Государственными требованиями к развитию детей раннего и дошкольного возраста. Для достижения поставленной цели, согласно анализу научного материала, а также вышеуказанных документов, рассматривается интеграция некоторых областей и центров развития: «Язык и речь», «Строительство, конструирование, математика», «Наука и природа», «Сюжетно-ролевые игры и драматизация», «Искусство».

Ключевые слова: интеграция, государственные требования, программа, развитие, области развития, дошкольные образовательные организации, центры развития, методы, деятельность, интерес, потребность, условия, окружающая среда.

Abstract. This article is aimed at educating the comprehensive development of the personality of children in preschool educational organizations on the basis of scientific data and the State curriculum "Ilk qadam" for preschool educational institutions of the Republic of Uzbekistan, created in accordance with State requirements for the development of children of early and preschool age. To achieve this goal, according to the analysis of scientific material, as well as the above documents, the integration of some areas and centers of development is being considered: "Language and speech", "Construction, design, mathematics", "Science and nature ", "Role-playing games and dramatization", "Art".

Keywords: integration, state requirements, program, development, areas of development, preschool educational organizations, development centers, methods, activities, interest, need, conditions, environment.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 802-son (22.12.2020y.) qarori bilan "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning standarti" tasdiqlandi. Davlat standartining muhim maqsadlaridan - bu bolalarni har tomonlama yetuk qilib voyaga yetkazish, ta'lim-tarbiya jarayoniga samarali metodlarni joriy etish.

Mazkur maqsadni amalga oshirish uchun maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarning ta'lim-tarbiyasi va rivojlanishini nazarda tutib, ularning yoshi va individual xususiyatlari, imkoniyatlari, moyilliklari, qiziqishi, qobiliyati va ehtiyojiga ko'ra yondashish zarur. O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoyiladigan davlat talablariga muvofiq tarbiyalanuvchilarni quyidagi sohalarda rivojlantirish belgilangan: "jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzining shakllanishi", "ijtimoiy-xissiy rivojlanish", "nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari", "bilish jarayonining rivojlanishi", "ijodiy rivojlanish".

Ushbu maqolada nazarda tutilgan hajm doirasida biz yuqoridagi sohalarning ahamiyatini va amalda qo'llanilishini ko'rib chiqamiz. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish uchun o'yinlar, kommunikativ, anglash, ijodiy faoliyatlar asosiylardan hisoblanadi. Bundan tashqari, kun davomida tarbiyalanuvchilarning mustaqil faoliyati katta ahamiyatga ega. Mustaqil faoliyatda tarbiyachi va boshqa pedagoglar (psixolog, defektolog, musiqa rahbari va b.) o'zaro hamkorlikda bolalar uchun rang-barang buyumlar va o'yinli materiallarga boy rivojlantiruvchi muhitni yaratish lozim. Shuningdek, bolalarning shaxsiy ehtiyojlarini hisobga olgan holda yuqoridagi xujjatlarga muvofiq barkamol rivojlanishlari uchun kulay shart-sharoitlar yaratilishi muhim axamiyatga ega. Bunday shart-sharoitlarda samarali metodlarni qo'llash tufayli bolalar ma'naviy barkamol shaxs bo'lib tarbiyalanadi va har tomonlama rivojlanadi. Ularning rivojlanishida muhim omillardan nutq hisoblanadi. Darhaqiqat, tarbiyalanuvchilarni har tomonlama rivojlantirish insoniyat tajribasi, uning bilimlari, qobiliyatlari va madaniyatining saqlovchisi bo'lgan kattalar bilan muloqoti tufayli insoniyatning ko'p asrlik tajribasini o'zlashtirish asosidagina amalga oshiriladi. Bu tajribani faqat insoniy muloqotning eng muhim vositasi - til orqali berish mumkin.

Bolalarda ona tilida nutqini rivojlantirishga doir ishlar maktabgacha ta'lim tashkilotlari ta'lim-tarbiya ishlari ichida alohida o'rin tutadi. Bu ishning maqsadi - bolalar og'zaki nutqni adabiy til meyorlariga muvofiq holda tinglab, anglashi, kattalar va tengdoshlari, ya'ni atrofdagi odamlar bilan muloqot qilishi, yoshiga oid passiv va faol nutqqa ega bo'lishidip. Mazkur maqsaddan kelib chiqqan holda maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish borasida quyidagi vazifalar hal qilinadi:

• Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash;

• Lug'atni boyitish, mustahkamlash va faollashtirish;

• Nutqni grammatik jihatdan shakllantirish;

• Dialogik nutqni rivojlantirish;

• Monologik nutqni rivojlantirish;

• Badiiy adabiyot bilan tanishtirish;

• Katta va maktabga tayyorlov guruhlarda bolalarni savodxonlikka o'rgatish.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida yuqorida ko'rsatib o'tilgan maqsad va vazifalarni "Til

va nutq" rivojlanish markazida yillik mavzuviy rejaga binoan oy mavzulari va hafta mavzulari bo'yicha amalda joriy etish lozim. Tarbiyachilar hafta uchun mo'ljallangan mavzu, maqsad va kutilayotgan natijalarga oid bolalarga berilgan bilimni, qadamma-qadam, ma'lum izchillikda ko'nikma va malakalarga o'tqazadi. Ta'lim samarasini oshirish uchun ushbu markazda olib

borilgan ishni boshqa rivojlanish markazlar ("Syujetli-rolli o'yinlar va sahnalashtirish", "Qurish, konstruksiyalash va matematika", "Fan va tabiat", "San'at") bilan integratsiyalash maqsadga muvofiqdir. Masalan, tarbiyalanuvchilar geometrik shakllar: uchburchak, to'rtburchak, to'g'ri to'rtburchak, doira kabilar bilan tanishib, topshiriqqa doir hamkorlikda asosiy detallarga ega o'rta va kichik konstruktorlar to'plamidan: kubiklar, g'ishtchalar, prizmalar, konuslardan yoki "Lego" konstruktori to'plamidan uy va bino kurishadi. Bunda ular taqqoslash, izlanish, tahlil qilish orqali obyeklardan qaysi biri baland-past, katta-kichik, uzun-qisqa, keng-tor savollarga javob berishadi va asta-asta o'z nutqida qo'llashga o'rganadilar. Ularning bilimi ham matematika bo'yicha ortib boradi, ham nutqi rivojlanadi - keltirilgan misollarga doir lug'ati antonim jihatidan boyib boradi. Eslatamiz, antonim - qarama-qarshi ma'noli so'zlar.

Har bir rivojlanish markazi o'z maqsadi va yo'nalishiga ega, shuning uchun ulardagi jarayon qiziqarli bo'lishi, qo'yilgan vazifalarni hal etishi, ta'limiy materiallar va o'yin anjomlari guruh bolalarining yoshiga mos va xavfsiz, metodik jihatdan to'g'ri namoyish qilinishi lozim. Ko'rgazmali material jozibali, tushunarli, rangli, yaqqol, yoqimli, kiritilayotgan o'quv materiali mazmunini to'g'ri aks etadigan va shunga muvofiq uni qabul qilishga istak-xohish uyg'otadigan, o'ylashga, mantiqiy fikr yuritishga, jumboqli vaziyat yaratishga qaratilishi maqsadga muvofiqdir.

Rivojanish markazlardagi vazifalar va topshiriqlar bolalarga tushunarli, imkoniyatlari, layoqatlari inobatga olingan xolda, har bir markaz haftaning boshida tayyorlanib, mavzuga muvofiq jihozlanadi. Markazlarda, faraz qilaylik Masalan, "San'at" markazida ishtiroqchilar turli bo'yoqlardan katta-kichik mevali daraxtilar rasmini chizganini namoyish qiladilar. So'ng, "Fan va tabiat" makazida atrof-olam, jonli va jonsiz tabiat bilan tanishib, tajribalar o'tqazishga o'rganadilar. Buning uchun ularga har xil tabiiy mevalar ko'rsatiladi va savol beriladi: "Hozir siz ko'rsatgan ba'zi rasmlarda qizil to'q ranli mevani chizgansiz. Uning nomini va rangini toping? To'g'ri, bu anor. Anorni siqsamiz, qanday rang paydo bo'ladi. Anor sharbatga o'tqaziladi va to'q qizil rang namoyish qilinadi.

Ikki bir xil rangli stakandagi suyuqlik namoyish qilinadi. Bularning o'xshash va farqli jihatlarini topinglar.

Bolalarning javoblari: O'xshash jihati ikkalasi suyuqlik, rangi to'q qizil. Farqi esa anorni sharbatini ichib bo'ladi va u foydali. Bo'yoqdan tayyorlangan suyuqlikni ichish mumkin emas. Ushbu tarzda boshqa rivojlanish markazlarida ta'lim-tarbiyaviy, rivojlanish ishlar olib boriladi

Xulosa sifatida aytish joizki, maktabgacha tashkilotlarining ta'lim samarasini oshirishda, bolalarni barkamol inson, har tomonlama rivojlangan shaxs bo'lib tarbiyalashda katta e'tiborni mamlakatimizdagi va xorijiy mamlakatlar ilm-fan yutuqlari hamda amaliyotdagi ilg'or tajribalar integratsiyasi muhim omil bo'lib xizmat qiladi.

REFERENCES

1. "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standarti". O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil, 22 dekabrdagi 802-son qarori.

2. O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun Ilk qadam davlat o'quv dasturi.Toshkent, 2022.

3. Qodirova F.R. va boshq. "Maktabgacha pedagogika" (darslik), Toshkent, 2019.

4. Qodirova F.R., Qodirova R.M. "Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi" (darslik), Toshkent, 2006.

5. Qodirova F.R. va 6oshq. "Til va nutq" rivojlantirish markazidagi ta'limiy faoliyatni rejalashtirish (o'quv qo'llanma), Toshkent, 2023.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.