INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024
MAKTABGACHA TA'LIM-TARBIYADAGI INTEGRATSIYANING O'ZIGA XOSLIGI
Fozilova Odina Nabiyevna
Farg'ona davlat universiteti, maktabgacha ta'lim kafedrasi katta o'qituvchisi, f.f.b.f.d (FhD)
https://doi.org/10.5281/zenodo.11048728
Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyada integratsiyaning o'ziga xosligi va uning ta'lim sifatidagi samarali jihatlari ifodalangan. Maktabgacha ta'lim tashkilotida rivojantiruvchi markazlarning faoliyati haqida to'xtalib o'tilgan.
Kalit so'zlar: integratsiya, uzviylik, uzluksizlik, kreativ yondashuv.
Аннатация. В данной статье описывается уникальность интеграции в образовании детей дошкольного возраста и ее эффективные аспекты как воспитания. Обсуждена деятельность развивающих центров в организации дошкольного образования
Ключевые слова: интеграция, последовательность, преемственность, творческий подход
Abstract. This article describes the uniqueness of integration in the education of preschool children and its effective aspects as education. The activities of developmental centers in the organization of pre-school education were discussed
Keywords: integration, coherence, continuity, creative approach
Respublikamizda so'nggi yillarda ta'limni har bir turlarida isloxatlar amalga oshirib borilmoqda. Shu o'rinda maktabgacha ta'lim tashkilotida ham xalqaro tajribalarga tayangan holda bolalar maktab ta'limiga sifatli tayyorlash bugangi kunning eng muhim masalalaridan biridir. Bu albattta shu soha mutaxassislaridan kriyativ yondashishni muntazam o'z ustilarida ishlab borishni taqozo qiladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi "Ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4884-sonli qarori ilovasining 4-bandiga ko'ra "Maktabgacha, umumiy o'rta, professional va oliy ta'lim o'quv dasturlari va fanlarning uzluksizligini ta'minlash" vazifasi belgilangan[1.1].
Bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni yaxshilash ustuvor vazifalardan biridir. Maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalarni maktabga tayyorlash sifati tubdan yaxshilash, uning ilmiy-metodik ta'minotini yaratish pedagogik imkoniyatlari kengayadi. Bolalarga ta'lim-tarbiya berishda o'quv dasturlari va metodik tizim tarbiyachining me'yoriy hujjatlari xisoblanadi. Har bir guruh bolalari mantiqiy fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish integrativ yondashuv asosida bilish faoliyatini faollashtirish, ularda hayotiy kompitensiyani shakllantirishga undaydi.
O'zbekiston Respublikasining maktabgacha ta'lim sohasidagi me'yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq, xalqaro tajribalardan o'rganilib, 2018 yil "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi ta'lim-tarbiya jarayoniga tadbiq etildi. 2022 yil ushbu dastur takomillashdi. Dastur mohiyati maktabgacha yoshdagi bolalar ehtiyojini ifodalab, o'ynab o'rganishni amalga oshiradi. Dasturda oy va hafta mavzulari berilgan. Mavzular fasllarni o'ziga xos xususiyatlarini ifodalab, bolalarni borliq haqidagi tasavvurlarini yanada boyitishga xizmat qiladi.
STEAM ta'lim texnologiyasi ya'ni o'zida tabiiy fanlar, texnologiya, injenerlik, san'at, ijodkorlik, matematika fanlarining amaliy jihatlarini umumlashtirib integratsiyalashni nazarda tutadi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tashkil etilgan rivojlantiruvchi markazlar ta'limiy
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024
faoliyatlarni integratsiya asosida amalga oshirishni ta'minlaydi. Qurilish yasash va matematika markazi, qurish-yasash va elementar matematika ta'limiy faoliyatni, syujetli-rolli o'yinlar va dramalashtirish markazi, badiiy adabiyot ta'limiy faoliyat va ijodiy o'yinlarni ifodalasa, til va nutq markazi, nutq o'stirish va savodga o'rgatish ta'limiy faoliyatini, ilm fan va tabiat markazi atrof-olam va tabiat bilan tanishtirish ta'limiy faoliyatini, san'at markazi rasm chizish, loy yoki plastilin hamda applikatsiya ta'limiy faoliyatlari bilan integrallashgan. [3.26].
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni "O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" qayt etilgan maktabgacha ta'lim tizimida uzviylikning metodologik asoslari va ilmiy-pedagogik tamoiyllariga asoslanib "Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari" hamda "Ilk qadam" Davlat o'quv dasturi boshlang'ich ta'lim standartlarining ta'limiy, pedagogik va uslubiy jihatlarini ifodalaydi.
Ta'limiy rivojlantirishda maktabgacha ta'lim kontseptsiyasiga muvofiq pedagog L.S.Vigotskiyning quyidagi nazariyasiga tayaniladi "Har qanday faoliyat turining rivojlanishi quyidagicha bo'ladi: avval kattalar bilan hamkorlikdagi, so'ng tengdoshlari bilan birgalikdagi faoliyat amalga oshiriladi va nihoyat bolaning mustaqil faoliyati amalga oshiriladi" degan fikrlari rivojlantiruvchi markazlar faoliyatida o'z samarasini ifodalaydi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotida har bir guruhlar uchun bola yosh xususiyatidan kelib chiqib "Maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'im jarayonini mavzuli rejalashtirish" nomli o'quv qo'llama asosida rivojlantiruvchi markazlarda olib boriladigan ta'lim jarayoni ifodalangan
Masalan, katta guruh sentiyabrni birinchi haftasi "Mening qadrdon O'zbekistonim", mavzu: «Qurilish materiallaridan shahar quramiz».
Maqsad: Qurilish materiallari va turli kattalikdagi gishtchalardan mustaqil uylar qura
oladi.
Kerakli jihozlar: qubiklar, geometrik shakllar, dekorativ o'simliklar, shahar qurinishi tasvirlangan suratlar.
Faoliyatning borishi:
1. «Mening shahrim» mavzusidagi suratlarni kuzatish.
2. Shahar qurilishi rejasini tuzish.
3. Mustaqil qurish ishlarini amalga oshirish.
4. Do'sti bilan suhbatga kirishish.
5. Do'stining ishlarini taxlil etish va rag'batlantirish.
Qushimcha: Tarbiyachi qurilish ishlarini bezatishda mayda qushimchalar (o'yinchoqlar, mashinachalar, gulchalar)dan foydalanishni taklif etish.
Alohida e'tibor qaratiladi: Jamoada ishlash malakalari, shahar ko'rinishini tasavvurida aks
etishi.
Bu jarayon orqali bolalar matematk tasavvurlarni shakllantirish ta'limiy faoliyatidan olgan bilimlarini ifodalaydilar. O'lchov, son sanoq, fazoviy hajm, shakl. Yana jarayonda bola nutq o'stirish: (tovush madaniyati, bog'lanishli nutq, nutqni gramatik tuzilishini shakllantirish va lug'at boyligini faollashtirish), sensor tarbiya: (eshitish, ko'rish, hid bilish, qo'l barmoq mayda matorikasi), tabiat bilan tanishtirish: (gulchalar, o'simliklar va daraxtlar), atrof olam: (kasb, hunar, uy, mahalla, vatan), etika: (jamoada ishlash, tejamkorlik, tozalik), estetika: (go'zallik), texnologiya: (ijodkorlik qobiliyati, kreativ ko'nikma), tasviriy faoliyat: (badiiy-estetik tafakkur va emotsional sezgirlik), jismoniy tarbiya: (irodaviy ruhiyat, harakat), kimyo: (bo'yoq, plasmassa,
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024
taxta), chizmachilik: (texnik detal va buyumlar) kabi bilimlarini egallashga qaratilgan. Bu albatta bolalarni uzliksiz ta'lim maktab ta'limiga sifatli tayyorlashni amaliy faoliyatini ifodalanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar va birinchi sinf o'quvchilari uchun turli xil ta'lim shakllari, shu jumladan, integral faoliyat asosida aniq faoliyat turlarini qo'llash, o'quv jarayonida bolalar o'zlarining tajribalaridan foydalanishlar uchun sharoit yaratadigan loyiha-tadqiqot faoliyatidan foydalanish, faoliyatni bolalarning kundalik (frontal, kichik guruhlar) hayoti, ularning mustaqil (o'yin, badiiy, konstruktiv va boshqa) faoliyati bilan o'zaro bog'liqligini ta'minlash, bolalar faoliyati mazmunini funksional ravishda simulyatsiya qilish amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotida va boshlang'ich maktabda ham rivojlantiruvchi muhitni qo'llab quvvatlash, bolalarda fikrlash, tasavvur (xayolot), qidiruv faoliyatini faollashtiradigan usullar, ya'ni o'rganishda muammolilik elementlarini yanada kengroq qo'llash, o'yin texnikasidan kengroq foydalanish, hissiy jihatdan ahamiyatli vaziyatlar, mustaqil amaliy faoliyat uchun sharoitlar yaratish, katta maktabgacha yoshdagi guruhlarda va boshlang'ich maktabning 1-sinfdagi darslarida bolalar faoliyatining barcha turlari, bolalarning muloqot shakllari o'zgartirishni amalga oshirish belgilangan.
Xulosa qilib aytganda, ta'limni integratsiyalashning asosiy maqsadi bolalarda tabiat va jamiyat haqidagi yaxshi tasavvur asoslarini qo'yish, asosiy fanlarni o'zlashtirish, predmetlar ichidagi va predmetlararo aloqalarni o'rnatish va olamdagi bor narsalarning qonuniyatlarini qulay yo'llar orqali tushinish imkonini beradi. Bu albatta maktabgacha ta'lim tashkilotlari rivojlantiruvchi markazlari faoliyatida amalga oshirilib, ularni tezroq o'rganish imkonini, ijtimoiy va interaktiv bo'lishi, mehnatsevar va sabrli bo'lishiga yordam beradi. STEAM ta'lim texnologiyasi asosida o'quv jarayoni amalda qo'llash, "Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari"ni bajarish orqali 1-sinf o'quvchilarida davlat ta'lim standartlarini amalga oshirishdagi uzviylik va uzliksizlikni ta'minlaydi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni "O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida". Lex.UZ online.
2. Texnologiya fani konsepsiyalari va milliy o'quv dasturi. T: 2021.- 47 b.
3. "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi. T: 2018.- 26 b.
4. Maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim faoliyatining mavzuiy rejalashtirilishi. O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining O'MK tomonidan 2018 yil 30 avgust №1-sonli bayonnoma bilan tasdiqlangan.
5. O.AGoGa^poBa. Общество с ограниченной ответственностью Издательство. Молодой ученый-2016- 734-736 С.
6. O.Aбобакирова. Формирование у старших дошкольников эстетических чувств средствами кукольного театра. Молодой ученый, 2018. - 148-150 С.
7. O.Fozilova. Bolalarni maktabga tayyorlashda innovatsion yondoshuv usullari. FarDU.ILMIY XABARLAR. 2022.- 363-364