Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIMDA STEAM TA’LIM TEXNOLOGIYASINING AHAMIYATI'

MAKTABGACHA TA’LIMDA STEAM TA’LIM TEXNOLOGIYASINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
45
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
STEAM ta’lim texnologiyasi / ommaviy (frontal) ta’limiy faoliyat / rivojlantiruvchi markaz / loyihalash metodi.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ismatullayeva Gulshoda Ergashevna

Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda STEAM ta’lim texnologiyasidan foydalanishning samarali usullari keng yoritib berilgan. Maktabgacha ta’lim tashkilotini kichik guruhlarida STEAM ta’lim texnologiyasi imkoniyatlarining o’ziga xosliklari keng tahlil etilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIMDA STEAM TA’LIM TEXNOLOGIYASINING AHAMIYATI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

MAKTABGACHA TA'LIMDA STEAM TA'LIM TEXNOLOGIYASINING AHAMTYATI

Ismatullayeva Gulshoda Ergashevna

Farg'ona viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi katta o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.1104552 7

Annotatsiya. Maqolada maktabgachayoshdagi bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashda STEAM ta'lim texnologiyasidan foydalanishning samarali usullari keng yoritib berilgan. Maktabgacha ta'lim tashkilotini kichik guruhlarida STEAM ta'lim texnologiyasi imkoniyatlarining o'ziga xosliklari keng tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: STEAM ta'lim texnologiyasi, ommaviy (frontal) ta'limiy faoliyat, rivojlantiruvchi markaz, loyihalash metodi.

Аннатация. В статье широко освещены эффективные методы использования образовательных технологий STEAM при подготовке дошкольников к школьному обучению. Особенности возможностей образовательной технологии STEAM широко анализировались в малых группах дошкольной образовательной организации.

Ключевые слова: Образовательная технология STEAM, массовая (фронтальная) образовательная деятельность, центр разработки, метод проектирования.

Abstract. Effective methods of using STEAM educational technology in preparing preschool children for school education are widely covered in the article. The peculiarities of STEAM educational technology possibilities were widely analyzed in small groups of preschool educational organization.

Keywords: STEAM educational technology, mass (frontal) educational activity, development center, design method.

Bugungi davr talabi dunyo ta'limi oldiga katta vazifalarni qo'ymoqda, ya'ni bolani kelajakda jamiyatda yashashga tayyorlashi kerak. Bunda birinchi navbatda tez o'zgarayotgan, yangilanib borayotgan axborotlar bilan uyg'un holda faol ishlaydigan kasb egalari timsolini bugungi o'quvchi yoshlarda shakllantirish lozim.

Ta'limni peydevori bo'lgan maktabgacha ta'lim-tarbiya ham ushbu ta'lim jarayoni ya'ni STEAM ta'lim texnologiyasidan foydalanish samarali usullardan hisoblanadi.

Zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarning o'quv faoliyatini tashkil etish ommaviy (frontal) shakliga ham rivojlantiruvchi markazlar "o'yna o'rganish" alohida ta'lim-tarbiya jarayonidagi integratsiyasini tashkil etadi.

Har bir guruhlar uchun bola yosh xususiyatini inobatga olgan holda "Maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'im jarayonini mavzuli rejalashtirish" nomli o'quv qo'llama asosida rivojlantiruvchi markazlarda olib boriladigan ta'lim jarayoni ifodalangan. Ta'limiy faoliyatlar rivojlanish markazlarida qurilish yasash va matematika markazida qurish-yasash va elementar matematika ta'limiy faoliyat bilan, syujetli-rolli o'yinlar va dramalashtirish markazi, badiiy adabiyot ta'limiy faoliyat va ijodiy o'yinlar bilan, til va nutq markazi nutq o'stirish hamda savodga o'rgatish ta'limiy faoliyatlari bilan, ilm fan va tabiat markazi atrof-olam hamda tabiat bilan tanishtirish ta'limiy faoliyatlari bilan, san'at markazi rasm chizish, loy yoki plastilindan turli predmetlar yasash hamda applikatsiya (qirqib yopishtirish) ta'limiy faoliyatlari bilan integratsiyalashgan holda amalga oshiriladi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyati o'yindan iborat. Demat ularning bu ehtiyoji ta'lmga yo'naltiriladi. Kichik guruh bolalari qurilish yasash va matematika markazi, sentyabr 1-hafta xafta mavzusi: Men va mening bog'cham

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

Qurish-yasash va matematika markazi. "Bog'cha quramiz".

Maqsad:Qurilish binolarini, ularning shakllarini biladi. Kubik va g'ishtchalardan bog'cha binosini yarata oladi.

Jihoz va materiallar: Kubik, yog'ochdan g'ishtchalar bog'cha binolarining suratlari.

Faoliyatning borishi.

1. Bog'cha binosi aks etgan suratlarini tomosha qilish.

2. Qurilish uchun kerak bo'lgan materiallarni tanlash.

3. Bog'cha qurilishi.

4. Bolalar ishlarini baholash.

Qo'shimcha qism:bolalarga mayda o'yinchoqlar berib bog'cha xovlisini bezatishni taklif

etish.

E'tiborga molik jihat:Geometrik shakllar va qurilish materiallar to'g'risidagi tushunchani mustaxkamlash.

Tarbiyachi bolalarning bu faoliyatiga rahbarlik qilib boradi. Bolalar nafaqat o'yin faoliyati bilan barcha hayotiy kompetensiyasi ham shakllanib boradi. Bir-birlari bilan muloqatga kirishadilar ya'ni nutqiy faoliyati faollashadi, matematik tasavvurda olgan bilimlarini amaliy faoliyati: sanoq, shakl, miqdor, hajim va fazoviy tasavvurlanini bog'cha qurish orqali namoyon etadi.

STEAM ta'limi texnologiyasi loyihalash metodiga tayangan holda uning asosida bilish va badiiy izlanish yotadi. Bunday izlanish amaliy faoliyat jarayonida bilimlarni olish, so'ngra ulardan amaliyotda qayta foydalanish, ya'ni o'yinlarda konstruktsiyalar tuzish, texnik ijodiyot elementlarini qo'llab, bilim olishga oid tadqiqot ishlarida amalga oshiriladi. Shu o'rinda STEAM yana nimani anglatadi degan savol tug'iladi. STEAM ta'limi XXI asr uchun muhim ko'nikmalarni rivojlantirishni anglatadi. Ushbu ko'nikmalar juda keng bo'lib matematika fanlari bilan chegaralanmaydi.

Maktabgacha yoshdagi bolalar atrof olam haqidagi tasavvurlani ushbu jarayon orali shakllanib boradi. Bunda bolalar bog'chasi qayerda joylashgan, bu erda kimlar yashaydi va nimalar bilan shug'illanadilar. Bu maskanning vazifasi nimalardan iboratligi ekanligi haqida tarbiyachi ular bilan suhbatlarni amalga oshiradi.

STEAM an'anaviy o'qishga muqobil yondashuv hisoblanadi. Bunda bolalar Science (tabiiy fanlar), Technology (texnologiya), Engineering (muhandislik), Art (san'at) va Mathematics (matematika)ni fanlararo bog'lanishlar va amaliy yondashuvga asoslangan holda o'rganadilar.

Qurish-yasash va matematika markazidagi "Bog'cha quramiz" mavzusi bolalarni kasb va hunarga ham yo'naltirib boradi. Chunki bu jarayonda me'morlik, quruchilik qolaversa dizayner bog'cha atrofini bezatish eng muhimi ijodkorlikka yo'naltiriladi. Tabiiy fanlar atrofimizdagi olam bilan bevosita bog'liq texnologiya kundalik hayotimizda doimiy ravishda qo'llaniladi, muhandislik esa uylar, yo'llar, ko'priklar va mashina mexanizmlarda o'z aksini topgan, biror bir kasb, kundalik mag'ulotlarimiz ozmi-ko'pmi matematika fani bilan ham bog'langandir

STEAM bolalarning loyiha va o'quv-tadqiqot faoliyatini maktabgacha ta'lim tashkilotida va maktabgacha ta'lim tashkilotidan tashqarida amalga oshirilish imkonini beradi. Ya'ni ular uylarida ham qurish yasash o'yinlari bilan ham shug'illanadilar. STEAM ta'limi bolalar rivojlanishini tashqi olam bilan bevosita bog'laydi.

Maktabgacha yoshdai bolalarning bu faoliyati tabat bilan tanishtirish ta'limiy faoliyatida olgan bilimlarini amaliy faoliyatida ifodalaydi. Chunki, "bog'cha qurish"da bog' uning atrofini o'yinchoq daraxt va gullar bilan bezatadilar.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

STEAM ta'limi asosida yondashuv bolalarda dunyoni tizimli ravishda o'rganishga, atrofda ro'y berayotgan jarayonlarni mantiqiy mushohada qilishga, ulardagi o'zaro aloqani anglab etishga o'zi uchun yangi, noodatiy va qiziqarli narsalarni kashf qilishga imkon beradi. Qandaydir yangilikni kutish orqali bolada qiziquvchanlikni rivojlantiradi, o'zi uchun qiziqarli masalani aniqlab olishni, yechimini topishning algoritimini ishlab chiqishni, natijalarni tanqidiy baholashni, fikrlashning muhandislik jihatlarini shakllantirishga olib keladi.

STEAM yondashuvining asosiy g'oyasi quyidagicha: amaliyot nazariy bilimlar kabi muhimdir. Bunda bolalar ta'lim jarayonida nafaqat o'z aqlini, balki yo'llarini ham ishlatishga majburdirlar. Ko'pgina mamlakatlarda STEAM-ta'limi quyidagi sabablarga ko'ra yuqori baholanadi. Hamkorlik - san'atga asoslangan ta'lim loyihalari boshqalar bilan yaxshi ishlaydigan bolalarni rag'batlantiradi va mukofotlaydi. STEAM ta'limi miyaning chap va o'ng tomonlarida ijodkorlikni rivojlantiradi.

Xulosa ornida shuni aytishimiz zarurki, maktabgacha yosh davrida amalga oshirib boriladigan bu jarayon bolalarni tanqidiy fikrlash, yechimlar va faktlarni yodlab olishdan tashqari mavzuni yanada chuqurroq tushunchasini rivojlantiradilar. Bolalarning tadqiqotchilik faoliyatiga yo'naltiradi. Ular atrofdagi dunyoni tabiiy ravishda o'rganadi. Bolaga uning shaxsiy his-tuyg'ulari, harakatlari, tajribalari tajribasi orqali ochiladi. "Bola qanchalik ko'p ko'rgan, eshitgan va tajribali bo'lsa, shunchalik ko'p biladi va o'rganadi, u o'z tajribasida haqiqat unsurlarini shunchalik ko'paytiradi va hayotiy kompitensiyalari shakllanib boradi.

REFERENCES

1. Т.С.Волосовец,В.А.Маркова, С.А.Аверина СТЭМ-образование детей дошколного и младшего школного возраста. М.БИНОМ. Лаборатория знаний 2019.

2. Эвдокимова Э.С. Технология проектирования в ДОУ Э.С.Эвдокимова. - М.: Ц Сфера, 2006. - 64 с.

3. Г.Богдановиш. Дополнителная общеразвивающая программа «Мулцтудия «Мой мир» Свердловская област, 2018 г.

4. O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablari. - T., 2018.

5. «Ilk qadam» maktabgacha ta'lim muassasasining davlat o'quv dasturi. -T., 2018.

6. Takomillashgan «Ilk qadam» maktabgacha ta'lim muassasasining davlat o'quv dasturi. -T., 2022.

7. O.N.Fozilova., Maktabgacha va boshlang'ich ta'limda uzviylik hamda uzliksizlik. FarDU. ILMIY XABARLAR. - 2024. - №. 1. - 36-37 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.