Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING O’QUV JARAYONIDA BOLALAR FAOLIYATINI TASHKIL ETISH'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING O’QUV JARAYONIDA BOLALAR FAOLIYATINI TASHKIL ETISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
2606
156
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Bog’cha / ta’lim / tarbiya / tarbiyachi / tarbiyalanuvchi. / kindergarten / upbringing / upbringing / educator / pupil.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Cho’Ponqulova, Sitora Bozor Qizi, Umirzoqova, Gulshoda Obiddin Qizi, Ubaydullayeva, Shohista Hidoyatillo Qizi

Maktabgacha ta’lim tashkilotining o’quv jarayonida folalar faoliyatini faollik markazlari orqali tashkil etish masalalari hamda, ta’lim markazlari orqali bolalarda erkin faoliyatni taminlashda tarbiyachi bolalarni markazlarga to’g’ri yo’naltirish masalasi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ORGANIZING CHILDREN'S ACTIVITIES IN THE EDUCATIONAL PROCESS OF THE PRESCHOOL EDUCATION ORGANIZATION

The issues of organizing children's activities through activity centers in the educational process of a preschool educational organization, as well as the issue of sending children to centers in order to ensure the free activity of children through educational centers, are covered.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING O’QUV JARAYONIDA BOLALAR FAOLIYATINI TASHKIL ETISH»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTINING O'QUV JARAYONIDA BOLALAR FAOLIYATINI TASHKIL ETISH

Cho'ponqulova Sitora Bozor qizi

DTPI Maktabgacha ta'lim yo'nalishi 2-bosqich talabasi

Umirzoqova Gulshoda Obiddin qizi DTPI Maktabgacha ta'lim yo'nalishi 2-bosqich talabasi Ubaydullayeva Shohista Hidoyatillo qizi

Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti

1-bosqich talabasi

Maktabgacha ta'lim tashkilotining o'quv jarayonida folalar faoliyatini faollik markazlari orqali tashkil etish masalalari hamda, ta 'lim markazlari orqali bolalarda erkin faoliyatni taminlashda tarbiyachi bolalarni markazlarga to'g'ri yo'naltirish masalasi yoritilgan.

Kalitso'zlar: Bog'cha, ta'lim, tarbiya, tarbiyachi, tarbiyalanuvchi.

The issues of organizing children's activities through activity centers in the educational process of a preschool educational organization, as well as the issue of sending children to centers in order to ensure the free activity of children through educational centers, are covered.

Key words: kindergarten, upbringing, upbringing, educator, pupil.

Maktabgacha ta'lim tashkiloti uzluksiz ta'lim tizimining birinchi turi, ya'ni dastlabki bosqichidir. Bugungi kunda davlatimiz uzluksiz ta'lim tizimi oldiga ma'naviy yetuk erkin fikrlaydigan va intellektual, salohiyatli barkamol avlodni shakllantirishdek muhim vazifani qo'ymoqda. Bu muhim vazifani bajarishning dastlabki bosqichi maktabgacha ta'lim muassasalari (MTT)da amalga oshiriladi va unda ijodkor, ijtimoiy faol, ma'naviy jihatdan boy shaxsni shakllantirishga qaratiladi.

Bugungi kunda davlatimiz tomonidan maktabgacha ta'limga juda katta e'tibor berilmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2016 yil 29 dekabrdagi «2017-2021yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ- 2707-son qarori qabul qilindi va shu asosida dastur ishlab chiqildi. Mazkur qaror maktabgacha ta'lim jarayonida bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy dasturlar va texnologiyalarni tatbiq etish, farzandlarimizni

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish kabi dolzarb masalalarni hal etishda muhim dasturulamal bo'lib xizmat qilmoqda.Binobarin, mazkur hujjatga muvofiq Maktabgacha talim vazirligi tomonidan 2018-yil 18-iyulda —Ilk qadam! davlat dasturi qabul qilindi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarining yosh guruhlari uchun mo'ljallangan ta'limiy faoliyatning mavzuli rejasi guruh tarbiyachilariga yordam sifatida ishlab chiqilgan bo'lib, ushbu dasturdan erkin ta'lim faoliyati olib boriladi. Tarbiyachi ta'lim faoliyatiga bolalarning yosh xususiyatini inobatga olgan holda qo'shimcha kiritishi mumkin.

O'quv jarayonini mavzuli tarzda tuzish tamoyili hududiy, milliy, madaniy komponentlarni singdirish va bu jarayonda maktabgacha ta'lim muassasasi xususiyatlarini hisobga olish imkonini beradi.Bir mavzu doirasida kamida bir hafta ta'lim berilishi lozim. Mavzu guruh va rivojlanish markazlaridagi materiallarda o'z aksini topishi kerak.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Turli yosh guruhlarida o'zaro bog'liq o'xshash mavzularni kiritilishi ularning individual imkoniyatlariga muvofiq uyg'un rivojlanish va butun maktabgacha yosh davrining turli guruhlarida bolalarni rivojlantirishda o'quv maqsadlari birligini va uzluksizligini ta'minlash orqali ta'limiy maqsadga erishilishiga olib keladi.Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida erkin ta'lim faoliyat turi 5 ta asosiy ta'lim markazlarida olib boriladi. Bular:

Qurish-yasash va matematika markazi;

Sujetli rolli o'yinlar va dramalashtirish markazi;

Fan va tabiat markazi;

San'at markazi;

Til va nutq markazi.

Maktabgacha ta'lim tizimida pedagog tomonidan ta'lim faoliyatini rejalashtirishda birinchi navbatda ta'limni rivojlantirish vazifasi ilgari qo'yiladi va bunda bolaning o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, bola shaxsiga yo'naltirilgan ta'limni tashkillashtirish lozim.

Erkin ta'lim faoliyat markazlarida bolalarning erkin faoliyatini ta'minlash uchun shart-sharoit pedagog tomonidan tashkil etiladi. Agar bola san'at markazida rasm chizmoqchi bo'lsa, bola uchun sharoit yaratilgan bo'lishi lozim. Masalan, bola bahor faslini tasvirlamoqchi bo'lsa, buning uchun faqat qalam yoki bo'yoqdan emas, balki boshqa noan'anaviy usullarida chizishi uchun tarbiyachi sharoit yaratib bersa, bola tengdoshlari bilan erkin muloqotga kirishib, erkin faoliyat olib boradi va ular bilan hamkorlikda chizishlari mumkin. Buning uchun tarbiyachi har bitta markazdagi

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

o'quv materiallarini qiziqarli, bola yoshiga mos, bolalaming imkoniyatini hisobga olgan holda tayyorlashi kerak. Agar har bir markaz qiziqarli tashkil etilsa, bola bugun —Nutq va til markazida erkin ta'lim faoliyatini amalga oshirgan bo'lsa, ertaga albatta uni boshqa ta'lim markazida o'z qobiliyatini ko'rsata olish imkoniyati beriladi. Bundan shuni xulosa qilish mumkinki, bolada 1 hafta davomida 5 ta markazda ham erkin ta'lim faoliyatini olib borish imkoni bo'ladi. Kuzatishlardan shuni ko'rish mumkinki, bola hafta davomida faqat bitta yoki ikkita markazda erkin ta'lim faoliyatini olib borishiga sabab, qolgan markazlardagi materiallar bolani o'ziga jalb eta olmaganligidan deyish mumkin. Erkin ta'lim faoliyat markazlaridagi materiallar qiziqarli emasligi, bolalar yoshiga mos kelmasligi, ularning takrorlanishi, tarbiyachi tomonidan tayyorlangan materiallarning talab darajasida emasligi, bolalarning erkin faoliyat markazlarida erkin ta'lim olishlari uchun shart-sharoit to'la qonli yetarli emasligida deb o'ylaymiz.

Agar tabiat va biz markazida eksprement tajriba sinov ishlari olib borilsa, har bitta bola bunga qiziqadi va bola bemalol erkin faoliyat olib boradi. Chunki bola o'ziga qiziq yangilikni yoki ma'lumotni ko'rsa yoki eshitsa,bola yangilikni o'zlashtirishga harakat qiladi va tengdoshlari bilan bu yangilikni albbata muhokama qiladi va erkin faoliyat olib boradi. Agar bolaga erkin faoliyat markazlarda erkin ta'lim olishlari uchun shart-sharoit yaratib bersak, bolani erkin fikrlashga, o'z qiziqish va yo'nalishni tanlay olishga, kattalar bilan bemolal muloqotga kirisha olish, o'z kamchilik xatolarini o'zi mustaqil tuzata olish, bolani sub'ekt sifatida ta'lim markaziga chiqishiga imkon bergan bo'lamiz.

Har qanday faoliyat turining rivojlanishi quyidagicha bo'ladi: avval kattalar bilan hamkorlikdagi, so'ng tengdoshlari bilan birgalikdagi faoliyat amalga oshiriladi va nihoyat bolaning mustaqil faoliyati amalga oshirilad. Demak bolaning maktabgacha ta'lim muassasasida erkin faoliyati tashkil etilsa, bolalar tengdoshlari bilan erkin faoliyati shakillana boshlaydi va o'z-o'zidan bolaning mustaqil faoliyati amalga oshiriladi. Buning uchun tarbiyachi bolalar bilan suhbat, eksprement, ko'rgazmali metodlami ko'proq qo'llashi kerak bo'ladi. Ta'lim markazlari orqali bolalarda erkin faoliyatni taminlashda tarbiyachi bolalarni markazlarga to'g'ri yo'naltirishi muhumdir. Agar bolani o'zi xohlagan markazga yo'naltirilmasa, bola bu ta'lim markazida erkin faoliyat olib borishni istamaydi, bolada norozilik kayfiyati paydo bo'ladi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida olib boriladigan o'quv jarayonida bolalarni erkin faoliyatini ta'minlashda bolalarning qiziqishi, xohishi, imkoniyati hisobga olinishi muhimdir.

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-2707-son qarori 2016 yil 29 dekabr lex.uz

2. "Ilk kadam" maktabgacha ta'lim muassasasining Davlat o'quv dasturi.T.: 2018. mdo.uz

3. O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari 2018 y. lex.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.