Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA TARBIYACHI BOLA UCHUN QULAY INTERFAOL MUHITNI YARATISH'

MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA TARBIYACHI BOLA UCHUN QULAY INTERFAOL MUHITNI YARATISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

2135
69
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
pedagog / ta’lim / tarbiya / maktabgacha ta’lim / interfaol / bola / fasilitator / педагог / образование / воспитание / дошкольное учреждение / интерактив / ребенок / помощник.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Gulbahor Bahodir Qizi Rashidova

Ushbu maqolamda maktabgacha ta’lim jarayonida maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasining shaxsga yo’naltirilgan modeli ustuvor ahamiyat kasb etadi. Shaxsga yo’naltirilgan yondashuvning maqsadi – bu shaxsni muayyan andoza asosida “o’zgartirish” va tazyiq o’tkazishni emas, “u qanday bo’lsa, shunday qabul qilish”ni taqozo etadi. Pedagog tomonidan tanlab olingan ta’lim uslublari intellektual jarayonlarning shakllanishiga, masalaning yechimiga ijodiy yondashishga, tashabbuskorlikka, mustaqillikka va masuliyatga, bolalarni mashq orqali o’z faoliyatini boshqarishga o’rgatish to’g’risida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

СОЗДАНИЕ ДРУЖЕСТВЕННОЙ К РЕБЕНКУ ИНТЕРАКТИВНОЙ СРЕДЫ В ДОШКОЛЬНОМ УЧРЕЖДЕНИИ

Эта статья посвящена модели дошкольного образования, ориентированной на человека, в процессе дошкольного образования. Цель личностно-ориентированного подхода не в том, чтобы «изменить» или подавить человека в соответствии с определенным шаблоном, а в том, чтобы «принять его таким, какой он есть». Выбранные педагогом методы обучения это формирование интеллектуальных процессов, творческий подход к решению проблем, инициативность, самостоятельность и активизм, обучение детей управлению своей деятельностью через практику.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA TARBIYACHI BOLA UCHUN QULAY INTERFAOL MUHITNI YARATISH»

MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMIDA TARBIYACHI BOLA UCHUN QULAY INTERFAOL MUHITNI YARATISH

Gulbahor Bahodir qizi Rashidova

TVChDPI Maktabgacha ta'lim 18/2 guruh talabasi

Annotatsiya: Ushbu maqolamda maktabgacha ta'lim jarayonida maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasining shaxsga yo'naltirilgan modeli ustuvor ahamiyat kasb etadi. Shaxsga yo'naltirilgan yondashuvning maqsadi - bu shaxsni muayyan andoza asosida "o'zgartirish" va tazyiq o'tkazishni emas, "u qanday bo'lsa, shunday qabul qilish"ni taqozo etadi. Pedagog tomonidan tanlab olingan ta'lim uslublari intellektual jarayonlarning shakllanishiga, masalaning yechimiga ijodiy yondashishga, tashabbuskorlikka, mustaqillikka va masuliyatga, bolalarni mashq orqali o'z faoliyatini boshqarishga o'rgatish to'g'risida so'z boradi.

Tayanch so'zlar: pedagog, ta'lim, tarbiya, maktabgacha ta'lim, interfaol, bola, fasilitator

СОЗДАНИЕ ДРУЖЕСТВЕННОЙ К РЕБЕНКУ ИНТЕРАКТИВНОЙ СРЕДЫ В ДОШКОЛЬНОМ учреждении

Аннотация: Эта статья посвящена модели дошкольного образования, ориентированной на человека, в процессе дошкольного образования. Цель личностно-ориентированного подхода не в том, чтобы «изменить» или подавить человека в соответствии с определенным шаблоном, а в том, чтобы «принять его таким, какой он есть». Выбранные педагогом методы обучения - это формирование интеллектуальных процессов, творческий подход к решению проблем, инициативность, самостоятельность и активизм, обучение детей управлению своей деятельностью через практику.

Ключевые слова: педагог, образование, воспитание, дошкольное учреждение, интерактив, ребенок, помощник.

CREATING A CHILD-FRIENDLY INTERACTIVE ENVIRONMENT IN

THE PRESCHOOL

Abstract: This article focuses on the person-centered model of preschool education in the pre-school education process. The goal of a person-centered

approach is not to "change" or repress an individual according to a certain pattern, but to "accept him or her as he or she is." The teaching methods chosen by the educator are about the formation of intellectual processes, creative approach to problem solving, initiative, independence and engagement, teaching children to manage their activities through practice.

Keywords: teacher, education, upbringing, preschool, interactive, child, facilitator

Bugungi kunda maktabgacha ta'lim tizimida faoliyat yuritayotgan har bir pedagog va tarbiyachilar bolalar kamolotini ta'minlash o'z oldilaridagi muhim vazifa ekanligini teran his qilishlari lozim. Tarbiyachi va pedagoglar tashkilotdada turli xil faoliyat va ta'lim-tarbiya ishlarini tashkil etadilar. Bu jarayonda bolalar uchun (kopfort) qulay va shinam interfaol muhit yaratishi yuqorida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda zarur omil bo'lib xizmat qiladi. Maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalar faoliyati uchun interfaol muhit tashkil etish negizida insonparvarlik pedagogikasi tamoyillariga tayanish talab etiladi. Birinchi navbatda tarbiyachi bola shaxsiga tahdid qilmasligi zarur. Bunda bola va tarbiyachi o'rtasida o'zaro do'stlik, mehr-muhabbat o'rnatilishi talab etiladi.

Tarbiyachi bolalarning ehtiyojlarini anglay olishi va ularni inobatga olishi lozim. Mashg'ulotni tashkil etish va o'tkazish jarayonida tarbiyachi va bolalar hamkorlikda ishlaydilar. Bu esa bolalarda faollikni, ma'suliyatni, mustaqillikni rivojlantiradi ayniqsa ayrim bolalarda shaxsiy ijodkorlik namoyon bo'ladi. Tarbiyachi agarda sof psixologik muhit yaratmasa yoki bolalarni shaxs sifatida hurmat qilmasa ta'lim-tarbiya berishda qo'yilgan maqsadga erishishda qiyinchiliklar ro'y beraveradi.

Bolaning ta'lim olish faoliyatida qulay muhit yaratilsa ularning psixik va jismoniy jihatdan sog'lom bo'lishlari ta'minlanadi. SHuningdek, bolalarda ijobiy hissiy holat ro'y beradi, ular maktabgacha ta'lim tashkilotidagi barcha jarayonlardan qoniqish hosil qiladilar, shundagina "bog'chaga bormayman" degan harxashani unutadilar.

Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachilari qulay interfaol muhitni qo'yidagicha tizimda yaratishlari lozim.

1. Psixologik-ruhiy

2. Intellektual-aqliy

3. Jismoniy

Agarda yuqorida keltirilgan tizim asosida qulay interfaol muhit yaratilsa samarali natijaga erishish mumkin.

Yuqorida keltirilgan interfaol muhit tizimlarini tahlil qilamiz.

Psixologik qulay muhit yaratish- bolaning psixik individual xususiyatlarini hisobga olish va tashkiliy, kommunikativ sharoit bilan bog'liq ravishda amalga oshiriladi. Bolalar o'zlarini ruhan erkin va qulay his qilsalar ularda hursandik, qoniqish, yuqori kayfiyat yuzaga keladi. Bu holat bevosita ta'lim jarayonidagi (intellektual qulaylik), muloqot, va boshqa sub'ektiv vaziyatlar bilan bog'liq bo'ladi. Ijobiy hislarni yuzaga kelishida bolaning faoliyat motivatsiyasi, xulq-avtori, atrof-muhit va sub'ektiv jarayonlar sabab bo'ladi.

Psixologik qulay muhit yaratilishda birinchi galda interfaol muhit vositalari va bolalar o'rtasida shaxslararo munosabat muhim o'rin tutadi. "Tarbiyachi-bola" munosabati uchun hamkorlikdagi faoliyat ya'ni ijobiy hissiy holatlar, ezgulik, bag'rikenglik asosidagi muloqot qilish taqozo etiladi. Mana shu jarayonda bola va tarbiyachining bir-birlarini ijobiy qabul qilishlari, o'zaro bir-birini tushunishi, tinglashi va o'zaro ishonch asosiy omil bo'ladi.

Tarbiyachi uchun zarur bo'lgan malaka va ko'nikma bu bola ruhiyatini his qilish, uning hatti-harakatlarini to'g'ri qabul qilish asosan bolani sevishi zarur. Tarbiyachi va bolaning o'rtasida o'zaro ta'sir ko'rsatishdagi psixologik jihatlardan biri, shaxslararo ta'sirdir. Tarbiyachi ta'lim jarayonining boshqaruvchisi va tashkilotchisidir. U shunday vaziyat yaratishi kerakki, bolalar kayfiyati, holati va ruhiyatini qo'llab quvvatlasin.

Pedagogik ta'sir ko'rsatish bevosita maktabgacha ta'lim tashkilotidagi jarayonlar qanday tashkil etilganiga bog'liq bo'lib, u bolalarning qiziqish va intilishlarini ta'minlashi lozim.

Tarbiyachi ta'lim-tarbiya jarayonining quruvchisi va dizayneri bo'lib, bola shaxsini har tomonlama rivojlanishini o'z ma'suliyatiga olishi kerak.

Maktabgacha ta'lim tashkilotida qulay (komfort) yaratishning muhim jihatlaridan biri, bolani individual ravishda uning qiziqishi, maqsadi, imokoniyatlari va to'siqlarni yengib o'tishida qo'llab quvvatlashdir. Tarbiyachi yuqori kasbiy mahoratga ega bo'lsagina, bolaning yutuqlarga erishishi yoki ijobiy natajalarni qo'lga kiritishi, o'z-o'zini boshqarishga, muloqotchanlikka o'rgata oladi.

Tarbiyachi ta'lim-tarbiya berishda fasilitator vazifasini ham bajaradi. Ya'ni bolani qo'llab quvvatlaydi, yordam ko'rsatadi. «Fasilitator» termini psixologiyada yengillashtirish, biror shaxsni faoliyatini optimal darajaga olib chiqishda ko'mak berishdir. Ta'lim jarayonida tarbiyachining fasilitatorlik vazifasi bola bilan ijobiy muloqot o'rnatish, biron bir faoliyat bilan shug'ullanayotganda unga yordam berish va ruhan qo'llab turishdan iborat. Biroq amaliy tajribalarimiz shuni

ko'rsatadiki, tarbiyachilar faol harakatlarni to'g'ri tashkil eta olmaydilar, bolalar ruhiyati, qiziqishi va ehtiyojlarini anglay olmaydilar, natijada bolalar bilan ijobiy muloqot o'rnata olmaydilar, bor imkoniyatlar qo'ldan boy beriladi.

Psixolog olim L.S.Vigotskiy "Rivojlanishning yaqin hududi" - bolaning kattalar bilan o'zaro aloqalari jarayonida erishiladigan va rivojlanayotgan shaxs tomonidan ular bilan birgalikdagi faoliyat jarayonida amalga oshiriladigan, biroq individual faoliyat doirasida namoyon bo'lmaydigan rivojlanish darajasi. Rivojlanishning yaqin hududiga yo'naltirilgan ta'lim rivojlanishning ilgarilab borishiga xizmat qiladi, xususan, rivojlanishning yaqin hududida joylashgan narsa muayyan yoshda o'zgaradi, takomillashadi va keyingi yoshdagi bosqichda aktuallashgan rivojlanish darajasiga ko'tariladi. Bola maktabda uning uzluksiz rivojlanishiga imkoniyat tug'diradigan faoliyat bilan shug'ullanadi. Bu faoliyat majoziy ma'noda boshi uzga bir pog'ona ko'tarilish imkoniyatini beradi. Chunki rivojlanishdan oldinda borayotgan ta'limgina samaralidir. Ayni shu omil rivojlanishning yaqin hududidagi boshqa funktsiyalarning namoyon bo'lishiga xizmat qiladi. "Pedagogika ortga emas, bola rivojlanishining ertangi kuniga qarab yo'nalish olishi kerak" degan fikr bilan kattalar va bolalar o'rtasida o'zaro faol harakatni tashkil etish muhimligini ta'kidlaydi.

REFERENCES

1. Sh.Mirziyoev. "2017-2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" qaror.T.: -2016. 29 dekabr.

2. "Ilk qadam" o'quv dasturi.2018

3. L.S.Vigotskiy "Rivojlanishning yaqin hududi

4. N. Azizxodjaeva. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. T.:2006.

5. B.Ziyomuhammadov. Pedagogika: Oliy o'quv yurtlari uchun o'quv qo'llanma.-T.:"Turon-Iqbol" .2006.-58-68 b

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.