Научная статья на тему '“ILK QADAM”DAVLAT OʻQUV DASTURI ASOSIDA TAʼLIMIY FAOLIYAT JARAYONNI REJALASHTIRISH'

“ILK QADAM”DAVLAT OʻQUV DASTURI ASOSIDA TAʼLIMIY FAOLIYAT JARAYONNI REJALASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
oʻquv-tarbiya jarayoni / rejalashtirish / yillik mavzuviy reja / “Ilk qadam” davlat dasturi.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xamidov Javlonbek Baxtiyor Oʻgʻli

Ushbu maqolada maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi asosida taʼlimiy faoliyat jarayonini rejalashtirish asoslari keltirilgan. Shuningdek, oʻquv-tarbiyaviy jarayonni rejalashtirish, kun tartibini rejalashtirish masalalari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“ILK QADAM”DAVLAT OʻQUV DASTURI ASOSIDA TAʼLIMIY FAOLIYAT JARAYONNI REJALASHTIRISH»

«MAKTABGACHA TALIM TIZIMI XODIMLARINI RIVOJLANTIRISH: AMALIYOT VA XORIJIY TAJRIBA»

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 2024 YIL 23-24 MAY

"ILK QADAM"DAVLAT O'QUV DASTURI ASOSIDA TA'LIMIY FAOLIYAT JARAYONNI REJALASHTIRISH

Xamidov Javlonbek Baxtiyor o'g'li

Yangi Namangan tuman Maktabgacha va maktab ta'lim bo'limi Maktablar faoliyatini

muvofiqlashtirish sho'ba mudiri https://doi.org/10.5281/zenodo.11278917

Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi asosida ta'limiy faoliyatjarayonini rejalashtirish asoslari keltirilgan. Shuningdek, o'quv-tarbiyaviy jarayonni rejalashtirish, kun tartibini rejalashtirish masalalari yoritilgan.

Kalit so'zlar: o'quv-tarbiya jarayoni, rejalashtirish, yillik mavzuviy reja, "Ilk qadam" davlat dasturi.

O'quv-tarbiyaviy jarayon "O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yilgan davlat talablari" asosida amalga oshiriladi.

Maktabgacha ta'lim muassasasi o'quv-tarbiyaviy jarayonni o'quv yili bo'yicha tashkil

qiladi.

O'quv yili 2-sentyabrda boshlanadi va 31-maygacha davom etadi.

1-iyundan 31-avgustgacha MTMda yozgi sog'lomlashtirish davri tashkil etiladi.

O'quv-tarbiyaviy jarayonni rejalashtirish

O'quv-tarbiyaviy jarayon guruhning kundalik ish tartibiga tayanadi va unda pedagog tomonidan rejalashtirilgan kundalik harakatlar, bolalar o'yinlari, bo'sh vaqt va o'quv-tarbiyaviy faoliyat turlari navbatma-navbat amalga oshiriladi.

O'quv-tarbiyaviy jarayon ta'lim va ijtimoiy ehtiyojlar (salomatlik, ovqatlanish va xavfsizlik)ni qondirish maqsadida bolaning yoshi va individual rivojiga asoslanuvchi o'quv rejaga muvofiq olib boriladi. O'quv- tarbiyaviy jarayon bola hayoti va uning atrofidagi muhitdan kelib chiquvchi yagona bir butun mavzuga birlashtiriladi.

O'quv-tarbiyaviy jarayonni rejalashtirish ta'lim sharoitlariga bog'liq holda integratsiya, xilma-xillik va moslashuvchanlik tamoyillaridan tarkib topadi.

O'quv-tarbiyaviy jarayonda quyidagi rejalashtirish turlari qo'llaniladi:

• yillik mavzuviy;

• haftalik

Rejalashtirishda ta'lim jarayonining mavzusi, maqsadlari, mazmuni va turlari yoritiladi. Jarayon turlarini tanlashda nafaqat o'quv-tarbiyaviy jarayonning umumiy maqsadlari, balki rivojlanish sohalari bo'yicha maqsadlar, faoliyat mazmuni va turlarini integratsiyalash ham hisobga olinadi.

Rejalashtirishda kun tartibini hisobga olish zarur. Kun tartibi ish sur'atini belgilaydi va bolaga bir faoliyatdan boshqasiga oson o'tishda yordam berishi lozim. Shuni yodda tutish joizki, o'yin maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyati hisoblanadi. Kun tartibini tuzishda kunduzgi uyqu, dam olish vaqti va sayrga chiqish vaqti hisobga olinadi.

Yillik mavzuviy rejada har bir yosh guruhi uchun oy mavzulari va hafta mavzulari aks ettiriladi. Maktabgacha ta'lim muassasasi hudud yoki boshqa xususiyatlarni hisobga olgan holda o'zining yillik mavzuviy rejasini tuzishga haqli. Mazkur mavzuviy reja maktabgacha ta'lim muassasasining Pedagogika kengashida tasdiqlanadi.

«MAKTABGACHA TALIM TIZIMI XODIMLARINI RIVOJLANTIRISH: AMALIYOT VA XORIJIY TAJRIBA»

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 2024 YIL 23-24 MAY

Haftalik reja yillik mavzuviy rejaga asoslanadi va haftaning kichik mavzulari, shuningdek, mazkur mavzu bo'yicha o'tkaziladigan tadbirlarni o'z ichiga oladi.

Haftalik reja barcha rivojlanish sohalari bo'yicha maqsadlarni belgilash, tegishli markazlarni tayyorlash, mashg'ulotlarni hafta mavzusiga mos ravishda taqsimlashga yo'naltirilgan. Hafta mavzusi barcha erkin faoliyat markazlari orqali o'tishi lozim. Haftalik rejada guruhdagi va sayr vaqtidagi didaktik va harakatli o'yinlar rejalashtiriladi. Bolalar bilan olib boriladigan ishning mazmuni va izchilligi faoliyat turi (faol faoliyat/ passiv faoliyat; individual faoliyat/ kichik guruhda, katta guruhda; tarbiyachi rahbarligi ostida o'tadigan faoliyat/ bola rahbarligi ostida o'tadigan faoliyat) va uni o'tkazish joyi (xona ichidagi faoliyat/ ko'chadagi faoliyat)ni hisobga olgan holda rejalashtirilishi kerak.

Haftalik reja xilma-xil va moslashuvchan bo'lishi lozim. Boshqacha aytganda, ob-havo o'zgarishi va bolaning qiziquvchanligini hisobga olgan holda, rejalashtirilayotgan faoliyat boshqasiga almashtirilishi yoki faollik vaqti biroz ko'proq yoxud kamroq vaqtga mo'ljallanishi mumkin. Masalan, agar tarbiyachi bahorda gullagan bog'ga borishni rejalashtirgan bo'lsa-yu, ob-havo juda yomg'irli bo'lsa, bu tadbirni xonada o'tkazishning imkoni bo'lgan boshqa tadbirga almashtirishi mumkin.

Haftalik reja - bu tarbiyachining ish jurnali va mashg'ulotlar ishlanmasidan iborat. Tarbiyachining ish jurnali quyidagi bo'limlardan tashkil topadi:

• titul varag'i;

• guruhning o'quv yili va yozgi mavsumdagi kun tartibi;

• ertalabki badantarbiya kompleksi;

• guruhda sentyabrdan avgustgacha bo'lgan ta'lim jarayonini rejalashtirish tarkibiga ertalabki suhbat, sayr, kunning ikkinchi yarmi, ota-onalar bilan suhbat kiradi;

• haftalik ish tahlili;

• ilovalar.

Mashg'ulotlar ishlanmasida maqsadlar, jarayonning qisqacha ta'rifi, zaruriy jihozlar ifodalanadi. Mazkur ishlanmalar tavsiyaviy xarakterga ega va tarbiyachi tomonidan ijodiy o'zgartirilishi mumkin.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to'g'risida" 802-son qarori.

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi "Maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 391-sonli qarori.

3. Maktabgacha ta'lim vazirining 2021-yil 12-iyuldagi "Maktabgacha ta'lim tizimida uzluksiz metodik xizmat ko'rsatish ishlarini yanada rivojlantirish to'g'risida" 128-sonli buyrug'i

4. O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta'lim Agentligining 2023-yil 28-avgustdagi "Maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash to'g'risida"gi 99-sonli buyrug'i.

5. Kalmuratov T.N. Norboev A. Expansion of the network of non-public preschool educational institutions on the basis of publicprivate partnership: experience of uzbekistan. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. 8 No. 8, 2020 Part III ISSN 2056-5852 Bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.