Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIMNING USLUBIY TA’MINOTI YETAKCHI FAOLIYAT SIFATIDA'

MAKTABGACHA TA’LIMNING USLUBIY TA’MINOTI YETAKCHI FAOLIYAT SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
7
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o’quv-tarbiyaviy faoliyat / O’zbekiston Respublikasining ilk va maktab yoshidagi bolalarni rivojlantirishga oid davlat talablari / yillik mavzuviy re’ja haftalik re’ja / bolaning rivojlanish xaritasi / mashg’ulotlar konspekti.

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Soliyev I, Sodiqova I

Maktabgacha ta’lim soxasidagi ilmiy-metodik ishni muvofiqlashtirish bo’yicha oliygoxlarning psixologiya, pedagogika va oilaviy xamda maktabgacha ta’lim kafedralarida, maktabgacha ta’lim tashkilotlari raxbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, mutaxasislarning malakasini oshirish xududiy markazlarida kengash tashkil qilingan. Maktabgacha yoshdagi bolaga ta’lim-tarbiya berish ko’p jixatdan ta’limni maktabgacha yoshdagi bola ruxiy xususiyatlariga javob beruvchi dasturlar, metodik tavsiyalar, ta’lim-tarbiya berish qo’llanmalari bilan ta’minlanishiga bog’liq.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIMNING USLUBIY TA’MINOTI YETAKCHI FAOLIYAT SIFATIDA»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

MAKTABGACHA TA'LIMNING USLUBIY TA'MINOTI YETAKCHI FAOLIYAT

SIFATIDA 1Soliyev I., 2Sodiqova I.

1Dotsent, Fardu 2Fardu magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11047935 Kalit so'zlar: o'quv-tarbiyaviy faoliyat, O'zbekiston Respublikasining ilk va maktab yoshidagi bolalarni rivojlantirishga oid davlat talablari, yillik mavzuviy re'ja haftalik re'ja, bolaning rivojlanish xaritasi, mashg'ulotlar konspekti.

Maktabgacha ta'lim soxasidagi ilmiy-metodik ishni muvofiqlashtirish bo'yicha oliygoxlarning psixologiya, pedagogika va oilaviy xamda maktabgacha ta'lim kafedralarida, maktabgacha ta'lim tashkilotlari raxbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, mutaxasislarning malakasini oshirish xududiy markazlarida kengash tashkil qilingan. Maktabgacha yoshdagi bolaga ta'lim-tarbiya berish ko'p jixatdan ta'limni maktabgacha yoshdagi bola ruxiy xususiyatlariga javob beruvchi dasturlar, metodik tavsiyalar, ta'lim-tarbiya berish qo'llanmalari bilan ta'minlanishiga bog'liq.

Ta'limda qo'llaniladigan ta'lim qo'llanmasi bola va kattalarning o'zaro munasabatlarining shaxsga yo'naltirilganligini ta'minlovchi qo'llanmadir (aloxida ish uchun daftar, albomlar, flomaster, qalam, bo'yoq va boshqalar). Tuzilgan dasturiy-uslubiy majmua maktabgacha ta'limga qo'yiladigan davlat talablarini, bolalar bilan ishlashda va ularni rivojlantirishdagi asosiy soxa va yo'nalishlarini ta'minlashi lozim.

O'quv-tarbiyaviy faoliyat «O'zbekiston Respublikasining ilk va maktab yoshidagi bolalarni rivojlantirishga oid davlat talablari» asosida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim tashkiloti o'quv va tarbiyaviy faoliyatni o'quv yillari bo'yicha tashkil qiladi. O'quv yili 2 sentyabrda boshlanadi va 31 maygacha davom etadi.1 iyundan 31 avgustgacha MTMda yozgi sog'lomlashtirish davri tashkil etiladi.

O'quv-tarbiyaviy faoliyat guruhning kundalik ish tartibiga tayanadi va unda pedagog tomonidan rejalashtirilgan kundalik harakatlar, bolalar o'yinlari, bo'sh vaqt va o'quv-tarbiyaviy faoliyat turlari navbatma-navbat amalga oshiriladi.

O'quv-tarbiyaviy faoliyat ta'lim va ijtimoiy ehtiyojlar (salomatlik, ovqatlanish va xavfsizlik)ni qondirish maqsadida bolaning yoshi va individual rivojiga asoslanuvchi o'quv rejasiga muvofiq olib boriladi. O'quv-tarbiyaviy faoliyat bola hayoti va uning atrofidagi muhitdan kelib chiquvchi yagona bir butun mavzuga birlashtiriladi.

O'quv-tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirish ta'lim sharoitlariga bog'liq holda integratsiya, xilma-xillik va moslashuvchanlik tamoyillaridan tarkib topadi.

O'quv-tarbiyaviy faoliyatda quyidagi rejalashtirish turlari mavjud:

• yillik mavzuviy;

• haftalik.

Rejalashtirishda faoliyatning maqsadlari, mavzusi, mazmuni va turlari ifodalanadi. Faoliyat turini tanlashda nafaqat o'quv-tarbiyaviy faoliyatning umumiy maqsadlari, balki rivojlanish sohalari bo'yicha maqsadlar, faoliyat mazmuni va turlarini integratsiyalash ham hisobga olinadi.

Rejalashtirishda kun tartibini hisobga olish zarur. Kun tartibi ish sur'atini belgilaydi va bolaga bir faoliyatdan boshqasiga oson o'tishda yordam berishi lozim. SHuni yodda tutish joizki,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

o'yin maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyati hisoblanadi. Kun tartibini tuzishda kunduzgi uyqu, dam olish vaqti va sayrga chiqish vaqti hisobga olinadi.

Yillik mavzuviy reja.

Yillik mavzuviy rejada har bir yosh guruhi uchun oy mavzulari va hafta mavzulari aks ettiriladi. Maktabgacha ta'lim tashkiloti hudud yoki boshqa xususiyatlarni hisobga olgan holda o'zining yillik mavzuviy rejasini tuzishga haqli. Mazkur mavzuviy reja maktabgacha ta'lim tashkilotining Pedagogika kengashida tasdiqlanadi.

Haftalik reja

Haftalik reja yillik mavzuviy rejaga asoslanadi va haftaning kichik mavzulari, shuningdek, mazkur mavzu bo'yicha o'tkaziladigan tadbirlarni o'z ichiga oladi.

Haftalik reja barcha rivojlanish sohalari bo'yicha maqsadlarni belgilash, tegishli markazlarni tayyorlash, mashg'ulotlarni hafta mavzusiga mos ravishda taqsimlashga yo'naltirilgan. Hafta mavzusi barcha erkin faoliyat markazlari orqali o'tishi lozim. Haftalik rejada guruhdagi va sayr vaqtidagi didaktik va harakatli o'yinlar rejalashtiriladi. Bolalar bilan olib boriladigan ishning mazmuni va izchilligi faoliyat turi (faol faoliyat / passiv faoliyat; individual faoliyat / kichik guruhda, katta guruhda; tarbiyachi rahbarligi ostida o'tadigan faoliyat / bola rahbarligi ostida o'tadigan faoliyat) va uni o'tkazish joyi (xona ichidagi faoliyat / ko'chadagi faoliyat)ni hisobga olgan holda rejalashtirilishi kerak.

Haftalik reja xilma-xil va moslashuvchan bo'lishi lozim. Boshqacha aytganda, ob-havo o'zgarishi va bolaning qiziquvchanligini hisobga olgan holda, rejalashtirilayotgan faoliyat boshqasiga almashtirilishi yoki faollik vaqti biroz ko'proq yoxud kamroq vaqtga mo'ljallanishi mumkin. Masalan, agar tarbiyachi bahorgi gullagan bog'ga borishni rejalashtirgan bo'lsa-yu, ob-havo juda yomg'irli bo'lsa, bu tadbirni xonada o'tkazishning imkoni bo'lgan boshqa tadbirga almashtirishi mumkin.

Haftalik reja - bu tarbiyachining ish jurnali va mashg'ulotlar konspekti.Tarbiyachining ish jurnali quyidagi bo'limlardan tashkil topadi:

• titul varag'i; guruhning iliq va sovuq davrdagi kun tartibi;

• ertalabki badantarbiya kompleksi;

• guruhda sentyabrdan avgustgacha bo'lgan ta'lim jarayonini rejalashtirish tarkibiga ertalabki suhbat, sayr, kunning ikkinchi yarmi kiradi;

• haftalik ish tahlili;

• ilovalar.

Mashg'ulotlar konspektlarida maqsadlar, faoliyatning qisqacha ta'rifi, zaruriy jihozlar ifodalanadi. Mazkur konspektlar tavsiyaviy xarakterga ega va tarbiyachi tomonidan ijodiy o'zgartirilishi mumkin.

Mazkur dastur bola rivojiga individual yondashuv, uning shaxsini hurmat qilish, uning manfaatlari ehtiyojlari va rivojlanish darajasini hisobga olish, hissiy qulaylik borasida g'amxo'rlik qilish, erkin ijodiy o'z-o'zini ko'rsatishi uchun sharoitlar yaratishga intilishni ko'zda tutadi. SHu sababli, rejalashtirish bilan bir qatorda, bola rivojlanishini kuzatib borish pedagog faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagog bolani va uning o'zini tutishi sabablarini yaxshiroq tushunish, bola rivojini, uning ichki dunyosini ko'rish, qo'llab-quvvatlash, rivojlanish yo'llarini belgilash, ehtiyoj va manfaatlarini aniqlash uchun bola hayotini sistematik kuzatib boradi. Pedagogik kuzatuvlar asosida ta'lim faoliyatini rejalashtirish ishlab chiqiladi va takomillashtirib boriladi. Bolaning individual rivojlanishini kuzatish uchun O'zbekiston Respublikasining ilk va

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

maktab yoshidagi bolalar rivojlanishiga oid Davlat talablarida aks ettirilgan sohalar va soha ostilari hamda kutilayotgan natijalar olingan (malaka va ko'nikmalar).

Bolaning rivojlanish xaritasi 3 dan 7 yoshgacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi, har bir bola uchun individual tarzda yiliga uch marta to'ldiriladi.

Maktabgacha ta'lim muassasasidan chiqishda б-? yoshdagi bolaning maktabga tayyorlik xaritasi to'ldiriladi(faqat maktabgacha tashkiloti bitiruvchilari uchun6). Maktabga tayyorlik deganda bolada umumiy kompetentsiyalarni va rivojlanish sohalari kompetentsiyalarining shakllanganligi tushuniladi. Bu xarita maktabgacha ta'lim tashkilotining har bir bitiruvchisi uchun to'ldiriladi. Unda davlat dasturiga muvofiq rivojlanishning beshta sohasi (bola kompetentsiyalari) bo'yicha kutilayotgan natijalar ifodalanadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017-y., 6-son, 70-modda.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi "2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-2707-sonli Qarori.

3. O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining 2018 yil 4 iyuldagi 1450-sonli "O'zbekiston respublikasining ilk va maktabgacha yosh dagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablarini tasdiqlash to'g'risida"gi Buyrug'i. QHMMB: 10/18/3032/1450-son. 04.07.2018 y.

4. Xusanboyeva O.U., Tojiyeva M.X. va boshqalar. Maktabgacha ta'lim pedagogikasi. - T.: "Ilm ziyo", 2012.

5. Qayumova N. Maktabgacha pedagogika. O'quv qo'llanma. Toshkent-2013

6. Maktabgacha pedagogika. O'quv-uslubiy majmua. Termiz-2018

7. P.Xo'jayev, K.D.Raximqulov, B.B.Nigmonov Harakatli o'yinlar va uni o'qitish metodikasi. Toshkent-2010

8. http://uza.uz/oz/society/o'yin faoliyati 01-06-2018.

9. www.saviya.uz.

10. www.edu.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.