Научная статья на тему 'INTEGRATSION YONDASHUV ASOSIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MA’NAVIY AXLOQIY TARBIYALASH OMILLARI'

INTEGRATSION YONDASHUV ASOSIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MA’NAVIY AXLOQIY TARBIYALASH OMILLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
20
89
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Ma’naviy-axloqiy tarbiya / maktabgacha ta’lim. Milliy qadriyatlar / ta’lim-tarbiya / maktabgacha yoshdagi bolalar. Axloq / me’yor / samaradorlik / ma’naviy tarbiya / ta’lim-tarbiya / usul / integratsiya / vosita.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Abdullayeva Turg’Unoy Qosimjonovna

Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar manaviy-axloqiy tarbiyasiga integratsion yondashishning mazmuni, vazifalari va omillari xususida so'z yuritiladi. Jamiyatdagi integratsiya jarayonida insonning integratsiya alohida elementlarni yig'ib, ularni birlashtirish, yaxlit holga keltirish deb tushunish mumkin. Ta'limni integratsiyalashning asosiy maqsadi maktabgach yoshdanoq tabiat va jamiyat haqida yaxshi tasavvur asoslarini qo'yish va ularning rivojlanishi qonunlariga o'z munosabatini shakllantirishdir. Dunyoda maktabgacha yoshdagi bolalarda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish texnologiyasini takomillashtirish va bu borada tarbiyaga kompleks yondashuv asosida tarbiyalanuvchilarda ma’naviy-axloqiy kompetensiyani tarkib toptirishning innovatsion-pedagogik modellarini ishlab chiqishga doir qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Ayniqsa, maqbul diagnostik vositalarni modirnfikatsiyalash orqali maktabgacha yoshdagi bolalarning ma’naviy-axloqiy tarbiyalanganligini tashxis etishning pedagogik imkoniyatlarini kengaytirish, bolalarni dastlabki odob-axloq qoidalariga o‘rgatish, ularga amal qilish ko‘nikmalarini shakllantirishda integrallashgan mashg‘ulotlardan foydalanish metodikasini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ma’naviy-axloqiy tarbiya berishning muhim ekanligi, bolalarga axloqiy va ma’naviy tarbiya berishda rivojlangan mamlakatlar tajribasiga asoslangan va o‘zimizning o‘zbekona milliy qadriyatlarimizga tayangan holda integratsiyalashgan usul va vositalardan foydalinish orqali yuqori sifat ko‘rsatkichlariga erishish mumkinligi haqida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INTEGRATSION YONDASHUV ASOSIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MA’NAVIY AXLOQIY TARBIYALASH OMILLARI»

INTEGRATSION YONDASHUV ASOSIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MA'NAVIY AXLOQIY - TARBIYALASH OMILLARI Abdullayeva Turg'unoy Qosimjonovna

"Navoiy innovatsiyalar unversiteti" Maktabgacha ta'lim yo'nalishinmg sirtqi 4- bosqich 2-guruh

talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10801572

Annotatsiya. Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar manaviy-axloqiy tarbiyasiga integratsionyondashishningmazmuni, vazifalari va omillari xususida so'z yuritiladi. Jamiyatdagi integratsiya jarayonida insonning integratsiya - alohida elementlarni yig'ib, ularni birlashtirish, yaxlit holga keltirish deb tushunish mumkin.

Ta'limni integratsiyalashning asosiy maqsadi maktabgach yoshdanoq tabiat va jamiyat haqida yaxshi tasavvur asoslarini qo'yish va ularning rivojlanishi qonunlariga o'z munosabatini shakllantirishdir.

Dunyoda maktabgacha yoshdagi bolalarda ma'naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish texnologiyasini takomillashtirish va bu borada tarbiyaga kompleks yondashuv asosida tarbiyalanuvchilarda ma'naviy-axloqiy kompetensiyani tarkib toptirishning innovatsion-pedagogik modellarini ishlab chiqishga doir qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

Ayniqsa, maqbul diagnostik vositalarni modirnfikatsiyalash orqali maktabgacha yoshdagi bolalarning ma'naviy-axloqiy tarbiyalanganligini tashxis etishning pedagogik imkoniyatlarini kengaytirish, bolalarni dastlabki odob-axloq qoidalariga o'rgatish, ularga amal qilish ko'nikmalarini shakllantirishda integrallashgan mashg'ulotlardan foydalanish metodikasini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda ma'naviy-axloqiy tarbiya berishning muhim ekanligi, bolalarga axloqiy va ma'naviy tarbiya berishda rivojlangan mamlakatlar tajribasiga asoslangan va o'zimizning o'zbekona milliy qadriyatlarimizga tayangan holda integratsiyalashgan usul va vositalardan foydalinish orqali yuqori sifat ko'rsatkichlariga erishish mumkinligi haqida so'z yuritiladi.

Kalit so 'zlar: Ma'naviy-axloqiy tarbiya, maktabgacha ta'lim. Milliy qadriyatlar, ta'lim-tarbiya, maktabgacha yoshdagi bolalar. Axloq, me 'yor, samaradorlik, ma'naviy tarbiya, ta'lim-tarbiya, usul, integratsiya, vosita.

Аннотация. В статье говорится о содержании, задачах и факторах комплексного подхода к духовно-нравственному воспитанию детей дошкольного возраста. В процессе интеграции в обществе интеграцию человека можно понимать как сбор отдельных элементов, объединение их, объединение в единое целое.

Основная цель интегрированного образования - заложить в детском саду основы хорошего восприятия природы и общества и сформировать отношение к законам их развития.

В мире проводится ряд научных исследований по совершенствованию технологии формирования морально-нравственных качеств у детей дошкольного возраста и разработке инновационных педагогических моделей формирования морально-нравственной компетентности у детей на основе комплексного подхода к образованию. .

Особенно важно расширить педагогические возможности диагностики духовно-нравственного воспитания детей дошкольного возраста путем модификации соответствующих диагностических средств, усовершенствовать методику

использования комплексного обучения при формировании умений обучать детей основным правилам этикета и следовать им. их. .

Говорится о важности нравственно-нравственного воспитания детей дошкольного возраста, о том, что добиться высоких качественных показателей можно, используя комплексные методы и средства, основанные на опыте развитых стран в нравственно-нравственном воспитании детей.

Ключевые слова: Духовно-нравственное воспитание, дошкольное образование. Национальные ценности, образование, дети дошкольного возраста. Мораль, норма, эффективность, нравственное воспитание, воспитание, метод, интеграция, инструмент.

Abstract. The article talks about the content, objectives and factors of an integrated approach to the spiritual and moral education of preschool children. In the process of integration in society, human integration can be understood as the collection of individual elements, their unification, and their unification into a single whole.

The main goal of integrated education is to lay the foundations for a good perception of nature and society in kindergarten and to form an attitude towards the laws of their development.

A number of scientific studies are being conducted around the world to improve the technology for the formation of moral qualities in preschool children and to develop innovative pedagogical models for the formation of moral competence in children based on an integrated approach to education. .

It is especially important to expand the pedagogical capabilities of diagnosing the spiritual and moral education of preschool children by modifying the appropriate diagnostic tools, to improve the methodology for using complex education in developing the ability to teach children the basic rules of etiquette and follow them. their. .

It talks about the importance of moral education of preschool children, that it is possible to achieve high quality indicators using comprehensive methods and means based on the experience of developed countries in the moral education of children.

Keywords: Spiritual and moral education, preschool education. National values, education, preschool children. Morality, norm, efficiency, moral education, education, method, integration, tool.

Kirish: Mamlakatimizda ta'lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida maktabgacha ta'limda ham me'yoriy-huquqiy bazani tubdan takomillashtirish, ilg'or xorijiy tajribalar, ilmiy ishlanmalar va texnologiyalarni maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatiga integratsiya qilish, maktabgacha yoshdagi bolalarni erta rivojlantirish sohasidagi lmiy, innovatsion-pedagogik faoliyatni qo'llab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Metodologiya: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablarining 2-bob 3-bandida integratsiya tushunchasiga alohida to'xtalib, integratsiya — bola ta'limi va rivojlanishidagi mazmun tarkibiy qismlari o'rtasidagi bog'liqlikni ta'minlovchi jarayon ekanligi ko'rsatib o'tilgan. "Integratsiya" so'zi lug'atlarda izohlanishicha, lotincha, "integratio" so'zidan olingan bodib, qayta qurish, tiklash, to'ldirish ("integr" — to liq, butun, yaxlit degan ma'noni anglatadi. Shuningdek, boshqa bir lug'atlarda "integratsiya" — o'zaro bog'langan holda rivojlantirish, "integrirovat" — bir butun qilib birlashtirmoq, yaxlit holga keltirmoq, deyilsa, sohaviy lug'atlarda "integratsiya" — o'qitishning maqsad va omillarini bir butun qilib birlashtirish, deb izohlanadi. Integratsion yondashuv asosida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyasini tashkil etish aniq maqsadga qaratilgan yaxlit pedagogik jarayon bolib, ushbu jarayonda quyidagi pedagogik vazifalar hal qilinadi:

-Maktabgacha yoshdagi bolalarga ma'naviy-axloqiy me'yorlar hamda axloqiy munosabatlar mohiyati va ularning ijtimoiy jamiyat hayotidagi ahamiyati to'g'risida ma'lumot beriladi.

-Maktabgacha yoshdagi bolalarda ma'naviy-axloqiy tushunchalarni egallashga bolgan ehtiyojni yuzaga keltirish, ma'naviv-axloqiv ongni qaror toptirish.

-Maktabgacha yoshdagi bolalarda ijobiy mazmundagi ma'naviv-axloqiv sifatlar (vatanparvarhk, mehnatsevarlik, rostgoylik, qat'iylik, mas'uliyatlilik, ozodalik, orastalik, o'zaro do'stlik, ahillik, shirin o'zlik, saxiylik, jasurlik, go'zallikni his qilish, go'zallik yaratishga intilish va hokazolarni) qaror toptirish.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda ma'naviy-axloqiy mazmundagi xulq-atvor, xarakter va irodani shakllantirish.

-Maktabgacha yoshdagi bolalarda ma'naviy-axloqiy madaniyatni shakllantirish.

Ushbu vazifalarni amalga oshirishda integratsion yondashish asosida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma'naviy-axloqiy tarbivalash tizimiga xizmat qiluvchi ijobiy omillar bilan birga undagi pedagogik muammolarni ham aniqlashga imkon beradi: — maktabgacha ta'lim tashkilotlarida o'ziga xos integral pedagogik muhit yaratish ehtiyoji va unga tashqi-ijtimoiy ta'siri; — tarbiyachilarni kasbiy kompetentligi, kreativligi va kasbiy mahoratini oshirish tizimi oldida turuvchi vazifalar va ushbu vazifalarni hal etish uchun ilmiy-uslubiy va didaktik ta'minot darajasining yetarli emasligi; — tarbiyachilarning "Ilk qadam" davlat o'quv dasturlaii asosida bolalar faoliyati va ilmning mazmunini integratsiyalash malakasiga ega emasliklari; — maktabgacha yoshdagi bolalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash tizimidagi integratsiya (yaxlitlik) va dezintegratsiya (bo'linish, parchalanish) jarayonlari o'rtasidagi ziddiyatlar; — maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim jarayonining an 'anaviy shakllari, metodlari va innovatsion metodlarini joriy etish o'rtasidagi ziddiyatlarning mavjudligi; — maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ma'naviy-ma'rifiy, tarbiya jarayonining tashkiliy qismi, mazmuni va tarbiya jarayonining metodikasi o'rtasidagi nomuvofiqliyliklar;

Yuqoridagi fikrlarga tayanib, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida integratsiyaning qo'llanilishini quyidagicha ifodalash maqsadga muvofiqdir: — maktabgacha ta'lim tashkilotlarida integratsion yondashuv asosida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda guruh tarbiyalanuvchilarining yoshi va bilim saviyasini hisobga olish; — integratsiyalashgan faoliyatni tashkil etishda maktabgacha yoshdagi bolalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalovchi vosita sifatida qarash; — barcha tarbiyaviy tizimlar markaziga bola shaxsini qo'yish; — bolalarda ma'naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalashga insonparvarlik asosida yondashish va ularda umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish; — bolaning ijodiy qobiliyatlarini, uning individualligini rivojlantirish; — individual va jamoaviy tarbiyani hisobga olish lozim bodadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda shakllanadigan ma'naviy-axloqiy sifatlar bevosita ularning yosh va individual xususiyatlari bilan chambarchas bogdiqdir. Go'daklik davridan 3-4 yoshgacha bodgan davrda salomlashish, xayrlashish, minnatdorchilik bildirish, yaxshi va yomon to'g'risidagi dastlabki tasavvurlari, ma'naviy- axloqiy ko'nikmalari, odatlari, o'zi tugdlib o'sgan uyi, oila a'zolariga, atrof-muhitga, mehnatga, insonlarga mehr-muhabbat, kabi dastlabki ma'naviy-axloqiy sifatlar shakllantirilsa, 5-7 yoshgacha bolgan davrda o'zi tug'ilib o'sgan vataniga, ota-onasiga, do'stlariga mehr-muhabbat shakllantiriladi. Intizom, o'zini tuta bilishlik, kamtarinlik, rostgo'ylik, saxiylik, mehnatsevarhk, insonparvarlik, go'zallikni his qila olish, turli salbiy tahdidlarga o'z munosabatini bildira olish, mardlik, shijoat, qat'iyat, zukkolik, jasorat, go'zallik, oliyjanoblik, mehr-shafqat, oriyat kabi yuksak fazilatlarni jamlab olgan ma'naviy-axloqiy tarbiya tizimi takomillashtiriladi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanish sohalariga integratsion yondashuv asosida ma'naviy-axloqiy tarbiyalash jarayoni "Til va nutq"; "Qurish yasash, konstruksiyalash va matematika"; "San'at"; "Syujetli rolli o'yinlar va dramalaslitirish "; "Ilm -fan va tabiat" rivojlanish markazlarida amalga oshiriladi.

Ta'lim markazlarida olib boriladigan nutqni rivojlantirish, tasviriy faoliyat, badiiy adabiyot, atrofdagi olam bilan tanishish, tabiat bilan tanishish, elementar matematika va shu kabi mashg'ulotlar maqsadlariga integratsion yondashish, bola shaxsini shakllanishi, ma'naviy dunyoqarashining rivojlanishi, axloqiy xulq-atvor malakalarini hosil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, tasviriy faoliyat jarayonida bola atrof-olamni idrok etadi. Rasm chizish, qurish-yasash, qirqib yopishtirish, loy ishiga o'rgatish, boshqa faohyat turlari bilan uyg'unlashtirish bolalarning aqliy, ma'naviy, estetik va jismoniy rivojlanishiga olib keladi. Integratsion yondashuv asosida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda integratsiyaning quyidagi turlaridan foydalanish ko'zda tutiladi. Mavzular aro integratsiya — ("Ilk qadam" davlat o'quv dasturidagi oylik va haftalik mavzular integratsiyasi). Masalan, dasturda tayyorlov guruhida sentaybr oyi uchun "O'zbekiston mening Vatanim" mavzusi berilgan. Demak, shunga Ko'ra, birinchi "Mening qadrdon O'zbekistonim", ikkinchi hafta "Mening shahrim — mening mahallam", uchinchi hafta "Men va mening oilam" va to'rtinchi hafta "Men va mening do'stlarim" nomli mavzularga, ya'ni mazmunan bir-biriga bog'lanadi. "Oltin kuz" mavzusida tabiat bilan tanishtirish mashgdiloti tashkil etilib, tabiat hodisalari haqida ma'lumot beriladigan bolsa, bolalarni o'zlashtirgan bilimlarini mustahkamlash uchun rasm faoliyatida daraxt yaproqlarini yoki ixtiyoriy mavzuda rasm chizishlari maqsad qilib olinadi. Badiiy adabiyot mashg'ulotlarida kuz fasliga oid she'rni yod oldirish orqali bolalar olgan bilimlari mustahkamlanadi. Mashg'ulotlararo integratsiya — (katta va tayyorlov guruhlarida o'tkaziladigan faoliyatlar integratsiyasi) asosida, masalan, nutqni rivojlantirish faoliyatida ularning yoshi, tushunchasi va ruhiyatiga mos keladigan ertak, hikoyalarni so'zlab berish orqali badiiy didlarini o'stirish va asarlarda aks ettirilgan voqealar mazmunini tushunish malakasini shaklantirish, bolalarda kitobga nisbatan qiziqish, mehr hislarini uyg'otish. Bolalarda xushmuomalalilik va orastalikni shakllantirish. "Yaxshi", "Yomon" kabi so'zlarning o'zaro farqini anglashga, qilish mumkin bodgan va bolmagan xatti-harakatlarni farqlashga, o'zidan kattalarga hurmatda bodishga, qolini ko'ksiga qoyib "Assalomu alaykum" deb salomlashishga o'rgatish; tasviriy faoliyat faoliyati va nutqni rivojlantirish faoliyattini integratsiyalash orqali bolalar diqqatini badiiy asar mazmuni asosida ishlangan rasmlarga qaratish, ularni sinchiklab tomosha qilishga o'rgatish, rasmlardagi go'zallikni his etish, undan zavqlanish hissini shakllantirishga erishiladi.

Faoliyatlararo integratsiya — (o'yin, o'quv va mehnat faoliyati inegrallashuvi) turini gorizontal va vertikal integratsiya tamoyili asosida tashkil etish natijasida bolalar rivojlanish sohalari kompetensiyalarini, ma'naviy-axloqiy sifatlarini uyg'un lashtirilgan holda rivojlantirishga erishiladi. Rivojlanish markazlari aro integratsiya — (til va nutq; qurilish va konstruksiyalash markazi; san'at, syujet-rolli o'yinlar va dramalashtirish markazi; ilm-fan va tabiat markazidagi bolalarning mustaqil faoliyatini integratsiyalash) faollik markazlaridagi erkin mustaqil faoliyat orqali bolalarning ma'naviy-axloqiy sifatlari mustahkamlanadi, xulq-atvorda namoyon boladigan salbiy xususiyatlar bartaraf etiladi.

XULOSA

Muxtasar aytganda, maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'limning boshlang'ich bo'gini sifatida bolaning har tomonlama rivojlanishi, ma'naviy yetuk shaxs sifatida shakllanishida muhim orin tutadi. Bundan ko'rinadiki, barcha rivojlanish markazlarini talab darajasida to'g'ri tashkil etish boshlang'ich kompetensiyalarni, ya'ni bola shaxsini har tomonlama shakllantirish, ma'naviy-axloqiy sifatlarni uyg'un rivojlanishi uchun xizmat qiladi.

Xulosa sifatida maktabgacha ta'lim tizimida ta'limiy va tarbiyaviy faoliyatlarni integratsiyalash to'g'risida ko'p so'z yuritilmoqda. Olimlar va amaliyotchi tarbiyachilar bolalarda qanday qilib dunyo to'g'risida yaxlit tushuncha hosil qilish va turli fanlar bo'yicha bilimlarini yahlitlashtirish uchun bir butun dasturni tuzish to'g'risida bosh qotirishyapti. Integratsiyalashgan mashg'ulotdan kutiladigan maqsad faqat ma'lum bilimlarni egallashga emas, balki tasvirli fikrlashni rivojlantirishga qaratiladi. Olamning umumiy ko'rinishi tovushlar, tasvirlar, ranglar orqali tanishtiriladi, bola esa ham dunyoni, ham o'zini organuvchi, tekshiruvchi o'ringa qo'yadi. Asosiy bilimlarni o'zlashtirish va olamdagi bor narsalarning qonuniyatlarini tushunishda narsa buyumlar ichidagi va narsa buyumlar aro aloqalarini o'rnatish ta'limga integratsiyalashga yondoshuvning metodik asosidir. Bunga turli faoliyatlarga tushunchalarga ko'p marotaba qaytishi, ularni chuqurlashtirish va boyitish, shu yoshga tushunarli bo'lgan muhim belgilarni aniqlash orqali erishish mumkin. Shunday qilib yaxshi shakllangan tuzilish va o'tkazish tartibiga ega boigan, tarkibiga shu o'quv predmetiga tegishli bo'lgan tushunchalar guruhi kiritilgan har qanday mashghilot integratsiyaga asos qilib olinishi mumkin. Lekin integratsiyalangan mashg'ulotga boshqa mashg'ulot, boshqa o'quv predmetlari bilan bogiiq tushunchalar tahlil qilishning natijalari kiritiladi. Masalan, «tabiat», «suvlar», «gozallik», kabi tushunchalar tabiatshunoslik, musiqa, tasviriy sanat mashgulotlarida ko'rib chiqiladi. Tushunchalarning tahlil qilish boshqa o'quv mashgulotlarida o'zlashtirilgan bilimlarga murojaat qilinadigan darslar integratsiyalangan hisoblanadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. 0'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bcdyicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida. PF—4947-son. 2017- yil 7-fevral. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017-y., 6-son, 70- modda.

2. Ozbeldston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yilacligan davlat talablari. 2018-yil. 18-iyun.

3. Flasanboyev J., To'raqulov X. va b. Pedagogika fanidan izohli lug'al. — T.: Fan va texnologiya, 2008-y.

4. Azimova Z. Tarbiyaviy ishlar tizimini integral diagnostik asosda takomillashtii ish /monografiya. —T: Muharrir. 2018-y. — 164-b.

5. Mavlonova R. A. Maktabgacha ta'limning integratsiyalashgan pedagogikasi (metodik qo'llanma). - T.: 2005.

6. Adilova S. Multimedia va ulami ta'lim jarayonida qoilash. T.: TDPU, 2001. № 2. 20-21

7. Abdurahmonovna, N. M. (2021). Pedagogical and Psychological Aspects of Professional Sustainability of Future Teachers.

8. Manzura, N. (2021). Sustainable Activity in the Teaching Profession and Its Foundations. Psychology and Education Journal, 58(2), 1339-1345.

9. "Science and Education" Scientific Journal Volume 1 Issue 3 June 2020 606 www.openscience.uz

10. Maktabgacha taTim muassasalari uchun modullar T-2012 y, ikkinchi nashr 126

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.