Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI TARBIYAChILARINING HAFTALIK ISH REJASI MAZMUNI'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI TARBIYAChILARINING HAFTALIK ISH REJASI MAZMUNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
99-sonli buyruq / ish jurnali / oy mavzulari / haftalik reja / ertalabki doira / bolalar bilan suhbat / umumiy guruh bo‘lib ishlash / sayr / kunning ikkinchi yarmi / pedagoglar bilan hamkorlikdagi ishlar.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — M.A.Umarova

Maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachisi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Maktabgacha ta’lim Agentligining 2023 yil 28 avgustdagi “Maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 99-sonli buyrug‘i asosida tarbiyachining ish jurnalida haftalik ish rejasining mazmunini yoritishga oid ma’lumotlar berildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI TARBIYAChILARINING HAFTALIK ISH REJASI MAZMUNI»

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARI TARBIYAChILARINING HAFTALIK ISH REJASI MAZMUNI

M.A.Umarova

Maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning

malakasini oshirish instituti metodisti https://doi.org/10.5281/zenodo.11275220

Annotatsiya. Maqoladamaktabgacha ta'lim tashkilotida tarbiyachisi faoliyatini samarali tashkiletishmaqsadida Maktabgacha ta'lim Agentligining2023yil28avgustdagi "Maktabgacha ta'lim tashkiloti pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash to'g'risida"gi 99-sonli buyrug'i asosida tarbiyachining ish jurnalida haftalik ish rejasining mazmunini yoritishga oid ma'lumotlar berildi.

Kalit so^zlar: 99-sonli buyruq, ish jurnali, oy mavzulari, haftalik reja, ertalabki doira, bolalar bilan suhbat, umumiy guruh bo'lib ishlash, sayr, kunning ikkinchi yarmi, pedagoglar bilan hamkorlikdagi ishlar.

Maktabgacha ta'lim tizimida metodik xizmatni tashkil etish bilan ta'lim-tarbiya jarayoni sifatini oshirish, pedagog xodimlarning malakasini oshirish, ularning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, kasbiy mahoratini o'stirish hamda metodik ishlarga tez moslashuvchanlikni ta'minlaydi.

Maqolada tarbiyachilarga maktabgacha ta'lim tashkilotida tarbiyachining haftalik ish rejasini yozishga ko'mak berish maqsadida tarbiyachining bir haftaga mo'ljallangan vazifalarini kundalik faoliyatiga muqobillashtirish tamoyili asosida yuritish uchun olinadigan vazifalarni namuna sifatida ilova qilindi.

Tarbiyachining 05-02 Oylik ish rejasining (Ish jurnali) titul varag'idan keyingi betga tavsiyalar joylashtirilgan bo'lib, tarbiyachi bu tavsiyalardan faoliyati davomida foydalanishi mumkin. Keyingi sahifada tarbiyachining joriy o'quv yilida o'z oldiga qo'ygan asosiy vazifalari yoritiladi. Asosiy vazifalar tashkilotning dolzarb vazifalaridan kelib chiqqan holda olinadi. Unda tarbiyachi o'zining pedagogik salohiyatini oshirish uchun amalga oshirmoqchi bo'lgan, markazlar faoliyatini boyitishga qaratilgan, zamonaviy jihozlash, rejalashtirilgan tadbirlar, ota-onalar, pedagoglar bilan hamkorlikdagi ishlarni yoritadi.

Keyingi sahifada tarbiyachining maktabgacha ta'lim tashkilotining ish vaqti va guruh yoshiga qarab kun tartibi va ta'limiy faoliyatlar jadvali ko'rsatiladi.

Keyingi sahifada bir oy uchun ikki xil tartibda ertalabki badantarbiya mashqlari rejalashtirilib, 1-15 sanagacha predmetsiz mashqlar, 16-31 sanalarda predmetlar (guruhdagi tarbiyalanuvchilar soniga yetarli bo'lishi lozim) bilan ertalabki badantarbiya mashqlari rejalashtiriladi.

Keyingi sahifada ta'lim-tarbiyaviy jarayon mazmuni yoritiladi.

Ertalabki qabul — tarbiyachining ish jurnalida berilgan ushbu qismda bolalarni birlamchi tibbiy ko'rikdan (filtr) o'tkazish, bolaning kayfiyati, sog'lig'i haqidagi ma'lumotlarni ota-onalardan olish, davomatga belgilab qabulni yakunlash va bolalarning hoxishlariga ko'ra o'yin jarayoniga taklif etadi.

O'yinlar - Tarbiyalanuvchilarning hoxish-istaklariga ko'ra, hafta mavzusi bo'yicha ta'limiy, rivojlantiruvchi, syujetli-rolli, sahnalashtirish o'yinlarining nomi qayd etiladi;

Bolalar bilan suhbat - tarbiyachining ish jurnalida ta'lim-tarbiya faoliyati aks ettirilib, unda oy mavzusi, sanasi, hafta mavzusi, hafta mavzusining maqsadi yoritiladi. Ertalabki qabul jarayonida tarbiyalanuvchilar bilan quyidagi 5 ta mavzuda suhbat olib borishlari tavsiya etiladi:

1. Dushanba - "Madaniy-gigiyenik ko'nikmalar" (bolalar orqali ota-onalar bilan hamkorlik ishlarini o'rnatish maqsadida hamda haftaning birinchi kunini inobat olib, bolalarda shaxsiy gigiyenani shakllantirish, tozalikka, to'g'ri ovqatlanishga, atrof-muhitga to'g'ri munosabatda bo'lishga o'rgatish maqsadida suhbatlar tashkil etiladi).

2. Seshanba - "Odob axloq qoidalari" (bolalarda milliy qadriyat, urf-odatlarga hurmat bilan munosabatda bo'lish,salomlashish, do'stlashish, sog'lom hayot faoliyatiga o'rgatish, mehnatsevarlik, to'g'ri so'zlik, kamtarlikva b.q.);

3. Chorshanba - "Huquqiy savodxonlik" (bolalarda men konsepsiyasini shakllantirish maqsadida, ularni Vatan, ota-ona oldidagi burchlari va huquqlari mavzusida suhbatlar o'tkaziladi).

4. Payshanba - "Yo'l harakati qoidalari" (bolalar ishtirokidagi yo'l harakati qoidalarini o'rgatish maqsadida "Xavfsiz piyoda", "Odobli yo'lovchi", "Svetofor" kabi mavzularda suhbat olib boriladi).

5. Juma - "Bola hayoti xavfsizligi asoslari" mavzularida (haftaning shanba va yakshanba kuni dam olish kunlari bo'lganligi sababli, bolalar uyda yolg'iz qolishlari yoki ota-onalar bilan ko'ngil ochar maskanlariga borishlari, suv havzalarida cho 'milishlari va boshqa holatlarni inobatga olib, bolalarga begona shaxslar bilan muloqat qilganda, adashib qolganda qanday harakat qilish lozimligi to'g'risida suhbat o'tkiziladi).

Ertalabki badantarbiya mashqlari (yuqoridagi uchinchi xat boshida ko'rsatilgan ma'lumotga qarang).

Markazlardagi faoliyatlar - ta'lim faoliyati mavzuli rejalashtirish asosida tashkil etilib, har bir yosh guruhlari uchun alohida oy va hafta mavzulari aks ettiriladi. Pedagog bolalarga o'zlari uchun o'ynaydigan markazni tanlashlari kerakligini eslatib, beshta rivojlantirish markazlarida ta'limiy faoliyatni tashkil etadi:

•Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazi;

•Syujetli-rolli o'yinlar va sahnalashtirish markazi;

• Til va nutq markazi;

•Fan va tabiat markazi;

•San'at markazi.

Tanlov taxtasidan bolalar o'zlari o'ynaydigan markazni belgilaydilar. Har bir guruhda beshta rivojlanish markazini aks ettiruvchi "Tanlov taxtasi" bo'lishi kerak. Bolalar "Tanlov taxtasi"ga o'zlari tanlagan markazni belgilaydilar yoki o'zlarining fotosuratlarini joylashtiradilar.

Markazlardagi faoliyatlar - ish jurnalida quyidagicha rasmiylashtiriladi.

Namunaviy rejalashtirishda berilgan markazlardagi faoliyatlarga, hudud (shahar)larning ichki imkoniyatlarini inobatga olib yoki ijodiy yondoshgan holda (asosiy oy mavzusidan chiqib ketilmaydi) o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilganda markazlardagi faoliyat ish daftarida qayd etiladi.

Ish jurnalining 1-sayr bo'limi 5 qismdan iborat.

Kuzatish - ikki turdan iborat bo'lib, jonli va jonsiz tabiatni kuzatadi. Obyektga mos bo'lgan mehnat turini tanlashi kerak (o'z-o'ziga hizmat, xo'jalik-maishiy mehnat, tabiatdagi mehnat, qo'lmehnati (katta va tayyorlovguruhlarda o'tkaziladi).

Mehnat - ushbu qismda tarbiyachi maydonchada olib borilishi mumkin bo'lgan bolalarning yoshiga mos mehnat turlarini tanlaydi. Maydonchaga chiqishda albatta mehnat qurollarini ham olib chiqish maqsadga muvofiqdir.

Harakatli o'yin - jismoniy tarbiya yo'riqchisi tomonidan o'rgatilgan yangi harakatlarni mustahkamlashga qaratilgan bo'lib, asosan 1 ta harakatli o'yin rejalashtiriladi va qayd etiladi.

Sayr ta'lim va tarbiya faoliyatini (frontal, kichik guruh) va o'yin ta'lim faoliyatini o'z ichiga olish tavsiya etiladi.

Kun davomida pedagog bolalar faoliyatining o'zgarishiga e'tibor berishi kerak, ya'ni kam harakatli va harakatchan faoliyat turini almashtirish kerak.

Sayrda pedagog harakatli o'yinlarni ta'minlaydi.

Sayrda bolalar bilan yakka ishlash rejalashtiriladi. Sayrda bolalar bilan yakka ishlashda ba'zi ko'nikmalarni mustahkamlash, bir yoki bir nechta bolalar bilan asosiy harakat mashqlarini bajartirish, so'zlarni to'g'ri talaffuz etish, she'rlarni yodlash, psixologning tavsiyasiga binoan suhbat bo'lishi mumkin.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to'g'risida" 802-son qarori.

2. Grosheva I.V., Evstafyeva L.G., Maxmudova D.T., Nabixanova Sh.B., Pak S.V., Nazarova V.A., Isxakova M.R., Abdunazarova N.F. "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi /takomillashtirilgan ikkinchi nashr/". Toshkent, 2022 y.

3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi "Maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 391-sonli qarori.

4. O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta'lim Agentligining 2023-yil 28-avgustdagi "Maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash to'g'risida"gi 99-sonli buyrug'i.

5. Maktabgacha ta'lim agentligi "Maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilari uchun kun tartibini va ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish" yo'riqnoma. T.:2024 y.

6. Kalmuratov T.N. Norboev A. Expansion of the network of non-public preschool educational institutions on the basis of publicprivate partnership: experience of Uzbekistan. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. 8 No. 8, 2020 Part III ISSN 2056-5852 Bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.