Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM-TASHKILOTLARIDA OTA-ONALAR BILAN ISHLASHNING SHAKL VA METODLARI.'

MAKTABGACHA TA’LIM-TASHKILOTLARIDA OTA-ONALAR BILAN ISHLASHNING SHAKL VA METODLARI. Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ota-onalar / oila / targ’ibot / ko’rgazmalar / vazifalar / qo’mita / pedagogik maslahatlar / farzand tarbiyasi. / родители / семья / пропаганда / выставки / задания / комиссия / педагогический совет / воспитание детей.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — G.A. Kamolova

ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachilarning otaonalar bilan ishlashning shakl va metodlari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORMS AND METHODS OF WORKING WITH PARENTS IN PRESCHOOL EDUCATIONAL INSTITUTIONS

в данной статье описаны формы и методы работы воспитателей с родителями в дошкольных образовательных организациях.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM-TASHKILOTLARIDA OTA-ONALAR BILAN ISHLASHNING SHAKL VA METODLARI.»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© G.A. Kamolova1^_

1Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika instituti, Toshkent, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyachilarning ota-onalar bilan ishlashning shakl va metodlari yoritilgan.

MAQSAD: Maktabgacha ta'lim-tashkilotlarida ota-onalar bilan ishlashning shakl va metodlarini yoritishdan iborat.

MATERIALLAR VA METODLAR: mazkur tadqiqot ishimizni "Muammoli vaziyat", "Venn diagrammasi", "Aqliy hujum", "Bahs-munozara" va "Loyiha" metodlari yordamida o'rgandik. Bunda: birinchi metodimiz orqali: muammoli masala aniqlandi, uning kelib chiqish tarixi o'rganildi, oqibatlari haqida fikr yuritildi, uni yechish yo'llari ko'rib chiqildi va aniqlandi; ikkinchi metod yordamida Venn diagrammasi tuzildi; keyingi metodlar yordamida dolzarb muammo maqolada ko'rsatilib, shu bo'yicha fikr, g'oyalar bildirildi va ularga aniq tahlillar keltirildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: ota-onalarga o'z farzandlarining tarbiyasi uchun davlat va jamiyat oldida javobgar ekanliklarini tushuntirib borish,ota-onalarni bola tarbiyasi uchun zarur bo'lgan bilim, malakalardan xabardor qilish bola tarbiyasida oila bilan hamjihatlik, bolani to'g'ri tarbiyalashni nazorat qilib borish, oila tarbiyasining eng yaxshi namunalarini o'rganish va ommalashtirish.

XULOSA: yuqoridagilardan kelib chiqib maktabgacha ta'lim tashkilotida va ota-onalar bilan hamkorlik ishlarini muntazam ravishda olib borgandagina oila tarbiyasi va ijtimoiy tarbiya o'rtasidagi birlik o'rnatilishini yo'lga qo'yish. Pedagogik targ'ibot hayot, jamiyat qurilishi amaliyoti bilan bog'lab olib borilishi lozim. Pedagogik targ'ibot orqali keng jamoatchilikka bolalarni har tomonlama tarbiyalash masalalari va ularni amalga oshirish yo'llari, ilmiy asoslangan usullari bo'yicha tushuntirish ishlari olib borish. Oila tajribasining ijobiy tomonlari, oiladagi bola tarbiyasida yo'l qo'yilgan xatolar va ularning oldini olish, bartaraf etish yo'llari to 'g'risida targ'ibot ishlari olib borish. Pedagogik targ'ibotga tayyorlashda ota-onalarning har xil saviyada ekanliklari hisobga olinib, ular uchun tayyorlangan axborot materiallari ishonarli, ko'rgazmali va ularning his-tuyg'usiga ta'sir ko'rsatadigan bo'lishi kerak. Shunday qilib, maktabgacha ta'lim tashkilotida va ota-onalar bilan hamkorlik ishlarini muntazam ravishda olib borgandagina oila tarbiyasi va ijtimoiy tarbiya o'rtasidagi birlik o'rnatilishi mumkin.

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №5

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Kalit so'zlar: ota-onalar, oila,targ'ibot, ko'rgazmalar, vazifalar, qo'mita,pedagogik maslahatlar,farzand tarbiyasi.

Iqtibos uchun: Kamolova G. A. Maktabgacha ta'lim-tashkilotlarida ota-onalar bilan ishlashning shakl va metodlari. // Inter education & global study. 2024. №5. B.439-446.

ФОРМЫ И МЕТОДЫ РАБОТЫ С РОДИТЕЛЯМИ В ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ

©ТХКамолова1®

1 Ташкентский государственный педагогический университет имени Низами, Ташкент, Узбекистан

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в данной статье описаны формы и методы работы воспитателей с родителями в дошкольных образовательных организациях.

ЦЕЛЬ: уточнить формы и методы работы с родителями в дошкольных образовательных учреждениях.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: исследование проводилось с использованием методов «Проблемная ситуация», «Диаграмма Венна», «Мозговой штурм», «Дискуссия» и «Проект». В данном случае: посредством нашего первого метода: был выявлен проблемный вопрос, изучена история его возникновения, рассмотрены последствия, рассмотрены и определены пути его решения; вторым методом была построена диаграмма Венна; с помощью следующих методов в статье показана актуальная проблема, высказаны мнения и идеи, дан конкретный анализ.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: разъяснение родителям, что они несут ответственность за образование своих детей перед государством и обществом, информирование родителей о знаниях и навыках, необходимых для обучения ребенка, солидарность с семьей в обучении ребенка, контроль правильного воспитания ребенка, изучение и популяризация лучших образцов семейного воспитания.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: на основании изложенного, установление единства семейного воспитания и социального воспитания возможно только в случае регулярного сотрудничества с родителями в организации дошкольного образования.

Педагогическая пропаганда должна проводиться в связи с практикой жизни и общественного строительства. Путем педагогической пропаганды просвещать широкую общественность о вопросах всестороннего образования детей и путях их реализации, научно обоснованных методах.

Пропаганда положительных сторон семейного опыта, ошибок, допущенных в семейном воспитании, и способов их предотвращения и устранения.

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 5

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №5

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Учитывая то, что родители находятся на разном уровне подготовки к педагогическому продвижению, подготовленные для них информационные материалы должны быть убедительными, доказательными и затрагивать их чувства.

Таким образом, единство семейного воспитания и социального воспитания может быть установлено только при организации дошкольного образования и регулярном сотрудничестве с родителями.

Ключевые слова: родители, семья, пропаганда, выставки, задания, комиссия, педагогический совет, воспитание детей.

Для цитирования: Г.А. Камолова Формы и методы работы с родителями в дошкольных образовательных учреждениях. // Inter education & global study. 2024. №5. С. 439-446.

FORMS AND METHODS OF WORKING WITH PARENTS IN PRESCHOOL EDUCATIONAL INSTITUTIONS

© Gavhar A. Kamolova1®

1Nizami Tashkent State Pedagogical University, Tashkent, Uzbekistan

Annotation

INTRODUCTION: this article describes the forms and methods of work of educators with parents in preschool educational organizations.

AIM: To clarify the forms and methods of working with parents in preschool educational institutions.

MATERIALS AND METHODS: the study was conducted using the methods "Problem Situation", "Venn Diagram", "Brainstorming", "Discussion" and "Project". In this case: through our first method: a problematic issue was identified, the history of its occurrence was studied, the consequences were considered, ways of solving it were considered and determined; the second method was to construct a Venn diagram; Using the following methods, the article shows the current problem, expresses opinions and ideas, and provides a specific analysis.

DISCUSSION AND RESULTS: explaining to parents that they are responsible for the education of their children before the state and society, informing parents about the knowledge and skills necessary for educating the child, solidarity with the family in educating the child, monitoring the proper upbringing of the child, studying and popularizing the best examples of family education.

CONCLUSION: based on the above, establishing the unity of family education and social education is possible only in the case of regular cooperation with parents in the organization of preschool education.

Pedagogical propaganda should be carried out in connection with the practice of life and social construction. Through pedagogical propaganda, educate the general public

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 5

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

about the issues of comprehensive education of children and ways of their implementation, scientifically based methods.

Promoting the positive aspects of family experience, mistakes made in family education, and ways to prevent and eliminate them.

Considering that parents are at different levels of preparation for pedagogical promotion, information materials prepared for them must be convincing, evidence-based and touch their feelings.

Thus, the unity of family education and social education can only be established through the organization of preschool education and regular cooperation with parents

Key words: parents, family, propaganda, exhibitions, assignments, commission, pedagogical council, raising children.

Maktabgacha ta 'lim tashkilotining oila bilan olib boradigan ishi mazmuniga quyidagilar kiradi:

ota-onalarga o'z farzandlarining tarbiyasi uchun davlat va jamiyat oldida javobgar ekanliklarini tushuntirib borish;

ota-onalarni bola tarbiyasi uchun zarur bo'lgan bilim, malakalardan xabardor qilish (bolalarning yosh, anatomik-fiziologik va ruhiy xususiyatlari, ularni oilada tarbiyalashning mazmuni, metodi, shart-sharoitlari bilan tanishtirish);

bola tarbiyasida oila bilan hamjihatlik, bolani to'g'ri tarbiyalashni nazorat qilib borish, oila tarbiyasining eng yaxshi namunalarini o'rganish va ommalashtirish.

Bola maktabgacha ta'lim tashkilotida egallagan eng yaxshi fazilatlarni oila sharoitida davom ettirib, oilada egallagan eng yaxshi fazilatlarn/i bolalar bog'chada namoyon qilsa istalgan ijobiy natijalarga erishish mumkin. Maktabgacha ta'lim tashkilotida faoliyat olib boradigan barcha xodimlar oila tarbiyasiga doir ijobiy ishlarni ko'ribgina qolmay, balki uni qo'llab-quvvatlash va shu asosida ota-onalar e'tiborini bola tarbiyasida hali hal etilmagan vazifalarga qaratishlari lozim. Yuqoridagi ishlarni rejalashtirish, tashkil etish va ularga rahbarlik qilishda Maktabgacha ta'lim tashkilotida direktori javobgar shaxs hisoblanadi.

Ota-onalar bilan ishlash bo'yicha yillik reja tuziladi. Bu reja pedagogik kengashda muhokama qilinadi. Rejada umumiy va guruhiy majlislar, ota-onalar uchun ochiq eshik kunlari, suhbat va maslahatlar, homiy tashkilotlarda ko'rgazmalar tashkil etish va bolalar tomonidan tayyorlangan konsert dasturlar qo'yib berish, shuningdek, bu tadbirlarni o'tkazish vaqtlari va unga mas'ul bo'lgan shaxslar belgilanadi.

Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlarning mavzulari va mazmuni tarbiyachi-metodistning rejasida va tarbiyachining kalendar rejasida aks etadi.

Ota-onalar bilan ishlash bo'yicha juda ko'p ishlarni tarbiyachi- pedagog amalga

For citation: Gavhar A. Kamolova. (2024) 'Forms and Methods of Working with Parents in Preschool Educational Institutions', Inter education & global study, (5), pp. 439-446. (In Uzbek).

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

oshiradi, chunki u bola tarbiyasida yuz berayotgan o'zgarishlarni hammadan ko'proq ko'radi va bolalar hayoti bilan yaqindan tanish bo'ladi. U ota-onalarga bolalar tarbiyasida nimalarga ko'proq e'tibor berish kerakligi, ularni maktab ta'limiga tayyorlash, sog'lig'ini saqlash, ovqati va kun tartibini to 'g'ri tashkil etish va boshqalar sohasida tavsiyalar berib boradi.

Bolalar bog'chasi va oila o'rtasida hamkorlik o'matishda mudira, pedagoglar jamoasi va ota-onalar birgalikda faol ishtirok etishlari lozim. Shundagina bola tarbiyasida kutilgan natijalaiga erishish mumkin. Ota-onalar bilan ishlashda quyidagi alohida ish shakllaridan foydalaniladi: suhbatlar, maslahatlar, oilalarga borish, ayrim ota- onalami bog'chaga taklif etish, alohida esdaliklar va ko'chma papkalardan foydalanish.

Bolaning uyiga borishdan ko'zlangan maqsad — oila sharoiti, bolaning oiladagi xulqi, qiziqishlari, ota-onasi va oila a'zolari bilan tanishish, shuningdek, ota-onalarni bola tarbiyasining samarali usullari bilan tanishtirish va oilaning bola tarbiyasidagi ijobiy tajribalarini o'rganib, ommalashtirishdir.

Tarbiyachi bolaning uyiga tekshiruvchi sifatida emas, balki do'st, bola tarbiyasidek murakkab ishda yordam beruvchi sifatida borishi, oila a'zolari bilan nazokat va xushmuomalalik bilan munosabatda bo'lishi kerak. Tarbiyachi har bir oilaga borishidan avval o'z oldiga aniq maqsad qo'yishi, qaysi mavzuda suhbatlashishini oldindan belgilab olishi lozim. Ota-onalarga beriladigan savollar puxta o'ylangan bo'lishi kerak.

Suhbat shunday tuzilishi kerakki, tarbiyachi bilan ota-ona bir-birlarini yaxshi tushunishlari, ular o'rtasida ishonchli aloqa o'rnatilishi darkor. Oilaga borishdan oldin tarbiyachi shu oila to'g'risida (ota-onalarning fe'l-atvori, oilaviy munosabatlar, bolaning rivojlanish darajasi) to 'g'risida ma'lum tasavvurlarga ega bo'lishi kerak. Tarbiyachi ota-onalar hurmati va ishonchini qozonmoq uchun avval ota-onalarga bolaning ijobiy fazilatlari to'g'risida fikr, mulohazalarini bildiradi va bolaning uyidagi hayotini qanday tashkil etish kerakligi, unga nimalarni o'qib va hikoya qilib berish mumkinligi, bolaning kun tartibi, uni oila mehnatida qatnashtirish, kattalarga hurmat ruhida tarbiyalash kabi ta'lim-tarbiya ishlari mazmuni va usullari bo'yicha tavsiyalar beradi.

Albatta, tarbiyachining oila bilan olib boradigan ishida bolaning yoshi, imkoniyatlari, o'ziga xos xususiyatlari e'tiborga olinadi. Tarbiyachining ota-onalarga beradigan tavsiya va maslahatlari ishonarli bolishi uchun ota-onalar yoki oilaning boshqa a'zolari maktabgacha ta'lim tashkilotiga taklif qilinadi. Bunda ota-onalar bolaning navbatchilik vazifasini qanday bajarayotganini yoki sayrga chiqishdan avval u qanday o'ynayotganini ko'radilar, bolalarning o'quv va imkoniyatlariga ishonch hosil qiladilar.

Oilaga borishning maqsad va mazmuni tarbiyachining rejasi va hisobotida, kundalik daftarida aks ettirilishi kerak. Tarbiyachi har bir bolaning oilasiga yiliga kamida 2 marta borishi kerak.

Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlarning mazmuni rang- barang bo'lib, unda ayrim masalalar birgalikda muhokama qilinishi taqozo etiladi. Masalan:

• bolalarni tarbiyalashda oilaning roli, ota-onalaming vazifasi to 'g'risidagi qonunlar, bolalarni maktabga tayyorlash haqida;

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

• maktabgacha tarbiya muassasalarining yillik ish rejasi to'g'risida;

• ota-onalar jamoatchiligining ishi haqidagi masalalar shular jumlasidandir.

Bu masalalami jamoa bo'lb muhokama qilish uchun ota-onalarning guruhi va umumiy majlislari, maslahatlar, konferensiyalar, ota-onalar kechalari kabi ish shakllari jamoa ish shakllariga kiradi.

Ota-onalar majlisi. Ota-onalar majlisiga bog'chadagi hamma guruh bolalarining ota-onalari, parallel guruhlar ota-onalari va bitta guruh bolalarining ota-onalari taklif etilishi mumkin.

Umumiy majlisda ota-onalarni maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni har tomonlama rivojlantirish va tarbiyalash vazifalari, shu yilgi rejalar, ota-onalar qo'mitasining faoliyati, oila tarbiyasidagi ilg'or tajribalar bilan tanishtiriladi. Majlisda mudira yoki metodist-tarbiyachi ma'ruza qiladi, ota-onalar so'zga chiqishadi, bolalar gapirishadi. Bular ta'lim-tarbiya ishidagi yutuq va kamchiliklarni aniqlab olishga imkon beradi, oila va jamoatchilik aloqasini mustahkamlaydi, ota-onalarning o'z bolasining tarbiyasi uchun javobgarligini oshiradi, ularda bog'chaga qiziqish uyg'onadi. Guruhdagi ota-onalar majlisida mazkur yoshdagi bolalarning ota-onalari uchun dolzarb bo'lgan masalalar muhokama qilinadi. Masalan, umumiy majlis mavzusi «Bolalarga axloqiy tarbiya berishda oilaning roli» bo'lsa, o'rta guruhda o'tkaziladigan majlisda bu mavzu murakkablashtirilib, «Bolalarda mehnatsevarlikni tarbiyalashda maktabgacha ta'lim tashkiloti va oilaning birgalikdagi ishlari», «Bolalarda kattalarga hurmatni tarbiyalash» va h.k. bo'lishi mumkin. Ota-onalar uchun tayyorlangan ma'ruzani tegishli mavzudagi kinofilm, diapozitivlar ko'rish bilan qo'shib olib borish mumkin. Bolalar hayoti, faoliyati to'g'risidagi misollardan foydalanganda ijobiy materiallar ko'proq bo'lishi kerak, salbiy faktlarni gapirishda ehtiyotkorlik va odob doirasidan chetga chiqmaslik, tanqid qilinuvchilarning nomlari ko'rsatilmasligi lozim. Tanqidiy mulohazalar majlisdan keyin yakka tartibdagi suhbat orqali ota-onalarga yetkazilishi, bola tarbiyasidagi xato va kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha aniq tavsiyalar taklif etilishi mumkin.

Yilning oxirida o'tkaziladigan guruh majlisida ota-onalarga bir yil mobaynida amalga oshirilgan ta'lim-tarbiya ishlari va kelgusi yilning rejalari haqida gapirib beriladi. Bu majlisda faol ota-onalar ham hisob beradilar va faollarning yangi tarkibi saylanadi.

Ota-onalar burchagi va ko'rgazma tashkil etish. Ota-onalar burchagi ularni tarbiyaga oid yangiliklar va pedagogik masalalar bilan tanishtirish maqsadida tashkil etiladi. Ularga kitoblar, jurnallar, rasmlar, bolalarning ishlari, bolalar ovqatining xillari, bolaning uyidagi kun tartibi, ota-onalar uchun eslatmalar, e'lonlar joylashtiriladi. Burchak vaqt-vaqti bilan tarbiya vazifasiga qarab o'zgartirib turiladi.

Pedagogik bilimlarni targ'ib qilish bo'yicha tashkil etiladigan ko'rgazmalar ko'pincha ota-onalar konferensiyalari, majlislari, konsultatsiyalar oldidan tashkil etiladi. Unda xalq ta'limi to 'g'risidagi qonun va qarorlar, maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmoqlari va undagi tarbiyalanuvchilar sonining o'sishini ko'rsa- tuvchi diagrammalar, bolalar bilan olib boriladigan ta 'lim-tarbiya jarayonlari, bolalar hayotini aks ettiruvchi fotosuratlar, kitob va o'yinchoqlar, bolalarning ishlari o'rin oladi.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Ota-onalar burchagi;

oila bilan olib boriladigan ishning ko'rgazmali usuli, uning did bilan bezatilishiga alohida e'tibor berilishi kerak.

Bundan tashqari, ota-onalarga tarbiya to'g'risidagi filmlar namoyish etiladi, bular ko'pincha ota-onalarni qiziqtiradigan bahslar boshlanishiga sababchi bo'ladi.

Ota-onalar uchun ochiq kunlar tashkil etilishi ham maktabgacha ta'lim tashkilotlari ishida muhim o'rin egallaydi. Bunday kunlarda ota-onalarga bolalarning mashg'ulotlari, mehnat, o'yin faoliyatlari, sayrlar va bolalarning jamoada o'zlarini qanday tutishlari va shunga o'xshashlar ko'satiladi.

Ota-onalar qo'mitasi «Maktabgacha ta'lim tashkiloti Nizomi»ga binoan MTT direktoriga yordam berish uchun tuziladi. U ota- onalarning umumiy majlisida bir yil muddatga saylanadi. Bu qo'mitaga har bir yosh guruh ota-onalaridan 1-2 vakil saylanadi. Qo'mitanirig asosiy vazifasi MTT direktoriga maktabgacha ta'lim tashkilotining xo'jalik va ta'lim-tarbiya ishlarida yordam berish, qo'mita a'zolari, ota-onalar majlisi va kechalarni tayyorlash, o'tkazish va boshqa ishlarda tarbiyachilarga ko'maklashishdir.

Ota-onalar qo'mitasi bolalarning ota-onalari bilan tanishadi, bolalarni tayyorlash bo'yicha ular bilan ish olib boradi. Qo'mita a'zolari har ikki oyda bir marta yig'ilish o'tkazadi. Ota-onalar qo'mitasi MTT direktoriga ish rejalari va ishning ahvoli to'g'risidagi ota-onalarni qiziqtiruvchi ba'zi masalalar haqidagi ma'ruza va hisobotini eshitishga haqlidir.

Ota-onalar qo'mitasining faoliyati haqidagi hujjatlar maktabgacha ta'lim tashkilotida saqlanadi.

Ota-onalar va aholi o'rtasida pedagogik bilimlarni targ'ib qilish

Pedagogik bilimlarni targ'ib qilish natijasida millionlab kishilar bolalarini maktabgacha ta'lim tashkilotida tarbiyalash tamoyillarini ongli ravishda anglab oldilar.

Korxonalarda, xo'jaliklarda, jamoa joylarida, mahallalarda oilada bola tarbiyasi to'g'risida ma'ruzalar bilan chiqish, televideniya va radioeshittirishlar pedagogik targ'ibot ishining keng vositalaridandir. Shuningdek, bu targ'ibot vaqtli matbuot: «Sog'lom avlod», «Maktabgacha ta'lim», «Xalq ta'limi», «Pedagogik ta'lim» jumallari, ko'p sonli badiiy pedagogik, ilmiy-ommabop va metodik adabiyotlami chiqarish orqali ham amalga oshiriladi.

Ota-onalar uchun maxsus pedagogika va ruhshunoslik, anatomiya va fiziologiya, oila tarbiyasi nazariyasi va amaliyoti to'g'risida ma'ruzalar o'qish, bolalar tarbiyasi to'g'risida kinofilm va spektakllar namoyish qilish ijobiy natija beradi. Bu mashg'ulotlami har xil sohalar bo'yicha yuqori malakali o'qituvchi,tarbiyachi-pedagog, aktyor, ruhshunos mutaxassislar olib boradilar.

Pedagogik targ'ibot ishida quyidagilarga amal qilish kerak:

Pedagogik targ'ibot hayot, jamiyat qurilishi amaliyoti bilan bog'lab olib borilishi lozim. Pedagogik targ'ibot orqali keng jamoatchilikka bolalarni har tomonlama tarbiyalash masalalari va ularni amalga oshirish yo'llari, ilmiy asoslangan usullari bo'yicha tushuntirish ishlari olib boriladi.

Oila tajribasining ijobiy tomonlari, oiladagi bola tarbiyasida yo'l qo'yilgan xatolar va

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

ularning oldini olish, bartaraf etish yo'llari to 'g'risida targ'ibot ishlari olib boriladi.

Pedagogik targ'ibotga tayyorlashda ota-onalarning har xil saviyada ekanliklari hisobga olinib, ular uchun tayyorlangan axborot materiallari ishonarli, ko'rgazmali va ularning his-tuyg'usiga ta'sir ko'rsatadigan bo'lishi kerak.

Shunday qilib, maktabgacha ta'lim tashkilotida va ota-onalar bilan hamkorlik ishlarini muntazam ravishda olib borgandagina oila tarbiyasi va ijtimoiy tarbiya o'rtasidagi birlik o'rnatilishi mumkin.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Sodikova Sh.A. Maktabgacha pedagogika T.: Tafakkur bo'stoni 2013

2. Z.Nishanova, G. Alimova Bolalar psixologiyasi va uni o'qitish metodikasi. T.:2006

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

3. Yo'ldoshev J. "Ta'lim yangilanish yo'lida" T.: O'qituvchi. 2000 yil

4. "Ilk qadam" Davlat o'quv dasturi. T. : 2018.

5. O'zbekiston Respublikasi Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari. T.: 2018.

6. O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining 155-sonli qarori: T.: 2019

7. Sh.M. Mirziyoyev Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan birga quramiz. - T.: "O'zbekiston", 2017. - 488 b.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

HKamalova Gavhar Akbarovna, Maktabgacha ta'lim fakulteti "Maktabgacha ta'lim texnologiyasi kaferdasi" o'qituvchisi, [Камалова Гавхар Акбаровна, преподаватель факультета дошкольного образования], [Gavhar Akbarovna Kamalova, teacher of Preschool Education Faculty]; manzil: O'zbekiston, Toshkent sh., Chilonzor tumani, Bunyodkor ko'chasi 27 uy; [адреа Узбекистан, г. Ташкент, Чиланзарский район, ул. Бунёдкор, 27], [address: Uzbekistan, 27 Bunyodkor street, Chilanzor district, Tashkent city].

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.