Pedagogik amaliyot vositasida talabalarni ota-onalar bilan hamkorlik qilishining mazmuni
Sayyoraxon Shaxobidinovna Abduraxmonova Sarvinoz Ulug'bek qizi Ergasheva Andijon davlat pedagogika instituti
Annotatsiya: Ushbu maqolada pedagogik amaliyot vositasida talabalarni ota-onalar bilan hamkorlik qilishining mazmuni haqida muhokama qilinadi.
Kalit so'zlar: pedagogik amaliyot, ta'lim tizimi, hamkorlik, bola tarbiyasi, hamkorlik
The content of cooperation of students with parents as a means of pedagogical practice
Sayyorakhan Shakhobidinovna Abdurakhmanova Sarvinoz Ulugbek kizi Ergasheva Andijan State Pedagogical Institute
Abstract: This article discusses the content of cooperation between students and parents as a means of pedagogical practice
Keywords: pedagogical practice, educational system, cooperation, child education, cooperation
So'nggi yillarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ta'lim tizimining barcha sohalariga katta e'tibor qaratilmoqda. 2022-yil 20-dekabrda yil yakunlari va 2023-yil uchun ustuvor vazifalarni belgilab berishga qaratilgan "O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga Murojaatnomasi" da "...ta'lim jamiyatga bilim berishga xizmat qilibgina qolmasdan, millatning madaniy merosini jamlaydi, alohida shaxsning salohiyatini oshirishga hamda uning kasbiy qiziqishlarini shakllantirishga xizmat qiladi. Bejizga "Umumjahon inson huquqlari deklaratsiyasi"da ta'lim olish huquqi insonning asosiy huquqlaridan biri sifatida belgilab o'tilmagan. Jahon bankining "Mamlakatlar farovonligi darajasi" hisobotida yoritib berilganidek, mamlakatlar boyligi aynan inson kapitali, aholining bilim darajasi va ko'nikmalari bilan belgilanadi"1- deb ta'kidlaganlar.
1 https://president.uz/oz/lists/view/5774
ISSN 2181-0842 / Impact Factor 3.848 482
Inson dunyoga kelibdiki uni o'rab turgan jonli va jonsiz tabiat va jamiyat bilan bir uyg'unlikda voyaga yetadi. Uning tarbiyasi va komillikka erishishi bular bilan chambrchas bog'liq. Asrlar, yillar bu jamiyatni o'zgartirmay qolmaydi.Bir qator omillar ta'sirida jamiyat o'zgaradi.
Ma'lumki, insonni voyaga yetishida uchta omil: nasl, oila, muhit muhim o'rin tutadi. Bu omillarni bir-biridan ajratib bo'maydi. Komil shaxsni tarbiyalashda ana shu uch omil o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga e'tibor qaratilishi lozim. Bu masalada uzluksiz ta'limning bosh bo'g'ini hisoblangan maktabgacha ta'lim tashkilotlarining o'z o'rni mavjud.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida muvaffaqiyatli faoliyat olib borishda mahoratli pedagog bolalar va ularning har tomonlama rivojlanishi yuzasidan oilalar bilan samimiy aloqada bo'lishi nihoyatda muhim. Maktabgacha ta'lim tashkiloti va oila bir-biri bilan mustahkam bog'liq hamda ular o'rtasida aloqa qanchalik yaxshi yo'lga qo'yilsa, bola shuncha ko'p yordam oladi hamda uning dastlabki ta'lim tajribasi muvaffaqiyatli bo'lishi ehtimoli ortadi.Tig'iz ish sharoitida oila bilan doimiy aloqa uchun vaqt toppish hamisha ham oson emas, lekin tarbiyachilar bolaning muvaffaqiyatlari uchun uni juda muhim deb hisoblashsa, u kundalik ishning bir qismiga aylanishi va maktabgacha ta'lim tashkilorlari tarbiyachilarining oila bilan hamkorligi jarayonini o'ziga xosligini e'tirof etish imkonini beradi.
Bu ta'lim-tarbiya jarayonini tizimli tashkil qilish ko'nikmasini bo'lg'usi tarbiyachilar ya'ni maktabgacha ta'lim yo'nalishi talabalarini ota-onalar bilan ishlashga tayyorlashdan boshlash kerak.
Aynan tadqiqot ishimizda, talabalarni ota-onalar bilan hamkorlik qilisga tayyorlashda pedagogik amaliyot muhim vosita hisoblanadi. Chunki talabalarning kasbiy va shaxsiy sifatlari ushbu jarayonda namoyon bo'ladi.
Shu o'rinda talabalarning pedagogik amaliyot davrida ota-onalar bilan olib boradigan ish mazmuniga quyidagilar kiradi:
• bola tarbiyasi, oilani mustaxkamlash, onalik va bolalikni himoya qilish bo'yicha maktabgacha ta'lim tashkilotda amalga oshirilayotgan ishlarning mazmuni bilan tanishib borish;
• amaliyot davrida ota-onalar bilan hamkorlik qilish rejasini ishlab chiqish;
• har bir amaliyotchi talaba guruhdagi tarbiyalanuvchilarni 3-4 nafardan tanlab olishi va tarbiyasi, qiziqishi, ijtimoiy kelib chiqishi, salomatligiga bog'liq ma'lumotlar bilan tanishib chiqish;
• ota-onalarga o'z farzandlarining tarbiyasi uchun davlat va jamiyat oldida javobgar ekanliklarini tushuntirib borish;
• ota-onalarni bola tarbiyasi uchun zarur bo'lgan bilim, malakalardan xabardor qilish (bolalarning yosh, anatomik-fiziologik va ruxiy xususiyatlari, ularni oilada tarbiyalashning mazmuni, metodi, shart-sharoitlari bilan tanishtirish);
ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 3.848 483 LMI^^^H
• bola tarbiyasida oila bilan xamjixatlik, bolani to'g'ri tarbiyalashni nazorat qilib borish, oila tarbiyasining eng yaxshi namunalarini o'rganish va ommalashtirish.
• ota-onalarni turli hil "Dilbandim-bolajonim", "Farzandingizbi qanchalar bilasiz" kabi tanlov, tadbirlarga jalb qilishdan iborat.
Bola maktabgacha ta'lim tashkilotida egallagan eng yaxshi fazilatlarni oila sharoitida davom ettirib, oilada egallagan eng yaxshi fazilatlarni esa maktabgacha ta'lim tashkilotida qo'llasa istalgan ijobiy natijalarga erishish mumkin.
Talabalar oila tarbiyasiga doir tarbiyachilarning tajribalarini kuzatib, ota-onalar e'tiborini bola tarbiyasida xali xal etilmagan vazifalarni belgilasga qaratishlari lozim.
Yuqoridagi ishlarni rejalashtirish, tashkil etish va ularga rahbarlik qilishda MTT direktori hamda tarbiyachilar, oliy ta'limdan biriktirilgan amaliyot rahbari javobgar shaxs xisoblanadi.
Ota-onalar bilan hamkorlik qilish bo'yicha maqsadli reja tuziladi. Rejada tarbiyachilarga amaliyotchi talabalar "Ustoz-shogird" tamoyili asosida biriktiriladi. MTTda umumiy va guruhiy majlislar tashkil qilinadi. Ota-onalar bilan suhbat va maslaxatlar uyushtiriladi.
Ota-onalar bilan ishlash bo'yicha hamkorlik ishlarni tarbiyachi - pedagog amalga oishiradi, chunki u bola tarbiyasida yuz berayotgan o'zgarishlarni xammadan ko'proq ko'radi va bolalar xayoti bilan yaqindan tanish bo'ladi. U ota-onalarga bolalar tarbiyasida nimalarga ko'proq e'tibor Berish kerakligi, ularni maktab ta'limiga tayyorlash, sog'lig'ini saqlash, ovqati va kun tartibini to'g'ri tashkil etish va boshqalar sohasida tavsiyalar berib boradi.Bu masalalarni hal qilishda amaliyotchi talabalarga tavsiyalar berib boriladi.
MTT va oila o'rtasida hamkorlik o'rnatishda direktor, pedagoglar jamoasi shuningdek, amaliyotchi talabalar va ota-onalar birgalikda faol ishtirok etishlari lozim. Shundagina bola tarbiyasida kutilgan natijalarga erishish mumkin.
Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlarning mazmuni rang-barang bo'lib, unda ayrim masalalar birgalikda muxokama qilinishi taqozo etadi. Masalan:
• bolalarni tarbiyalashda oilaning roli, ota-onalarning vazifasi to'g'risidagi qonunlar, bolalarni maktabga tayyorlash xaqida;
• maktabgacha tarbiya tashkilotlarining yillik ish rejasi to'g'risida;
• ota-onalar jamoatchiligining ishi xaqidagi masalalar shular jumlasidandir.
Talabalarni kelgusida maktabgacha ta'lim tashkilotlarida muvaffaqiyatli faoliyat
olib borishda bolalar va ularning xatti-harakati yuzasidan oilalar bilan samimiy aloqada bo'lish ko'nikmasini egallash nihoyatda muhim. Maktabgacha ta'lim tashkiloti va oila bir-biri bilan mustahkam bog'liq hamda ular o'rtasida aloqa qanchalik yaxshi yo'lga qo'yilsa, bola shuncha ko'p yordam oladi hamda uning dastlabki ta'lim tajribasi muvaffaqiyatli bo'lishi ehtimoli ortadi.Bu jarayonda mavjud muammolarni his qilishi va bartaraf etishga urinishda pedagogik amaliyot davri
ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 3.848 484 LME^^fi]
mihim tajriba sifatida vosita bo'lib xizmat qiladi. Zero, amaliy ko'nikma tajribalar evaziga mustaxkamlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Sh.M.Mirziyoev. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining roli. — T.: O'zbekiston, 2017.
2. Sh.M. Mirziyoev Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. — T.: O'zbekiston, 2016.
3. "Maktabgacha ta"lim pedagogikasi" Sh.Sodiqova T.: 2010.
4. O'zbekiston Respublikasi "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida qonun" T.: 2019.
5. O'zbekiston Respublikasi "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standarti" T.:2020.
6. S. Sh. Abduraxmonova "Pedagogik amaliyot - talabalarni ota-onalar bilan hamkorlik qilishga tayyorlashda kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish omili sifatida" "МУГАЛЛИМ ^ЭМ YЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИУ" Илимий-методикальщ журнал 3/3-сан. Некие. 2023 yil 131- bet.
ISSN 2181-0842 / Impact Factor 3.848
485