Научная статья на тему 'Yosh avlodni tarbiyalashda oila, mahalla va maktab hamkorligining pedagogik manbalarini o’rganish'

Yosh avlodni tarbiyalashda oila, mahalla va maktab hamkorligining pedagogik manbalarini o’rganish Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
4702
343
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
oila / bola / mahalla / vatanparvarlik / maktab / hamkorlik / ota-ona / mardlik / mehr-muhabbat

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Gulshan Nozimjon Qizi A’zamova

Oilada doimo tinchlik bo’lishi, bo’sh vaqtini faol tashkil etish, madaniyat, san’at maskanlariga oilaviy sayohatlar uyushtirish oila barkamolligini ta’minlashga xizmat qiladi. Oilada bolaning to’g’ri tarbiyalashning asosiy shartlaridan biri tarbiyada hamjihatlikdir. Ta’lim tarbiya masalasi murakkab bo’lib, bunday ulkan mas’uliyatli, sharafli ishni oila, mahalla, maktab va keng jamoatchilik bilan hamkorlikda olib borish muhim o’rin egallaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Yosh avlodni tarbiyalashda oila, mahalla va maktab hamkorligining pedagogik manbalarini o’rganish»

Yosh avlodni tarbiyalashda oila, mahalla va maktab hamkorligining pedagogik manbalarini o'rganish

Gulshan Nozimjon qizi A'zamova Namangan davlat unversiteti

Annotatsiya: Oilada doimo tinchlik bo'lishi, bo'sh vaqtini faol tashkil etish, madaniyat, san'at maskanlariga oilaviy sayohatlar uyushtirish - oila barkamolligini ta'minlashga xizmat qiladi. Oilada bolaning to'g'ri tarbiyalashning asosiy shartlaridan biri tarbiyada hamjihatlikdir. Ta'lim tarbiya masalasi murakkab bo'lib, bunday ulkan mas'uliyatli, sharafli ishni oila, mahalla, maktab va keng jamoatchilik bilan hamkorlikda olib borish muhim o'rin egallaydi.

Kalit so'zlar: oila, bola, mahalla, vatanparvarlik, maktab, hamkorlik, ota-ona, mardlik, mehr-muhabbat

To study the pedagogical sources of family, neighborhood and school cooperation in raising the young generation

Gulshan Nozimjon kizi Azamova Namangan State University

Abstract: Always having peace in the family, actively organizing free time, organizing family trips to places of culture and art - serves to ensure family harmony. One of the main conditions for proper upbringing of a child in the family is unity in upbringing. The issue of education is complex, and it is important to carry out such a hugely responsible and honorable work in cooperation with the family, neighborhood, school and the general public.

Keywords: family, child, neighborhood, patriotism, school, cooperation, parents, courage, love

Mamlakatimizda bolalar to'g'risida, onalar haqida g'amxo'rlik qilish chinakam davlat siyosati darajasidagi faoliyatlarga aylanib bormoqda . Jamiki yaxshi narsalar -bolalarga shiori yanada baralla jaranglamoqda. Keyingi yillarda mazkur masala yuzasidan qabul qilingan qarorlar fikrimizning isbotidir. Ma'lumki, bola maktabga kelgunga qadar ham, maktabda o'qish davrida ham, asosan oilada tarbiyalanadi. Oila davlatning asosiy kurtagi sifatida bolalarning dunyoqarashi, xulqi va didiga ta'sir ko'rsatishi tabbiy holdir. Oila a'zolarining ma'naviy birligi yoshlarni har tomonlama kamol toptirishning dastlabki va asosiy omillaridan biri hisoblanadi.

Bolalarni barkamol inson qilib tarbiyalash maktabni oila bilan mustahkam bog'lamay turib, tarbiya sohasidagi butun ishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirib bo'lmaydi. Shu maqsadda ota-onalar o'rtasida ta'lim-tarbiyaga oid tashviqot ishlarini kengaytirish ularni maktabning faol yordamchilariga, o'quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqaridagi ishlarida har tomonlama foydali tashkilotchilariga aylantirish zarur.

Jamiyatning jadal rivojlanishi, faoliyat turlarining tobora murakkablashib borishi shaxs ongiga ko'rsatayetgan ko'rinmas ta'sirlarning kuchayishiga olib kelmoqda. Mana shunday sharoitda kishining mavjud bilimi, kasb-hunari, malakalari kamlik qilib qolmoqda. Eng avvalo, insonlarda oilada tarkib topgan did, farosat, aql, odob, emotsional madaniyatga muhtojlik sezilmoqda. Estetik, axloqiy va boshqa tarbiya sifatlari kundalik hayet ehtiyejga aylanib bormoqda. Tabiiyki, bunday sifatlarga oilaviy tarbiya orqali asos solinadi, kamol toptiriladi. To'g'r, bunda ijtimoiy tarbiyaning o'rnini inkor etib bo'lmaydi. Ana shu nuqtai nazardan ularning birligiga, o'zaro hamkorliklariga asoslansak, barkamol inson tarbiyasida muvaffaqiyatlarga erishish mumkin. Oilaviy tarbiya pedagogika fanida murakkab muammolardan biridir. Uning murakkabligi shundaki, har bir oila o'ziga xos ibtidoiy guruh bo'lib, tarbiyada faqat mazkur guruhga xos xususiyatlarga asoslanadi.

Bola tarbiyalashda buyuk mutafakkir bobomiz Mirzo Ulugbek shunday deganlar: "Oilada ota-onalar ayniqsa o'qimishli ota-onalar o'z farzandlarining haqiqiy inson bo'lib kamol topishiga alohida e'tibor berishlari lozim". Shunday ekan, har bir ota-ona farzandining tarbiyasiga ko'proq e'tibor berishi, ularga alohida vaqt ajratib, odob-axloqdan dars berishi, yomonlarga yaqin yo'latmasligi lozim ekan. Ana shunda ular ota-onasi va el-yurtiga xizmat qiladigan, ularga ikki dunyoda obo' olib keladigan yuzlarini yorug va boshlarini yuqori qiladigan farzand bo'lib ulgayishadi. Uzoq va boy tarixga ega bo'lgan xalqimiz o'zining ta'lim-tarbiyaga oid ulkan merosga ega. Bu meros bugungi avlodni, insonparvarlik, mehr- muhabbat, oqibat, vatanparvarlik, yuksak axloq ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. Xozrgi kunda bola tarbiyasiga, ularni jahon talablariga mos bilim olishlariga, hunar egallashlari, har tomonlama yetuk inson bo'lib voyaga yetishlariga ota-onalar ma'suldirlar. Tarbiyaning asosi oiladan boshlanadi.

Har bir inson dunyoga kelar ekan, uning insoniyligi, ahloq-odobi, xulq- atvori, dastavval o'z oilasida shakllanadi. Har bir ota-ona tarbiyaning o'ziga xos qonun-qoidalarni o'zlashtirib, ularga amal qilishi lozim. Negaki oilada bola tarbiyasi g'oyat nozik, murakkab masala bo'lib, ota-onadan pedagogik bilim, katta tarbiyachilik mahoratini talab qiladi.

Bolani o'rab olgan muhitning hammasini odamlar, narsalar, hodisalar uning ongida, xulq - atvorida ma'lum iz qoldiradi, uni o'zgartiradi, o'stiradi. Oiladagi tarbiyaning samaradorligi, albatta ota-onaning qanchalik bilimli, madaniyatli bo'lishi,

WWW.OPENSCIENCE.UZ / ISSN 2181-0842 371 LMJ^^^H

bola tarbiyasiga mas'ulyat bilan qarashlari, farzandlari kelajagini chuqur his etishlari, tajribada sinalgan milliy urf-odat va an'analardan unumli foydalanishlariga bog'liq.

Tarbiyada talabchanlik, ota-ona va katta yoshdagi kishilarning o'zaro ahilliklari, kichiklarga g'amxo'rlik, osuda turmush va halol mehnat faoliyati oilaviy tarbiyaning asosini tashkil etadi.

Bundan tashqari har bir oilada farzand tarbiyasida aniq bir maqsad bo'lishi kerak. Eng muhimi, farzandlarimizni nafaqat bo'lajak ota-ona yoki aka-uka, opa-singil sifatida, balki jamiyatning haqiqiy fuqarosi, kelajagiga ishonuvchi, unga sadoqat bilan xizmat qiluvchi inson, vatanparvar posbon sifatida ham tarbiyalashga e'tibor berishimiz lozim.

Oilada doimo tinchlik bo'lishi, bo'sh vaqtini faol tashkil etish, madaniyat, san'at maskanlariga oilaviy sayohatlar uyushtirish - oila barkamolligini ta'minlashga xizmat qiladi. Oilada bolaning to'g'ri tarbiyalashning asosiy shartlaridan biri tarbiyada hamjihatlikdir. Ta'lim tarbiya masalasi murakkab bo'lib, bunday ulkan mas'uliyatli, sharafli ishni oila, mahalla, maktab va keng jamoatchilik bilan hamkorlikda olib borish muhim o'rin egallaydi.

Mahallaning ustunligi shundaki, bu yerda ko'p yillar davomida birga yashagan, bir birini bilgan, sinagan, tanigan kishilar istiqomat qiladilar. Ular har bir oiladagi muhitni va har bir bola tarbiyasini, ota-onasini mahallada tutgan o'rni, mavqei hamda imkoniyatlarni yaxshi biladilar.

Oila, mahalla, maktab hamkorligi rejasini tuzish:

> Tarbiyaviy ishlar o'tkazish dasturi va shu dastur asosida mahallada yashovchi har bir bola bilan bu tarbiyaviy ishlarni olib borish.

> Mahallada bolalar dam olishlariga, qiziqarli ishlar bilan shug'ullanishlariga imkoniyat yaratib berish.

> Mahallada tarbiyaning ta'sirini oshirish.

Kabi ko'plab ishlarni olib borish, o'quvchilarni har tomonlama axloqli tarbiya topishlariga keng imkoniyatlar yaratadi.

Ta'lim va tarbiya sohasiga etiborni kuchaytirish bu borada hukumatimiz tomonidan qabul qilingan va hujjatlarni, ma'muriy ko'rsatmalarni samarali bajarish uchun oila, mahalla, maktab hamkorligi faoliyatini o'ziga xos pedagogik tizim, uslub va shakllariga ega bo'lishilari zarur. Utkazilgan tadbirlar har tomonlama puxta, shuning bilan qatnashganlarning yoshlariga mos pedagogik va psixologik mujassamlashtirgan, mantiqan teran, qiziqarli va ko'rgazmali, amaliy jihatdan qisqa va lo'nda estetik jihatdan keng ko'lamli bo'lishi kerak.

Hamkorlikda olib borilayotgan ishlar mahalla hududidagi barcha yoshlarni qamrab olgan holda, ularning yoshlaridan, qiziqishlaridan kelib chiqib ularni foydali ishlarga yo'naltiriladi.

Bola tarbiyasida maktab o'rni ham juda beqiyosdir. Har bir bola maktab ostonasiga qadam qo'yar ekan, o'zining kelajakdagi qiladigan ishlarini jajji ongida tasavvur qiladi. Maktabda olgan bilimlari, ta'lim-tarbiyasi, bu ishlarning amalga oshishida albatta o'z ta'sirini o'tkazmay qolmaydi. Oila, mahalla, maktab hamkorligida quyidagi tamoyillarga afnal qilinganida samaradorlik yanada yuqoriroq bo'ladi:

> ta 'lim tarbiya jarayonida hamkorlik harakatlarining ish birligi

> tarbiyalanuvchiga xurmat va talabning uyg 'unligi.

> hamkorlik jarayoni sub 'ektlarning teng huquqliligi va yuksak mas 'uliyati.

> ota-ona farzandining maktabgacha bo 'lgan davrdagi jismoniy, aqliy va ma 'naviy rivojlanishini ta 'minlash.

Bularning barchasi bolaning yetuk inson bo'lib voyaga yetishida muhim ahamiyatlardan biri hisoblanadi.

Tarbiyaviy, tashkiliy, uslubiy ishlarni hayotga tatbiq etishda har bir fuqaro, oila, mahalla va maktab o'zining shart-sharoiti, atrof-muhitni taxlil qilib:

> o'quvchi, o'qituvchi, ota-ona;

> maktab, oila, mahalla, jamoatchilik;

> oila, mahalla, maktabgacha ta'lim muassasalari, maktab;

yo'nalishlariga amaliy tarbiya ishlarini hayotga tatbiq etib va shu kun talabi

darajasida targ'ibot ishlarini olib borilsa, natijada tarbiya masalalari bo'yicha ijobiy yutuqlarga erishish mumkin..!

Xulosa o'rnida shuni ma'lum qilamizki Yosh avlodni yaxshi xulqli, vatanga sadoqatli qilib tarbiyalashda ularning yosh jihatlariga, harakteriga ahamiyat berish lozim. Chunki bularsiz tarbiyada ko'zlangan maqsadga erishib bo'lmaydi. Mahalla, maktab, oila hamkorligining ijobiy tomonlari shundaki - bolaning dunyoviy bilimga ega bo'lish, fikrlarning keng bo'lishi, noto'g'ri ta'sirlarga berilmasligi, uyda, maktabda bo'sh vaqtini unumli utkazishni taminlashga va xalqiga, jamiyatga foyda keltiradigan shaxs bo'lib ulg'ayishiga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. I.Karimov. Barkomol avlod -O'zbekiston taraqqiyetining poydevori. T-1997y.

2. I.Karimov. Ozod va obod Vatan, erkin va faravon hayet-pirovard maqsadimiz.T-2000y.

3. A.K.Munavvarov.Pedagogika.T-1996y.

4. A.K.Munavvarov.Oila pedagogikasi.T-1994y.

5. Kamolova, A., & Ergasheva, G. S. Q. (2022). Yosh avlodni tarbiyalashda xalq pedagogikasini manbalarining o'rganishning o'rganishning ilmiy-nazariy asoslari. Science and Education, 3(12), 590-592.

6. Nishonova M.Ya., & Kamolova A.O. (2021). O'SMIRLARGA HUQUQIY BILIM BERISHDA KEYS STADI TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH. Экономика и социум, (8 (87)), 42-45.

7. Nishonova, M. Y., & Kamolova, A. O. (2021). USING CASE STADE TECHNOLOGY IN LEGAL EDUCATION FOR TEENAGERS. Экономика и социум, (8), 42-45.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.