Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA MASHGULOTLARNI TASHKIL ETISH'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA MASHGULOTLARNI TASHKIL ETISH Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
1413
80
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Область наук
Ключевые слова
o’yin / mehnat / ijodiy xislatlar / ta’lim berish tarjima / faoliyat / tavsiriy faoliyat / игра / работа / творческие качества / обучение переводу / деятельность / описательная деятельность.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Allambergenova Gulnur

ushbu maqolada siz Bolalar bog‘chasida pedagogik jarayonni tashkil etishning maqsadi va vazifalari,Mashg‘ulot turlari va tuzilishi,Mashg‘ulotlarda tarbiyachining yetakchilik roli va uni o‘tkazishga tayyorgarligi haqida ma’lumotlarga ega bo’lasiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ОРГАНИЗАЦИЯ ЗАНЯТИЙ В ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ

в данной статье вы получите информацию о целях и задачах организации педагогического процесса в детском саду, видах и структуре занятий, руководящей роли воспитателя на занятиях и его готовности к их проведению.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA MASHGULOTLARNI TASHKIL ETISH»

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA MASHGULOTLARNI TASHKIL

ETISH Allambergenova Gulnur

201 MT talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7589385

Annotatsiya: ushbu maqolada siz Bolalar bog'chasida pedagogik jarayonni tashkil etishning maqsadi va vazifalari,Mashg'ulot turlari va tuzilishi,Mashg'ulotlarda tarbiyachining yetakchilik roli va uni o'tkazishga tayyorgarligi haqida ma'lumotlarga ega bo'lasiz.

Kalit so'z: o'yin, mehnat, ijodiy xislatlar, ta'lim berish tarjima, faoliyat, tavsiriy faoliyat.

ОРГАНИЗАЦИЯ ЗАНЯТИЙ В ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ

ОРГАНИЗАЦИЯХ

Аннотация: в данной статье вы получите информацию о целях и задачах организации педагогического процесса в детском саду, видах и структуре занятий, руководящей роли воспитателя на занятиях и его готовности к их проведению.

Ключевые слова: игра, работа, творческие качества, обучение переводу, деятельность, описательная деятельность.

KIRISH

Tarbiya masalalari ta'lim-tarbiya ishining tashkiliy shakllari, bolalar faoliyatining har xil turlari: mashg'ulotlarda ta'lim berish orqali, ijodiy va qoidali o'yinlar, bolalarning mustaqil faoliyati, ularning o'z mehnati va kattalar mehnati bilan tanishtirish, o'z-o'ziga xizmat qilish, sayrlar, gigiyenik tadbirlar orqali amalga oshiriladi. Ta'lim-tarbiya ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish bolalar bog'chasidagi pedagogik jarayonning har bir faoliyat turini to'g'ri tashkil etishga bog'liqdir. Bolalar bog'chasining pedagogik jarayonida ta'lim muhim ahamiyat kasb etadi va kundalik hayot, o'yin, mehnat, mashg'ulotlar orqali amalga oshiriladi. Mashg'ulotda ta'lim va tarbiya vazifalari hal etiladi. Bolalar tevarak-atrofdagi hayot va tabiat bilan tanishish, nutq o'stirish, savod o'rgatish, matematika, jismoniy madaniyat, tasviriy faoliyat, musiqa bo'yicha eng oddiy tasavvur va bilimlarni, malaka hamda ko'nikma sistemasini egallab oladilar. Bolalar egallab olishlari kerak bo'lgan bilim, malaka va ko'nikmalar bolalar bog'chasi dasturida belgilab berilgan bo'lib, u bolalarning umumiy rivojlanishi va ularni maktab ta'limiga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Mashg'ulotlarda ta'lim berish didaktika tamoyillari asosida bolalarning yosh va o'ziga xos xususiyatlarini e'tiborga olib, ma'lum izchillikda olib boriladi, mazmuni sekin-asta murakkablashtirib boriladi. Natijada, u rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi xususiyatga ega bo'ladi. Dasturda har bir yosh guruhida hafta davomida o'tkaziladigan mashg'ulotlar soni va har bir mashg'ulot qancha davom etishi belgilab qo'yilgan. Tarbiyachi mana shunga asoslanib, o'zining haftalik mashg'ulotlar jadvalini tuzadi, bu ta'limning hamma bo'limlari bo'yicha belgilangan ta'lim-tarbiya ishlarini to'g'ri taqsimlash va bir xilda amalga oshirishga imkon yaratadi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Mashg'ulotlar jadvalini tuzishda quyidagi talablarga rioya qilish kerak:

1. Dasturning hamma bo'limlari bo'yicha mashg'ulotlarni haftaga teng taqsimlash.

2. Haftaning birinchi va oxirgi kuniga osonroq mashg'ulotlar qo'yiladi.

3. Haftaning seshanba, chorshanba va payshanba kunlarida bolalardagi aqliy faoliyat tezlashadi, shuning uchun bu kunlarga murakkabroq ishlar rejalashtiriladi.

4. Kun davomida birinchi bo'lib bolalardan aqliy zo'r berishni ko'proq talab etadigan, kam harakatli mashg'ulotlar rejalashtiriladi (tevarakatrofdagi hayot va tabiat bilan tanishtirish, ona tili, matematika). Tasviriy faoliyat, jismoniy tarbiya, musiqa va shunga o'xshash mashg'ulotlar keyinroqqa rejalashtiriladi.

5. Kun davomida mashg'ulotlar quyidagicha tartibda almashtirib boriladi: matematika va jismoniy tarbiya, ona tili va tasviriy faoliyat va h.k.

Mashg'ulotlarni bunday taqsimlash bolalarning dastur materialini yengilroq o'zlashtirib olishiga imkon yaratadi.

Kun davomida bir necha marta: ertalabki qabul vaqtida, ertalabki va kechki sayrda bolalarning mustaqil faoliyatlari tashkil etiladi. Bolalar o'zlariga tanish bo'lgan didaktik va harakatli o'yinlarni o'ynaydilar, hohlagan rasmlarini chizadilar, hohlagan narsalarini yasaydilar, kitoblar, rasmlarni tomosha qiladilar, hohlagan badiiy asarlarini tinglaydilar. Bolalarning mustaqil faoliyati ular uchun dam olish soati hisoblanadi, ammo ish bilan bir vaqtda bolalarning o'z-o'zini tashkil eta bilish qobiliyati o'sishiga, xulq madaniyati irodaviy sifatlarning tarbiyalanishiga, jamoa munosabatlarining shakllanishiga yordam beradi.

U har xil faoliyatlarda bolalardagi o'ziga xos ijodkorlikning rivojlanishiga keng imkoniyat yaratadi. Shuning uchun bolalarning mustaqil faoliyatiga ham tarbiyachining rahbarlik qilishi talab etiladi: chunki hohlagan ishi bilan shug'ullanishiga imkon yaratish, kerakli material va asbob-uskunalar bilan ta'minlashda, tarbiyachining maslahati lozim bo'ladi. Kun davomida sistemali ravishda mehnat faoliyati tashkil etilib, bolalar kattalarning mehnati bilan tanishtirib boriladi. Bu ish mashg'ulotlarda, ekskursiyalarda, maqsadli sayrlarda, bolalarning kattalar bilan birgalikdagi mehnati davomida amalga oshiriladi. Bunda bolalarning asosiy e'tibori mehnatning insonlar uchun foydasiga, uning xilmaxilligiga, ishlayotganlarning axloqiy munosabatlariga qaratiladi. Bolalarning ovqatlanishi, mashg'ulotga tayyorlanishi, tabiat burchagida navbatchi vazifasini bajarish, ularda topshiriqqa nisbatan javobgarlik hissini rivojlantiradi, shu bilan birga ijtimoiy his va munosabatlarni shakllantiradi. Bolalar hayoti kunning birinchi va ikkinchi yarmidagi kun tartibiga binoan tashkil etiladi. Buning uchun hamma zarur shart-sharoitlarni yaratish zarur. Kichkina guruh bolalarning ko'p vaqti guruh xonasida o'tadi. Yaxshi jihozlangan xona, o'yinchoq va qo'llanmalarni to'g'ri tanlash bolalarning to'laqonli hayot kechirishining asosiy sharti hisoblanadi. Guruh xonasidagi o'yinchoqlar bu yoshdagi bolalarning 2—3 ta bo'lib o'ynashlarini e'tiborga olib joylashtirilishi, bir qancha o'yinlar uchun o'yinchoq burchagi tashkil etilishi, unda yana qurilish materiallari, harakatlanuvchi o'yinchoqlar ham bo'lishi kerak, qolgan o'yinchoqlar, rasmlar, shkaflarga bolalar bemalol oladigan qilib joylashtirilishi lozim. Xonada bolalarning polda mashina, aravachalarni bemalol yurgiza olishlari va yirik qurilish materiallari bilan o'ynashlari uchun ham joy ajratilishi kerak, harakatlarni rivojlantiruvchi jihozlar binoning maxsus xonalarida saqlanadi va jismoniy tarbiya mashg'ulotlaridagina olib chiqiladi. Maydonchaga qum yashiklari, bolalarning sakrashlari, tirmashib chiqishlari uchun kerakli jihozlar, qorda, muzda uchishlari uchun chanalar qo'yiladi.

II kichik guruh. Moddiy muhit ikkinchi guruh bolalari uchun ham xuddi birinchi kichik guruhnikidek tashkil etiladi. Bundan tashqari, kuzatish va mehnat uchun tabiat burchagiga akvariumda baliq, to'rlarda qushlar va mayda hayvonlar joylashtiriladi. Guruh xonasidan kitob javoni uchun joy ajratiladi. Bog'cha maydonchasida sport o'yinlari bilan shug'ullanish uchun maxsus joy buladi, u kerakli anjomlar bilan jihozlab qo'yiladi.

O'rta guruh. Guruhda uxlash xonasi, hojatxona va yechinish xonasi bo'lishi kerak. Guruh xonasi bir necha bo'limdan iborat bo'lishi kerak. Birinchi o'yin bo'limida qo'g'irchoqpar hamda kerakli narsalar joylashtirilgan shkaf bo'ladi. Ikkinchi o'yin bo'limida qurilish materiallari qo'yiladigan shkaf va ular bilan o'ynash uchun joy ajratiladi. Shu xonaning yana bir qismida bolalarning badiiy faoliyat bilan mustaqil shug'ullanishlari uchun kerakli materiallar qo'yiladi. Kitob burchagi va stol usti bosma o'yini bilan shug'ullanishlari uchun o'yin burchagida tinchroq joyni ajratish kerak. Tabiat burchagini derazalarga yaqinroqqa joylashtirgan ma'qul. Xona amaliy san'at asarlari va ko'kalamzorlashtiruvchi o'simliklar bilan bezatiladi. Maydoncha boshqa maydonchalardan yashil, manzarali o'simliklar bilan to'silib, jismoniy mashqlar va sport o'yinlar uchun kerakli asboblar bilan jihozlanadi.

Katta guruh. O'yin bo'limlari bolalarning yoshiga mos holda o'rta guruh xonasi kabi jihozlanadi. Guruh xonasida yana mashg'ulot o'tkaziladigan bo'lim ajratiladi va u yerga tarbiyachining stoli, ekran, shkaf, taxta joylashtiriladi. Bolalarning mustaqil o'ynashlari uchun hamma kerakli materiallar (stollar, o'yinchoqlar solingan qutichalar, vitrina shkafi, tokchalar va boshqalar) bo'lishi lozim. Tabiat burchagi, qo'l mehnati bilan shug'ullanadigan burchak, kitob burchagi, tasviriy faoliyat burchaklari bo'lishi kerak.

Tayyorlov guruhi. Bu yerdagi mashg'ulot o'tkaziladigan bo'limda katga guruhdagi singari bolalar uchun ikki kishilik stollar qo'yiladi. Guruh xonasidagi jihozlar zarurat tufayli shug'ullanganda o'yinga joy bo'shatish maqsadida boshqa tomonga surib qo'yadigan qilib joylashtiriladi. Maydonchada sport o'yinlari va har xil o'yin uchun joy ajratiladi, gulxona va poliz tashkil etilib, u yerda bolalar o'zlari gul va sabzavotlarni yetishtiradilar.

Foydalanilgan adabiyotlar:

2. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. Toshkent: Ma'naviyat, 2008. - 173 b.

3. Azizxodjayeva N.N. Pedagogicheskiye texnologii i pedagogicheskoye masterstvo. Izdatelsko-poligraficheskiy tvorcheskiy dom im.Chulpana.

4. T.; 2005. -200 s 4. Levitan K.M. Lichnost pedagoga: stanovleniye i razvitiye. Izd-vo Saratovskogo universiteta. 1991. -166 s.

5. Mavlonova R., To'rayeva O. Holiqberdiyev K. Pedagogika. T.,

6. O'qituvchi. -2001. - 512 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.