Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MILLIY QADRIYAT, URF-ODATLARGA HURMAT BILAN MUNOSABATDA BO‘LISHLIKNI TARBIYALASH'

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MILLIY QADRIYAT, URF-ODATLARGA HURMAT BILAN MUNOSABATDA BO‘LISHLIKNI TARBIYALASH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
odob-axloq qoidalari / mavzular / bolalar bilan suhbat / milliy qadriyat / urf-odatlar / hurmat / salomlashish / doʻstlashish / sogʻlom / mehnatsevarlik / toʻgʻri soʻzlik / kamtarlik.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Rustamova Movlyuda Erkinovna

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda odob axloq qoidalari: bolalarda milliy qadriyat, urf-odatlarga hurmat bilan munosabatda boʻlish, salomlashish, doʻstlashish, sogʻlom hayot faoliyatiga oʻrgatish, mehnatsevarlik, toʻgʻri soʻzlik, kamtarlik kabi yuksak fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MILLIY QADRIYAT, URF-ODATLARGA HURMAT BILAN MUNOSABATDA BO‘LISHLIKNI TARBIYALASH»

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MILLIY QADRIYAT, URF-ODATLARGA HURMAT BILAN MUNOSABATDA BO'LISHLIKNI TARBIYALASH

Rustamova Movlyuda Erkinovna

O zbekiston, MTTDMQTMOI Maktabgacha ta'lim kafedrasi dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.11288063

Annotatsiya. Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda odob axloq qoidalari: bolalarda milliy qadriyat, urf-odatlarga hurmat bilan munosabatda bo'lish, salomlashish, do'stlashish, sog'lom hayot faoliyatiga o'rgatish, mehnatsevarlik, to'g'ri so'zlik, kamtarlik kabi yuksakfazilatlarni shakllantirishga qaratilgan.

Kalit so^zlar: odob-axloq qoidalari, mavzular, bolalar bilan suhbat, milliy qadriyat, urf-odatlar, hurmat, salomlashish, do'stlashish, sog'lom, mehnatsevarlik, to'g'ri so'zlik, kamtarlik.

Аннотатция. В данной статье правила этикета для дошкольников направлены на формирование у детей таких высоких качеств, как национальные ценности, уважение традиций, приветствие, дружба, обучение здоровому образу жизни, трудолюбию, правильной речи, смирению.

Ключевые слова: этикет, темы, общение с детьми, национальная ценность, обычаи, уважение, приветствие, дружба, здоровый, трудолюбивый, правильная речь, скромность.

Abstract. This article is aimed at the formation of such high qualities in preschoolers as etiquette: respect for national values, traditions, friendliness, friendliness, healthy lifestyle training, hard work, correct vocabulary, modesty.

Keywords: etiquette, topics, conversation with children, national values, traditions, respect, greeting, friendship, health, hard work, correct vocabulary, modesty.

Tarbiyaga barcha - pedagog, ota-ona va jamiyat birdek mas'uldir. Bu borada maktabgacha ta'lim tashkilotida pedagoglar ota-onalar bilan hamkorlikda ish olib bormoqdalar.

Jahonda ro'y berayotgan o'zgarishlar fonida ma'naviyat va tarbiya masalasi yanada muhimroq ahamiyat kasb etmoqda. Bizning kelajakka qo'ygan rejalarimiz, intilayotgan marralarimiz juda katta. Bu yo'lda esa ma'nan barkamol, vatanparvar yoshlarga ehtiyojimiz bor. Bugungi ta'lim jarayonini tarbiyadan alohida tasavvur etib bo'lmaydi. Biz pedagoglar sohaga oid muammolar va ularning echimlarini ko'rib chiqishimiz zarur. Har bir taklif ustida alohida ishlaymiz. Bu esa yagona maqsad yo'lida bitta jamoa bo'lib ishlashga yordam beradi.

Maktabgacha ta'lim tizimining jamiyat taraqqiyotidagi o'rni alohida ahamiyatga ega. Yosh avlod ta'lim-tarbiyasi, kelajak tayanchi bo'lgan bolajonlarimizni har tomonlama etuk va barkamol etib voyaga etishlari eng oliy maqsadlarimizdan biridir. Mamlakatimizda yosh avlodni komil inson etib tarbiyalashda bosqichma-bosqich va keng ko'lamli islohotlar olib borilmoqda. Bu yo'lda ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar alohida ahamiyatga ega.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni ota-bobolarimizning ma'naviy va axloqiy yuksak qadriyatlarini e'zozlaydigan qilib tarbiyalash bugungi kunning dolzarb masalasidir.

Yuksak madaniyatli har bir xalqning o'z tili, milliy urf-odati, beqiyos adabiyoti bo'ladi. O'zbek xalqi ham dunyodagi eng qadimiy madaniy xalqlardan biri sifatida mana shunday xazinaga ega.

Qadimiy urf-odatlarimizni bilishimiz, saqlashimiz va keyingi avlodga ham etkazishimiz bizning insoniy burchimizdir. Mazkur maqolada "Ilk qadam" maktabgacha ta'lim tashkilotining davlat o'quv dasturiga asosan maktabgacha yoshdagi bolalarni buvi-bobojonlar, ota-ona, aka-uka, opa-singillar va yoshi kattalarga hurmatda, kichiklarga esa izzatta bo'lish, dasturxon atrofida o'zini tutish, mehmonga borish, mehmon kutish singari odoblar, uy-hovlini tartibga keltirish, bayram arafasida keksa qariyalar, betob kishilar holidan xabar olish, qo'ni-qo'shnilarni biror yumushiga yordam berish kabi o'zbek xalqiga xos oilaviy qadriyatlar hamda milliy urf-odatlar bilan tanishtirishga oid mavzular tanlab olingan.

Maktabgacha ta'lim tashkilotida pedagoglar bolalar bilan kun davomida ertalabki doira pedagogik jarayonida, ta'limiy faoliyatlarda intégral tarzda "Odob axloq qoidalari" (bolalarda milliy qadriyat, urf-odatlarga hurmat bilan munosabatda bo'lish) mavzusida ta'limiy-tarbiyaviy jarayonlarni olib boradilar.

Bolalar bilan suhbat - tarbiyachining ish jurnalida ta'lim-tarbiya faoliyati aks ettirilib, unda oy mavzusi, sanasi, hafta mavzusi, hafta mavzusining maqsadi yoritiladi. Ertalabki doira pedagogik jarayonida tarbiyalanuvchilar bilan har seshanba kuni "Odob axloq qoidalari" mavzusida suhbat tashkil etiladi. Pedagoglarga maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilariga ta'lim-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish bo'yicha metodik yordam ko'rsatish maqsadida ertalabki qabul jarayonida tashkil etiladigan suhbat mavzularining ro'yxati ilova qilindi.

"Odob axloq qoidalari' (bolalarda milliy qadriyat, urf-odatlarga hurmat bilan munosabatda bo'lish, salomlashish, do'stlashish, sog'lom hayot faoliyatiga o'rgatish, mehnatsevarlik, to'g'ri so'zlik, kamtarlik va b.q.)

Mavzular

1. Odob salomdan boshlanadi

2. Ota-onaga hurmat

3. Bizning oila

4. Buvi-buvij onlarimiz

5. Aka-uka, opa-singillarga hurmat

6. Alla qo'shig'i

7. Tug'ilgan kun

8. Qiz bolalarga xos fazilatlar

9. O'g'il bolalarga xos fazilatlar

10. Tozalik - bu salomatlik

11. Mehnatsevarlik

12. Ota-onamga yordamchiman

13. Kiyinish odobi

14. Dasturxon odobi

15. Shirinso'z bo'lish

16. Mehmonga borish odobi

17. Mehmon kutish odobi

18. Navro'z bayrami

19. Hashar

20. 9-may- Xotira va Qadrlash kuni

21. Tejamkorlik- yaxshi odat

22. Suv muqaddasdir

23. Ozodalik-orastalik

24. Oilaviy tadbirkorlik

25. Kitob bizning do'stimiz

Mavzu: "Hashar" mavzusida suhbat

Maqsad: Bolalarga hashar qadimdan o'zbek xalqi hayotida muhim o'rin tutib kelgan udumligini, hashar bu ko'pchilikning bir yoqadan bosh chiqarib, bir maqsadda birlashib harakat qilishi haqida tushuncha berish. Hashar - kishilarni o'z yaqinlari, mahalla-kuy, qo'ni-qo'shnilar bilan hamjihat, mehr-oqibatli bo'lib yashashga imkoniyat yaratadigan udum ekani haqida tushuncha berish. Bolalarga hashar mavzusini mazmunli suratlar orqali tushuntirish.

Kutilayotgan natija: _Bolalar hashar o'zbek xalqining yaxshi udumlaridan biri ekani, hashar kishilarni o'z yaqinlari, mahalla-kuy, qo'ni-qo'shnilar bilan hamjihat, mehr-oqibatli bo'lib yashashga imkoniyat yaratishini bilib oladilar. Bolalarda hasharda qatnashish istagi uyg'onadi.

Kerakli jihozlar: "Hashar" mavzusida suratlar.

Suhbatning borishi:

Tarbiyachi: Bolalar, bugun men sizga qadimiy o'zbek udumlaridan yana biri - hashar haqida so'zlab beraman. Hashar - qadimdan o'zbek xalqi hayotida muhim o'rin tutib kelgan udum, eng yaxshi an'ana hisoblanadi. Hasharda ko'pchilik bir yoqadan bosh chiqarib, bir maqsadda birgalashib katta ishlarni bajaradilar. Demak, hashar biror ishni bajarishga ko'pchilik bo'lib yordam berishdir. Ko'pchilik bilan ish unumli bo'ladi va tez bitadi. Hasharda kishilar o'z ixtiyori bilan beminnat, bepul, beta'ma ishlarni bajaradilar. Hashar ishi ko'pchilik tomonidan tekin ado qilinadi.

Bugungi kunda ham hashar udumi keng qo'llanilayapti. Navro'z, Xotira va qadrlash kuni, Mustaqillik bayramlari oldidan har bir xonadon o'z uy-joyini tozalashdan tashqari ko'cha va mahalla ariqlarini hashar yo'li bilan tozalaydilar, obodonlashtiradilar. Bahorda uy atroflarini ko'kalamlashtiradilar: daraxt va gul ko'chatlarini ekib parvarishlaydilar, daraxtlar oqlanadi, ariqlar tozalanadi.

(Tarbiyachi hashar mavzusidagi suratlarni ko'rsatadi va izohlaydi).

"Navro'z" bayrami oldidan bizning tashkilotimizda ham hashar tashkil etildi. Hasharda siz ham qatnashdingiz. Siz hasharda qanday ishlarni bajardingiz?

(Bolalar javoblari)

Tarbiyachi: To'g'ri, bolalar, hasharda biz bog'chamiz hovlisini supurdik, ariqlarini tozaladik. Bog'imizdagi daraxtlar tanasini oqlab chiqdik va yangi daraxtlarni ekdik.

Aziz, bolajonlar, hashar bo'layotgan joydan qolmaslikka harakat qiling, shunda siz engil kayfiyatda yurasiz. Siz hasharda qatnashdingizmi, sizga ham albatta vaqti kelib biror ishda hasharga kelishadi. Kimki odamlarga yaxshilik qilsa, yaxshilik albatta qaytadi.

Bolalar bilimini mustahkamlash uchun savollar:

1. Hashar qanday udum ekan?

2. Hashar orqali qanday ishlarni bajarish mumkin?

3. Mahallangizda hashar bo'ldimi? Siz kattalarga qanday yordam berdingiz?

4. Hashar sizga yoqdimi?

REFERENCES

1. Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standarti - T.:2020

2. Grosheva I.V, Yevstafeva L.G, Maxmudova D.T, Nabixanova Sh.B, Pak S.V, Nazarova V.A, Isxakova M.R, Abdunazarova N.F. "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi (takomillashtirilgan ikkinchi nashr) - T:2022

3. Fayzullaeva M.Z., Jo'raeva N. T. "Men va mening oilam" - T:2022

4. A'zamova M, M.Fayzullaeva va boshqalar. "Zumradoylar davrasi" dasturi. - T:2016

5. Kalmuratov T.N. Evaluation of the Effectiveness of Management of the Activities of NonState Pre-School Educational Organizations on the Basis of Public-Private Partnership. http://ijmmu.com editor@ijmmu.com ISSN 2364-5369 Volume 9, Issue 9 September, 2022 Pages: 336-340. 4-bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.