Научная статья на тему 'OILADA FARZANDLARNI MAFKURAVIY IMUNITETINI SHAKLLANTIRISH MEXANIZMLARI'

OILADA FARZANDLARNI MAFKURAVIY IMUNITETINI SHAKLLANTIRISH MEXANIZMLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
141
46
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Shodmonova Sh.S., Bozorova M., Ergashova S.

Ushbu maqolada oilada farzandlarni barkamol, shaxs kilib tarbiyalash omillari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, ahamiyati va zaruriyati haqidagi ma’lumotlar o‘z aksini topgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OILADA FARZANDLARNI MAFKURAVIY IMUNITETINI SHAKLLANTIRISH MEXANIZMLARI»

OILADA FARZANDLARNI MAFKURAVIYIMUNITETINI SHAKLLANTIRISH MEXANIZMLARI

Shodmonova Sh.S.

Nizomiy nomidagi TDPU Pedagogika kafedrasi pofessori Bozorova M.

Pedagogika va psixologiya mutaxassisligi II bosqich magi&ranti Ergashova S.

Pedagogika ta'lim yo'nalishi 1-kurs talabasi

Annotatsiya: Ushbu maqolada oilada farzandlarni barkamol, shaxs kilib tarbiyalash omillari, ularning o'zigaxosxususiyatlari, ahamiyati va zaruriyati haqidagi ma'lumotlar o'z aksini topgan.

Annotation: In this article, information about the factors of raising children as individuals in the family, their specific characteri&ics, importance and necessity is refected.

Аннотация: В данной стате отражены сведения о факторах воспитания детей как личностей в семе, их спесифических особенностях, важности и необходимости.

Mamlakatimizda oliy qadriyat - Insonni (uning millati, jinsi, irqidan qat'iy nazar) himoya qilish, unga g'amxurlik qilib qayg'urish, turmushini yaxshilash, qobiliyatini namoyish etish uchun munosib shart-sharoitlarni yaratish borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Jamiyat tarraqiyoti komil insonni tarbiyalash nafaqat zarur bo'lgan shart-sharoitlarni yaratish, balki ma'naviy-ma'rifiy еtuklik, axloqiylikni har bir kishida tarbiyalashga ko'p jihatdan bog'liq.

Vatanga, ota - onaga sodiqlik va fidoylik o'z - uzidan paydo bo'lmaydi. Bular zaminida maktabgacha yoshdagi bolalarga oilada, ta'lim maskanlarida, mahallalarda beriladigan ta'lim - tarbiya yotadi.

Oiladagi singdirilgan tarbiya, Vatanga muxabbat, mehr-oqibat, o'zaro hurmat kabi yuksak insoniy fazilatlarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev bu haqda quyidagi fikrni bildirganlar: «Oila turmush va vijdon qonunlari asosida quriladi, o'zining ko'p asrlik mu^ahkam va ma'naviy tayanchlariga ega bo'ladi, oilada demokratik negizlarga asos solinadi. Odamlarning talab-extiyojlari va qadriyatlari shakllanadi. Bu esa eng oliy darajada ma'naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir». Oilada o'zida milliy udum va rasm-rusumlarni , milliy an'analarni saqlash, ularniurganish va nasldan-naslga utkazish kabi muxim vazifani xam bajaradi. Insonning mu^aqilligi, dunyokarashi, xulq atvori, odobi, axloqi, turli millat vakillariga bo'ulgan qiziqishi va muhtojligi, bularning hammasi oilada shakllanadi. O'zbek oilalarida mehnatsevarlik, kattalarga hurmat, mehr-oqibat, iymonlik va ruxiy poklik, oilani qurish

va mu&ahkamlash, ilmga intilish kabi haqiqiy insoniy fazilatlar har bir odamga ona suti bilan singdiriladi.

Oila tarbiyasida doimiy ta'sirchan kuch-oilaviy tartib, ya'ni oila a'zolarining bir-biriga bo'lgan munosabati, ota-ona va boshqa katta yoshli qarindoshlarining xulq-atvori, madaniy va siyosiy saviyasi, muomala madaniyati, oilaning daromadi, yashash sharoiti, bolalarni kasb-hunarga qiziqtirish, ijodkorlikka, zukkolik va topqirlikka o'rgatishga bo'lgan munosabati o'ziga xos ahamiyat kasb etadi. Oila qanchalik tartibli ekanligi, uning a'zolari o'rtasidagi ommaviyligi ko'p jihatdan ota-onaga bog'liq. Ota-onaga hurmatda, e'tiborda bo'lish xalqimizning ajoyib qadriyatlaridan biri deb hisoblanadi. Ota-onalar farzandlarining xulqi, atvori, axloqi, madaniyati uchun jamoat oldida javobgardilar. O'z o'rnida farzand ham ota-onasini namuna deb bilish, hurmat qilishi kerak. Bola tarbiyasida ham o'zbeklarning o'ziga xos, o'ziga mos bo'lgan, uzoq tarixiy tajribasi, sinovidan o'tgan ajoyib an'analari va urf-odatlari mavjudligi sir ems. Ularning xulq atvori, axloq va odobi o'zbekona tarbiyaning mahsulidir. Xalqimizning tarbiya borasidagi etuk milliy ma'naviyati hamma vaqt umuminsoniy qadriyatlarning tarkibiy qismi bo'lib kelgan va shunday qolaveradi. O'zbek oilalaridagi muhitni, o'zaro mehr oqibatni shakllantirishda bolalarga to'g'ri tarbiya berishda alohida o'rni bor.

Bola tarbiyasi borasida xalkimizning o'ziga xos uzoq tarixi tajribasi sinovidan o'tgan ajoyib an'analari bor. O'zidan kattalarni, keksa bobolar, otalarni, buvilar va onalarini hurmat kilish, salom berish, yoshi ulug'lar bilan odob-andisha asosida so'zlashi, betkachoparlik qilmaslik, so'z qaytarmaslik, peshana tirishtirmaslik, qo'pol muomalada bo'lmaslik kabilar bunga misol bo'la oladi. Negaki, xulq atvor va axloq tushunchasi keng ma'noni anglatib, ma'naviyatning negizini tashkil qiladi. Axloq bo'lmasa inson ijtimoiy shaxs sifatida shakllanmaydi. Faqat etuk axloqgina kishilarda hayotning mazmuni va maqsadi to'g'risidagi tushunchalar hosil qiladi. Axloq- inson o'z - o'zini idora qilish meyyorlarini, boshqalar bilan munosabatda bo'lish madaniyatini, halol to'g'ri turmush kechirish mezonlarini belgilaydi. Aynan shu tufayli,ta'lim-tarbiyaning asosiy maqsadi har bir shaxsda yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirish hamdir.

Jamiyat ma'naviyatini shakllantirish va rivojlantirishda, axlokiy qadriyatlarni tiklashda ta'lim-tarbiya sohalarini ahamiyati benihoyat kattadir. Odob, axloq, talim-tarbiya sohasidagi qadriyatlarimiz bizlar uchun faqat milliy merosgina emas, balki insoniy-manaviy boylik hamdir.

Ana shu milliy, axloqiy qadriyatlarimizni tiklash, ulardan to'la baxramand bo'lish, yosh avlodni ular bilan tanishtirish, mu&aqilligimizni mu&axkamlashda odamlarda insonparvarlik, vatanparvarlik, mehr oqibabo'lish singari fazilatlarni karor toptirishda muhim omil bo'lib xizmat qiladi.

O'zbeki&on xalqining milliy taraqqiyot yo'lidagi bosh g'oyasi- mu&aqillikni mu&ahkamlash, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdir.

Vatan nima? «Vatan» atamasi arabcha so'z bo'lib, u «ona yurt» degan ma'noni anglatadi. Binobarin, Vatan- bu kishining tug'ilib o'sgan joyi, Vatan- bu kishi o'zini uning fuqarosi deb xisoblagan mamlakat, ona yurt. Vatan- bu kishining to'g'ilib o'sgan o'z shahri yoki qishlog'i.

Vatan- bu kishining turar joyi, boshpanasi, uyi. Vatan - bu bobolarimiz, momolarimiz, butun ajdodlarimiz kindik qoni to'kilgan maskan va ular yashagan va dafn etilgan makondir.

«Vatan- insonning kindik qoni to'kilgan muqaddas tuproq, uni kamolot sari etaklovchi, hayotga ma'no-mazmun baxsh etuvchi tabarruk zamindir. U ajdodlardan avlodlarga qoladigan eng buyuk, bebaho meros, eng aziz xotira. Vatan- ota-bobolarimizning muqaddas joyi, vaqti - soati etib har birimiz bosh uradigan muqaddas zamin»deb qaraladigan ulug' yurt, mamlakat tushiniladi.

Vatan (arabcha «vatan » - ona yurt) kishilarning yashab turgan, ularning avlod va ajdodlari tug'ilib o'sgan joyi, xududi, ijtimoiy muhiti, mamlakati.

Vatan insonning ruhiyati, turmush tarzi, ongi va tafakkuri, o'tmishi, buguni va kelajagi mujassam bo'lgan tushunchadir.

Vatan o^onadan, o'zi tug'ilib o'sgan go'shadan boshlanadi. Shuning uchun u yashab, nafas olib turgan xonadonga, ulg'ayib voyaga etishida, muxtasham va qudratli makon bo'lgan zaminga mehr - muxabbat va sadoqat abadiy bo'lmog'i zarur. Har bir insonning Vatanga bo'lgan muhabbati ona suti, ona allasi va ota-ona mehri bilan uning vujudiga singib boradi. O'z ota onasi, avlod- ajdodlari, ularning an'analari, urf - odatlari, kasb-korini sevmaydigan farzand o'uzgalarni ham sevmaydi. Shuningdek, millati, xalqi adabiyoti, san'ati, din va madaniyati g'ururlanib, o'zi o'sgan yurt tabiyatidan ilhomlanib, uning muqaddas tuprog'i qadrini anglab etmaydi. Bu esa manqurtlikdan o'zga narsa emas.

Insondagi eng oliy tuyg'u- Vatan tuyg'usidir. O'zi tug'ilib - o'sgan ona yurtini jon qadar sevadigan, o'zga yurt tabiatidan o'z yurti tabiatichalik zavq olaolmaydigan, diyoridagi katta-kichik yutuqlardan faxrlanadigan, hatto mitti chumoli harakatidan zavqlanadigan butun aql- zakovati, qalb qo'ri, kuch va imkoniyatini shu jamiyat va tabiat go'zalligi, rivojiga baxshida eta olgan insondagina bu tuyg'u namoyon bo'ladi.

Vatanparvarlik hissini o'z farzandi qalbiga singdira olgan ota- onaning, shunday rux bilan yashaydigan xalqning kelajagi porloqdir.

Yosh avlodni ota- ona namunasi, oila an'analari, shajarasi, kasb- kori, axloqiy - manaviy kadriyatlari asosida tarbiyalash, ular ongida oilaga sadoqat, o'zaro mehr -muhabbat, hurmat hissini shakllantirish vositasida ularni oilaviy xayotga tayyorlash kutilgan natija beradi.

Yurtboshimiz aytganlaridek: «Shu aziz vatan barchamizniki. Uni baxt - saodati, yorug' i^iqboli, farovon kelajagi uchun yashash, kurashish, kerak bo'lsa jonini fido kilish shu mukaddas zaminda yashayotgan har bir inson uchun baxtdir». Kelajagi buyuk xalqning baxti saodati, milliy g'ururi, yuksak insoniy qadriyatlari haqidagi qarashlar da^lab oilada shakllanadi.

Milliy g'urur - milliy o'zlikni anglash bilan bevsita bog'liqdir.

Umuman olganda, tarbiya so'zi quloqqa eshitilishi bilan odam ko'z oldida oila namoyon buladi. Shuning uchun, oila - tarbiya maskanidir. Farzand tarbiyasi va manaviyati ham da^lab oiladan boshlanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Musurmonova O. Oila ma'naviyati - milliy O'quv qo'll. T.: "O'qituvchi", 1999.

2. Safarov O., Mahkamov M. Oila ma'naviyati. Uslubiy qo'llan. T.: "Ma'naviyat", 2009.

3. Xasanboyeva O. Oila pedagogikasi darslik T.: "Aloqachi, 2007.

4. Shoumarov G'.B. va boshqalar. Oila psixologiyasi. Darslik T.: "Sharq", 2008.

JAZONI IJRO ETISH MUASASSALARIDAN OZOD QILINGAN SHAXSLARNI QAYTA MOSLASHISH JARAYONI: MUAMMOLAR VA ISTIQBOLLARI

Yuldashev Sanjar Ruzimurodovich,

«Amaliy psixologiya» kafedrasi dotsenti v.b., PhD Maxmutboyev Ruftam Sherzod o'g'li

Nizomiy nomidagi TDPU Pedagogika va Psixologiya fakulteti «Amaliy рsixologiya» yo'nalishi 4-kurs talabasi

Annotatsiya: Ushbu maqolada siz hozirgi kundagi jazoni ijro etish muasassalaridan uzoq mudatli qamoq jazosini o 'tab ozodlikka chiqan shxslarning psixologik holati, shu bilan birga ularning jamiyatga qayta moslashtirish jarayonining i&iqbollari haqida ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

Tayanch iboralar: Moslashish, reabilitasiya, hissiy karaxtlik, koloniya, mahkum, jinoiyat, ijtimoiy moslashuv, qonuniylik, insonparvarlik, jazoni ijro etish.

Аннотация: В данной статье можно узнать о психологическом состоянии людей, освободившихся из мест лишения свободы после длительного срока заключения, а также перспективах их реинтеграции в социуме.

Ключевые слова: Адаптация, реабилитация, эмоциональное истощение, колония, осужденный, преступление, социальная адаптация, законность, гуманизм, исполнение наказания.

Ab&ract: In this article, you can learn about the psychological condition of people who have been released from prison after a long term of imprisonment, as well as the prospects of their reintegration into society.

Key words: Adaptation, rehabilitation, emotional exhau&ion, colony, convict, crime, social adaptation, legality, humanitarianism, execution of punishment.

Psixologlar orasida keng tarqalgan fikrlar shundan iboratki, sudlanganlar bora-bora ularni o'rab turgan atrof-muhitga moslashadilar. Aynan mana shu narsa ekspertlarning fikricha, "moslashish"ga sabab bo'ladi - o'ziga xos sindromning bekor bo'lishi,

- 186 -

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.