Научная статья на тему 'BO‘LAJAK LOGOPEDLARGA KORREKSION ISHLARNI REJALASHTIRISHDA KTIMTT VA MTT DA ISH HUJJATLARI BILAN TANISHTIRISH VA ISH JARAYONLARINI LOYIHALASHTIRISHGA O‘RGATISH'

BO‘LAJAK LOGOPEDLARGA KORREKSION ISHLARNI REJALASHTIRISHDA KTIMTT VA MTT DA ISH HUJJATLARI BILAN TANISHTIRISH VA ISH JARAYONLARINI LOYIHALASHTIRISHGA O‘RGATISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
86
113
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
komponent / korreksion yordam / metodika / imkoniyati cheklangan shaxs / individual-psixik xususiyatlar / refleksiv / motivasiya / kolliziya / inovasion yondashuv / kompitensiya.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Zakirova S.B

Ush bu maqolamiz bo‘lajak defektolog-logopedlarga korreksion ishlarni rejalashtirish va loyixalashtirishga o‘rgatish metodikasining takomillashtirish, ish yujjatlarini to‘g’ri yuritishga, ular bilan to‘g’ri ishlashga, nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan olib boradigan korreksion ishlarni sistemali amalga oshirishga yo‘naltirilgan. Buning uchun defektologlogopedlarning turli kasbiy vazifalarini – diagnostik, metodik, psixologik, korreksion, ijtimoiy ishlarini loyixalashtirish kerak ekanligiga va bu bo‘lajak defektolog-logopedni mustaqil kasbiy faoliyatga tayyorlik darajasini anglash va baholash imkoniyatini berishi mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK LOGOPEDLARGA KORREKSION ISHLARNI REJALASHTIRISHDA KTIMTT VA MTT DA ISH HUJJATLARI BILAN TANISHTIRISH VA ISH JARAYONLARINI LOYIHALASHTIRISHGA O‘RGATISH»

BO'LAJAK LOGOPEDLARGA KORREKSION ISHLARNI REJALASHTIRISHDA KTIMTT VA MTT DA ISH HUJJATLARI BILAN TANISHTIRISH VA ISH JARAYONLARINI LOYIHALASHTIRISHGA O'RGATISH

Zakirova S.B

Toshkent davlat pedagogika universiteti o'qituvchi https://doi.org/10.5281/zenodo.10680769

Annotatsiya. Ush bu maqolamiz bo'lajak defektolog-logopedlarga korreksion ishlarni rejalashtirish va loyixalashtirishga o'rgatish metodikasining takomillashtirish, ish yujjatlarini to'g'ri yuritishga, ular bilan to'g'ri ishlashga, nutqida nuqsoni bo'lgan bolalar bilan olib boradigan korreksion ishlarni sistemali amalga oshirishga yo'naltirilgan. Buning uchun defektolog- logopedlarning turli kasbiy vazifalarini - diagnostik, metodik, psixologik, korreksion, ijtimoiy ishlarini loyixalashtirish kerak ekanligiga va bu bo'lajak defektolog-logopedni mustaqil kasbiy faoliyatga tayyorlik darajasini anglash va baholash imkoniyatini berishi mumkin.

Kalit so'zlar: komponent, korreksion yordam, metodika, imkoniyati cheklangan shaxs, individual-psixik xususiyatlar, refleksiv, motivasiya, kolliziya, inovasion yondashuv, kompitensiya.

Аннотация. В данной статье речь идет о совершенствовании методики обучения будущих логопедов планированию и оформлению коррекционной работы, правильному ведению документов, правильной работе с ними, а также систематическому проведению коррекционной работы с детьми с дефектами речи. Для этого необходимо сформулировать различные профессиональные задачи логопеда - диагностическую, методическую, психологическую, коррекционную, социальную работу, и это может дать возможность понять и оценить уровень готовности будущего логопеда к самостоятельной профессиональной деятельности. .

Ключевые слова: компонент, коррекционная помощь, методика, инвалид, индивидуально-психические характеристики, рефлексивность, мотивация, коллизия, инновационный подход, компетентность.

Abstract. This article is about improving the methodology for training future speech therapists in planning and designing correctional work, correctly maintaining documents, working with them correctly, as well as systematically conducting correctional work with children with speech defects. To do this, it is necessary to formulate the various professional tasks of a speech therapist - diagnostic, methodological, psychological, correctional, social work, and this can make it possible to understand and assess the level of readiness of the future speech therapist for independent professional activity. .

Keywords: component, correctional assistance, methodology, disabled person, individual mental characteristics, reflexivity, motivation, conflict, innovative approach, competence.

Logopedning kasbiy faoliyatining o'ziga xos xususiyatlarini o'zlashtirgan bakalavriat talabalari uchun bugungi kunda nafaqat boshlang'ich nutq patologiyasi, balki boshqa kasalliklar bilan ham talabalarga tuzatish va pedagogik yordam ko'rsatishning yuqori sifatli va samarali masalalari juda dolzarbdir. Inklyuziv zamonaviy ta'lim tizimida logopedning nafaqat o'quvchilarning an'anaviy yosh toifasi (maktabgacha yoshdagi bolalar va boshlang'ich maktab o'quvchilari), balki TPPK xulosasida ko'rsatilgan tavsiyalarga muvofiq logopedning yordamini ko'rsatadigan o'spirin maktab o'quvchilari bilan ham ishlaydi. Shu munosabat bilan, logopedning kasbiy vakolatlari doirasi fonetik-fonemik rivojlanmagan va nutqning umumiy rivojlanmagan

o'quvchilarida og'zaki nutq buzilishlarini tuzatish bo'yicha taniqli va tushunarli savollardan tortib, nutq buzilishlarini tuzatish texnologiyalariga qadar sezilarli darajada kengaytirilishi kerak.[2.]

Hamda maktabgacha ta'lim tashkilotiga kelgan mutaxassisni maktabgacha ta'lim tashkiloti uslubchisi yangi chiqqan qaror, farmon, farmoishlar bilan tanishtirib borishi kerak. Ush bu qarorda keltirilgan ilovalardagi na'munalar asosida defektolog logoped o'zining bir yillik ish rejasini tuzib olib, faoliyatini boshlaydi.

O'zbekiston Respublikasining "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to'g'risida"gi 802-sonli qarori ijrosini ta'minlash, shuningdek, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida yuritilayotgan ish hujjatlarini tartibga solish, xodimlarning ta'lim-tarbiya jarayonidagi mas'uliyatini oshirish maqsadida:[1.]

- Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlari ro'yxati yangilangan variantini tasdiqladi

- Maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagog xodimlarining ish hujjatlarini yuritilishi bo'yicha qo'llanma tasdiqlanda.

Belgilab qo'yilsinki, tasdiqlanayotgan pedagoglarining ish hujjatlari maktabgacha ta'lim tashkilotlarida 2023-2024 o'quv yilidan boshlab yuritiladigan etib belgilandi.

Maktabgacha ta'lim agentligining 2023-yil 28-avgustdagi 99-sonli buyrug'iga 1-ilova binoan Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti defektologining ish hujjatlari quydagilardan iborat

9 - Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti (Umumiy tur) defektolog

9-fll "Ilk qadam" Davlat o'quv this [mi va melodik qo'llanmalar. Yangi lar bilan al mashlinl gandan so'ng 2r-modda

9-1)2 Defektologning i^h rejasi (Ish jumali). Yillik hisobol, 3 yil 124-modda

9-03 Defddolognmg bokiliimi ю'уха!^ oliüli va ro'jxaltlan cJiiqarêh, inashg4ilo(£i qatnovim qayd tiiüh krtûbi 3 yil 124-modda

9-ÍJ4 Etuliining пиЦ xaritaüi Zaiiinil qolmagLindia 172-motkla

9-05 Bülalar bilan yakka tartibda iühlash rejasi Zanmil qolmagLindia 1____u.

12-Ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkiloti va qo'shma turdagi maktabgacha ta'lim tashkiloti defektologi

12-01 "flk qadanT Davlal oLquv dasLuri. 2-7 yoshli alohida diliyojli bolalar uchun moslashtirilgan oLquv dasluri va melodik qo'llanmalar. Yangilarbilan almasMíilgandaii so'ng 27h-modda

12-02 Yillik va isliqbol isli rejasi. Yillik hisoboL 5 yil 21 fl-in odda

12-03 Tarbiyachi bilan híimkorlik iüh rejasi 3 yil 171-m odda

12-04 Bülíining individual la'lim yo'nalishi 3 yil 697-modda

12-05 B tila lar bilan yakka tartibda ishkisii rejasi zariiral qolmaguntha 172-modda

12-06 Btílaning yakka tartibdagi Liy vazifasi dallan 1 yil ziuuraL qolmagiiodia

Davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagog xodimlariningish hujjatlarini yuritish bo'yicha q'ollanma mavjud bo'lib, ush bu qo'llanma tayyorlashdan maqsad, MTTda olib borilayotgan ta'lim-tarbiya va metodik ishlarni zamon talablari asosida tashkil etish, shuningdek hujjatlar yuritilishida ta'lim mazmuni samaradorligini oshirishga qaratilganligini ta'minlashdan iborat. Qo'llanma o'quv yili boshida MTT direktori tomonidan pedagog kadrlariga tanishtiriladi hamda har bir pedagog mazkur qo'llanmaga amal qilishga va hujjatlarni yuritishga shaxsan mas'ul hisoblanadi.

MTTda faoliyat yuritib kelayotgan pedagog-defektologda o'quv dasturlar va metodik qo'llanmalar bo'lishi lozim bo'lgan xujjatlar ro'yhati bilan tanishtirib o'tamiz.

09 — Umumiy turdagi maktabgacha ta'lim tashkiloti defektologi indifikatori.

09-01. O'quv dasturlari va metodik qo'llanmalar: O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha ta'lim yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablari. Takomillashtirilgan "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi.

09-02. Defektologning ish rejasi (Ish jurnali):

Uning tarkibiga quyidagi bo'limlar kiritilgan:

1. Istiqbol ish rejasi;

Defektologning korreksion pedagogik ishiga qamrab olingan bolalar nuqsonlari, yoshiga qarab mavzularning ijodiy tanlanishi va o'zgartirilishi tavsiya etiladi. Defektologning istiqbol ish rejasi MTT direktori tomonidan tasdiqlanadi

2. Guruhli mashg'ulotlar rejasi;

Guruhli mashg'ulotlar 20-25 daqiqa olib boriladi. Xafta davomida nutq o'stirish mashg'uloti 1 (bir) marotaba, to'g'ri tovush talaffuzini shakllantirish va mustahkamlash mashg'uloti 1 (bir) marotaba o'tkazilishi tavsiya etiladi. Logoritmika elementlarini guruhli mashg'ulotlarga ijodiy yondashgan holda olib borish — ish samaradorligini oshirishga asos bo'ladi.

3. Yillik hisobot

MTT defektologi o'quv yilining so'ngida bajargan ishlari yuzasidan hisobot tayyorlaydi.

Hisobotda quyidagi ma'lumotlar ko'rsatiladi:

1. Guruhlarni umumlashtirish vaqti (bolaning guruhga kelgan vaqti).

2. Defektolog mashg'ulotlariga jalb qilingan bolalar soni.

3. Korreksion pedagogik jarayondan chiqarilgan bolalar soni va ular nutqiga qisqacha

tavsif.

4. Bolalarning qanday ta'lim tashkilotlariga borishi haqida ma'lumot (umumiy o'rta ta'lim maktabiga, ixtisoslashtirilgan ta'lim tashkilotlariga, maktabgacha ta'lim tashkilotida ta'limni davom ettirish).

5. Guruhda korreksion ishni davom ettirishga qoldirilgan bolalar soni (sababi ko'rsatiladi).

6. Yil davomida turli sabablar bilan nutq guruhidan chiqarilgan bolalar soni.

7. Navbatda turgan bolalar soni.

8. Yillik ish rejaga kiritilgan tadbirlarning bajarilishi.

09-03. Defektologning bolalarni ro'yxatga olish va ro'yxatdan chiqarish, mashg'ulotga qatnovini qayd etish kitobida yuritilishi tavsiya etilib, kitob MTT direktori tomonidan tasdiqlangan, muhrlangan va raqamlangan bo'lishi talab etiladi.

09-04 Bolaning nutq xaritasida bolaning ismi va sharifi, tug'ilgan yil, kun, oyi, uy manzili, telefon raqami, guruhi, defektologning xulosasi, ota-onanig shikoyati, to'liq anamnezi (onaning xomiladorlik xolati, tug'ilish jarayoni, tugilishdan keying xayot tarzi), bolaning nutqi, artikulyatsion apparat holati, Nutq prosodik komponentlarining holati ,ovoz kuchi (yo'g'on, ingichka, yumshoq, qattiq), ovoz tembri(me'yorda, bo'g'iq, xirildoq, past, titroqli), ohang (me'yorda, manqalangan), sur'ati (me'yorda, sekinlashgan, tez), tovushlar talaffuzi, eshitish faoliyati va nutqni qabul qilishi, fonematik idroki, lug'at boyligi, nutqning grammatik tomonidan to'g'ri shakillanganligi, bo'g'langan nutq holati. Umumiy va mayda qo'l motorika holati, intillekti tekshirilib, defektologning xulosasi qayd qilib boriladi.

09-05.Bolalar bilan yakka tartibda ishlash daftari. Bu hujjatda hafta kunlari, bolaning ismi va sharifi, guruh nomi, mashg'ulot mavzusi, asosiy mashg'ulotlar bosqichi, ilovasi qayd qilib boriladi.

Hamda bu hujjatda-

Tovush qo'yish: Tashkiliy qism, nafas va artikulyasion mashq, logomassaj, tovush qo'yish (taqlid yoki mexanik usulida), tovushni mustahkamlash uchun didaktik o'yinlar, yakunlash (rag'batlantirish, mashg'ulotga yakun yasash).

• Mustahkamlash: Tashkiliy qism, nafas va artikulyasion mashq, tovushlarni bo'g'inlarda, so'zlarda, og'zaki nutq va tovushni mustahkamlash uchun didaktik o'yinlar, yakunlash (rag'batlantirish, mashg'ulotga yakun yasash).

• Differensatsiya: Tashkiliy qism, tovushlarni bo'g'inlar, so'zlar, og'zaki nutq va mavzuni mustahkamlash uchun didaktik o'yinlar, yakunlash (rag'batlantirish, mashg'ulotga yakun yasash).

Yakka mashg'ulotlar kundalik rejasida har kuni korreksion-pedagogik ishga olinadigan bolalar bilan olib boriladigan ishlar belgilab boriladi. Yuqorida ko'rsatilgan bosqichlardan foydalanib bolaning kamchiliklariga to'g'ri yondoshilgan holda bosqichlar tanlanadi, qayd qilinadi va shu asosda faoliyat yuritiladi. Yakka tartibdagi mashg'ulotlar 15-20 daqiqa olib boriladi.

12 - Ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkiloti va qushma turdagi maktabgacha ta'lim tashkiloti defektologining ish hujjatlari bilan tanishtirish

12-01. O'quv dasturlari va metodik qo'llanmalar:

O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablari. Moslashtirilgan "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi; 2-7 yoshli alohida ehtiyojli bolalar uchun moslashtirilgan o'quv dasturi.

12-02.Yillik va istiqbol ish rejasi.

Yillik hisobot: Yillik va istiqbol ish rejasi har bir guruhning yosh xususiyati va ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.

12-03. Tarbiyachi bilan hamkorlik ish rejasi

12-04. Bolaning individual ta'lim yo'nalishi:

Korreksion-pedagogik hamda reabilitatsiya tadbirlarini o'tkazish yuzasidan individual yo'nalish (ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan, qo'shma tipdagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun) — bu aniq bir bola uchun mo'ljallangan ko'p yo'nalishli ta'limiy yakka tartibdagi yo'nalishini tavsiflovchi, shu jumladan oila bilan hamkorlikda olib boriladigan hujjatdir.

KTIDMTTva QTMTTning tibbiy-psixologik-pedagogik kengashi bola qabul qilinganda uning o'ziga xos va yosh xususiyatlarini, sog'lig'i holati va rivojlanish darajasini hisobga olib, korreksion-pedagogik hamda reabilitatsiya tadbirlarini o'tkazish yuzasidan individual yo'nalish ishlab chiqadi, uni amalga oshirish jarayonida bola rivojlanishi dinamikasini aniqlaydi va zarurat bo'lsa, unga o'zgartishlar kiritadi.

Korrekson-pedagogik va reabilitatsiya tadbirlari natijalari, bolaning o'ziga o'zi xizmat ko'rsatish ko'nikmalari darajasi va ijtimoiy moslashuv dinamikasi, ta'lim-tarbiya dasturlarini o'zlashtirishi monitoringi olib boriladi va yakuniy xulosa chiqariladi.

Tibbiy-psixologik-pedagogik kengashi xulosasiga binoan KTIDMTT va QTMTTga qabul qilingan bola mutaxassislar tomonidan 2 hafta davomida kuzatiladi.

Korreksion-pedagogik hamda reabilitatsiya tadbirlarini o'tkazish yuzasidan individual yo'nalishni tuzish bosqichlari:

1. Bola haqida ma'lumotlarni to'plash (kuchli tomonlari va muammolari).

2. Maqsad va vazifalarni aniqlash.

3. Ta'lim usullarini tanlash.

4. Amalga oshirish.

5. Baholash (maqsadga qanday erishildi?).

6. Tekshirish va korreksiyalash.

Maqsadlarni belgilashda uning aniqligini hisobga olish va bola unga xaqiqatdan ham erishishga imkon beradigan rivojlanish darajasida ekanligiga ishonch hosil qilish lozim. Maqsadni shunday belgilash kerakki, olingan natijalarni o'lchash yoki baholashning imkoni bo'lsin. Har bir MTT tarbiyalanuvchilarining kontingentiga qarab o'ziga xos korreksionpedagogik hamda reabilitatsiya tadbirlarini o'tkazish yuzasidan individual yo'nalishini tuzish huquqiga ega.

12-05. Bolalar bilan yakka tartibda ishlash rejasi:

Ushbu daftarda defektolog individual ta'lim yo'nalishi bo'yicha bolalar bilan rejalashtirilgan ishlarni va o'tilgan mavzularni mustahkamlash bo'yicha ish natijalarini yoritib boradi.

12-06. Bolaning yakka tartibdagi uy vazifasi daftari

Uy vazifasi daftariga bolaning bajara olish qobiliyatiga qarab, mustaqil bajarish uchun haftasiga 4-5tadan vazifa beriladi (ota-onaga tushuntirilgan holda). Uy vazifasi daftari haftada bir marotaba to'ldirilib, juma kunlari xafta mashg'ulotlarini takrorlash, mustahkamlash uchun ota-onalarga berib, dushanba kuni bola uy vazifasi daftari bilan qabul qilinadi.[1.]

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak Bo'lajak logopedlarga korreksion ishlarni loyihalashtirishga o'rgatish uchun oliy ta'lim muassasalarida nutq o'stirish maxsus metodikasi va Logopedik ishlarni rejalashtirish va loihalashtirish bo'yicha Davlat ta'lim standartlari mazmunida Bo'lajak logopedga qo'yiladigan malaka talablari asosida ixtisoslik fanlari namunaviy o'quv dasturlari, sillabus, o'quv-metddik kompleks, mashg'ulotliklar o'quv qo'llanmalarning

mazmuniga intelektual- kognitiv yondashgan holda takomillashtirilib ommalashtirish lozim,

hamda yangilanayotganva takomillashtirib borilayotgan qaror, nizom, buyruqlar bilan talabalarni

muntazam ravishda tanishtirib, hujjatlar bilan ishlashga o'rgatib boorish kerak.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to'g'risida"gi 802-sonli qarori.

2. Bo'lajak pedagogika (mashg'ulotlik). P.M.Po'latova, L.Sh.Nurmuxammedova, D.B.Yakubjanova, Z.N.Mamarajabova, Sh.M.Amirsaidova, A.D.Sultonova. T., "Fan va texnologiya" nashriyoti. 2014.

3. Muslimov N.A. "Kasb ta'limi o'qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi" nomli Monografiyasi. T.:Fan va texnologiya, 2013 y.

4. Мaхмудoвa М.Бyлaжaк дефектoлoглaрнинг ижтимoий-педaгoгик кoмпетенциялaрини ривoжлaнтириш Пед. фaн. дoк. ...дисс.;

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.