Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MUSIQA FAOLIYATIGA QIZIQTIRISHDA O’YINLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH'

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MUSIQA FAOLIYATIGA QIZIQTIRISHDA O’YINLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
o‘yin / jarayon / didaktik o‘yin / qobiliyat / qiziqish / moyillik / ijodiy qobiliyat / komponent / texnologiya

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Axmedova Dilnoza Ilyosovna

Maqolada ta’lim jarayonida musiqiy-didaktik o‘yin va o‘yinli texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati, o‘yinlarning klassifikatsiyasi, ko‘rinishlari haqida ma’lumot berish bilan birgalikda musiqa ta’limi jarayonida qo‘llaniladigan o‘yinlardan namunalar ham keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MUSIQA FAOLIYATIGA QIZIQTIRISHDA O’YINLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH»

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MUSIQA FAOLIYATIGA QIZIQTIRISHDA O'YINLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Axmedova Dilnoza Ilyosovna https://doi.org/10.5281/zenodo.11255943

Annotatsiya. Maqolada ta'lim jarayonida musiqiy-didaktik o'yin va o'yinli texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati, o'yinlarning klassifikatsiyasi, ko'rinishlari haqida ma'lumot berish bilan birgalikda musiqa ta'limi jarayonida qo'llaniladigan o'yinlardan namunalar ham keltirilgan.

Kalit so'zlar: o'yin, jarayon, didaktik o'yin, qobiliyat, qiziqish, moyillik, ijodiy qobiliyat, komponent, texnologiya.

Bola shaxsining har tomonlama kamol topishi estetik tarbiyaning axloqiy, aqliy va jismoniy tarbiya bilan uzviy aloqasi tufayli ro'yobga chiqariladi. G'oyaviy - axloqiy ta'sirni amalga oshirilishiga bolalarning yosh imkoniyatlariga muvofiq tanlangan musiqiy repertuarlarni to'g'ri tanlash, musiqa faoliyatida o'yinli texnologiyalarda samarali foydalanish yordam beradi.

Musiqa faoliyatida bilish va aqliy faoliyatlar ham faollashadi. Bolalar musiqani diqqat bilan tingla, ko'p narsalarni bilib oladilar, tasavvur qiladilar. Bunda ular musiqaning umumiy xususiyatlarini yorqin obrazlarda idrok etadilar. Yunon faylasufi Platonning fikricha, davlatning kuch-qudrati unda qanday musiqa, qaysi ohang va qay ritmda yangrayotganligiga to'g'ridan -to'g'ri bog'liq. Davlat uchun insonni yuksaklikka ko'tarishga yordam beruvchi musiqa kerak deb hisoblagan. Musiqaga yoshlikdan uyg'ongan qiziqish kishining keyingi rivojida kuchli ta'sir o'tkazadi, ko'nikma va malakalarni shakillantiradi, yuksak ma'naviy didni o'stiradi.

Musiqaning bola hissiyoti va shakillanishiga, uning mazmunini tushunish va his etishga katta ta'sirini hisobga olganda haqqoniy va voqeylikni to'g'ri aks ettirgan musiqali asardan o'rinli foydalanish alohida o'rin tutadi. Musiqali obrazlar shakillanishining asosiy manbai tabiat va kishi nutqiga mos kelishiga, atrof-olamdagi go'zallikni idrok etishiga bevosita bog'liqdir.

Ibn Sino ham musiqaning hissiy ta'sir kuchini e'tirof etgan holda uni o'zining tib kitoblarida aks ettirgan hamda ruhiy kasalliklarni davolashda shifo dasturi sifatida tavsiya qilgan. "Tib qonuni" asarida bir o'rinda musiqaning ruhiy ta'sir kuchiga baho berib, go'dakning tarbiyasidagi ahamiyatini shunday ta'riflaganlar: "Go'dakning tanasi chiniqishi uchun ikki narsa zarur: biri uni asta qimirlatib tebratish, ikkinchisi onasining qo'shig'i (allasi). Birinchisi tanasiga, ikkinchisi - ruhiga tegishlidir".

Musiqaning bola tarbiyasiga ta'siri ahamiyatli ekanligini ko'plab tahlillarda ko'rish mumkin. O'yin maktabgacha ta"lim yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati bo'lib, u orqali bola shaxs sifatida shakllanadi.

O'yin bolaning o'quv, mehnat faoliyati, kishilarga munosabatning qay darajada shakllanganligimi belgilab beradi. O'yin bolalarning jismoniy rivojlanishi, maktabgacha ta'lim tashkilotining ta'lim-tarbiya ishida, bolalarni aqliy,axloqiy, mehnat va estetik tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Jamiyatning ma'naviy takomillashuvi unda amalga oshiriladigan ta'lim-tarbiya ishlarining mazmuni, shakl va mohiyatiga bog'liqdir. O'yin texnologiyalari (o'yin ta'limi) -ijtimoiy tajribalarni o'zlashtirishning barcha ko'rinishlari: bilim, ko'nikma, malaka hamda hissiy baholovchi faoliyat jarayonini hosil qilishga yo'naltirilgan shartli pedagogik jarayonlarni ifodalovchi shaxsga yo'naltirilgan ta'lim (pedagogik texnologiya) turlaridan biri hisoblanadi.

O'yin texnologiyalarida bolaning tabiatiga mos tushuvchi o'yinlar o'quv-tarbiyaviy jarayonni harakatga keltiruvchi kuchga aylanishi mumkin. O'yin bolani ta'limda g'alabaga erishishda qiziqishini orttiradi va unda kuchli motivatsiya hosil qilish imkoniyatiga ega. Bolani tezkorlikda harakat qilishga, chaqqonlik, topqirlik, topshiriqlarni aniq, tez vaqtda bajarishga o'rgatadi, unda qonun-qoidalarga rioya qilish ko'nikmalari shakllanadi. Bolaning faolligi rivojlantirilib, bilimga bo'lgan ishtiyoqi oshadi. Bola shaxsining ahloqiy sifatlari shakllanishiga yordam beradi. Bolalarda o'zaro hamkorlik, ijodkorlik, bir-biriga qayg'urish va o'zaro hurmat kabi odatlar rivojlantiriladi. Ayniqsa, ularda tashqi dunyoni tasavvur etish, erkin fikr yuritish, emotsional faollik va o'zaro muloqotga kirishuvchanlik vujudga keladi.

Barcha zamonaviy pedagogik texnologiyalar singari o'yin texnologiyalari ham bolalarning intellektual qobiliyatlarini shakllantirishga xizmat qiladi.

1. Bolaning intellektual qobiliyatini, dunyoqarashini kengaytiradi, bilish faoliyatini hamda olingan bilimlarini amalda qo'llay bilish ko'nikma va malakalarini shakllantiradi.

2. Bolalarda mustaqillikni, irodani tarbiyalaydi, muloqot va axloqiy-estetik dunyoqarashini boyitadi.

3. Bolada diqqat, xotira, nutq, tafakkur, taqqoslash, ko'nikmalarini, turli vaziyatlardagi muammolarga yechim topish ko'nikmalarini, motivatsiyani rivojlantiradi.

Bolalarning musiqiy faoliyatini shakllantirishda musiqali didaktik o'yinlarning ahamiyati kattadir. Musiqali didaktik o'yinlarni maktabgacha ta'lim tashkilotida musiqiy faoliyatda qo'llash jarayonida tarbiyalanuvchilarda badiiy didning shakllanishiga sezilarli ta' sir qiladi. Shuning uchun bolalarning musiqa faoliyatiga qiziqishini oshirish uchun musiqiy-didaktik o'yinlarni qo'llash lozim. Musiqa asarlarini idrok qilish kishining umumiy emosional rivojlanganligiga bog'liqdir. Bolalarning musiqaviy rivojlanishlari muvaffaqiyatliroq bo'lishi maqsadida musiqani idrok etish jarayonini osonlashtirishi mumkin bo'lgan, uni yaxshiroq tushunishga yordam bera oladigan xilma-xil qo'llanmalardan foydalanish zarur.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan o'yinli texnologiyalar, ularning asosiy faoliyat turi va maktabgacha yoshdagi bolani bilish usuli sifatida o'yin orqali bolalarning musiqiy madaniyatini rivojlantirishga hissa qo'shadi. O'yinlar orqali musiqa rahbari bolalarning hissiy-rivojlanish sohasini rivojlantirish uchun qulay muhit yaratib, ijobiy his-tuyg'ularga sabab bo'ladi va bolalarni go'zal, madaniy qadriyatlar asosida tarbiyalashga undaydi. Musiqa rahbari musiqiy-didaktik o'yinlar yordamida bolalarga asosiy musiqiy tushunchalar va faoliyatni o'rgatadilar. Bundan tashqari, musiqa o'yinlari yordamida musiqa rahbari hissiy to'siqlarni, kommunikativ qiyinchiliklarni bartaraf etishga, bolalarga qo'rquv va ishonchsizlikdan o'tishga va musiqiy faoliyatga qo'shilishga yordam beradi.

Musiqa faoliyatida o'yinli texnologiyalardan foydalanish bolalarga musiqa, uning ta'sirchan qobiliyatlari haqida fikr berish imkonini beradi. Ko'rgazmali vositalardan foydalangan holda, bolalar musiqiy va hissiy qobiliyatlarini, shuningdek, umumiy musiqiy qobiliyatlarini -yaxshi eshitishni, ritm tuyg'usini yanada faol rivojlantiradi. Bolalar har doim musiqaga qiziqish bildiradilar. Chunki inson musiqa bilan muloqot qiladi, musiqa uning his-tuyg'ularini ifodalaydi. Bolaning musiqiy qobiliyati juda erta namoyon bo'ladi. Musiqiy qobiliyat belgilari:

* bolaning musiqiy ta'sirchanligining namoyon bo'lishi;

* bolaning musiqani idrok qilishi yoki uning faol harakatlarida namoyon bo'lgan xarakter va uning musiqaga bo'lgan qiziqishi;

* musiqiy taassurotlarga bo'lgan ehtiyoj;

*musiqiy faoliyatning namoyon bo'lishi: bolaning hayotida musiqiy faoliyatning mavjudligi (qo'shiq aytish, musiqaga mos harakat qilish, eshitish orqali bolalar musiqa cholg'ularini ijro etish, taqlid qilish).

Musiqa bolada musiqiy idrokni rivojlantiradi, musiqa tinglash, undan biror narsani olish, bir kuyni boshqasidan ajratish qobiliyatini rivojlantiradi, xotirasi rivojlanadi, bola musiqani yodida saqlaydi. Musiqiy asarning yorqinroq, hissiy va majoziy ma'nosi, bolaning xotirasiga tezroq va osonroq singadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 dekabrdagi "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning Davlat standartini tasdiqlash to'g'risida"gi 802-sonli qarori https://lex.uz/docs/5179335

2. Grosheva I.V., Mirziyoeva Sh.Sh., Yevstafeva L.G., Maxmudova D.T., Nabixanova Sh.B., Pak S.V., Nazarova V.A., Isxakova M.R., Abdunazarova N.F. O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi (takomillashtirilgan ikkinchi nashr) Toshkent 2022-yil (o'zbek va rus tillarida).

3. О.П.Радынова, А.И.Катинене, М.Л.Палавандишвили. Музыкальное воспитание дошкольников. Учебное пособие - Москва, 1998 г.

4. М.А.Давыдова. Музыкальное воспитание в детском саду. Средняя, старшая, подготовительная группы. - М.: ВАКО, 2006.

5. Kalmuratov T.N. Issues of Improving the Management of Family Non-Governmental Preschool Education Organizations. International Journal of Social Science Research and Review, http://ijssrr.com editor@ijssrr.com Volume 4, Issue 4 November, 2021 Pages: 135139.5 bet

6. Valiyeva F.R. To Develop Professional Training of Professional Education Specialists by Ensuring //International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD) Special Issue on International Research Development and Scientific Excellence in Academic Life Available Online: www.ijtsrd.com e-ISSN: 2456 - 6470 2021

7. Olimov Q.T, Li D.Ye, Mavlonov N.Sh, Technology of creation electronic textbooks on special disciplines for vocational education, J: Xalqaro ilmiy jurnal "Vestnik nauki" 2020-yil 23-fevral № 2 (23)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.