Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOT TARBIYACHISINING RIVOJLANISH MARKAZLARIDA TA’LIMIY FAOLIYATGA RAHBARLIK QILISH METODLARI'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOT TARBIYACHISINING RIVOJLANISH MARKAZLARIDA TA’LIMIY FAOLIYATGA RAHBARLIK QILISH METODLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
“ilk qadam” / o'quv dasturi / ta`lim / mashg`ulot / shakl / vosita / innovatsion yondashuv / ekskursiya / mutaola.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Dehqonova Manzura

Ushbu maqolada Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim shakli, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mashg‘ulot (faoliyat) turlari, mashg‘ulotning bolalarni maktabga tayyorlashdagi ahamiyati va mashg‘ulot jadvali tuzish talablari, mashg‘ulotda tarbiyachining yetakchilik roli va innovatsion yondashuvi, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ekskursiyani o‘tkazish mazmuni shakllantirish masalasining ilmiy nazariy ahamiyati, uni o’rganilganlik darajasi va xozirgi vaqtdagi ahamiyati yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOT TARBIYACHISINING RIVOJLANISH MARKAZLARIDA TA’LIMIY FAOLIYATGA RAHBARLIK QILISH METODLARI»

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOT TARBIYACHISINING RIVOJLANISH MARKAZLARIDA TA'LIMIY FAOLIYATGA RAHBARLIK QILISH METODLARI

Dehqonova Manzura

Uchko'prik tuman Davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari hamda o'qitishning muqobil shakllarini tashkil etish bo'limi uslubchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11200090

Annotatsiya. Ushbu maqolada Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim shakli, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida mashg'ulot (faoliyat) turlari, mashg'ulotning bolalarni maktabga tayyorlashdagi ahamiyati va mashg'ulot jadvali tuzish talablari, mashg'ulotda tarbiyachining yetakchilik roli va innovatsion yondashuvi, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ekskursiyani o'tkazish mazmuni shakllantirish masalasining ilmiy nazariy ahamiyati, uni o'rganilganlik darajasi va xozirgi vaqtdagi ahamiyati yoritilgan.

Kalit so'zlar: "ilk qadam", o'quv dasturi, talim, mashgulot, shakl, vosita, innovatsion yondashuv, ekskursiya, mutaola.

Аннотация. В данной статье рассмотрены формы обучения в дошкольных образовательных организациях, виды обучения (деятельности) в дошкольных образовательных организациях, значение обучения в подготовке детей к школе и требования к составлению графика обучения, лидерская роль и инновационный подход педагога в подготовке, выделена научно-теоретическая значимость вопроса формирования содержания экскурсий в дошкольных образовательных организациях, уровень его исследования и актуальность в настоящее время.

Ключевые слова: «первый шаг», учебная программа, образование, обучение, форма, инструмент, инновационный подход, экскурсия, обмен.

Abstract. In this article, the form of education in preschool educational organizations, types of training (activity) in preschool educational organizations, the importance of training in preparing children for school and the requirements for creating a training schedule, the leadership role and innovative approach of the educator in training, the scientific theoretical importance of the issue of formation of the content of excursions in pre-school educational organizations, the level of its research and its importance at the present time are highlighted.

Keywords: "first step", curriculum, education, training, form, tool, innovative approach, excursion, exchange.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarining davlat o'quv dasturi "O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish borasidagi Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan me'yoriy-huquqiy hujjat bo'lib, unda maktabgacha ta'lim tashkilotlarining maqsad va vazifalari, o'quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g'oyalari, maktabgacha yoshdagi bolalarni ta'limning keyingi bosqichiga o'tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilab berilgan.

Mashg'ulot ta'lim tashkilotda bolalarga ta'lim berishning asosiy shaklidir. Mashg'ulot -pedagogning bolalarni kerakli bilim va malakalardan frontal holda xabardor qilishidir. Tarbiyachi bolalarga ta'lim berishni kun davomida amalga oshiradi: ularning bilimlarini boyitadi, madaniy, gigenik, xulq madaniyati, gaplashish nutqi, sanoq-hisob harakatlari kabi turli tuman malaka va ko'nikmalarini shakllantirib boradi. Ammo ta'lim berishda bosh rolni mashg'ulot egalaydi. Mashg'ulotlar maktabgacha ta'lim tashkilotida ta'limni tashkil etish shaklidir.

Ta'lim shakli deganda ta'lim beruvchi pedagog va bolalarning maxsus tashkil etilgan faoliyati tushuniladi va kun tartibida ma'lum bir vaqtda o'tkaziladi.

Ta'lim shakli bolalar soni, pedagog va bolalar o'rtasidagi o'zaro ta'sir xususiyatiga, o'tkazish joyiga shuningdek kun tartibida egallagan o'rniga qarab bir-biridan farq qiladi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotida ta'limning frontal (umumiy), jamoaviy va yakka tartibdagi shakllaridan foydalaniladi. Bundan tashqari, bolalarga ta'lim berish ishlari ekskursiya, talimiy o'yinlar orqali, kun davomida bolalarning mashg'ulotdan tashqari har xil faoliyatlarida, ularning o'yinlariga rahbarlik qilish jarayonida amalga oshirilib boriladi.

Mashg'ulot maktabgacha ta'lim yoshidagi hamma bolalar uchun majburiydir: unda dastur mazmuni belgilab berilgan, kun tartibida unga ma'lum o'rin va vaqt ajratilgan. Mashg'ulot tarbiyachi rahbarligida o'tkaziladi, tarbiyachi mashg'ulotda bolalarni yangi bilimlardan xabardor qiladi, bolalarning amaliy mashg'ulotlarini tashkil etadi. O'quv materialining mazmuni asta-sekin murakkablashtirilib boriladi.

Mashg'ulot bolalarni maktabga tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Mashg'ulot orqali bolalar o'quv malakasini egallab oladilar. Ularda barqaror diqqat, irodani, diqqatni jalb eta olish kabi qobiliyatlar rivojlanadi. Izchillik bilan ta'lim berish natijasida bilimga qiziqishlar rivojlana boradi.

• Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida mashg'ulot (faoliyat) turlari.

Bolalarga bilim berishning jamoa usulida olib borish katta ahamiyatga ega: birgalikdagi faoliyatda bolalar bir-birlariga faol ta'sir etishadi, o'z tashabbusi, topog'onligini namoyon qilish imkoniyati tug'iladi. Bolalar oldiga umumiy zo'r berishning talab etuvchi vazifa qo'yilganda birgalikda qayg'urishadi, jamoatchilik xissi shakllanadi. Ekskursiyalar, rasm qirqib yopishtirish, qurish yasash ishlarini birgalikda bajarish, umumiy raqs-o'yinlarini ijro etish, badiiy asarlarni eshitish, o'qishda paydo bo'lgan birgalikdagi kechinmalar bolalarning birlashgan do'stona jamoasini yaratishga yordam beradi. Mashg'ulotda ta'lim berish orqali bolalarda maktabdagi o'qishga qiziqish tarbiyalanadi, javobgarlik xissi, o'zini tuta olish, mehnat qilishga intilish odati, topshirilgan ishni bajarish kabi to'g'ri sifatlar hosil qilinadi.

Bolalarni maktab ta'limiga ruhiy jihatdan tayyorlashni ularning boshlang'ich sinflarda dastur materialni yaxshi o'zlashtirib olishlarini ta'minlovchi bilim va malakalar mashg'ulotlar jarayonida xosil qilinadi. Mashg'ulotlarda bolalarda mustaqil fikr yuritish, malakasi tarkib toptiriladi, tarbiyachilarga quloq solish, ularning fikriga ergashish, hikoya qilinayotgan hikoyalardan voqeadagi asosiy g'oyalarni ajrata olish, qisqacha umumlashtirish kabi malakalarni rivojlantirishga katta e'tibor beriladi.

Mashg'ulotlarda ta'lim berish bolalardan aqliy va jismoniy zo'r berishni talab etadi, ya'ni u bolani aktiv faoliyati bilan bog'liq bo'lib bola ma'lum natijaga erishish uchun intiladi, bu esa boladan uzoq davomli ixtiyoriy diqqatni talab etadi. Shuning uchun mashg'ulotga tayyorlanishda bolalar yoshini, imkoniyatini e'tiborga olish zarur: mashg'ulotning vaqtini, kun tartibidagi o'rnini dasturning har xil bo'limlarini to'g'ri almashtirib turishni oldindan o'ylab, aniq belgilab olish zarur.

• Mashg'ulotning bolalarni maktabga tayyorlashdagi ahamiyati va mashg'ulot jadvali tuzish talablari.

Mashg'ulot jarayonida bolalarda mustaqil fikrlash ko'nikmalari hosil qilinadi, tarbiyachining so'zini tinglash, o'rtoqlari bilan gaplashmaslik har bir tarbiyachi tomonidan berilgan savollarga javob berishga harakat qilish tarbiyachi tomonidan aytilgan fikrlarni takrorlashga o'rganib boriladi. Mashg'ulotga tayyorlanish mazmuni ham mavjud bo'lib, ushbu mazmunga

Quyidagilarni kiritishimiz mumkin:

Mashgulotni rejalashtirish.

Kerakli jihozlarni oldindan tayyorlash.

Bolalarni mashg'ulotga tayyorlash.

Bolalarni maktabga tayyorlashda tarbiyachi mashgulotni bir bo'limidanbitta emas, balki butun bir mashgulotni sist masini rejalashtirib olib borilsa ijobiy natijani qo'lga kiritladi. Tarbiyachi mashgulotlar jarayonida metodik kullanmalardan foydalanib mashgulot o'tishi tavsiya etiladi. Har bir bog'chada metodik xonalar mavjuddir. Unda bolalar bogchasi talim-tarbiya dasturining, xamda xamma bulimlari buyicha metodik qollanmalar boladi.

Mashg'ulot quyidagi tuzilishga ega: bolalarni uyushtirish, asosiy qism, yakunlovchi qism.

Bolalar mashg'ulotga qiziqib qatnashishlari va unda faol ishtirok etishlari uchun uning mazmuni va metodikasi yaxshilab puxta o'ylanib olinishi kerak. Bolalar o'quv faoliyatini qanchalik puxta egallab olsalar, tarbiyachining e'tibor bilan tinglab, o'yindan mashg'ulotga osonlik bilan o'tadilar.

Bolalarni uyushtirish. Tarbiyachi bolalarni yig'ib, ularning mashg'ulotga tayyorligini tekshiradi: tashqi ko'rinishi, joy-joyiga to'g'ri o'tirishganligi, diqqatini to'plaganini sinab ko'radi. Mashg'ulot muvaffaqiyatli o'tishi uchun bolalar oldida turgan faoliyatga qiziqish uyg'otishi, buning uchun bolalarning yoshi, qiziqishi, faoliyatiga mos har xil usullarni qo'llashi kerak.

Kichik guruh bolalarida mashg'ulotga qiziqish uyg'otish uchun bolalarni qiziqtiradigan mazmundagi, kutilmagan, topishmoqli usullardan foydalanadi. «Quloq solinglar-chi, kimdir eshik qoqyapti! Bu qo'g'irchoq biznikiga mehmonga kelibdi», - deb mashg'ulotni boshlash mumkin. Bolalarning narsalar va ularning nimaga ishlatilishi to'g'risidagi tasavvurini tartibga soluvchi mashg'ulot mana shunday boshlanadi.

Katta guruhlarda qanday mashg'ulot bo'lishini tarbiyachi bolalarga oldindan aytib qo'yadi. Bu bolalarning bo'lajak mashg'ulotga qiziqishini orttiradi. Masalan, mustaqillik maydoniga ekskursiyaga borishni bolalarga bir hafta oldin aytib o'tadi va ularga rasmlarni ko'rishni, ota-onasi bilan sayr qilganda nimalarni ko'rganini eslashni taqlif etadi. Bolalar bu kunni zo'r qiziqish bilan kutishadi.

Katta va tayyorlov guruhlaridagi bolalar mashg'ulotning zarurligi va majburiyligini tushunishlari, unga ongli ravishda tayyorlanishlari zarur.

Asosiy qism. Mashg'ulotda bolalarga yangi bilim beriladi, topshiriqni bajarish yuzasidan yo'l-yo'riq, ko'rsatiladi, qiynalgan bolalarga yordam beriladi. Bolalar bilan bo'ladigan jamoachilik munosabatlarini alohida munosabat bilan qo'shib olib boriladi. Topshiriqni bajarishni hamma bolalar uddalay olishlari uchun tarbiyachi har xil metod va usullarni qo'llaydi.

Mashg'ulotning boshlanishidanoq bolalarning diqqatini tashkil eta bilish kerak. Bu bolalar oldiga qo'yilgan aqliy vazifaga bog'liq. Bolalarga qanday ishlar olib borish zarur-ligi ko'rsatiladi va tushuntiriladi, ularni ayrim bolalarga alohida takrorlash shart emas, balki hamma bolalarni e'ti-bor bilan eshitib o'tirishga o'rgatish kerak, zarurat tug'ilsagina takrorlash mumkin. Bog'chadagi bolalar o'qish, yozishni bilmaganlari uchun o'tilgan materialni qaytarib mustaxkamlay olmaydilar, shuning uchun bolalarga berilgan bilimni mustahkamlash uchun tar-biyachi takrorlash va mashq qildirish usullaridan foydala-nadi. Mexanik qaytarish, yodlatishdan qochish kerak, chunki anglab olinmagan material tezda esdan chiqadi. Qaytarish, mashq qildirishda tarbiyachi fikrlarni to'ldi-rib, tartibga solib boradi, bu bolalarda bilimga qiziqish uyg'otadi va shu narsa to'g'risidagi tasavvur va tushunchalarini chuqurlashtiradi. Mashg'ulotni dastur maqsadi va bolalar yoshiga qarab mustahkamlashning har xil usullari

qo'llaniladi. Bolalar o'zlashtirib olishi va javob qilishi kerak bo'lgan material so'z orqali amalga oshiriladi. Shuning uchun u yoki bu ishni bajarishda bolalardan uni qanday amalga oshirmoqchi ekanini so'z bilan tushuntirib berish talab etiladi (masalan, son-sanoqga o'rgatishda, qurish-yasashda, rasm chizganda qanday qilishi, qanday tartib bilan bajarishi, buning uchun qanday materialdan foydalanishni tushuntirib berishi talab etiladi).

Mustahkamlash jarayonida didaktik material bilan bajariladigan mashq aqliy vazifani o'z ichiga olsa, bolalarda mustaqillikni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega bo'ladi. Masalan, son-sanoq mashg'ulotida bolalar sanash material bilan o'zlari mashqlarni mustaqil bajarishadi: tarbiyachining topshirig'iga qarab narsalar sonini kamaytirishadi yoki ko'paytirishadi. Buning uchun o'yinchoqlardan ham foydalanish mumkin.

Mashg'ulot davomida pedagog hamma bolalar faol qatnashishini va ishni o'z vaqtida puxta amalga oshirishlarini nazorat qilib boradi. Agar mashg'ulot yakka tartibda olib boriladigan bo'lsa (rasm, loy va plastilindan narsalar yasash, qurish-yasash, konstruktsiyalash), bolalar ishni har xil vaqtda bajarganliklari uchun tarbiyachi mashg'ulot tugashiga bir necha daqiqa qolganda mashg'ulotni tugatish kerakligi to'g'risida ularni ogohlantiradi.

Mashg'ulotni tugatayotib, tarbiyachi o'tkazilgan mashg'ulotga yakun yasaydi: bajarilgan ishni bolalar bilan birgalikda baholaydi, bolalarning mashg'ulotda qatnashganini gapiradi, bazan kelgusi mashg'ulotda nimalar o'tishlarini aytadi. Bolalarning o'quv faoliyatini yaxshi egallab olishlari ular bilimini to'g'ri baholashga bog'liq.

• Mashg'ulotda tarbiyachining yetakchilik roli va innovatsion yondashuvi.

Tarbiyachi MTTda asosiy shaxs hisoblanadi. Bolaning o'quv faoliyatiga bo'lgan munosabati ko'proq uning tarbiyachi shaxsiga munosabati bilan belgilanadi. Tarbiyachining o'ziga xos xususiyati - uning yuksak kasb mahoratidir. Eng muhimi - bolaning ruhiyati- ni, yosh va o'ziga xos ruhiy-fiziologik xususiyatlari-ni bilishdir.

Bolalar bog'chasi dasturi bolalarning yoshini, jis-moniy va ruhiy xususiyatlarini hisobga olib tuzil- gani bilan har bir boladagi alohida ruhiy xususiyat- ning qay vaqtda va qanday namoyon boiishini oldin-dan ko'ra olmaydi, bu ish dasturda yaxshi tayyorlan- gan tarbiyachining zimmasiga yuklanadi. Tarbiyachi o'z guruhidagi har bir bolaning jismoniy tomondan yaxshi rivojlanishi, uning oliy nerv faoli-yati yaxshi ishlashi, shuningdek aqliy, axloqiy, mehnat, estetik tomondan normal tarbiyalanishi uc-hun yaxshi shart-sharoit yaratadi, Tarbiyachi har bir boladagi o'ziga xos xususiyatlarni yaxshi bilgan hol-da undagi o'ziga xos xususiyatlarni (zararli boisa] yo'qota borib, bolaga nisbatan qulay talab qo'yadi. Tarbiyachi har bir bolaning kelajakda haqiqiy inson bo'lishiga yordam beradigan sifatlarini va imkoni- yatini rivojlantirishi lozim. Maktabgacha taiim yo-shi davrida tarbiyachining bolaga shaxsiy ta'siri ju-da katta boiadi. Chunki, bu davrdagi har bir taassurot bolaning xotirasida bir umrga saqlanib qoladi.

Bolani tushuna bilish va uning ma'naviy dunyosiga ki-ra olish tarbiyachidan zo'r kasb tayyorgarligini talab eta-di. Bola bilan jonli munosabatda bo'lish - fikrlar manbayi, pedagogik innovatsiyalar, quvonch va tashvishlardirki, busiz tarbiyachining ijodiy mehnatini tasavvur etib boimaydi. Mashg'ulotda tarbiyachi o'z ovozidan qurol sifatida foydalanishi mumkin. Sekin, tinch ovoz bolaga yaxshiroq ta'sir etishini pedagog bilishi zarur, Bolaga qattiqroq va qat'iy gapirish mumkin, ammo bunda so'z ohangi bolaga tinchlantiruvchi ta'sir etishi lozim.

Maktabgacha ta'lim tashkilotsi tarbiyachisining innovatsion madaniyatining asosiy strukturaviy komponentlariga pedagogning metodologik madaniyati, uning axborot madaniyati, innovatsion faoliyatini kiritish mumkin, zero mazkur tushunchalar va mazmuni strukturasi taxlili ularning uzaro alokadorligini kursatadi. Bu aloqadorlik ularning pedagogik kasbiy amaliyotining

motivatsion, intellektual va faoliyatli-amaliy sohalarini tavsiflashi; tarbiyachi o'z kasbiy faoliyati asosi va uni amalga oshirish darajasi sifatida innovatsiyalarning ahamiyatini anglab yetishning ko'rsatkichi sanalishida namoyon bo'ladi.

• Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ekskursiyani o'tkazish mazmuni. Ekskursiyaning asosiy maqsadi - bolalarga berilayotgan ta'limiy va tarbiyaviy ma'lumotlarning hayotimizdagi faoliyatda aks etishini obyektlarga sayr qilish jarayonida ko'rsatib berish. MTTda ekskursiyalar reja asosida amalga oshiriladi. Ekskursiyani ishlab chiqishda ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi xarakterdagi bir qator vazifalarni belgilash va hal qilish muhimdir.

Ekskursiyalarning rivojlantiruvchi komponenti sezuvchanlik qobiliyatlari (ob'ektlarning turli xil belgilarini ko'rish qobiliyati: rang va uning soyalari, fazoviy joylashuvi, xilma-xil shakllari, to'qimalari va boshqalar) kabi fikrlash jarayonlari (tahlil, taqqoslash, umumlashtirish, tasniflash, tabiat va murakkablik darajasi, tasavvur va ijodkorlik bilan har xil bo'lgan aloqalarni o'rnatish qobiliyati.

Ekskursiyani ishlab chiqishda ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi xarakterdagi kompleks vazifalarni belgilash va hal qilish muhimdir. Hal qilinayotgan pedagogik vazifalarning mohiyati bo'yicha ekskursiyalar tasnifini ajratish mumkin: tabiiy, tarixiy, ekologik, qishloq xo'jaligi ob'ektlariga, estetik ekskursiya.

Ekskursiyaning tarkibi: kirish suhbati, jamoaviy kuzatuv, bolalarni individual ravishda mustaqil kuzatish, material to'plash, to'plangan materiallar bilan o'ynayotgan bolalar, yakuniy qism, bu vaqtda o'qituvchi ekskursiyani umumlashtiradi va tabiatni hurmat qilish zarurligini eslatadi.

Sensorli tasvirlarni anglash uchun tabiatning kuzatilgan ob'ektlarini chizmalar yoki piktogrammalar yordamida mahkamlash katta ahamiyatga ega, ayniqsa ular o'zgartirilgan bo'lsa, bir holatdan ikkinchi holatga o'tadi. Bu holda o'zgaruvchan tabiat ob'ektlari vaqt parametriga muvofiq qayd etiladigan taqvimlar tomonidan katta yordam ko'rsatiladi. Kuzatuvlar ketma-ketligi yozilgan taqvim o'zgarishlarning mohiyati, ularning o'tishi shartlari va ular sodir bo'lgan vaqt haqida izchil va batafsil fikr beradi.

REFERENCES

1. M.X.Toxtaxodjaevaning umumiy tahriri ostida. Pedagogika darslik.T.: O'zbekiston faylasuflari Milliy jamiyati, 2010.

2. Qodirova F.R, Toshpo'latova SH.Q, Kayumova N.M., Agzamova M.N. "Maktabgacha pedagogika" T.: Tafakkur, T- 2019. Darslik.

3. D.R. Babaeva. "Nutq o'stirish nazariyasi va metodikasi" T.: "Barkamol avlod fayz" 2018 y. Darslik.

4. Takomillashtirilgan "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi, T- 2022 y.

5. M^3^eB Ш.М. ^онун устуворлиги - инсон манфаатларини таъминлаш тараккиёти ва халк фаровонлигининг гарови. "Узбeкистон"

6. Азизова Зироат. "CONSEPTUAL FUNDAMENTALS OF PREPARING CHILDREN FOR SOCIAL PROTECHION" Yosh tadqiqotchi Jurnal 1 (5) 404-410, 2022

7. Azizova Ziroat Bahodirovna "THE IMPORTANCE OF ORGANIZING CHILDREN'S ACTIVITIES IN PREPARATION FOR SCHOOLING." Open Access Repository 9.11 (2022): 236-240. INNOVATIVE DEVELOPMENT IN THE GLOBAL SCIENCE 2022 Boston, USA 53

8. Z.Azizova ,A. Z.Abdurazakova "Legal and Pedagogical Bazes of Preparetion of Children for the Implementation of Socal Protection" Yosh Tadqiqotchi Jurnal 1(5) 395-403.2022

9. 9.N.G.Malikovna CONTENT AND PEDAGOGIKAL CONDITIONS FOR THE DEVELEOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENSE OF TEACHERS AND EDUCATIONAL ORGANIZATIONS International journal of socials cience interdisciplinary research ISSN 2022

10. N.G.Malikovna Formation of a sense of national pride amonig in oider preschool children through oral foik art-as a socio-pedagogical necessity Science and Innavation 1 (8) 20672077,2022

11. N.G.Malikovna . "Bolalarni maktabga tayyorlashda ota-onalarning o'rni".Pedagogik islohotlar va ularning yechimlari 1 (2) 100-105,2023

12. G.M Nazirova, D.R.Djo'rayeva, H.M.Tojiboyeva, "Modern trends in education for Children of preschool age" Methodological manual 2015

13. 13.Технологии организации и управления педагогическими процессами С.Тургунов, Л.Максудова. Х.М.Тожибоева Г.М.Назирова 100 2012

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.