Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM YO’NALISHIDA MA’NAVIY TARBIYА MASALALARI'

MAKTABGACHA TA’LIM YO’NALISHIDA MA’NAVIY TARBIYА MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
116
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
"TA'LIM SAMARADORLIGI" / "IJTIMOIY MUNOSABATLAR" / "O'QUV KO'NIKMALARI" / "ADAPTATSIYA" / "PSIXIK JARAYON" / "RUXIY TAYYORGARLIK"

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Maryambibi A.D.

Ushbu maqolada maktabgacha ta’limning samaradorligini tavsiflovchi eng asosiy ko’rsatkich 2 yoshdan 6-7 yoshgacha bo’lgan bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olishning zaruriy jihatlari haqida gap ketadi. Agar bola maktabgacha ta’lim olmay turib maktabga chiqsa, uning boshlang’ich sinfda o’qish faoliyati yetarli darajada samarali bo’lmaydi. Ya’ni, bolada ta’limga moslashish - adaptatsiya sust kechadi, uning ijtimoiy munosabatlarga kirishishi, muloqoti, aqliy faoliyati sust ravishda ko’rinadi. Bolada ko’p hollarda jismoniy, ruhiy jihatdan tayyor emaslik holati kuzatiladi. Maqolada ta’lim olish motivatsiyasi, ilk o’quv ko’nikmalari shakllanmagan, psixik jarayonlari rivojlanmagan bola o’zlashtirishda orqada qolishi haqida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROBLEMS OF SPIRITUAL EDUCATION IN PRESCHOOL EDUCATION

This article discusses the most important indicators that characterize the effectiveness of preschool education and the necessary aspects of enrolling children aged 2 to 6-7 in preschool education. If a child goes to school without preschool, his or her primary school performance will not be effective enough. That is, the child's adaptation to education is slow, his integration into social relations, communication, mental activity is weak. The child is often physically and mentally unprepared. The article argues that the motivation to learn, the lack of basic learning skills, the development of mental processes, the child lags behind in learning.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM YO’NALISHIDA MA’NAVIY TARBIYА MASALALARI»

СОВРЕМЕННЫЕ НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЕ

Maryambibi A.D. o'qituvchisi "Maktabgacha ta'lim" kafedrasi Toshkent viloyati Chirchiq davlatpedagogika instituti

O'zbekiston Respublikasi

MAKTABGACHA TA'LIM YO'NALISHIDA MA'NAVIY TARBr^^^

MASALALARI

Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha ta'limning samaradorligini tavsiflovchi eng asosiy ko'rsatkich 2 yoshdan 6-7 yoshgacha bo'lgan bolalarni maktabgacha ta 'lim tashkilotlariga qamrab olishning zaruriy jihatlari haqida gap ketadi. Agar bola maktabgacha ta 'lim olmay turib maktabga chiqsa, uning boshlang'ich sinfda o 'qish faoliyati yetarli darajada samarali bo'lmaydi. Ya 'ni, bolada ta'limga moslashish - adaptatsiya sust kechadi, uning ijtimoiy munosabatlarga kirishishi, muloqoti, aqliy faoliyati sust ravishda ko'rinadi. Bolada ko 'p hollarda jismoniy, ruhiy jihatdan tayyor emaslik holati kuzatiladi. Maqolada ta'lim olish motivatsiyasi, ilk o'quv ko'nikmalari shakllanmagan, psixik jarayonlari rivojlanmagan bola o 'zlashtirishda orqada qolishi haqida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: "ta'lim samaradorligi", "ijtimoiy munosabatlar", "o'quv ko'nikmalari", "adaptatsiya", "psixik jarayon", "ruxiy tayyorgarlik".

Maryambibi A.D.

lecturer

department of preschool education Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

Republic of Uzbekistan

PROBLEMS OF SPIRITUAL EDUCATION IN PRESCHOOL

EDUCATION

Abstract: This article discusses the most important indicators that characterize the effectiveness of preschool education and the necessary aspects of enrolling children aged 2 to 6-7 in preschool education. If a child goes to school without preschool, his or her primary school performance will not be effective enough. That is, the child's adaptation to education is slow, his integration into social relations, communication, mental activity is weak. The child is often physically and mentally unprepared. The article argues that the motivation to learn, the lack of basic learning skills, the development of mental processes, the child lags behind in learning.

Keywords: "educational effectiveness", "social relations", "learning skills ", "adaptation ", "mental process ", "mental preparation".

Kirish.

Insonni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash, xalqimizning azaliy orzusi bo'lib, ajdodlarimiz ma'rifat, ma'naviyat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o'rgatish, ularni komillikka yetaklash yo'llari, qonun-qoidalarini muttasil izlaganlar. Bu esa pedagogika fanining maydonga kelishiga sabab bo'lgan. Chunki insonning ma'rifatli va ma'naviy komillikka erishishi pedagogika fanining yetakchiligida amalga oshiriladi.

Ma'lumki, maktabgacha ta'limning samaradorligini tavsiflovchi eng asosiy ko'rsatkich ushbu 2 yoshdan 6-7 yoshgacha bo'lgan bolalarni maktabgacha ta'lim tashkilotlariga qamrab olishdir.

Shuni qayd etish lozimki, bola shaxsidagi o'qishga bo'lgan qobiliyatning 50%, dastlabki to'rt yili davomida rivojlanadi. Yana 30% to'rt yoshdan sakkiz yoshgacha rivojlanadi. Bu davrda neyronlarning o'zaro bog'lanishi faol rivojlanadi, agar bola o'n yoshga to'lgunicha neyron bog'lamlari faol shakllanmasa, ular faollashmaydi va "o'ladi". Bundan ko'rinadiki, inson hayotining dastlabki sakkiz yilida 80% bilim va hayotiy fikrlashga asos yaratiladi.

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning bilimlarni egallash bilan birga ularda o'quv faoliyatining asosiy komponentlarini shakllantirish o'qitishning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

O'quv vazifasi o'quv faoliyatining asosiy komponenti hisoblanadi. Ko'pchilik psixolog va pedagoglarning fikricha o'quv faoliyatining muvaffaqiyati ko'proq o'quv vazifasini qay darajada qo'ya olish mahoratiga bog'liq ekan. Maktabgacha ta'limdagi vazifalari bilimlar, ko'nikma va malakalar mazmunini shuningdek, aqliy va amaliy faoliyat usullarini qamrab oladi.

Katta maktabgacha tarbiya yoshidagi aloxida yordamga muxtoj bolalar bilan olib boriladigan mashg'ulotlardagi o'quv vazifalari garchand ayrim hollarda amaliy vazifalar bilan bog'liqligi saqlansada, yorqin ifodalangan o'quv-bilish tabiatini kasb etadi. Bunda bilimlarni o'zlashtirishga oid vazifalar asosiy o'rin egallaydi. Biroq, bolalarning aqliy faoliyati, ongi o'sishi bilan amaliy mahsulot (mahsuldor) va aqliy faoliyat usullarini egallashga oid o'quv vazifalari, shuningdek, ijodiy tabiatdagi o'quv vazifalarini to'laqonli idrok eta boshlaydilar. Biroq katta yoshda ham bolalarga o'quv vazifasini butun mashg'ulot davomida esda saqlab turish qiyinlik qiladi.

Aql-idroki yoki jasurligi bilan, sabr-toqati yoki mehnati bilan har qanday qiyinchiliklarni yengadigan dovyurak, vijdonli qahramonlar ishtirok etadigan ertaklardan bolalar juda hayratlanadilar, bunday ertaklar bolalarni ijobiy qahramonlarga nihoyatda hayrixox bo'lishga, yovuzlikka, nohaqlikka, qizg'anchiqlikka, makr-hiylaga nisbatan murosasiz bo'lishga majbur etadi.

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature review) O'zbek xalq ertaklaridan tashqari ko'pgina rus xalq va qardosh mamlakatlar ertaklari ham bolalarga o'qib beriladigan ertaklar jumlasiga kiradi. O'zbek yozuvchilari, shoirlari bolalar uchun juda ko'p ajoyib asarlar yaratganlar. Bu G'. G'ulom, Mirmuhsin, I. Muslim, P. Mo'min, Sh. Sa'dulla, N. Orifjonov, Q. Hikmat, Q. Muhammadiy va boshqalarning asarlaridir.

Maktabgacha yoshidagi bolalarga bag'ishlangan adabiyotlar ro'yxatidan rus yozuvchilari va shoirlari: B.Jitkov, S. Mixalkov, K. CHukovskiy va boshqalarning tarjima etilgan asarlari keng o'rin olgan. Bu ro'yxatga chet el yozuvchilarining asarlari ham Sh. Perro, Andersen va boshqalarning ertaklari ham kiradi.

Bolalarga o'qib beriladigan asarlar doirasiga har xil janrdagi asarlar: hikoya va povestlar, proza hamda she'r shaklidagi ertaklar, dostonlar, hazil she'rlari, topishmoqlar, masallar kiradi.

Tarbiyachi har bir yosh guruhida bolalarni juda ko'p bolalar badiiy adabiyoti asarlari bilan tanishtirib borishi lozim.Tarbiyachi bolalarda adabiy asarni idrok qilish ko'nikmasini tarkib toptiradi. Bola asarni tinglayotib, uning mazmunini o'zlashtiribgina qolmay, balki muallif tasvirlayotgan his-tuyg'ular va kayfiyatlarni his etishi ham lozim.

MTTda asarning mazmunini analiz qilishning ba'zi elementar ko'nikmasi ham tarkib toptiriladi. Tayyorlov guruhida bolalar asarda hikoya qilingan asosiy qahramonlarni aniqlay olishi, ularga nisbatan o'z munosabatini (kimning nima uchun yoqqanini) ayta olishi, asarning janrini aniqlay bilishi (she'r, hikoya, ertak) lozim.

Bolalar kitobi bolaga tushunarli bo'lgan, uning aqli va qalbiga yetib borgan, ya'ni bola yozuvchining hikoya qilayotgan narsasini tushuna olgan hamda his eta olgan taqdirdagina u o'zining tarbiyaviy rolini bajaradi.

Tarbiyachilar bolalarning asarlar haqidagi bilimlarini mustahkamlab borish uchun oldingi yosh guruhlarida ularning qaysi asarlar bilan tanishganlarini bilishlari kerak. Buning uchun yil boshida oldingi guruh dasturini ko'rib chiqish va takrorlash materialini belgilab olish lozim.

Tarbiyachi oylik reja tuzish paytida yaqin bir-ikki hafta ichida bolalarga o'qib beradigan asarlarini tavsiya ro'yxatidan belgilab oladi. Bunda u bolalarda his-tuyg'u va xulq-atvorni, tevarak-atrofga har xil qiziqish hamda munosabatlarni tarkib toptirishdek vazifalariga amal qiladi.

Bolalarning qiziqqan narsalarini, ularning o'zaro munosabatlarini, o'yinlarini kuzatish yaxshi kitob tanlashga ancha yordam beradi.

Mustaqillik bayrami yaqinlashib qolganda bolalar bu kunga bog'chada, shaharda qanday tayyorgarlik ketayotganini ko'radilar, navro'z bayramiga bag'ishlangan she'rni zo'r mamnuniyat bilan yod oladilar. Bahor kelib, tevarak-atrofdagi hamma narsa gullaganda bolalar bahor haqidagi asarni juda jonli idrok qiladilar.

Tarbiyachining tayyorgarlik ko'rishi kitobdan foydalanish maqsadini aniqlashdan boshlanadi. Kitob tevarak-atrof haqidagi bilimlar va lug'atni boyitish hamda bolalarda axloqiy sifatlarni tarkib toptirish manbai, ko'ngil

ochish va hokazolar qilish vositasidir. Tarbiyachi kitobdan foydalanish maqsadini aniqlagach, avtorning fikrini bilib olish, asar qahramonlarining xarakterlari va ularning o'zaro munosabatlarini aniqlash maqsadida kitobni mashg'ulotdan oldin o'qib chiqadi. Asarni oldindan shu tariqa tahlil qilib olish tarbiyachining uni ifodali qilib yetkazishiga yordam beradi: u emotsional tarzda ifodali qilib o'qish yoki hikoya qilib berlsh vositalarini (turli intonatsiyalarni, mantiqiy urg'ularni, hamma so'zlarning aniq va to'g'ri ishlangan talaffuzini) egallab oladi. Agar tarbiyachi o'z vaqtida yetarlicha ishlab chiqqan va bolalarga tanish asarni o'qimoqchi yoki hikoya qilib bermoqchi bo'lsa, mashg'ulot o'tkazishga yana tayyorgarlik ko'radi: asar tekstini esga tushirish va oldin egallagan ifodali o'qish vositalarini tiklash uchun asarni ovoz chiqarib bir necha bor o'qib chiqadi. Tarbiyachi kitobni tanlab, undan foydalanish maqsadini aniqlagach, mashg'ulot rejasini tuzadi. Mashg'ulot mavzusida kitobning, avtorning nomi va uni bolalarga qanday yetkazish - o'qib berish yoki hikoya qilib berish usuli ko'rsatiladi.

Mashg'ulotning maqsadida tarbiyachi kitobdan foydalanishning ta'lim va tarbiyaviy maqsadlarini belgilab oladi, bolalarni qanday yangi so'zlar bilan tanishtirishini ko'rsatadi.

Illyustratsiyalarni ko'rsatish. Maktabgacha yoshidagi bolaga mo'ljallangan kitobda illyustratsiya albatta bo'ladi. Illyustratsiya tekstning ma'lum qismiga taalluqli, qandaydir paytni tushuntiruvchi rasmdir. Bolalar kitobidagi illyustratsiya tekst bilan bir xil o'rinda turadi, chunki bolaning' o'zi kitobni o'qiy olmaydi, kitob esa unga avvalo rasmi bilan murojaat qiladi. Garchi bolalar kitobdagi rasmlarni ko'zdan kechirishni yaxshi ko'rsalar ham, uniig mazmunidagi ko'p narsalarni e'tibordan chetda qoldirishlari, noto'g'ri tushunishlari mumkin, bundan tashqari guruhda kitobga qiziqishi aniq sezilib turmagan bolalar bo'lishi mumkin. Diqqati barqaror bo'lmagan bolalar ham uchrab turadi: ular kitobni olib, pala-partish varaqlab chiqadilar-da, tashlab ketadilar. Demak, bolalarning bevosita qiziqishiga ishonib bo'lmaydi, ularda suratlarni ko'zdan kechirish ko'nikmasini tarbiyalash kerak. Bolalarni illyustratsiyani uzoq vaqt diqqat bilan ko'zdan kechirishga, ularda kitobdagi tanish qahramonlar va hokazolarni tanib olishga o'rgatish lozim. Maktabgacha yoshidagi bolalarni rasmda tasvirlangan obyektlarni tanib olishga va tanish buyumlar bilan ulardagi o'xshashlikni topishga o'rgatish muhimdir. Bunga quyidagi savollar yordam beradi: bu nima?, bu kim?, nima qilyapti?, uning qo'lidagi nima?, rangi qanaqa?, bizda shunday koptok bor-mi?

O'rta guruh bolalariga bu rasm qaysi asarga tegishliligini topishni taklif etish mumkin.

Illyustratsiyalar yirik, uzoqdan yaxshi ko'rinadigan bo'lsa, uni mashg'ulotda bolalarga ko'rsatish mumkin. Shunday kitoblar borki, rasm butun betni egallaydi, tekstda esa, unga izoh beriladi, xolos. Bunday kitoblarni o'qish kitoblarning o'ziga xosligi bilan belgilanadi: tarbiyachi bolalarga avval illyustratsiyani ko'rsatadi, so'ngra yoddan bilish lozim bo'lgan tegishli tekstni o'qib beradi.

Ayrim sahnalar tasvirlangan kitoblarni o'qib berish paytida butun asarni boshdan oxirigacha o'qib chiqish, so'ngra esa hamma rasmlarni ko'rsatish lo -zim. Illyustratsiyani ko'rsatib bo'lgach, yana tekstga qaytish, illyustratsiyaga tegishli joylarni o'qib berish kerak.

Katta bolalar bilan ularga tanish kitoblarning illyustratsiyalarini ko'zdan kechirish uchun yil davomida bir necha mashg'ulot o'tkazish tavsiya etiladi. Bunday mashg'ulotlarni o'tkazish uchun obyekt bir nomdagi 12—13 ta kitobni bolalarga tarqatish zarur.

Illyustratsiya ko'rsatish paytida kitobni hech qachon muqovasidan bukmaslik kerak. Bolalarning chalg'imasliklari uchun ikkinchi betdagi illyustratsiya ustiga bir varaq oq qog'oz tashlab qo'yish lozim.

Bilim berish xarakteridagi kitoblar maktabgacha yoshidagi bolalarga ma'lum darajada qiyinlik qiladi. Ularni o'qiyotganda illyustratsiyani ko'rsatib, yo'l-yo'lakay tushuntirib borish mumkin. Bolalarning hamma qolga n kitoblarning illyustratsiyalari bilan mashg'ulotga qadar tanishib olishlari uchun ularni oldinroq guruhga olib kiriladi. Bunda bolalarning badiiy idrok qilishlaridagi yaxlitlikni buzmaslik maqsadida rasmlar ko'rsatilmaydi. Kitobni o'qib bo'lgach, rasmlarni takroriy ko'zdan kechirishga o'tish mumkin.

Mashg'ulot oxirida kitobdagi illyustratsiyalarni ko'zdan kechirish hamisha bolalarning istagiga mos keladi, eng muhimi eshitgan tushunchani chuqurlashtiradi, hali noaniq bo'lgan joylarni aniqlab beradi, badiiy obrazlarni to'liqroq yoritadi. Lekin bunda illyustratsiyalarning katta-kichikligini hisobga olish zarur. Agar ular yetarli darajada katta bo'lsa, ularni bolalar jamoasi mashg'ulotda osongina ko'zdan kechiradi. Uncha katta bo'lmagan illyustratsiyalarni esa bolalarning kichik-kichik guruhlari mashg'ulotdan so'ng ko'zdan kechirganlari ma'qul. Agar ayrim so'zlar va iboralarni bilmaslik umuman asar mazmunini tushunib olishga to'sqinlik qilsa, bunday so'zlar oldindan tushuntirishni talab etadi. Bu ertaklarni idrok qilishga xalaqit berishi mumkin. Masalan, bolalarning xalq og'zaki ijodi janrlari, xususan, dostonga "Rustamxon", "Alpomish" dostonlaridan parcha o'qib berilganda ularda ifoda etilgan chuqur ma'nolarni tushuna borishlariga erishish. Dostonlarning asosiy mazmunini o'zlashtirishga yordam berishda illyustratsiyadan foydalanish mumkin.

Mashg'ulot boshlangan vaqtdayoq bolalarning diqqatini jalb etish juda muhim. Bunga ogohlantirish, po'pisa qilish( «Eshitinglar, keyin sizlardan so'rayman») bilan emas, balki qiziqarli muqaddima so'zi, muqaddima suhbati bilan erishish mumkin. Chunki ularda kitob mazmuniga qarab yorqin surat, topishmoq, bolalar tajribasidan va hokazolardan foydalansa bo'ladi.

Axloqiy-estetik va bilish mazmuniga ega bo'lgan kitoblarni o'qib berishda puxta tayyorgarlik talab qilinadi. Axloqiy-estetik mazmundagi kitoblar bolalarda axloqiy sifatlar, xulq-atvorlarning ijobiy sifatlarini tarkib toptirishga yordam beradi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlari ta'lim tizimining eng asosiy va zarur bo'lgan ajralmas bo'lagi hisoblanadi. MTTda bola har tomonlama maktab

ta'limiga tayyorlanadi. Bu jarayonda bolalarning nutqini rivojlantirish eng asosiy ish hisoblanadi.

Tahlil va natijalar (Analysis and results) Maktabgacha yoshdagi bola nutqini rivojlantirishning asosiy vazifasi bola tomonidan ona tilining har bir yosh bosqichi uchun belgilangan normalari va qoidalarini o'zlashtirilishi hamda uning kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirishdan iboratdir.

Bolaning til tizimini egallash borasidagi barcha yutuqlarini muloqotni ta'minlovchi mazmunli, keng yoyilgan fikr sifatida qaraladigan ravon nutq o'z ichiga oladi. U mazmunliligi, mantiqliligi va izchilligi bilan ajralib turadi. Ravon nutq bola til boyligini qanchalik o'zlashtirganligining ko'rsatkichi hisoblanadi, u

Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations) Hozirgi kunda maktabgacha ta'lim tashkilotlari ta'lim tizimining eng asosiy va zarur bo'lgan ajralmas bir bo'lagi ekanligi tushunib yetildi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bola har tomonlama maktab ta'limiga tayyorlanadi. Mashg'ulotlar jarayonida mantiqan fikrlash va tafakkurini rivojlantirish orqali bolalarni maktabga tayyorlash, ularning so'z boyligi oshishi, ravon gapirishi va o'z fikrini to'liq ifoda etib, aytib bera olishi juda muhim. Shu sababli maktabgacha ta'lim tashkilotlarida o'tiladigan mashg'ulotlar orasida nutq o'stirish mashg'uloti eng asosiy mashg'ulotlardan hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Sh.Mirziyoev. "Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz". Toshkent -"O'zbekiston" - 2016.56

2. Sh.Mirziyoev. "Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz" . Toshkent -"O'zbekiston" -2016.488 b..

3. Sh.Mirziyoev. "Qonun ustuvorligi va inson manfaatlari ta'minlash - yurt taraqqiyoti va xalq faravonligining garovi" . "Toshkent" -2016.488 b.

4. Sh.Mirziyoev. "Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik -har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak " . Toshkent -"O'zbekiston" -2017.104 b.

4. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi. O'zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni.

5. T. Javliyev. An'analar — hayot sabog'i. - T., „O'zbekiston", 2012.

6. A. Avloniy. Turkiy Guliston yohud axloq. - T., „O'qituvchi", 2002.

7. U. Mahkamov. Axloq-odob saboqlari. - T., „Fan", 2015.

8. O. To'raeva. Odobnoma. - T., „O'qituvchi", 2005.

9. J. Yo'ldoshev. Ta'limimiz istiqboli yo'lida. - T., „Sharq", 2016.

10. J. G'. Yo'ldoshev. O'quvchi ma'naviyatini shakllantirish (qo'llanma).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.