Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA BOLALARGA TA’LIM BERISHNING O’ZIGA HOSLIGI'

MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA BOLALARGA TA’LIM BERISHNING O’ZIGA HOSLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1748
114
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
TA'LIM / TARBIYACHI / TA'LIM SAMARADORLIGI / BOLA TARBIYASI / INNOVATSIYA / PEDAGOGIK MAHORAT

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Қипчақова Ё., Холматова Д.

Maqolada maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyachining vazifasi va bolalarga ta’lim berishning o’ziga hos jihatlari tadqiq etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHARACTERISTICS OF EDUCATION OF CHILDREN IN PRESCHOOL EDUCATIONAL INSTITUTIONS

The article examines the role of educators in preschool education and the specifics of educating children.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA BOLALARGA TA’LIM BERISHNING O’ZIGA HOSLIGI»

UDK 37.02

Кипчацова Ё.

уцитувчи Холматова Д. талаба

Фаргона давлат университеты Узбекистон, Фаргона шахри

MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARIDA BOLALARGA TA'LIM BERISHNING O'ZIGA HOSLIGI

Annotatsiya: Maqolada maktabgacha ta'lim muassasalarida tarbiyachining vazifasi va bolalarga ta'lim berishning o'ziga hos jihatlari tadqiq etilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim, tarbiyachi, ta'lim samaradorligi, bola tarbiyasi, innovatsiya, pedagogik mahorat.

Kipchakova Yo.

lecturer Kholmatova D. student

Fergana state university Uzbekistan, Fergana city

CHARACTERISTICS OF EDUCATION OF CHILDREN IN PRESCHOOL EDUCATIONAL INSTITUTIONS

Annotation: The article examines the role of educators in preschool education and the specifics of educating children.

Keywords: education, educator, educational effectiveness, child rearing, innovation, pedagogical skills.

Ma'lumki, ta'limdan asosiy maqsad bolalarga bilim berishgina emas, balki bilim olish yo'llarini o'rgatish, ularni ta'lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirish demakdir. Yangicha ijtimoiy, iqtisodiy sharoitda bosЫang'ich ta'limda o'qitish tizimini takomillashtirish, darslarni jahon andozalariga mos ravishda tashkil qilish o'quvchi faolligini oshiradigan muhim omillardan hisoblanadi. Ta'lim - maktabgacha yoshdagi bolaning bilish kobiliyatlarining muntazam - rejali ravishda rivojlantirib borish, MTMning talim- tarbiya dasturida belgilangan eng oddiy bilimlar sistemasi bilan qurollantirish, malaka va ko'nikmalarni shakllantirishdan iborat. Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarga akliy tarbiya berishda ta'lim etakchi rol o'ynaydi. Ta'lim - bolalarga izchillik bilan bilim berishni, bu bilimlarni aniqlash va

sistemalashtirishni, bilish jarayonlarini, tafakkur faolligini rivojlantirishni nazarda tutadi. MTMda bolalarga madaniy - gigienik ko'nikmalar, asosiy harakatlar o'rgatiladi, ular madaniy ahloqiy qoidalarini o'zlashtirib oladilar.

Talim jarayonida bolalarda o'quv faoliyatlari asoslari hosil qilinadi, ularni maktabda muvaffaqiyatli o'qish uchun muhim shart-sharoitlar yaratiladi. Talimni ikki yul bilan amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:

Birinchi yo'l - Bolalarni bilim, malaka, ko'nikmalarni kattalar bilan o'zaro munosabatda bo'lishi orqali egallab borishidir. Bu muomala mehnat faoliyati va shu kabilar bilan belgilanadi.

Ikkinchi yo'l - Maxsus tayyorgarligi bor kishi-larning maxsus o'quv muassasa-larida bolalarni kerakli bilim, malaka, kunikmalardan rejali ravishda xabardor bo'lib borishidir. Bunday yo'l bilan talim berishdan maqsad yosh av -lodni zamonaviy ishlab chiqa-rishda, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotida faol qatnashtirish uchun zarur bulgan fan yutuqlari bilan tanishtirishdir.

Bolalarga talim berish jarayonida tarbiyachi har xil metodlardan, usullardan foydalanish:

Kuzatish metodi. Bolalarni tevarak atrof bilan tanishtirish imkonini beradi. Bunda bolalar ko'rish, eshitish, sezish idroklari orqali bilimlarni egallash imkoniyatiga ega bo'ladilar. Bu esa asosan yangi bilim berishda qo'llaniladi. Kuzatish - bolalarning narsa, voqealarning malum maqsadi bilan rejali idrok etishidir. Kuzatish metodi malum ob'ektlarni kuzatishda etakchi o'rinni egallaydi.

Namoyish etish metodi. Bu metod tarbiyachi bolalarga narsani o'zini yoki tasvirini ko'rsatadi. Bu bevosita ko'rib bo'lmaydigan narsalar (boshqa tabiy zonadagi hayvonlar, o'simliklar, kishilar hayoti bilan) qo'llaniladi. Hikoya qilib berish - materialni aniq, obrazli, tasirchan bayon qilish. O'rta guruhdan boshlab badiiy asarlarni ifodali o'qib berish.

Suhbat metodi. 3-4 yoshli bolalar bilan o'tkazilmaydi. 4-5 yoshli bolalar bilan ham qisqa suhbat o'tkaziladi. 6 yoshdani boshlab suhbat mustaqil mashg'ulot sifatida o'tkaziladi.

Talim shakli bolalar soni, pedagog va bolalar o'rtasidagi o'zaro tasir xususiyatiga, o'tkazish joyiga shuningdek kun tartibida egallagan o'rniga qarab bir-biridan farq qiladi.

Maktabgacha talim muassasasida talimning frontal (umumiy), jamoaviy va yakka tartibdagi shakllaridan foydalaniladi. Bundan tashqari, bolalarga talim berish ishlari ekskursiya, didaktik o'yinlar orqali, kun davomida bolalarning mashg'ulotdan tashqari har xil faoliyatlarida, ularning o'yinlariga rahbarlik qilish jarayonida amalga oshirilib boriladi.

Mashg'ulot bolalarni maktabga tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Mashg'ulot orqali bolalar o'quv malakasini egallab oladilar. Ularda barqaror diqqat, irodani, diqqatni jalb eta olish kabi qobiliyatlar rivojlanadi. Izchillik bilan talim berish natijasida bilimga qiziqishlar rivojlana boradi.

Bolalarga bilim berishning jamoa usulida olib borish katta ahamiyatga ega: birgalikdagi faoliyatda bolalar bir-birlariga faol tasir etishadi, o'z tashabbusi, topog'onligini namoyon qilish imkoniyati tug'iladi. Bolalar oldiga umumiy zo'r berishning talab etuvchi vazifa qo'yilganda birgalikda qayg'urishadi, jamoatchilik xissi shakllanadi. Ekskursiyalar, rasm qirqib yopishtirish, qurish yasash ishlarini birgalikda bajarish, umumiy raqs-o'yinlarini ijro etish, badiiy asarlarni eshitish, o'qishda paydo bo'lgan birgalikdagi kechinmalar bolalarning birlashgan do'stona jamoasini yaratishga yordam beradi. Mashg'ulotda talim berish orqali bolalarda maktabdagi o'qishga qiziqish tarbiyalanadi, javobgarlik xissi, o'zini tuta olish, mehnat qilishga intilish odati, topshirilgan ishni bajarish kabi to'g'ri sifatlar hosil qilinadi.

Bolalarni maktab taTimiga ruhiy jihatdan tayyorlashni ularning boshlang'ich sinflarda dastur materialni yaxshi o'zlashtirib olishlarini taminlovchi bilim va malakalar mashg'ulotlar jarayonida xosil qilinadi. Mashg'ulotlarda bolalarda mustaqil fikr yuritish, malakasi tarkib toptiriladi, tarbiyachilarga quloq solish, ularning fikriga ergashish, hikoya qilinayotgan hikoyalardan voqeadagi asosiy g'oyalarni ajrata olish, qisqacha umumlashtirish kabi malakalarni rivojlantirishga katta e'tibor beriladi.

Mashg'ulotda tarbiya vazifalari xal etiladi. Mashg'ulot bolalarning yosh va o'ziga xos xususiyatlarini e'tiborga olib malum izchillikda olib boriladi. Maktabgacha talim muassasasi talim-tarbiya dasturida har bir yosh guruhda hafta davomida o'tkaziladigan mashg'ulotlar soni va vaqti belgilab qo'yilgan.

1. Bolalarga yangi bilim beruvchi mashg'ulotlarning o'tkazishdan maqsad - ularning yangi bilimlardan xabardor qilish, tevarak-atrofdagi narsa va buyumlar, voqealar to'g'risidagi bilimlarini aniqlash va kengaytirishdir.

2. Bolalarning to'plagan bilim va tajribalarini mustahkamlovchi va sistemaga soluvchi mashg'ulotlar. Undan ko'zlangan asosiy maqsad idrok etilgan narsalarning anglab olish va dastlabki umumlashtirishga o'rgatishdir. Bunday mashg'ulotni o'tkazish orqali tarbiyachi bolalar nimani yaxshi o'zlashtirib olgan-u, nima yaxshi o'zlashtirilmaganini bilib oladi.

3. Bolalarning bilimini sinovchi mashg'ulotlar. Bunday mashg'ulotlardan maqsad tarbiyachi bolalar dastur bo'yicha o'zlashtirilishi lozim bo'lgan bilim va malakalarni o'zlashtirib oladilarmi-yo'qmi, shuni bilib oladi va o'zini bo'lajak ish mazmuni, metodini belgilaydi. Mashg'ulotning tarbiyachi o'z xohishi bilan kvartal, yarim yil va yilning oxirida, shuningdek mudira va metodistning iltimosiga binoan o'tkazishi mumkin.

Xulosa. Maktabgacha ta'lim muassasalarida tasviriy faoliyat, konstruktsiyalash, tevarak-atrofdagi ijtimoiy hayot va tabiat bilan tanishtirish, nutqni o'stirish, savod o'rgatish, eng oddiy matematik tasavvurlarni rivojlantirish, musiqa va jismoniy tarbiya mashg'ulotlari o'tkaziladi.

Adabiyotlar:

1. Kipchakova, Y. (2021). METHODOLOGICAL AND DIDACTIC ASPECTS OF INFORMATION AND INTELLECTUAL CULTURE IN THE

EDUCATION OF A DEVELOPED GENERATION. Экономика и социум, (61), 156-159.

2. Рафикова, Д. К., & Каримова, Г. Й. (2020). ЁШЛАРНИ ИЖТИМОИЙ ФАОЛЛИГИНИ ОШИРИШДА КАДРИЯТЛАРНИНГ АДАМИЯТИ. ПЕРЕКРЁСТОК КУЛЬТУРЫ,, 2(1).

3. Кипчакова, Ё., Соибжонова, Ш., & Абдукаюмова, С. (2021). МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ЖАРАЁНИДА СОЕЛОМ ТУРМУШ ТАРЗИНИ ШАКЛЛАНТИРИШНИНГ АДАМИЯТИ. Студенческий вестник, (22-7), 11-12.

4. Karimov, U. U., & Karimova, G. Y. (2021). THE IMPORTANCE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN ACHIEVING EDUCATIONAL EFFECTIVENESS. Журнал естественных наук, 7(1).

5. Джалолова, М., Рахманова, Э. Ю., & Косимова, Х. Н. (2021). ВОСПИТАНИЕ СЕНСОРНОГО ВОСПРИЯТИЯ У ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА. Scientific progress, 7(6).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.