Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALAR NUTQINI O‘STIRISHDA KOMUNIKATIV MULOQOT O‘RNI'

MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALAR NUTQINI O‘STIRISHDA KOMUNIKATIV MULOQOT O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3439
327
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
MAKTABGACHA TA'LIM / MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASASI / PEDAGOG / TARBIYALANUVCHI / KOMMUNIKATIV MULOQOT / SUHBAT

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ergasheva G.B., Shodiyeva U.Sh.

Maqolada maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarni atrofdagi kishilar bilan o‘zaro muloqotga tayyorlash metod va usullari haqida fikr munosabatlar bildirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF COMMUNICATION IN PRESCHOOL CHILDREN'S SPEECH

The methods and ways of using interaction patterns with the kindergarden children are given in this article.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALAR NUTQINI O‘STIRISHDA KOMUNIKATIV MULOQOT O‘RNI»

Ergasheva G.B.

Maktabgacha ta'lim kafedrasi o'qituvchisi

Shodiyeva U.Sh.

Boshlang'ich ta'lim va sport tatbiyaviy ishyo'nalishi talabasi

MAKTABGACHA TA'LIM YOSHIDAGI BOLALAR NUTQINI O'STIRISHDA KOMUNIKATIV MULOQOT O'RNI

Annotatsiya: Maqolada maktabgacha ta 'lim muassasasida bolalarni atrofdagi kishilar bilan o'zaro muloqotga tayyorlash metod va usullari haqida fikr munosabatlar bildirilgan.

Kalit so'zlar: maktabgacha ta'lim, maktabgacha ta'lim muassasasi, pedagog, tarbiyalanuvchi, kommunikativ muloqot, suhbat.

Ergasheva G.B. lecturer

department of preschool education Shodiyeva U.Sh.

student

primary education and sports

THE ROLE OF COMMUNICATION IN PRESCHOOL CHILDREN'S

SPEECH

Аннотация: The methods and ways of using interaction patterns with the kindergarden children are given in this article.

Key words: kindergarden, conversation, communicative meeting, educator(teacher).

Maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirish davlat siyosati darajasida ko'tarilgan ulug'vor vazifalaridan biridir. Bu tizimning asosiy maqsadi bolalarni sog'lom va rivojlangan shaxs bo'lib shakllanishini ta'minlash, erta yoshlikdan o'qishga bo'lgan ishtiyoqini uyg'otib, tizimli o'qishga tayyyorlab borishdan iborat. TMM ning asosiy maqsadi bolalarni maktabdagi o'qishga tayyorlash barkamol rivojlangan mustaqil shaxs bo'lib shakllantirish va qobiliyatlarni ochib berish tizimli ta'limga bo'lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir. Bundan tashqari Prezidentimiz bu haqda shunday degan edi: "Oldimizda turgan eng muhim va dolzarb masalalardan biri yuksak ma'naviyatli, zamonaviy bilim va kasb -hunarlarga, o'z mustaqil fikriga ega bo'lgan yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iborat"

Maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarni har tomonlama, ya'ni jismoniy, aqliy, axloqiy, estetik tomondan tarbiyalashdek, maqsadni o'z oldiga qo'ygan. Bu maqsad esa, bolalarga ona tilini o'rgatish jarayonida amalga

oshiriladi. Bog'chada og'zaki nutqni o'stirish natijasida bola aqlan rivojlanib, uning umumiy madaniy saviyasi oshadi. U tevarak-atrofdagi voqea-hodisalar, tabiat va jamiyat qonuniyatlarini tushunib boradi. Bolada nutqning rivojlanishi uning ruhiy jihatdan ham takomillashib borishiga yordam beradi.

Bola tashqi dunyoni xotira, tasavvur, xayol, tafakkur kabi ruhiy jarayonlar yordamida, shuningdek, nutq yordamida bilib olish qobiliyatiga ega. Ammo, bolalardagi intellekt, ya'ni ruhiy jarayonlar (xotira, tasavvur, xayol, tafakkur va hokazo) shunchaki bola organizimining o'sib borishi va takomillashishi bilangina paydo bo'lmay, balki nutqining rivojlanishi bilan paydo bo'ladi va takomillashadi.

Agar bola kichik yoshidan boshlab to'g'ri gapirishga (so'zlashishga) o'rgatib borilsa, u vaqtda bunday bola meyoriy holatda rivojlanadi, ya'n i avval tasavvur etish, keyin esa fikr yuritish, xayol qilish qobiliyati paydo bo'ladi va bu qobiliyat har bir yosh bosqichida takomillashib boradi. Bolalarda intellekt bilan barobar ravishda iroda kabi ruhiy jarayon ham takomillashib boradi.

Ko'pgina tajribalar shuni ko'rsatadiki, nutqi rivojlanmagan bola to'liq shaxs sifatida kamol topmaydi. Demak, tarbiyachi har doim shuni esda tutishi kerakki, nutq bu maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda barcha ruhiy jarayonlar rivojlanishiga ko'maklashuvchi vositadir. Bolaga ona tilini o'rgatish bilan bir vaqtda, uni maktabda muvaffaqiyatli o'qishi uchun zamin tayyorlanadi, mehnat faoliyatiga ijodiy yondashishga o'rgatiladi. Bolalar bog'chasining barcha tarbiyaviy-ta'limiy ishlarida bolalarga ona tilini o'rgatish orqali ularning nutqi o'stiriladi. Ayniqsa, nutq o'stirish mashg'ulotlarida har bir bolaning nutqiniostirish bo'yicha ishlar rejalashtiriladi. Bolalarga barcha mashg'ulotlarning mazmuni faqat ona tili orqali singdiriladi.

So'z boyligi barcha mashg'ulotlarda beriladigan bilimlarni tez va puxta o'zlashtirib olish va bu bilim, tushunchalarni nutq orqaliifodalash imkonini beradi. Bu o'z navbatida bola kamoloti uchun ham keng yo'l ochadi. Bilimlarni puxta egallashga, uni sekin hayotga tatbiq etishga ham o'rgatadi. Ona tili aqliy tarbiyaning manbai va vositasi hamdir.

Ona tili bolalarda vatanparvarlik, baynalmilal tuyg'ularni o'stirib borishda, bolalarning madaniy saviyalarini oshirib borishda qudratli vosita bo'lib xizmat qiladi. Demak, ona tili bolalarni axloqiy t omondan tarbiyalash vositasidir.

Bola kuzatish va nutq orqali dunyoni, borliqni bilib oladi: tevarak-atrofdagi narsa va buyumlarning, voqea va hodisalarning nomini, sifatlari va belgilarini, xususiyatlarini, o'xshash va farqli tomonlarini aytishga o'rgana di.

Ona tili orqali bolalar o'z ajdodlarining tarixini, madaniyatini, qadriyatlarini, urf-odatlarini bilib oladilar, xalq og'zakiijodiyoti, badiiy adabiyot, san'at bilan tanishadilar.

1 yoshdan 3 yoshgacha bo'lgan bolalar nutqinio'stirishga doir mashg'ulotlarni didaktik o'yinlar, ermak o'yinlar, sahna ko'rinishlari shaklida o'tkazish tavsiya qilinadi. Ular nafaqat ko'ngilochar tusga, albatta, ta'lim tusiga

ega bo'lishi lozim.3 yoshdan 5 yoshgacha bo'lgan bolalar nutqinio'stirishemotsional tusga ega bo'lishi lozim. Bunda ko'rgazmaviylik, o'yin usullari va didaktik o'yinlarni keng qo'llash zarur. 5 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalar nutqiniostirishga doir mashg'ulotlar muayyan vazifaga ega -ya'ni, u bolalarni maktabda o'qishga tayyorlashni ko'zda tutadi.

Mashg'ulotlarda pedagog nutqiy vazifalardan tashqari o'quv faoliyatini yo'lga qo'yish qobiliyatini shakllantirish (diqqat-e'tiborli bo'lish, pedagog topshirig'ini tinglash, tushunish va uni aniq bajarish, bolalar jamoasi oldida fikr yurita bilish, tengdoshining javobiga baho bera olish va h.k.) vazifasini ham bajaradi.

To'g'ri ta'lim berilgan taqdirda yetti yoshga kelib bola og'zaki nutqniegallaydi hamda:

S katta yoshli, yaqinlari va tengdoshlari bilan erkin muloqotga kirisha

oladi;

S dialogda tashabbus ko'rsatib fikr bildiradi, suhbatdoshie'tiborini o'ziga jalb qilish, unga so'z, harakat va so'zsiz usullar bilan javob bera olishni biladi;

S fikrlarini to'liq va noto'liq oddiy gaplar, qisqa matnlar shaklida ifodalay oladi;

S tanish ertaklarni hikoya qilib berish, multfilmlar, kitoblar mazmunini aytib berish hamda biron-bir voqeani to'qib chiqarishga qiziqa boshlaydi;

S fikr bildirishlarda nutqning turli qismlarida tashbehlar, qiyoslashlar va sinonimlarni qo'llaydi;

S nutqqa tanqidiy munosabat bildira boshlaydi, grammatik jihatdan to'g'ri so'zlashga intiladi, shu tufayli so'z to'qish barham topadi, agrammatizmlar soni kamayadi;

S ona tilidagi barcha tovushlarni to'g'ri talaffuz etadi.

Shunday qilib, ona tili maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni ruhiy jihatdan ostirishda, ularning madaniy saviyasini oshirishda, tevarak-atrofdagi voqea-hodisalar, tabiat va jamiyat qonuniyatlarini tushunib olishlarida, maktabda muvaffaqiyatli o'qishlari uchun zamin yaratishda, mehnat faoliyatiga ijodiy yondashishga o'rgatishda, aqliy va axloqiy tarbiyani amalga oshirishda, dunyoni, borliqni bilib olishda, xalqimiz madaniy merosini o'rganishlarida asosiy vosita bo'lib xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Baxtiyorovna E. G. Factors that Increase Lesson Effectiveness in Primary Education //EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION. - 2022. - Т. 2. - №. 2. - С. 231-235.

2. Ergasheva G. Личностное отношение-условие учебной и професиональной деятельности учителья //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2021. - Т. 5. - №. 5.

3. Ergasheva G. B. ZAMONAVIY JAMIYATDA FAN VA TA'LIMNING RIVOJLANISHIDA INNOVATSION PEDAGOGIK

TEXNOLOGIYALARNING O'RNI //Scientific progress. - 2021. - Т. 2. - №. 7. - С. 969-974.

4. Ergasheva G. B., Tohirova S. MUSTAQILLIK NE'MATIGA SHUKRONA QILISH VA UNING MUSTAHKAMLIGINI SHAQLASH //Scientific progress. - 2021. - Т. 2. - №. 7. - С. 1196-1200.

5. Ergasheva G. НЕКОТОРЫЕ ВОПРОСЫ ОБЕСПЕЧЕНИЯ ВЗАИМОСВЯЗИ МЕТОДОВ И СРЕДСТВ ОБУЧЕНИЯ В УЧЕБНОМ ПРОЦЕССЕ //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

6. Ergasheva G. MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA TADBIRLARI TO'G'RISIDA //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

7. Ergasheva G. ДИДАКТИЧЕСКИЕ ТРЕБОВАНИЯ К ЗАНЯТИЯМ МАТЕМАТИКОЙ В ДОШКОЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

8. Эргашева Г. Б., Раджабова И. Х. ДИДАКТИЧЕСКИЕ ТРЕБОВАНИЯ К ЗАНЯТИЯМ МАТЕМАТИКОЙ В ДОШКОЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ //Проблемы педагогики. - 2020. - №. 6 (51).

9. Эргашева Г. Б., Хожиева М. У. Одаренность детей дошкольного возраста //Вестник магистратуры. - 2020. - №. 1-5. - С. 31.

10. Эргашева Г. Б., Рахматова Г. Б. К. Некоторые вопросы обеспечения взаимосвязи методов и средств обучения в учебном процессе //Проблемы педагогики. - 2020. - №. 1 (46).

11. Эргашева Г. Б., Ахмедова Н. М. Беседа как метод формирования диалогической речи для детей дошкольного возраста //Вестник магистратуры. - 2019. - №. 11-2 (98). - С. 76-77.

12. Эргашева Г. Б. Использование интегрированных технологий в высшем образовании //Вестник магистратуры. - 2019. - №. 4-3 (91). - С. 74-75.

13. Алимов А. Т., Очилова М. О., Эргашева Г. Б. Особенности применения метода" изучение случаев" в обучении //Молодой ученый. - 2016. - №. 10. - С. 1163-1165.

14. Очилова М. О., Эргашева Г. Б. Основы организации самостоятельной работы учащихся //Молодой ученый. - 2014. - №. 8. - С. 852-854.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.