Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING SIFATLI MAKTABGACHA TA’LIM VA TARBIYA OLISHLARI UCHUN SHART-SHAROITLAR YARATISH MASALALARI'

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING SIFATLI MAKTABGACHA TA’LIM VA TARBIYA OLISHLARI UCHUN SHART-SHAROITLAR YARATISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
81
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Davletiyarova Gulnaz Baxtiyarovna

Yosh avlodga ta’lim va tarbiya berish uzluksiz ta’lim tizimining boshlangich bo‘g‘ini bo‘lgan maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan boshlanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalga oshiriladigan ta’lim va tarbiya ishini davr talabi darajasida olib borish maqsadida mamlakatimizda maktabgacha ta’lim sohasida keng ko‘lamli ishlar, islohotlar amalga oshirilmoqdaki, bu o‘z navbatida maktabgacha yoshdagi bolalarning sifatli maktabgacha ta’lim va tarbiya olishlari uchun shart-sharoitlar yaratishni asosiy vazifa qilib qo‘ygan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING SIFATLI MAKTABGACHA TA’LIM VA TARBIYA OLISHLARI UCHUN SHART-SHAROITLAR YARATISH MASALALARI»

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING SIFATLI MAKTABGACHA TA'LIM VA TARBIYA OLISHLARI UCHUN SHART-SHAROITLAR YARATISH MASALALARI

Davletiyarova Gulnaz Baxtiyarovna

Nukus shaxri 41-MTT derektori https://doi.org/10.5281/zenodo.11234397

Yosh avlodga ta'lim va tarbiya berish uzluksiz ta'lim tizimining boshlangich bo'g'ini bo'lgan maktabgacha ta'lim tashkilotlaridan boshlanadi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida amalga oshiriladigan ta'lim va tarbiya ishini davr talabi darajasida olib borish maqsadida mamlakatimizda maktabgacha ta'lim sohasida keng ko'lamli ishlar, islohotlar amalga oshirilmoqdaki, bu o'z navbatida maktabgacha yoshdagi bolalarning sifatli maktabgacha ta'lim va tarbiya olishlari uchun shart-sharoitlar yaratishni asosiy vazifa qilib qo'ygan.

Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog'ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha bir qancha qaror va farmonlar qabul qilindi. Bu kabi qonun xujjatlarida maktabgacha ta'limning asosiy maqsadli vazifalari va yo'nalishlari, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish belgilangan.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning sifatli maktabgacha ta'lim va tarbiya olishlari uchun o'quv-tarbiyaviy jarayonning maqsadi aniq belgilangan, unda bolalarda umumiy asosiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratishdan masalalari belgilangan. MTTning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:

• bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo'yilagan Davlat talablari asosida hamda MTT davlat o'quv dasturiga muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish

• maktabgacha yoshdagi bolalarning o'quv-tarbiyaviy faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish

• bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida ota-onalar va jamiyatga tegishli bilimlar berishni tashkil etish va amalga oshirish

• bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va jamiyat bilan o'zaro hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirish;

Ushbu maqsad va vazifalarni amalga oshirishda asosiy dastur qilib "Ilk qadam" Davlat o'quv dasturi belgilangan. "Ilk qadam" Davlat o'quv dasturi O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan me'yoriy-huquqiy hujjat bo'lib, unda maktabgacha ta'lim tashkilotlarining maqsad va vazifalari, o'quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g'oyalari ifodalangan, shuningdek, bolani ta'limning keyingi bosqichiga o'tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilangan. U maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik-fiziologik va o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan xolda ularni har tomonlama kamol toptirishni ko'zda tutadi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berishda kompetensiyaviy yondashuv o'sib borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda hayotiy muhim masalalarni hal qilish uchun

zarur bo'lgan axloqiy me'yor va qadriyatlarni o'zlashtirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish, «Men» obrazini qurish bilan bog'liq bo'lgan faoliyat usullarini shakllantirishga tayyorgarlikni ko'zda tutadi. Boshlang'ich muhim kompetensiyalar bolaning faoliyat va axloq sub'ekti sifatidagi yaxlit rivojlanishini talab etadi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiyani pedagoglar amalga oshiradi. Ular pedagogik jarayonda markaziy o'rinni egallaydi. Shuning uchun tarbiyachi o'z sohasini chuqur bilishi, har xil metodik vositalarni yaxshi egallagan, puxta pedagogik psixologik tayyorgarlikka ega bo'lishi kerak. Bundan tashqari maktabgacha tarbiya pedagogikasi fanining nazariy asoslari bilan kurollanishlari, tarbiya va ta'lim berishning innovatsion texnologiyalari bilishi kerak.

Ta'lim va tarbiyaviy jarayon guruhning kundalik ish tartibiga tayanadi va unda pedagog tomonidan rejalashtirilgan kundalik harakatlar, bolalar o'yinlari, bo'sh vaqt va ta'lim va tarbiyaviy faoliyat turlari navbatma-navbat amalga oshiriladi. Ta'lim va tarbiyaviy jarayon ta'lim va ijtimoiy ehtiyojlar (salomatlik, ovqatlanish va xavfsizlik)ni qondirish maqsadida bolaning yoshi va o'ziga xos rivojlanishiga asoslanuvchi o'quv rejaga muvofiq olib boriladi. Ta'lim va tarbiyaviy jarayon bola hayoti va uning atrofidagi muhitdan kelib chiquvchi yagona bir butun mavzuga birlashtiriladi. Ta'lim va tarbiyaviy jarayonni rejalashtirish ta'lim sharoitlariga bog'liq holda integratsiya, xilma-xillik va moslashuvchanlik tamoyillaridan tarkib topadi.

Ta'lim va tarbiyaviy jarayon guruhning kundalik ish tartibiga tayanadi va unda pedagog tomonidan rejalashtirilgan kundalik harakatlar, bolalar o'yinlari, bo'sh vaqt va ta'lim va tarbiyaviy faoliyat turlari navbatma-navbat amalga oshiriladi. Ta'lim va tarbiyaviy jarayon ta'lim va ijtimoiy ehtiyojlar (salomatlik, ovqatlanish va xavfsizlik)ni qondirish maqsadida bolaning yoshi va o'ziga xos rivojlanishiga asoslanuvchi o'quv rejaga muvofiq olib boriladi. Ta'lim va tarbiyaviy jarayon bola hayoti va uning atrofidagi muhitdan kelib chiquvchi yagona bir butun mavzuga birlashtiriladi. Ta'lim va tarbiyaviy jarayonni rejalashtirish ta'lim sharoitlariga bog'liq holda integratsiya, xilma-xillik va moslashuvchanlik tamoyillaridan tarkib topadi.

Ta'lim va tarbiyaviy jarayon guruhning kundalik ish tartibiga tayanadi va unda pedagog tomonidan rejalashtirilgan kundalik harakatlar, bolalar o'yinlari, bo'sh vaqt va o'quv-tarbiyaviy faoliyat turlari navbatma-navbat amalga oshiriladi. Ta'lim va tarbiyaviy jarayon ta'lim va ijtimoiy ehtiyojlar (salomatlik, ovqatlanish va xavfsizlik)ni qondirish maqsadida bolaning yoshi va o'ziga xos rivojlanishiga asoslanuvchi o'quv rejaga muvofiq olib boriladi. Ta'lim va tarbiyaviy jarayon bola hayoti va uning atrofidagi muhitdan kelib chiquvchi yagona bir butun mavzuga birlashtiriladi. Ta'lim va tarbiyaviy jarayonni rejalashtirish ta'lim sharoitlariga bog'liq holda integratsiya, xilma-xillik va moslashuvchanlik tamoyillaridan tarkib topadi.

Demak, bolani tarbiyalashda, uning rivojlanishida faoliyat yetakchi rol uynaydi. Shuning uchun maktabgacha ta'lim tashkilotlarida va oilada bolaning xayotini u turli-tuman faoliyatlar bilan shug'ullana oladigan qilib tashkil etish kerak. Bunga, albatta, bolalar faoliyatining mazmunini boyitib borish, yangi bilim, malakalarni singdirish, mustakillikni rivojlantirish va shu kabilar bilan erishiladi.

Inson hayotida maktabgacha yosh, maktab yoshi davri xamda ijtimoiy stuklik katta yosh davri bo'ladi. Bu davrlardan xar biri ichida kiskaroq yosh boskichlari bo'lib, ular inson kamol topishining muayyan, o'ziga xos jixatlari bilan ajralib turadi. Maktabgacha yosh davrida bolalarda mustaqillik, hayotga moslashuvchanlik ancha o'sgan bo'ladi, shuning uchun bu yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan ta'lim-tarbiya ishlarini amalga oshirish usullari ham o'zgaradi. Maktabgacha yosh davrining oxiriga kelganda bolalarning rivojlanish darajalari ular bilan olib boriladigan ta'lim-tarbiya ishlarini birmuncha murakkablashtirishni takozo etadi. Talim-tarbiya ishining

vazifasi, mazmuni va metodini belgilash bolaning yosh boskichlariga asoslanadi. Yosh davrlari kishining rivojlanishidagi zarur boskichlardir.

Shaxsning har bir yosh bosqichiga xos bo'lgan sensor, aqliy, hissiy, irodaviy tomonlari bo'ladi, ular o'rtasidagi o'zaro tasir xam o'zgaradi, bunday o'zgarish umumiy rivojlanishga, xulkni boshqarishga ta'sir ko'rsatadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining 2019 yil 16 dekabrdagi O'RQ-595-son "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi Qonuni.

2. Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to' 'g'risida"gi 802-son qarori. T. 2020 y.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-son Farmoni.

4. "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi (takomillashtirilgan nashri) 2022 yil.

5. N.Muslimov, M.Usmonboyeva, D.Sayfurov, A.To'rayev "Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari". O'quv metodik qo'llanma - Toshkent, 2015y.

6. Valiyeva F.R. To Develop Professional Training of Professional Education Specialists by Ensuring //International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD) Special Issue on International Research Development and Scientific Excellence in Academic Life Available Online: www.ijtsrd.com e-ISSN: 2456 - 6470 2021/

7. Kalmuratov T.N. Davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini boshqarish funksiyalari. "Maktabgacha ta'lim sifatini oshirish muammolari va yechimlari" mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi.

8. Zaynutdinova M.B, Mavlonov N.Sh. Nutiqni tanishda ovozli interfeys texnologiyalaridan foydalaniladigan dasturiy maxsulotlar taxlili va istiqbollari, TATU Qarshi filiali Respublika ilmiy-amaliy koferensiya 20-21-aprel 2018-yil

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.