Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARIDA TARBIYALANUVCHILARNING SIFATLI TAʼLIM VA TARBIYA OLISHLARI UCHUN SHART-SHAROITLAR YARATISH'

MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARIDA TARBIYALANUVCHILARNING SIFATLI TAʼLIM VA TARBIYA OLISHLARI UCHUN SHART-SHAROITLAR YARATISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
60
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
maktabgacha taʼlim / rivojlanish markazi / zamonaviy usullar / bolalar rivojlanishi / muloqot / pedagog.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Xushshiyeva Nasiba Turdinazarovna

Maqolada maktabgacha taʼlim tashkilotlarida pedagogik jarayonni samarali tashkil etish boʻyicha fikr-mulohazalar yuritilgan. Shuningdek maqolada, maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik asoslari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARIDA TARBIYALANUVCHILARNING SIFATLI TAʼLIM VA TARBIYA OLISHLARI UCHUN SHART-SHAROITLAR YARATISH»

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA TARBIYALANUVCHILARNING SIFATLI TA'LIM VA TARBIYA OLISHLARI UCHUN SHART-SHAROITLAR

YARATISH

Xushshiyeva Nasiba Turdinazarovna

Surxondaryo viloyati, Termiz shahar, 9-sonli DMTT direktori https://doi.org/10.5281/zenodo.11229710

Annotatsiya. Maqoladamaktabgacha ta'lim tashkilotlaridapedagogikjarayonnisamarali tashkil etish bo'yicha fkr-mulohazalar yuritilgan. Shuningdek maqolada, maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik asoslari yoritilgan.

Kalit so'zlar: maktabgacha ta'lim, rivojlanish markazi, zamonaviy usullar, bolalar rivojlanishi, muloqot, pedagog.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida amalga oshiriladigan ta'lim va tarbiya ishini davr talabi darajasida olib borish maqsadida mamlakatimizda maktabgacha ta'lim sohasida keng ko'lamli ishlar, islohotlar amalga oshirilmoqdaki, bu o'z navbatida maktabgacha yoshdagi bolalarning sifatli maktabgacha ta'lim va tarbiya olishlari uchun shart-sharoitlar yaratishni asosiy vazifa qilib qo'ygan. Bu esa mamlakatimizda maktabgacha ta'lim va tarbiya sifatini oshirish yo'llarini jadal rivojlantirishni taqozo etadi. Me'yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq ta'lim siyosatining asosiy vazifasi - ta'limning fundamental xususiyatini saqlab qolish va hozirgi talablarga javob berish asosida yuqori sifatni ta'minlashda shaxs, jamiyat va davlatning kelajakdagi ehtiyojlarini qondirishdan iborat.

Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog'ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha bir qancha qaror va farmonlar qabul qilingan. Bu kabi qonun xujjatlarida maktabgacha ta'limning asosiy maqsadli vazifalari va yo'nalishlari, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish belgilangan.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning sifatli maktabgacha ta'lim va tarbiya olishlari uchun o'quv-tarbiyaviy jarayonning maqsadi aniq belgilangan, unda bolalarda umumiy asosiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratish masalalari belgilangan. MTTning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:

• bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo'yilagan Davlat talablari asosida hamda MTT davlat o'quv dasturiga muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

• maktabgacha yoshdagi bolalarning o'quv-tarbiyaviy faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish;

• bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida ota-onalar va jamiyatga tegishli bilimlar berishni tashkil etish va amalga oshirish;

• bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va jamiyat bilan o'zaro hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirish.

Ushbu maqsad va vazifalarni amalga oshirishda asosiy dastur qilib "Ilk qadam" Davlat o'quv dasturi belgilangan. "Ilk qadam" Davlat o'quv dasturi O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan me'yoriy-huquqiy hujjat bo'lib, unda maktabgacha ta'lim tashkilotlarining maqsad va vazifalari, o'quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g'oyalari ifodalangan, shuningdek, bolani ta'limning keyingi bosqichiga o'tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilangan. U maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik-fiziologik va o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ularni har tomonlama kamol toptirishni ko'zda tutadi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berishda kompetensiyaviy yondashuv o'sib borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda hayotiy muhim masalalarni hal qilish uchun zarur bo'lgan axloqiy me'yor va qadriyatlarni o'zlashtirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish, "Men" obrazini qurish bilan bog'liq bo'lgan faoliyat usullarini shakllantirishga tayyorgarlikni ko'zda tutadi. Boshlang'ich muhim kompetensiyalar bolaning faoliyat va axloq subyekti sifatidagi yaxlit rivojlanishini talab etadi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiyaviy jarayonlarni pedagoglar amalga oshiradi. Ular pedagogik jarayonda markaziy o'rinni egallaydi. Shuning uchun tarbiyachi o'z sohasini chuqur bilishi, har xil metodik vositalarni yaxshi egallagan, puxta pedagogik psixologik tayyorgarlikka ega bo'lishi kerak. Bundan tashqari maktabgacha ta'lim pedagogikasi fanining nazariy asoslari bilan qurollanishlari, tarbiya va ta'lim berishning innovatsion texnologiyalari bilishi kerak. Ta'lim va tarbiyaviy jarayon guruhning kundalik ish tartibiga tayanadi va unda pedagog tomonidan rejalashtirilgan kundalik harakatlar, bolalar o'yinlari, bo'sh vaqt, ta'lim va tarbiyaviy faoliyat turlari navbatma-navbat amalga oshiriladi. Ta'lim - tarbiyaviy jarayon ta'lim va ijtimoiy ehtiyojlar (salomatlik, ovqatlanish va xavfsizlik)ni qondirish maqsadida bolaning yoshi va o'ziga xos rivojlanishiga asoslanuvchi o'quv rejaga muvofiq olib boriladi. Ta'lim va tarbiyaviy jarayon bola hayoti va uning atrofidagi muhitdan kelib chiquvchi yagona bir butun mavzuga birlashtiriladi. Ta'lim va tarbiyaviy jarayonni rejalashtirish ta'lim sharoitlariga bog'liq holda integratsiya, xilma-xillik va moslashuvchanlik tamoyillari asosida tarkib topadi.

Bugungi kunda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida pedagogik jarayonni tashkil etishda rivojlantirish markazlaridan foydalanish masalasi asosiy masalalarning biriga aylangan. Bu esa barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlarida Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standarti va "Ilk qadam" davlat o'quv dasturini amalda qo'llash bilan bog'liqdir. Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachi-pedagogi rivojlanish sohasi kompetensiyalari mazmuni asosidagi o'quv-tarbiyaviy jarayonni "Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yilgan davlat talablari" asosida amalga oshiradi. Demak, bolani tarbiyalashda, uning rivojlanishida faoliyat turlari yetakchi rol uynaydi. Shuning uchun maktabgacha ta'lim tashkilotlarida va oilada bolaning hayotini u turli-tuman faoliyatlar bilan shug'ullana oladigan qilib tashkil etish kerak. Bunga, albatta, bolalar faoliyatining mazmunini boyitib borish, yangi bilim, malakalarni singdirish, mustaqillikni rivojlantirish va shu kabilar bilan erishiladi. Maktabgacha yosh davrida bolalarda mustaqillik, hayotga moslashuvchanlik ancha shakllanadi, shuning uchun bu yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan ta'lim-tarbiya ishlarini amalga oshirish usullari ham o'zgaradi. Talim-tarbiya ishining vazifasi, mazmuni va metodini belgilash bolaning yosh bosqichlariga asoslanadi. Yosh davrlari bolaning rivojlanishidagi zarur bosqichlardir.

Pedagog xodimlar ta'limni modernizatsiyalash va ta'lim siyosatini amalga oshirishda muhim rol o'ynaydi. Eng muhimi, sifatni oshirishdir — bu maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagoglarining kasbiy burchidir.

Maktabgacha ta'limning sifati ko'p jihatdan bolaning rivojlanish muhitiga bog'liq. Uni amalga oshirishning muvaffaqiyati shartlaridan biri bu maktabgacha ta'lim tashkilotida yaratilgan predmet makoni, maktabgacha ta'lim tashkilotining zamonaviy infratuzilmasidir. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim va tarbiya sifatini oshirish, zamonaviy talablarga javob beradigan predmetli-fazoviy muhitni modernizatsiya qilish maqsadga muvofiq.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 16-dekabrdagi O'RQ-595-son "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi Qonuni.

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to'g'risida" gi 802-sonli Qarori. https://lex.uz/docs.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-son Farmoni.

4. Grosheva I.V., Mirziyoeva Sh.Sh., Yevstafeva L.G., Maxmudova D.T., Nabixanova Sh.B., Pak S.V., Nazarova V.A., Isxakova M.R., Abdunazarova N.F. O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi (takomillashtirilgan ikkinchi nashr) Toshkent 2022-yil (o'zbek va rus tillarida).

5. Qodirova F.R. Maktabgacha pedagogika. Darslik. "TAFAKKUR" nashriyoti. Toshkent -2019. 683 b.

6. Valiyeva F.R. To Develop Professional Training of Professional Education Specialists by Ensuring //International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD) Special Issue on International Research Development and Scientific Excellence in Academic Life Available Online: www.ijtsrd.com e-ISSN: 2456 - 6470 2021/

7. Kalmuratov T.N. Davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini boshqarish funksiyalari. "Maktabgacha ta'lim sifatini oshirish muammolari va yechimlari" mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi.

8. Zaynutdinova M.B, Mavlonov N.Sh. Nutiqni tanishda ovozli interfeys texnologiyalaridan foydalaniladigan dasturiy maxsulotlar taxlili va istiqbollari, TATU Qarshi filiali Respublika ilmiy-amaliy koferensiya 20-21-aprel 2018-yil

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.