Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING INTELEKTUAL IMKONIYATLARINI SHAKLLANTIRISH YO`LLARI'

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING INTELEKTUAL IMKONIYATLARINI SHAKLLANTIRISH YO`LLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
shaxs / maktabgacha yoshdagi bola / aqliy / intellektual / tarbiyachi / yo`l / usul / xorij / tajriba / izlanish / ta`lim / tarbiya.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Tursunova Gulyora Xamitovna

Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsining intellektual salohiyatini rivojlantirishning ahamiyati, tarbiyachi tomonidan rivojlantirish yo`llari, bolalardagi intelektual qobiliyatlarni aniqlash usullari haqida ilmiy va amaliy tahlil asosida ma`lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING INTELEKTUAL IMKONIYATLARINI SHAKLLANTIRISH YO`LLARI»

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING INTELEKTUAL IMKONIYATLARINI SHAKLLANTIRISH

YOLLARI

Tursunova Gulyora Xamitovna

Farg'ona viloyati Uchko'prik tumani 37-DMTT tarbiyachisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11206187

Annotatsiya. Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsining intellektual salohiyatini rivojlantirishning ahamiyati, tarbiyachi tomonidan rivojlantirish yollari, bolalardagi intelektual qobiliyatlarni aniqlash usullari haqida ilmiy va amaliy tahlil asosida malumotlar berilgan.

Kalit so^zlar: shaxs, maktabgacha yoshdagi bola, aqliy, intellektual, tarbiyachi, yol, usul, xorij, tajriba, izlanish, talim, tarbiya.

Abstract. The article provides information on the basis of scientific and practical analysis on the importance of developing the intellectual potential of the personality ofpreschool children, ways of development by the educator, methods for determining intellectual abilities in children.

Keywords: personality, preschool child, mental, intellectual, educator, path, method, foreign, experience, research, education, upbringing.

Shaxsdagi intellektual zakovat yaxshi tashkil etilgan ta'lim-tarbiya jarayonidagina uyg'onishi, taraqqiy etishi va shaxs kamolotini ta'minlashi mumkin. Shuning uchun bolaning intellektual salohiyatini rivojlantirishda maktabgacha ta'limning o'rni beqiyosdir. Bu narsa maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi tarbiyachilar zimmasiga mas'uliyatli vazifalarni yuklaydi. Bular:

- Qaysi bola nimaga qiziqadi va u nimaga qodir?

- Bu bola nega uyatchan, tortinchoq, u nimaga qiziqadi?

Tarbiyachi ushbu savollarga javob topishi kerak.

Shuning uchun tarbiyachilar maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda bolalarning ehtiyojlari o'rganilib, imkoniyatlari hisobga olingan holda qobiliyatini rivojlantirish choralari belgilansa, shaxsdagi intelektual imkoniyatlar to'liq namoyon boladi.

Mustaqillikning ilk davrlarigacha qo'llanilib kelgan "Maktabgacha ta'lim tizimidagi ta'lim-tarbiya dasturida" bolalarning qobiliyat va intelektual imkoniyatlarini hisobga olish darajasi cheklangan edi.

Hozirgi kunda maktabgacha tarbiya tashkilotlari amal qilayotgan "Ilk qadam" Davlat o'quv dasturi esa bu kamchiliklarga chek qo'ydi desak bo'ladi. Ya'ni unga berilgan e'tibor bolalarni jismonan, ham ma'nan va aqlan tarbiyalash zarur - degan maqsadi dunyo bo'yicha tan olingan "UNICEF" bolalar jamg'armasining "Har bir bola uchun salomatlik, ta'lim, tenglik, himoya yuksak imkoniyatlik yo'lida" degan bosh shioriga mos keladi.

Bolalarning intelektual salohiyatini o'rganishda tarbiyachi va ota-onalar bilishi kerak bo'lgan

jihatlar:

- Har bir shaxs o'ziga xoslikka ega.

- Bolalarning qobiliyati, ehtiyoji va intelektual imkoniyatlari bir xil emas.

Ulardagi ehtiyoj, qobiliyat va imkoniyatlar o'rganilib, uning rivojlanishga

tomon qilingan astoydil xarakat samarali natija beradi. Bolaning imkoniyatlaridan ortiq (ya'ni, qobiliyat, ehtiyoj hisobiga olinmay) qilingan harakat quyidagi hollarga olib kelishi mumkin:

a) bola, mashg'ulotlardan zerikadi;

b) o'qishga bo'lgan qiziqishi susayadi;

v) o'ziga ishonmay qo'yadi;

g) inson sifatida shakllanishi susayadi;

d) qiziqish va qobiliyatlarning yuzaga chiqishi sekinlashadi;

e) maktabga bo'lgan intilishi sekinlashadi.

Aniq misollarga murojat etadigan bo'lsak, katta guruhdan boshlab, bolalarga ko'p predmetlarning o'qitilishi mashg'ulotlarda qobiliyati past bolalarni zeriktirib qo'yadi. Xatto boshlang'ich maktablarda ham ko'p predmetlilik o'zlashtirish samarasini susaytiradi.

Shuning uchun rivojlangan davlatlardagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari va boshlang'ich ta'lim tizimida ko'p predmetlilik emas, bolaning tanlashi va imkoniyatlarini hisobga olib o'qitishga ko'proq e'tibor qaratilgan.

Chunki har qanday bolada (xatto zehni past bolada ham) ba'zi bir qobiliyatlarning rivojlanishi uchun asos boladi.

Shuning uchun maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi tarbiyachilar belgilangan predmetlarni o'qitishga ko'proq e'tiborni qaratishi kerak emas, balki ta'lim-tarbiya tizimidagi imkoniyatlarini izlash kerak. Natijada boladagi qobiliyat nishonasi pasayib va ba'zan yo'qolib ketib emas, balki rivojlanib, barq uradi.

3 yoshdan boshlab bolalardagi bor imkoniyatlarni ro'yobga chiqarish ustida muntazam ishlansa, bolaning intelektual imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishga asos solinadi.

Bolalar intelektual imkoniyatlarini rivojlantirishning yo'llari:

- Bolaning har bir berilgan savoliga erinmay to'liq javob berish.

- Yangi savollar berishiga imkoniyat yaratish.

- Qiziqarli suxbatlar o'tkazish.

- Ertak, hikoya, topishmoq aytib berish.

- Qiziqarli, rasmli kitoblar, o'yinchoqlar sovg'a qilish.

- Har xil o'yinlar (rolli, ijodiy) tashkil etish va bu o'yinlarga ularni jalb etish yoki qatnashtirish.

- Rasm chizdirish - (o'zining yoqtirgan narsasini chizdirish)

- Gerbariylar tayyorlash.

- Loy va plastilindan narsalar yasatish.

- Sayrlarga olib chiqish - (sayrdan oldin taasurotlarini so'zlatish va chizdirish).

- Qurish - yasash mashg'ulotlaridan erkin holda qo'yish.

- Ijodiy hikoya qilishga o'rgatish.

Ilg'or tarbiyachilar tajribasini o'rganish shundan dalolat beradiki, bolalar tafakkuri rivojlanishining eng samarali yo'li - o'yin, mashg'ulotlar va sayr vaqtlarida bolalarga ongli bilim, mustahkam ko'nikma hamda malakalarni shakllantirish j arayonini ularning tarbiyasi bilan birga tashkil etishdir. Buning uchun tarbiyachi tinimsiz izlanishi, mashhulot o'tishning yangi texnologiyalaridan samarali foydalanish lozim. Tarbiyachining ta'lim-tarbiya jarayonining aniq maqsadini belgilashi, didaktik jarayonini aniq rivojlanishi yo'lini bilishi bu vazifani hal etishga muhim ahamiyat kasb etadi. Bu vazifani to'g'ri bajarishda tarbiyachilar quyidagilarga diqqat qaratishi zarur:

- tarbiyaning ta'limiy yo'nalishini kuchaytirish va bolalarning intelektual imkoniyatlarini maksimal ishga solish;

- bolalarning tasavvur va xotira boyliklarini imkoni boricha ishga solish;

- bolalarning turli tafakkur jarayonlarini rivojlantirish.

Xulosa qilib aytganda, har bir bolaning qobiliyat, qiziqishlarini, layoqatini rivojlantirish uchun ularga individual yondashaylik. Ularning intelektual qobiliyatlarini ro'yobga chiqarish yo'lida hormay-tolmay mehnat qilaylik. Bugungi kunga qadar bolalar intelektual imkoniyatlarini o'rganish va ro'yobga chiqarish, murakkab pedagogik muammo bo'lib kelmoqda, u muntazam izlanishni talab qiladi. Biz esa shu muammoga yechim topaylik.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi Qonuni. 2019-yil 16-dekabr. O'RQ-595-son. (Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 17.12.2019 y., 03/19/595/4160-son)

2. Alvested M. Pedagogy and interdisciplinarity: Research on the reformed kindergarten teacher education (KTE) in Norway

3. https://scholar.google.com/citations7view op=view citation&hl=ru&user=ozrGWXoAAAA J&citation for view=ozrGWXoAAAAJ: FxGoFyzp5QC

4. G Nazirova. MaKTaorana KaTTa emaaru ooaaaapaa xaaK OF3aKH h>kojh BOcmacHja mh^hh Fypyp xhcchhh maK^aaHTHpHm-H>kTHMOHH neaarorHK 3apypnHT CHfoaTHja. Science and innovation 1 (B8), 2067-2077

5. GM Nazirova. CONTENT AND PEDAGOGICAL CONDITIONS OF DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF PEDAGOGUES-EDUCATORS OF PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS/ International Academic Research Journal Impact Factor 7 (1), 6

6. NG Malikovna, MM Nurmatovna, Basic principles of technology for teaching methodological subjects in preschool education, ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact.

7. SN Anvarovna, H Mertol, Comparative Analysis of the Education Systems of Uzbekistan and Turkey: Generalization of the Study Experience // American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education (2993)2024

8. Nurkhon Sultonova, Development Centers of Preschool Organizations and Children's Play Activities/American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education (29932769) 2023/10/25 p428-431

9. https://scholar.google.com/citations7view op=view citation&hl=ru&user=Rh71JaMAAAA J&citation for view=Rh71JaMAAAAJ:Se3iqnhoufwC

10. https://scholar.google.com/citations7view_op=view_citation&hl=ru&user=Rh71JaMAAAA J&citation for view=Rh71JaMAAAAJ:IjCSPb-OGe4C

11. https://scholar.google.com/citations7view_op=view_citation&hl=ru&user=ozrGWXoAAAA J&citation for view=ozrGWXoAAAAJ:WF5omc3nYNoC

12. https://scholar.google.com/citations7view op=view citation&hl=ru&user=ozrGWXoAAAA J&citation for view=ozrGWXoAAAAJ:zYLM7Y9cAGgC

13. https://scholar.google.com/scholar7oi=bibs&cluster=18036205887568494610&btnI=1&hl=r u

14. https://scholar.google.com/citations7view op=view citation&hl=ru&user=Rh71JaMAAAA J&citation for view=Rh71JaMAAAAJ:MXK kJrjxJIC

15. SA Albertovich - INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & ..., 2022 -gejournal.net Issues of the formation of the professional component of future teachers (on the example of the science of physical culture)

16. Albertovich S. A. Jismoniy tarbiya mashgulotlarida katta maktabgacha yoshdagi bolalarda oyin mashqlaridan foydalanib chaqqonlik va epchillikni rivojlantirish //FAN, TA'LIM VA AMALIYOTNING INTEGRASIYASI. - 2022. - Т. 3. - №. 6. - С. 56-60.

17. Albertovich S. A. Social factors of organization and management of sports training in higher education //ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603. - 2022. - Т. 11. - №. 12. - С. 28-31.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.