Научная статья на тему 'BO‘LAJAK TARBIYACHILAR IJODIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHDA SHAXSGA YO‘NALTIRILGAN TA’LIMDAN FOYDALANISH'

BO‘LAJAK TARBIYACHILAR IJODIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHDA SHAXSGA YO‘NALTIRILGAN TA’LIMDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
innovatsion ta`lim / pedagogik texnologiya / mutaxassis / shaxsga yo`naltirilgan ta`lim / metod.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Muminova Gulasal Baxodirovna, Toshpo‘Latova Nozmehr

Mazkur maqolada shaxsga yo’naltirilgan ta’lim orqali bo’lajak tarbiyaсhilar ijodiy faoliyatini shaklantirish va rivojlantirish tizimini takomillashtirish yo‘nalishidagi muammolarga bag‘ishlangan bo‘lib, MTT bo‘lajak tarbiyachilarining ijodiy faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish yo‘nalishida samaradorlikka erishishi uchun mazkur faoliyatining mazmuni va mohiyati hamda pedagogik jarayonlar sub’ektlarining ijodiy, aqliy va intelektual salohiyatini namoyon etishiga zaruriy shart-sharoitlar yaratishi zarurligini angatishga yo‘naltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK TARBIYACHILAR IJODIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHDA SHAXSGA YO‘NALTIRILGAN TA’LIMDAN FOYDALANISH»

BO'LAJAK TARBIYACHILAR IJODIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHDA SHAXSGA YO'NALTIRILGAN TA'LIMDAN FOYDALANISH

1Muminova Gulasal Baxodirovna, 2Toshpo'latova Nozmehr

1Qo'qon davlat pedagogika instituti o'qituvchisi, 2Qo'qon davlat pedagogika instituti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11198443

Annotatsiya. Mazkur maqolada shaxsga yo'naltirilgan ta'lim orqali bo'lajak tarbiyachilar ijodiy faoliyatini shaklantirish va rivojlantirish tizimini takomillashtirish yo'nalishidagi muammolarga bag'ishlangan bo'lib, MTT bo'lajak tarbiyachilarining ijodiy faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish yo'nalishida samaradorlikka erishishi uchun mazkur faoliyatining mazmuni va mohiyati hamda pedagogik jarayonlar sub'ektlarining ijodiy, aqliy va intelektual salohiyatini namoyon etishiga zaruriy shart-sharoitlar yaratishi zarurligini angatishga yo'naltirilgan.

Kalit so'zlar: innovatsion ta'lim, pedagogik texnologiya, mutaxassis, shaxsga yonaltirilgan ta 'lim, metod.

Abstract. This article is devoted to problems in the direction of improving the system of shaping and developing the creative activity of future teachers through person-oriented education, and in order to achieve efficiency in the direction of developing and improving the creative activity of future teachers of MTT content and essence, as well as the need to create necessary conditions for the manifestation of the creative, mental and intellectual potential of the subjects of pedagogical processes.

Keywords: innovative education, pedagogical technology, specialist, person-oriented education, method.

KIRISH. Jahon amaliyotida shaxsga yo'naltirilgan ta'lim orqali bo'lajak tarbiyachilarda ijodiy faoliyatni shakllantirish va rivojlantirish bo'yicha tatqiqotlar tahlili shuni ko'rsatmoqdaki, demokratik jamiyatda bo'lajak tarbiyachilar ijodiy faoliyatini shakllantirish va rivojlantirish o'z -o'zidan yuzaga kelmaydi, mazkur jarayon muntaazam tarzda maqsadli ravishda olib borilgan pedagogik faoliyat natijasida shakllantiriladi va tarkib toptiraladi. Shuningdek, bo'lajak tarbiyachilar ijodiy faoliyatini shakllantirish va rivojlantirishga qo'yilayotgan zamonaviy talablar bilan ularning bilim, ko'nikma va malakalari, mavjud ijodkorlik faoliyati kompetensiyalari o'rtasidagi nomutanosiblik jamiyat taraqqiyoti ehtiyojlariga mos kelmasligiga sabab bo'lishi bilan tavsiflanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR. Adabiyotlarda "Ijodkorlik" tushunchasining ma'nosi va mazmuni jihatdan turlicha yondashuvlar mavjud. Jumladan, "ijodkorlik", "kreativlik", "ijodiy faoliyat", "ijodiy tafakkur", "ijodiy yondashuv", "ijodiy sifat va fazilatlar" kabilarni aytish mumkin. Amerikalik psixolog E. P. Torrensning nuqtai nazaricha "Ijodkorlik - insonning nostandart, ijodiy qobiliyatiga ega bo'lish qobiliyati, ijodiy fikrlashi, shaxsning muammolarga nisbatan sezgirligi va ularning yo'llarini topish yechimlariga egaligi, moslashuvchan fikrlash qobiliyati va yangi g'oyalarni ilgari surishi; mavjud bilimlarning noqulayligi uchun sezuvchanlik " degan ma'nolarni anglatadi degan qarashlarni ilgari suradi.

D. B. Bogoyavlinskaya, F. Uilyams, E. P. Ilyin, A. M. Matyushkin, A.V. Petrovskiy, A.V. Xutorskaya kabi mualliflar ijodkorlik shaxsning qobiliyati (xususiyati, sifati) ekanligini alohida

ta'kidlab o'tadilar. Shuningdek. ijodkorlik ostida ma'lum bir aqliy va shaxsiy xususiyatlar, yangi qaror qabul qilish qobiliyati va nostandart fikrlash kabilar mujassam ekanligini ilgari suradilar.

Bo'lajak tarbiyachilarni o'qitish jarayoni shaxs ijodiy faoliyatini faolligi bilan to'g'ridan to'g'ri bog'langan. Oliy maktabda zamonaviy o'qitishning eng muhim vazifalaridan biri bu bo'lajak tarbiyachilarning kasbi bo'yicha xabardorligini aniqlashtirish uchun qulay shart-sharoit yaratish muhim amiyatga ega ekanligini anglatadi. Ijodiy faoliyat uzoq vaqt tayyorgarlik ko'rishni, eruditsiyani, kasbiy qobiliyatlarni talab qiluvchi ijodiy jarayon hisoblanadi. Ijodiy faoliyat -insonning uzoq faoliyati asosi, barcha moddiy va ma'naviy boyliklar manbai ekanligini anglatadi.

Shaxsning muvaffaqiyatli ijodiy faoliyati uning muhim va zarur axborotni tanlab olishi hisoblanadi. Shuningdek, ijodiy fikrlar va farazlarni generasiyalashga undovchi asosiy omillar ehtiyojlar hisoblanadi. Bu ehtiyojning sifati bilimlar va malakalar bilan uzviy qurollanganlik va farazlarning mazmuni bilan belgilanganligida ifodalanadi. Ong bilan nazorat qilinmaydigan intuitsiya doimo ehtiyojga bog'liq sanaladi. Bilishni ifodalagan ehtiyojsiz odamning mahsuldor ijodiy faoliyat yuritishga mo'ljal olishi juda qiyin kechadi. Bu tegishli ehtiyojni qanoatlantirgandagina uning intuitsiyasi g'oyalar va farazlarni generasiyalashi amalga oshiriladi. Shaxsning ijodiy faoliyatini shakllantirish va rivojlantirishga oid ilg'or qarashlar J.Gilford, A.Maslau va boshqa olimlarning ilmiy ishlarida ham o'z aksini topgan.

NATIJALAR VA MUHOKAMA. Shaxsga yo'naltirilgan ta'limning muammoli ta'lim, modul ta'limi dasturiy ta'lim, rivojlantiruvchi ta'lim, o'yin texnologiyalari, interfaol ta'lim, hamkorlik ta'limi, tabaqalashtirilgan ta'lim, individual ta'lim, masofaviy ta'lim, mustaqil ta'lim va innovasion ta'lim kabi turlari mavjud bo'lib ulardan ta'lim tarbiya jarayonida keng foydalanish ta'lim sifatini ta'minlash va bo'lajak tarbiyachilarni ijodkorlik faoliyatini tarkib toptirish imkonini beradi. Avtoritar texnologiyada, tarbiyachi yagona sub'ekt sifatda namoyon bo'ladi, tarbiyalanuvchilar esa faqatgina «ob'ekt» vazifasini bajaradi. Bunda tarbiyalanuvchilarning tashabbusi va mustaqilligi yo'qoladi, o'qitish majburiy tarzda amalga oshiriladi. An'anaviy o'qitish asosan bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirishga qaratilgan bo'lib, shaxsning rivojlanishini ko'zda tutmaydi.

An'anaviy o'qitish quyidagi xususiyatlarga ega: zo'ravonlik pedagogikasi, o'qitishning tushuntiruv-ko'rgazmali usuli, ommaviy o'qitish kabilar bilan ifodalanadi.

An'anaviy o'qitishda avtoritarlik quyidagi shaklda namoyon bo'ladi: tarbiyalanuvchi bu hali to'la shakllanmagan shaxs, u faqat bajarishi zarur, tarbiyachi esa - bu sardor hakam, yagona tashabbuskor shaxs sifatida namoyon bo'ladi.

Shaxsga yo'naltirilgan ta'limda esa tarbiyalanuvchi shaxsi pedagogik jarayon markaziga qo'yiladi, uning rivojlanishiga va tabiiy imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishga qulay shart-sharoit va imkoniyat yaratiladi

Shaxsga yangicha qarash quyidagilardan iborat bo'ladi: -pedagogik jarayonda shaxs ob'ekt emas, sub'ekt hisoblanadi; -har bir tarbiyalanuvchi qobiliyat egasi, ko'pchiligi esa iste'dod egasi hisoblanadi; -yuqori estetik qadriyatlar (saxiylik, muhabbat, mehnatsevarlik, vijdon va boshqalar) shaxsning ustivor xislatlari sifatida qaraladi.

Munosabatlarni demokratlashtirish quyidagilarni o'z ichiga oladi:

-bo'lajak tarbiyachi va pedagog huquqlarini tenglashtirish;

-bo'lajak tarbiyachini erkin tanlab olish huquqi;

-xatoga yo'l qo'ymaslik huquqi;

-o'z nuqtai nazariga ega bo'lish huquqi;

-pedagog va bo'lajak tarbiyachilarning o'zaro munosabati zayli;

- uning iqtidori va qobilyatini taqiqlamaslik; -boshqarish emas, birgalikda boshqarish; -majburlash emas, ishontirish;

- buyurish emas, tashkil etish;

-chegaralash emas, erkin tanlab olishga imkon berish.

Yangi munosabatlarning asosiy mazmuni, hozirgi zamon sharoitida samarali natija bermaydigan va g'ayri insoniy hisoblanadigan zo'ravonlik pedagogikasidan voz kechishdir. Muammo bu tamoyilni mutlaqlashtirishda emas, balki uning oqilona mezonlarini aniqlashda o'z ifodasini topadi.

Umuman olganda tarbiya jarayonida zo'ravonlik mumkin emas, ammo jazolash insonni kamsitadi, ezadi, rivojlanishini susaytiradi, unda odamovi, ichingdan top, yalqov, masuliyatsizlik, tajanglik, asabiylik kabi salbiy xususiyatlarini shakllantiradi. Erkin o'qitish quyidagilar bilan belgilanadi: -ishonchga asoslangan erkin talabchanlik;

-o'quv materialiga qiziqish uyg'otish, bilishga va faol ijodiy fikrlashga rag'batlantirish; -bo'lajak tarbiyachilarning mustaqilligi va tashabbusiga tayanish; -jamoa orqali bilvosita usullar bilan talablarni amalga oshirishni ta'minlash. Bo'lajak tarbiyachi shaxsini shakllantirishda ijodiy yondashuvning zamonaviy yangi talqini quyidagilardan iborat bo'ladi;

- bo'lajak tarbiyachi shaxsini ijodiy izlanishga innovatsion yo'naltirish; -shaxsning ijodiy xislatlarini izlash va rivojlantirish;

-shaxs rivojlanishining individual dasturlarini tuzish.

Shaxsiy yondashishda birinchi navbatda quyidagilar muhim ahamiyat kasb etadi:

- har bir bo'lajak tarbiyachi qiyofasida noyob shaxsni ko'rish, uni hurmat qilish, tushunish, qabul qilish, unga ishonish.

- bo'lajak tarbiyachida barcha tarbiyalanuvchilarni iste'dodli degan ishonchni olib kirish;

- shaxsga muvofaqiyatlarni ma'qullovchi, qo'llab-quvvatlovchi, xayrixoh vaziyatlar yaratish, ya'ni ijodiy faoliyatidan qoniqish va xursandchilik olib kelishi;

- bevosita majburlashga yo'l qo'ymaslik, qoloqlikka va boshqa kamchiliklarga urg'u bermaslik, uning nafsoniyatiga tegmaslik;

- pedagogik jarayonda, bo'lajak tarbtiiilarga o'z qobiliyatlarini ro'yobga chiqarishga imkoniyat yaratish va ko'maklashish kabilar.

XULOSA. Xulosa ornida aytish mumkin-ki, bo'lajak tarbiyachilarda ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishga yo'naltirilgan faoliyat mazmiunini quyidagilarda o'z aksini topgan.

-o'qituvchining bo'lajak tarbiyachi shaxsiyatini qadriyat sifatida qabul qilishiga yo'naltirilgan faoliyat mazmuni;

-ijodkorlikni maqsadga muvofiq rivojlantirish, ya'ni ijod jarayondagi ijodiy elementlarni loyihalash, rejalashtirish va tanlashga alohida e'tibor qaratilishi;

-mazkur faoliyat jarayonida ijodiy faoliyatga yo'naltirilgan tajriba shakllanadi. Bo'lajak tarbiyachilarni ijodkorligini rivojlantirish uchun quyidagi omillar muhim ahamiyat kasb etadi.Ya'ni:

- ijodkorlikni shakllantirish va rivojlantirish usullarini o'rganish va tahlil qilish;

- ijodiy faoliyatni shakllantirish va rivojlanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish

- o'quv jarayonida ijodiy faoliyatni shakllantirish va rivojlantirish uchun motivatsiyani

rivojlantirish

- ijodiy faoliyatni shakllantirish va rivojlantirishni nazorat qilish.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son "O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi qarori.

2. O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarga qo'yiladigan "Davlat talablari". 2018-yil 3-iyul, ro'yxat raqami 3032.

3. "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining 2018-yil 7-iyuldagi 4-sonli hay'at yig'ilishi qarori bilan tasdiqlangan va nashr etilgan dasturi.

4. Султонова Н. А. ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ПОДГОТОВКИ ДЕТЕЙ В СОВРЕМЕННЫХ УСЛОВИЯХ К СОЦИАЛЬНОЙ ЖИЗНИ В СЕМЬЕ// SCIENTIFIC PROGRESS 1 (6), 631-635

5. GM Nazirova. CONTENT AND PEDAGOGICAL CONDITIONS OF DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF PEDAGOGUES-EDUCATORS OF PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS/ International Academic Research Journal Impact Factor 7 (1), 6

6. NG Malikovna, MM Nurmatovna, Basic principles of technology for teaching methodological subjects in preschool education, ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact.

7. SN Anvarovna, H Mertol, Comparative Analysis of the Education Systems of Uzbekistan and Turkey: Generalization of the Study Experience // American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education (2993)2024

8. Nurkhon Sultonova, Development Centers of Preschool Organizations and Children's Play Activities/American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education (29932769) 2023/10/25 p428-431

9. https://scholar.google.com/citations7view op=view citation&hl=ru&user=Rh71JaMAAAA J&citation for view=Rh71JaMAAAAJ:Se3iqnhoufwC

10. https://scholar.google.com/citations7view op=view citation&hl=ru&user=Rh71JaMAAAA J&citation for view=Rh71JaMAAAAJ:IjCSPb-OGe4C

11. https://scholar.google.com/citations7view_op=view_citation&hl=ru&user=ozrGWXoAAAA J&citation for view=ozrGWXoAAAAJ:WF5omc3nYNoC

12. https://scholar.google.com/citations7view_op=view_citation&hl=ru&user=ozrGWXoAAAA J&citation for view=ozrGWXoAAAAJ:zYLM7Y9cAGgC

13. https://scholar.google.com/scholar7oi=bibs&cluster=18036205887568494610&btnI=1&hl=r u

14. https://scholar.google.com/citations7view op=view citation&hl=ru&user=Rh71JaMAAAA J&citation for view=Rh71JaMAAAAJ:MXK kJrjxJIC

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.