Научная статья на тему 'MAKTAB O’QITUVCHILARINING KASBIY MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH IJTIMOIY ZARURIYAT SIFATIDA'

MAKTAB O’QITUVCHILARINING KASBIY MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH IJTIMOIY ZARURIYAT SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1016
83
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kasbiy madaniyat / kasbiy faoliyat / aks ettirish / o’z-o’zini nazorat qilish / o’z-o’zini baholash / psixologik / pedagogik. / professional culture / professional activity / reflection / self-control / self-assessment / psychological / pedagogical.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Jumayeva, Gulnara Tursunpulatovna

Ushbu maqolada o’qituvchilarning kasbiy madaniyatini rivojlantirish muammosining dolzarbligi va nazariy asoslari, maktab o’qituvchilarining kasbiy madaniyatini rivojlantirish jarayoni, o’z-o’zini nazorat qilish, o’zini o’zi qadrlash, reflektiv va ijodiy fikrlash, qiymat-gnoseologik va faoliyat-ijodiy tahlil qilinadi. tuzilmalar, tarkibiy qismlarning mazmuni ta’kidlangan. Maqolada, shuningdek, maktab o’qituvchilarining kasbiy madaniyatini rivojlantirishning psixologik-pedagogik xususiyatlari va tarkibiy qismlari ko’rsatilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE PROFESSION OF SCHOOL TEACHERS CULTURAL DEVELOPMENT IS A SOCIAL NEED

This article analyzes the relevance and theoretical foundations of the problem of developing the professional culture of teachers, the process of developing the professional culture of school teachers, self-control, self-esteem, reflective and creative thinking, value-epistemological and activity-creative structures, the content of the components is highlighted. The article also presents the psychological and pedagogical features and components of the development of the professional culture of school teachers.

Текст научной работы на тему «MAKTAB O’QITUVCHILARINING KASBIY MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH IJTIMOIY ZARURIYAT SIFATIDA»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(6), June, 2023

MAKTAB O'QITUVCHILARINING KASBIY MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH IJTIMOIY ZARURIYAT SIFATIDA

Jumayeva Gulnara Tursunpulatovna

Termiz davlat pedagogika universiteti pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) v/b dotsent

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada o 'qituvchilarning kasbiy madaniyatini rivojlantirish muammosining dolzarbligi va nazariy asoslari, maktab o'qituvchilarining kasbiy madaniyatini rivojlantirish jarayoni, o 'z-o 'zini nazorat qilish, o 'zini o 'zi qadrlash, reflektiv va ijodiy fikrlash, qiymat-gnoseologik va faoliyat-ijodiy tahlil qilinadi. tuzilmalar, tarkibiy qismlarning mazmuni ta'kidlangan. Maqolada, shuningdek, maktab o 'qituvchilarining kasbiy madaniyatini rivojlantirishning psixologik-pedagogik xususiyatlari va tarkibiy qismlari ko 'rsatilgan.

Tayanch so'z va tushunchalar: kasbiy madaniyat, kasbiy faoliyat, aks ettirish, o 'z-o 'zini nazorat qilish, o 'z-o 'zini baholash, psixologik, pedagogik.

ПРОФЕССИЯ ШКОЛЬНЫХ УЧИТЕЛЕЙ РАЗВИТИЕ КУЛЬТУРЫ -

СОЦИАЛЬНАЯ ПОТРЕБНОСТЬ

АННОТАЦИЯ

В данной статье анализируются актуальность и теоретические основы проблемы развития профессиональной культуры педагогов, процесс развития профессиональной культуры педагогов школы, самоконтроль, самооценка, рефлексивно-творческое мышление, ценностно-гносеологические и деятельностно-творческие структуры содержимое компонентов подсвечивается. Также в статье представлены психолого-педагогические особенности и компоненты развития профессиональной культуры школьных учителей.

Ключевые слова и понятия: профессиональная культура, профессиональная деятельность, рефлексия, самоконтроль, самооценка, психологическая, педагогическая.

THE PROFESSION OF SCHOOL TEACHERS CULTURAL DEVELOPMENT IS A SOCIAL NEED

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

ABSTRACT

This article analyzes the relevance and theoretical foundations of the problem of developing the professional culture of teachers, the process of developing the professional culture of school teachers, self-control, self-esteem, reflective and creative thinking, value-epistemological and activity-creative structures, the content of the components is highlighted. The article also presents the psychological and pedagogical features and components of the development of the professional culture of school teachers.

Key words and concepts: professional culture, professional activity, reflection, self-control, self-assessment, psychological, pedagogical.

Jahon pedagogik amaliyotida mutaxassis kadrlarning kasbiy madaniyati va ijtimoiy kompetentligini rivojlantirish orqali ularning o'zgaruvchan mehnat bozori talablariga moslashuvchanligini ta'minlashga katta e'tibor qaratilmoqda. Ushbu tendentsiya so'ngi vaqtlarda xalqaro ilmiy jamoatchilik tomonidan "pedagogik dunyoqarash" (pedagogical worldview) muammosiga bag'ishlangan ilmiy tadqiqotlarning ko'payishiga sabab bo'lmoqda. Darhaqiqat, jamiyatning siyosiy, ijtimoiy va madaniy tabiatining doimiy o'sish va o'zgarishda ekanligi zamonaviy mutaxassislardan, xususan, pedagog-o'qituvchilardan o'z kasbiy qadriyatlari va shaxsiy e'tiqodlariga ega bo'lishni, nafaqat o'zining, balki o'zga madaniyatni ham qabul qila bilishni, ijtimoiy ehtiyojlarga muvofiq pedagogik dunyoqarashi va qobiliyatlarini doimiy ravishda takomillashtirib borishni taqozo etadi.

Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohani modernizatsiya qilish uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, inson kapitalini mehnat bozori talablari asosida rivojlantirish, ta'lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy o'qitish usullarini joriy etish, xalqaro standart asosida yuqori malakali, "kreativ fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan kadrlar tayyorlash, ularning intellektual qobiliyatlarini namoyon etishi va ma'naviy barkamol shaxs sifatida shakllanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish asosiy strategik vazifalar" sifatida belgilangan. Bu esa, oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishga xizmat qiluvchi mexanizmlarni takomillashtirishni taqozo etadi1.

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5847-son Farmoni // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 08.10.2019 y.

KIRISH

ADABIYOTLAR TAHLILI

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

Kasbiy madaniyat, pedagog xodimlarning bilimini, kasbiy va axloqiy madaniyatini oshirib borish muammosi Vatanimiz va qator xorijlik olimlar tomonidan tadqiq etilgan.

Maktab o'qituvchilarining kasbiy madaniyatini rivojlantirish haqida gap ketganda, eng avvalo, "madaniyat" tushunchasining mohiyatini aniqlab olish zarur.

Madaniyat tushunchasi Sharq allomalarining adabiy meroslarida hamda pedagog-psixolog olimlar tomonidan quyidagicha talqin qilingan: "Madaniyat" so'zi zamonaviy nutqda juda keng qo'llaniladi. "Madaniyat" so'zi lotincha "cultural" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, "tarbiyalash, o'stirish, rivojlanish, e'zozlash" degan ma'noni anglatadi.

Kasbiy madaniyatga oid qarashlar qadimgi qo'lyozmalarda, diniy va didaktik manbalarda o'z aksini topgan. Jumladan, "Avesto"da kasb-hunarga hurmat, kasbga sadoqat, mehnatsevarlik, xushmuomalalikka undovchi hikmatlar, Islom dini ta'limotida mehnat qilish va uning ortidan topilgan boyliklardan zakot berilishi, har bir musulmon kishi o'z kasbining orqasidan halol yo'l bilan rizq topis hi kerakligi haqidagi o'gitlar odamlarda kasbiy madaniyat rivoji odob-axloq qoidalariga bog'liq ekanligi asoslangan.

XV asrda yashab, ijod etgan mutafakkir Kamoliddin Husayn Voiz al-Koshifiy bola tarbiyasida maktab va muallimning alohida o'rni borligi hafida gapirib, muallimlar dono, bilimli, shirinsuxan, adolatli bo'lishi zarur, deb hisoblaydi. Alloma murabbiylar to'g'risida "Axloqiy Muhsiniy" asarida quyidagi fikrni keltiradi: "O'qituvchi bolaga nasihat va ta'lim berishda lutf va odob qoidalariga rioya qilishi darkor. Jamoatchilik joylarida o'quvchiga pand berish yaramaydi, balki xilvat joyda bolaga nasihat qilish zarur. Agar murabbiy nasihat berishning fursati kelganini bilsa, unga muloyimlik bilan murojaat qilishi lozim, chunki bizning zamonamizda muloyim va xushfe'l bo'lish maqsadga muvofiqdir"

Buyuk allomalardan Abdurahmon Jomiy o'z asarlarida tarbiyachi muallim faoliyatiga quyidagicha ta'rif beradi: "muallim bilimli, aqlli, adolatli, o'zida butun yuksak fazilatlarni mujassamlashtirgan bo'lishi lozim. O'zini nomunosib tutgan odam hech vaqt o'quvchilarga bilim va odob bera olmaydi"

"Muallimning yuksak sifati uning aqli, ilmi, fikri, so'zi, axloqu-odobidadir, -degan edi taniqli murabbiy , maktabshunos olim Hikmatulla Abdullaev o'zining "Yashil daftar hikmati" asarida, - O'qituvchining yuz qarashlari ham, gapirishlari ham, qalbi ham, ko'rinishi ham, yurish-turishi ham, kiyinishi ham chiroyli va ibrat namunasi bo'lsin. Ayniqsa, uning nutqi tushunarli, ravon, ta'sirli bo'lishi darkor. U muloqotda bamisoli so'z zargari ekanligini ko'rsata olishi muhimdir. Shunga erishish kerakki, odamlar, ayniqsa, ota-onalar va o'quvchilar uni rostgo'y, halol, pokiza,

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

sog'lom fikrli, shafqatli va muruwatli, insonparvar kishi sifatida e'tirof etsinlar" Ta'lim-tarbiya birligi va axloq masalalariga yetuk tarbiyashunos olim sifatida yondashgan olim Abu Rayhon Beruniy o'zining pedagogika va psixologiyaga oid qimmatli fikr-mulohazalarini va ma'rifiy-didaktik qarashlarini bayon etib, ilm hamda ma'rifat sari intiluvchi tolib va muallimlarga deydiki: "Ilm dargohiga kirar ekansan, qalbing kishini ozdiruvchi illatlardan, odamni ko'r qilib qo'yadigan nafs va turli buzg'unchi holatlardan, qotib qolgan turli eski urf-odatlardan, hirsdan, raqobatdan, ochko'zlikni quli bo'lishdan ozod bo'lmog'i darkor"2.Alisher Navoiy yosh avlod tarbiyasini har qanday tasodifiy murabbiyga ishonib topshirib bo'lmasligini aytib, o'qituvchi shaxsiga nisbatan yuksak talablarni qo'yadi. Navoiy o'zining "Mahbub-ul qulub" asarida ta'limiy-tarbiyaviy fikrlari hamda o'qituvchi shaxsi, uning ma'naviyatiga doir qarashlarini keltirib o'tadi. Navoiyning fikricha: "O'qituvchi faqatgina dars beruvchi, bilim beruvchi emas, balki mahoratli tarbiyachi bo'lishi lozim. Muallim nodonlikdan, mutaasiblikdan, johillikdan yiroq bo'lishi, haqiqiy muallim olimlar orasida eng sara "malak qiyofali" kishi bo'lishi, ya'ni sof ko'ngilli, pok qalbli, insofli, karam-muruvvatli, odobli, vafoli, kishilikning eng yaxshi va oliyjanob hislatlarini o'zida aks ettiruvchi bo'lishi kerak"3. G'.G'ofurov, N.Hakimov va B.Alievlar o'zlarining "Madaniyat va jamiyat" kitobida "madaniyat" tushunchasining quyidagi o'ziga xosliklarini ta'kidlab o'tishadi: "Madaniyat tushunchasida moddiy va ma'naviy boyliklar hamda inson ruhiy olami ifodalanadi. Shu bois madaniyat tarkibida uch asosiy qatlam mavjud:

1) insoniyatning muntazam aqliy va jismoniy faol ijodiy faoliyati;

2) moddiy va ma'naviy ne'matlarni ishlab chiqish, iste'mol qilish (foydalanish) va asrash;

3) qadriyatlar, axloqiy tushunchalar, huquqiy amallarning hayotga tadbiq etuvchi ijtimoiy tuzilmalar.

Madaniyat - faol ijodiy faoliyatdir. "Inson faol ijodkorlik orqali rivojlanadi va taraqqiyotga erishadi. Ijodkorlik - inson ma'naviy-ruhiy faoliyatining chegaralarini kengaytiradi. Inson ijodiy ko'nikmalar, aqliy va jismoniy mehnat orqaligina ijodkorlik maqomiga ega bo'ladi"4. Pedagog olima Oynisa Musurmonovaning ta'kidlashicha esa, "Madaniyat jamiyat taraqqiyoti darajasini xarakterlovchi, ijtimoiy-tarixiy amaliyot jarayonida mujassam bo'ladigan tizim bo'lib, shaxsning ijt imoiy va ma'naviy mazmunini tashkil etadi. Bunda madaniyat shaxs va uning faoliyati o'rtasidagi o'zaro ta'sirga doir qonuniyatlar, shu jumladan shaxs va jamiyatning

2 Abu Rayhon Beruniy. 100 hikmat (Ibratli so'zlar). Toshkent: Fan, 1993. - 248 b.

3 Alisher Navoiy. Mahbub-ul qulub. Asarlar. 15-tom. - Toshkent: Fan, 2005. - 244 b.

4 Mahkamov U.I. Yuqori sinf talabalarida axloqiy madaniyatni shakllantirishining pedagogik asoslari. Ped.fan. doktori. ... diss. - T.: 1998. -B. 28.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

borliqqa bo'lgan madaniy munosabatlarining paydo bo'lishi, rivojlanishi, shaxsning talabi, qiziqishi, xohishiga mos ravishda uning madaniy faoliyatini tashkil qilish yo'llari, ma'naviy madaniyatning o'ziga xos xususiyatlari tizimi, shaxsning ma'naviy rivojlanishi va ma'naviy madaniyatini shakllantirish qonuniyatlari majmuidan iborat"5. Yuqoridagi ta'riflardan ma'lum bo'ladiki, madaniyat - bu insonlarning ijodiy faoliyati tufayli yaratilgan moddiy va ma'naviy boyliklar majmuigina bo'lib qolmay, ayni paytda u jamiyat taraqqiyotining darajasini ham ifodalaydi, ya'ni, jamiyatdagi bilim, mezon va qadriyatlarning yig'indisi madaniyatda gavdalanadi. Umumiy bir soha sifatida madaniyatga tizimli yondashuv bir-biriga ta'sir etuvchi turli madaniyat sohalarining o'ziga xos xususiyatlarini qismlarga bo'lib emas, balki ularni yaxlit tasavvur qilish imkoniyatini beradi. Tizimli yondashuv tadqiqotning juda ko'p uslublaridan foydalanishga imkon yaratadi. Ya'ni, ayrim bir uslublar bilan olingan natijalarni boshqalariga qarama-qarshi qo'ymasdan xulosa chiqarishga asos bo'ladi.

Kasbiy bilimlar o'qituvchi kasbiy madaniyatini rivojlantirishda asosiy hisoblanadi. O'qituvchining bilimi, bir tomondan, o'zi o'qitadigan fanga, ikkinchi tomondan, talabalarga qaratiladi. Kasbiy bilimlar mazmunini o'quv fani hamda uni o'qitish metodikasi, psixologik va pedagogik jihatdan tashkil qilinadi. Kasbiy pedagogik bilimlarning o'ziga xos jihatiuning majmuaviyligi hamda integrativligidan iborat. Kasbiy bilimlar asosida o'qituvchining harakatlari, odatlari, o'z faoliyatiga asoslangan qonuniyatlari va tamoyillarini belgilab beruvchi pedagogik tafakkuri shakllanadi.

Pedagog-mutaxassis kadrlarning kasbiy madaniyatini rivojlantirish va ijtimoiy-madaniy kompetentligini shakllantirish orqali ularning o'zgaruvchan mehnat bozori talablariga moslashuvchanligini oshirishga katta e'tibor qaratilmoqda. Ushbu tendentsiya so'ngi vaqtlarda xalqaro ilmiy jamoatchilik tomonidan "pedagogik dunyoqarash" (pedagogical worldview) muammosiga bag'ishlangan ilmiy tadqiqotlarning ko'payishiga sabab bo'lmoqda. Darhaqiqat, jamiyatning siyosiy, ijtimoiy va madaniy tabiatining doimiy o'sish va o'zgarishda ekanligi zamonaviy mutaxassislardan, xususan, pedagog-o'qituvchilardan o'z kasbiy qadriyatlari va shaxsiy e'tiqodlariga ega bo'lishni, nafaqat o'zining, balki o'zga madaniyat turlarini ham qabul qila bilishni, madaniy an'analar va ijtimoiy ehtiyojlarga muvofiq pedagogik dunyoqarashi va qobiliyatlarini doimiy ravishda takomillashtirib borishni taqozo etadi6.

5 Musurmonova O. Yuqori sinf o'quvchilari ma'naviy madaniyatini shakllantirishning pedagogik asoslari. Ped. fan. dok. ...diss. avtoref. - T.: 1993. -B.48.2.

6 Jumayeva G.T. 3/(2022), Maktab o'qituvchilarida kasbiy madaniyatni rivojlantirishning pedagogick tizimini takomillashtirish. Xorazm ma'mun akademiyasi axborotnomasi, 378-380 b.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

Maktab o'qituvchisining kasbiy-shaxsiy jihatdan o'z mavqeini o'zi belgilashi, o'z-o'zini tarbiyalash, o'z-o'zini takomillashtirish, o'z-o'zini rivojlantirish va "o'z-o'zini mukammal darajadagi mutaxassis" sifatida uning mohiyati va ahamiyatini anglash, pedagogik mahoratning serqirra usullarini egallash muhim vazifasi ekanligiga alohida e'tibor berilgan. Bu o'qituvchilarning kasbiy madaniyatini oshirib borishdagi murakkab va og'ir yo'ldagi birinchi, lekin oxirgi qadam emas. U o'qituvchining o'z-o'zini tarbiyalashi, o'z-o'zini mukammallashtirishi va o'z-o'zini rivojlantirishiga asos bo'ladi.

Maktab o'qituvchilarining kasbiy madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan maxsus pedagogik- ularning birinchisida o'qituvchilarni kasbiy professiogramma bilan tanishtirish, keyingi ikkitasida kasbiy madaniyat mazmuni bilan bog'liq muhim pedagogik-psixologik xislatlar va jarayonlarni rivojlantirish ishlarini amalga oshirish ko'zda tutilgan. Mashg'ulotlar kichik 12-15 kishilik guruhlarda o'tkazilishi tavsiya qilinadi.

Maktab o'qituvchilarining kasbiy madaniyatini rivojlantirishda "kasbiy madaniyat" va "kasbiy madaniyatni rivojlantirish" tushunchalariga mualliflik nuqtai nazaridan quyidagicha ta'riflar keltirildi: "Kasbiy madaniyat - bu mutaxassisning kasbiy o'z-o'zini aniqlash, kasbiy motivatsiya, kasbiy yo'nalganlik, kasbiy tajriba va mahoratning yuqori darajada rivojlanganligini belgilab, mustaqillik, erkinlik, ijodiy faollik, qabul qilinayotgan qarorga nisbatan mas'uliyat, o'quvchilarga nisbatan hurmat ko'rsatish hamda samarali pedagogik faoliyatni tashkil etish uchun zarur axloqiy sifat va fazilatlar bilan bog'langan"7.

Kasbiy madaniyatni rivojlantirish - pedagogik faoliyat rivojining muhim tavsifini o'zida ifoda etib, ta'lim jarayonida pedagogik yondashuv, strategik maqsad va vazifalarni to'g'ri belgilash, qarorlar qabul qilish, ta'lim jarayonini loyihalashtirish, innovatsion pedagogik faoliyatni tashkil etish, ta'limni boshqarish hamda boshqaruv usullari, metodlari va tamoyillaridan samarali foydalanish orqali shaxs faolligini oshirish, o'z - o'zini namoyon etish imkoniyatini kengaytirish, jamiyat talablariga muvofiq faol harakatlanish va samarali muloqot ko'nikmalarini o'zlashtirish, egallagan bilim, ko'nikma va malakalarini amaliyotga tadbiq eta olish qobiliyatidir.

Kasbiy madaniyatni rivojlantirish jarayoni insondagi motivlar bilan bevosita bog'liq bo'lib, uning mohiyati - inson xulq-atvorining ichki barqarorligi, harakatga undovchi tushunchada ifodalanadi. Motivatsiya esa "xulq-atvorni psixologik va fiziologik boshqarishning dinamik jarayoni" bo'lib, unga tashabbus, yo'nalganlik, tashkilotchilik, qo'llab-quvvatlash kiradi.

7 Jumayeva G.T. Maktab o'qituvchilarida kasbiy madaniyatni rivojlantirishning pedagogik tizimini takomillashtirish: Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi . - Termiz., 2022. - 30 6.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(6), June, 2023

Maktab o'qituvchilarining kasbiy madaniyatini rivojlantirish bilan bog'liqlikda motivlar birinchidan, kasbiy muvaffaqiyatga undasa, ikkinchidan, maqsadga erishish uchun zarur yo'l va usullar tanlashga yordam beradi. Kasbiy madaniyatni rivojlantirish xususiyatlari bilan bog'liqligini inobatga olgan holda maktab o'qituvchilarining ham kasbiy motivlari turli yosh davrlarida turlicha bo'ladi.

Kasbiy faoliyat motivatsiyasini rivojlantirish

Ichki manbalar

Insonning tug'ma (ma'lumotlarni o'zlashtirishga bo'lgan) va

orttirilgan (gnostik va ijtimoiy ijobiy) ehtiyojlari bilan belgilanadi.

Tashqi manbalar

Shaxsning ijtimoiy hayot shart-sharoitlari va jamiyat tomonidan qo'yilgan talablarga javob berishi bilan belgilanadi.

Shaxsiy manbalar Shaxsning qadriyatlar tizimi, ustanovkalari, g'oyalari va shaxsiy ehtiyojning namoyon bo'lishi bilan belgilanadi.

Kasbiy-pedagogik faoliyatning tarkibiy qismlarini o'zlashtirish

1) Gnostik - kasbiy bilimdonlik; 2) Loyihalash - istiqbolli rejalashtirish vazifalari va ularni yechish yo'llari bilan bog'liq harakatlar majmuij; 3) Konstruktiv - o'quv va tarbiyaviy axborotlar mazmunini ishlab chiqish; 4) Kommunikativ - o'quv jarayoni ishtirokchilari orasida samarali muloqot o'rnatish; 5) Tashkiliy - ta'lim jarayonini va pedagogik faoliyat sub'ektlarining

o 'zaro aloqasini aniq tashkil etish bilan bog'liq ko'nikmalar; 6) Korrektsion-rivojlantiruvchi -kasbiy pedagogik faoliyatni doimiy rivojlantirib borish, pedagogik faoliyatda ko'zga tashlangan

xato va kamchiliklarni bartaraf etish.

Kasbiy faoliyat natijalarini tahlil qilish va ijodiy faollikning namoyon bo'lishi

O 'z-o'zini nazorat qilish

O'z-o'zini baholash

Refleksiv-ijodiy fikrlash

1-rasm. Maktab o'qituvchilarining kasbiy madaniyatini rivojlantirish

tuzilmasi8

Kasbiy madaniyat pedagogik faoliyatning asosiy manbai bo'lib, o'qituvchining ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanish imkoniyatlarini oshirishga xizmat qiladi.

8 Jumayeva G. T. PSYCHOLOGICAL-PEDAGOGICAL CHARACTERISTICS AND STRUCTURAL COMPONENTS OF THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL CULTURE AMONG SCHOOL TEACHERS WEB OF SCIENTIST: INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCH JOURNAL 213-222 p. ISSN: 2776-0979, Volume 4, Issue 5, May, 2023. https://wos.academiascience.org/index.php/wos/article/view/3931

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

Kasbiy madaniyatni rivojlantirish - jamiyat va millatning ichki hayoti va idrokini mujassamlashtiruvchi qudratli kuch, inson va jamiyat rivojlanishining asosi sifatida umuminsoniy madaniyatning asosiy negizi sifatida iqtisodiy-ijtimoiy hayot tizimining shakllanishi, o'zgarishiga kuchli ta'sir etadi.

O'qituvchi kasbiy madaniyatining shakllanishi ularda kasbiy mahorat, ijodkorlik ko'nikmalarini hosil qilish, muomala madaniyatini tarkib toptirishdan iborat bo'lib, kuzatuvchanlik, ijodkorlik, ilg'or pedagogik tajribalarni mustaqil o'zlashtirish, o'qish va o'qitish jarayonida diqqatni taqsimlash, psixik holatlarini boshqara olishni ta'minlaydi. Maktab o'qituvchilarida kasbiy madaniyatni rivojlantirish jarayonining rivojlanganlik darajasini aniqlashga yo'naltirilgan pedagogik faoliyat tashkil etilgan. Ko'zda tutilgan maqsadga erishishda o'qituvchilar faoliyatini pedagogik kuzatish, suhbat, anketa so'rovlari, shuningdek, o'quv va ma'naviy-ma'rifiy ishlar mohiyatini yorituvchi hujjatlarni o'rganish kabi metodlardan foydalanilgan. Bularning barchasi tadqiqotning asosiy yo'nalishi va dasturini muayyan darajada aniqlashtirilgan;

Kompetentsiyaviy yondashuv asosida maktab o'qituvchilarida kasbiy madaniyatni rivojlantirishning tashkiliy-funktsional modeli hamda texnologiyasi asosida ishlab chiqilgan maxsus kurs-dasturlariga binoan ta'limiy tajriba-sinov ishlari olib borilgan. Bunda o'qituvchilar va o'quvchilar faoliyatini bevosita va bilvosita pedagogik kuzatish, ular ishtirokida refleksiv-rivojlantiruvchi texnika mashqlarini bajarish, hamkorlikda o'qitish, maxsus pedagogik-psixologik trening mashg'ulotlarining yo'lga qo'yilishi, o'z-o'zini baholash kabi metodlar yordamida o'qituvchilarda kasbiy madaniyatga doir sifatlarning rivojlantirilishiga katta ahamiyat qaratilgan. Nazariy tadqiqotlar natijasida aniqlangan ilmiy yechimlar modulli ishlanmalar yaratishda amaliy qo'llanilgan va aniqlashtirilgan. Kasbiy madaniyat pedagogik faoliyatning asosiy manbai bo'lib, o'qituvchining ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanish imkoniyatlarini oshirishga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5847-son Farmoni // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 08.10.2019 y.

2. Abu Rayhon Beruniy. 100 hikmat (Ibratli so'zlar). Toshkent: Fan, 1993. - 248 b.

3. Alisher Navoiy. Mahbub-ul qulub. Asarlar. 15-tom. - Toshkent: Fan, 2005. - 244 b.

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

4. Akbarov N. Texnika oliy o'quv yurtlari talabalarida kasbiy madaniyatni shakllantirishning pedagogik asoslari. Ped.fan.nomzod....dis. - T.: 2008. - 6 b.

5. Jumayeva G. T. PSYCHOLOGICAL-PEDAGOGICAL CHARACTERISTICS AND STRUCTURAL COMPONENTS OF THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL CULTURE AMONG SCHOOL TEACHERS WEB OF SCIENTIST: INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCH JOURNAL 213-222 p. ISSN: 2776-0979, Volume 4, Issue 5, May, 2023. https://wos.academiascience.org/index.php/wos/article/view/3931

6. Jumayeva.G.T. Maktab o'qituvchilarida kasbiy madaniyatni rivojlantirishning pedagogic tizimini takomillashtirish. Xorazm ma'mun akademiyasi axborotnomasi, 3/(2022), 378-380b.

7. Jumayeva G.T. Maktab o'qituvchilarida kasbiy madaniyatni rivojlantirishning psixologik-pedagogik xususiyatlari va tarkibiy komponentlari. Ta'lim, fan va innovatsiya. Jurnal, 2-son.2022. esijournaluz T.76-80 b.

8. Mahkamov U.I. Yuqori sinf talabalarida axloqiy madaniyatni shakllantirishining pedagogik asoslari. Ped.fan. doktori. ... diss. - T.: 1998. -B. 28.

9. Musurmonova O. Yuqori sinf o'quvchilari ma'naviy madaniyatini shakllantirishning pedagogik asoslari. Ped. fan. dok. ...diss. avtoref. - T.: 1993. -

10. Pedagogik atamalar lug'ati. R.X.Juraev va boshq. Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti. - T.: 2008, 136 b. 40-b.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

11. Valiev B.N. Iqtisodiy madaniyat va uni shakllantirish omillari. Falsafa.fan.nom. ...

B.48.2.

diss.- T.: 2004. -B.134.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.