Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIMDA PEDAGOGIK JARAYONLARNI TASHKIL ETISHNING HORIJ TAJRIBALARNI O O‘RGANISH (BUYUK BRITANIYA MISOLIDA)'

MAKTABGACHA TA’LIMDA PEDAGOGIK JARAYONLARNI TASHKIL ETISHNING HORIJ TAJRIBALARNI O O‘RGANISH (BUYUK BRITANIYA MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
maktabgacha ta’lim / Buyuk Britaniya / maktab ta’limi / o‘yinli guruh / xususiy tarbiyachi / mintaqaviy yasli / yasli-markazlar.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nazirova Guzal Malikovna

Maqolada horijiy davlatlarda, xususan Buyuk Britaniyada maktabgacha ta’lim tizimining tashkil etilishi, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash, o‘yinli guruhlar, Onalar va bolalar klublari haqida ma’lumotlar berilgan. SHuningdek, Buyuk Britaniyada tashkil etilgan maktabgacha ta’lim tizimi tajribalarini tadqiqot doirasida o‘rganilgan va tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIMDA PEDAGOGIK JARAYONLARNI TASHKIL ETISHNING HORIJ TAJRIBALARNI O O‘RGANISH (BUYUK BRITANIYA MISOLIDA)»

MAKTABGACHA TA'LIMDA PEDAGOGIK JARAYONLARNI TASHKIL ETISHNING HORIJ TAJRIBALARNI O O'RGANISH (BUYUK BRITANIYA MISOLIDA)

Nazirova Guzal Malikovna

Qo'qon DPI dotsenti, PhD https://doi.org/10.5281/zenodo.11198502

Annotatsiya. Maqolada horijiy davlatlarda, xususan Buyuk Britaniyada maktabgacha ta'lim tizimining tashkil etilishi, bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash, o'yinli guruhlar, Onalar va bolalar klublari haqida ma'lumotlar berilgan. SHuningdek, Buyuk Britaniyada tashkil etilgan maktabgacha ta'lim tizimi tajribalarini tadqiqot doirasida o'rganilgan va tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: maktabgacha ta'lim, Buyuk Britaniya, maktab ta'limi, o'yinli guruh, xususiy tarbiyachi, mintaqaviy yasli, yasli-markazlar.

Abstract. The article provides information on the organization of preschool education in foreign countries, in particular in the UK, preparing children for schooling, game clubs, clubs for mothers and children. As part of the study, the experience of the preschool education system created in the UK was also studied and analyzed.

Keywords: preschool, UK, school education, play group, private tutor, regional nursery, nursery centers.

Jahonning rivojlangan mamlakatlarida ta'lim barqaror taraqqiyotni ta'minlovchi asosiy omil sifatida e'tirof etilib, 2030 yilgacha belgilangan xalqaro ta'lim konsepsiyasida "sifatli ta'lim olish va pedagog kadrlarning kasbiy mahoratlarini oshirish" dolzarb vazifa sifatida belgilandi. Bu o'z navbatida, malaka oshirish jarayonini zamon talablari darajasida tashkil qilish, maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagog-tarbiyachilari kasbiy kompetentligini takomillashtirish, ularning faoliyatida zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, maktabgacha ta'lim tizimini malakali kadrlar bilan ta'minlash zaruriyatini keltirib chiqarmoqda. Maktabgacha ta'lim tizimini malakali kadrlar bilan ta'minlashda jahon ta'lim tizimi tajribalarini o'rganish ayni muddaodir.

Dunyoning ko'pgina davlatlarida maktabgacha ta'lim yagona ta'lim-tarbiya tizimining dastlabki bo'g'ini hisoblanadi. Mazkur tizimga mahalliy hokimiyat organlari, sanoat va qishloq xo'jaligi korxonalari, diniy va jamoat tashkilotlari, jismoniy shaxslar tomonidan e'tibor ko'rsatiladi. Odatda, ko'pgina davlatlarda statsionar va mavsumiy yasli, ish vaqti davomiyligi turlicha bo'lgan MTM, boshlang'ich sinflarda maktabgacha bo'limlar, onalar maktablari, maydonchalar faoliyat yuritadi. Tarbiyaviy ishlarning maqsadi bolalarning barkamol rivojlanishi, ularda ijtimoiy hayot malakalarini shakllantirish hisoblanib, bu ishlar ta'lim va tarbiya dasturlari asosida amalga oshiriladi. Barcha davlatlarda pedagogik xodimlarni tayyorlash tizimi mavjud (kurslar, o'rta maxsus, oliy ta'lim muassasalari). Maktabgacha ta'limning har bir milliy tizimi o'ziga xos bo'lgan tajribalarga egadir.

SHu jihatdan xorijiy davlatlarda, jumladan, Buyuk Britaniyada tashkil etilgan maktabgacha ta'lim tizimi tajribalarini tadqiqot doirasida o'rganildi va tahlil qilindi.

Uzoq vaqt davomida Buyuk Britaniyada kam ta'minlangan oilalar farzandlari uchun davlat nazoratidagi muassasalar faoliyat yuritgan.

Hozirgi vaqtda ular zamonaviy maktabgacha ta'lim muassasalari sifatida, bolalar tarbiyasiga differensiallashgan yondashuvni ta'minlamoqda. Maktabgacha tarbiya tizimining

shakllanishi va rivojlanishi M.Montessori [79], G.SHteyner [144], J.Piaje [95], Dj.Bruner [144] g'oyalari ta'sirida yuz bergan.

Mamlakatda barcha bolalarni 5 yoshdan qabul qilinadigan maktab ta'limiga tayyorlash uchun maktabgacha muassasalar etarli emas. Ularning asosiy turlari davlat va xususiy yaslilari, yasli maktablar, yasli sinflar, o'yin klublari, ona va bola klublari, "imkoniyatlar" guruhlari hisoblanadi. Ish mazmuniga ko'ra ularni uch guruhga birlashtirish mumkin:

- bolalar parvarishini ta'minlaydigan kunduzgi yaslilar;

- bolalarni aqliy rivojlantirish, maktabga tayyorlash muassasalari sifatidagi yasli sinflar va maktablar;

- o'yin guruhlari, ona va bola klublari, "imkoniyatlar" guruhlari.

Mintaqaviy kunduzgi yaslilarini bir necha oylikdan 4-5 yoshgacha davrdagi bolalar uchun mahalliy hokimiyat organlari ochadilar. Ular yil davomida soat 8 dan 18 ga qadar ishlaydilar va kam daromadli ota-ona farzandlari uchun mo'ljallangan.

Xususiy kunduzgi yaslilarni turli jismoniy shaxslar, tashkilotlar, xayriya jamiyatlari, diniy tashkilotlar va shu kabilar tashkil etadilar. Bular cherkov-jamoatchilik kunduzgi yaslilari; fabrikalar, kompaniyalar, korporatsiyalar, banklar tomonidan o'z ishchilarining farzandlari uchun ochilgan yaslilar; tijorat yaslilari; kooperativ yaslilar; ilmiy-tadqiqot markazlari qoshidagi psixologik-pedagogik sohadagi yaslilar hisoblanadi. Ularning maqsadi kichik yoshdagi farzandi bo'lgan onalar uchun kuniga bir necha soat bo'sh vaqtni ta'minlashdan iborat.

Mamlakatda ko'pgina xususiy tarbiyachilar bo'lib, ular ota-onalarning ixtiyoriga ko'ra ish kuni davomida tug'ilganidan 5 yoshgacha bo'lgan bolalar bilan ishlaydilar.

Ayniqsa, 3-5 yoshdagi bolalar uchun bepul mintaqaviy yasli maktablari va sinflari keng ommalashgan. YAsli markazlari, o'ziga xos tarzdagi birlashgan kunduzgi va yasli maktablari bo'lib, ular o'z afzalliklariga egadirlar, ammo ularning soni oz. Boshlang'ich maktablarda ko'pincha yasli markazlari tashkil etilib, ular bolalarning aqliy, jismoniy, ma'naviy, estetik rivojlanishlari, ularning individualliklarini shakllantirish bilan shug'ullanadilar. Mazkur yasli-markazlarni ota-onalar tashkil qiladilar. Odatda, yasli markazlari bolalarni har tomonlama barkamol rivojlanishining oliy darajasi bilan ta'minlaydilar.

O'yinli guruhlar maktabgacha muassasalarning eng keng tarqalgan turi hisoblanadi, ular maktabgacha o'yinlar guruhi Assotsiatsiyasida birlashadilar. Ular qisman davlat byudjetidan, hayriya xissasi hamda ko'proq bolalarning ota-onalari tomonidan moliyalashtiriladilar. Ularda 23 yosh oralig'idagi bolalarning 70 foizigacha miqdori tarbiyalanadilar. Guruhlarda 6 nafardan 40 nafargacha bolalar tarbiyalanadilar, mazkur guruhlar haftada 2-5 kungacha 2-3 soat davomida ishlaydilar. O'yinli guruhlar rahbarlari maxsus psixologik-pedagogik tayyorgarlikka ega bo'lishlari shart (ko'pincha bular guruh tarbiyalanuvchilarining onalari bo'ladilar).

SHifoxona o'yinli guruhlari davolanishda bo'lgan bolalarning tarbiyalanishlari uchun mo'ljallangan. "Imkoniyat guruhlari" rivojlanishida alohida ehtiyojga ega bo'lgan bolalarni tarbiyalash maqsadida tashkil etiladilar. Mazkur guruhlar o'yinli guruhlar kabi faoliyat yuritadilar, ammo guruhlardagi bolalar soni ozchilikni tashkil etadi. Mashg'ulotlarda maxsus o'yinli va o'quv materiallaridan foydalaniladi.

Onalar va bolalar klublarida bolalarning guruhdagi tarbiyalanish vaqtlarida onalarning albatta qatnashishlari zarurligini nazarda tutadi hamda guruhlarning ishlari o'yinli guruhlar ishidan deyarli farqlanmaydi [148; 589-603-b.].

Ingliz xalq ta'limi tizimi boshlang'ich maktablarga uch-to'rt yoshdagi bolalarning qabul qilinishiga ijozat berishi sababli, ta'lim organlari besh yoshli bolalar uchun ham tayyorlov sinflari (guruhlari)ni tashkil etadilar.

Maktabgacha ta'lim muassasalar va dasturlarning xilma-xilligi Buyuk Britaniyaning maktabgacha tarbiya konsepsiyasining o'ziga xosligini aks ettiradi: bola atrof-muhitni idrok etadigan faol sub'ekt hisoblanadi. SHu sababli tarbiyaning maqsadi bolaning individualligini tarbiyalash, turli faoliyat turlarini egallashda uning mustaqilligini ta'minlash hisoblanadi. Bolalarning ta'lim-tarbiyasi dasturlari bola shaxsini yaxlit tasavvur qila olishga yo'naltirilgan bo'lib, ta'lim olishga motivli omillardan foydalanish, tashabbuskorlikni rivojlantirishga yo'naltiriladi. Maktabgacha ta'lim muassasalarda bir katta insonga 3 nafardan ko'p bo'lmagan go'daklar hamda 3-5 yoshgacha bo'lgan 5 nafargacha bolalar to'g'ri keladi. Maktabgacha ta'lim muassasasiga bolaning moslashishini osonlashtirish uchun dastlabki kunlarda bola o'z onasi bilan birgalikda bo'ladi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning ta'lim va tarbiyasining milliy tizimlari qanchalik o'ziga xos va original bo'lmasin, ularning barchasi o'z asosida universal tamoyillarga ega bo'lgan, maktabgacha ta'lim va tarbiya yagona va yaxlit tizimini taraqqiyotning umumiy hodisasi sifatida namoyon etadilar.

YUqoridagilardan xulosaga kelgan holda, har birimiz O'zbekiston maktabgacha ta'limining ijtimoiy muammolari, ta'lim-tarbiyada umumbashariy, milliy va individual omillarni, rivojlangan mamlakatlar pedagogika fanining yutuqlaridan foydalangan holda tabaqalashtirish, ta'lim-tarbiya nazariyasi va amaliyotining umumjahon ilg'or tajribasini, zamonaviy pedagogik g'oyalarini tanlash va ishlab chiqish texnologiyasi, o'quv-tarbiya jarayonida ilg'or tajriba va o'qitish texnologiyalarni qo'llay olish, umuminsoniy qadriyatlar asosida jahon va respublikamiz ta'limi rivojini tashxis eta olish; jahon va respublikamizda pedagogika fani taraqqiyotini qiyosiy tahlil etish; respublikamiz ta'limi taraqqiyotidagi afzalliklarni ko'ra olish va uning keyingi rivojini bashorat qila olishga doir ko'nikmalarni egallagan, pedagogik adabiyotlar bilan ishlay oladigan; zarur metodik yo'riqnomalar tuza oladigan; samarali pedagogik tadqiqotlar o'tkazish, qiyosiy tahlil metodidan foydalana olish, qiyosiy tahlil jarayonida jahon mamlakatlarning rivojlanishidagi o'ziga xosliklarni hisobga olish malakalarini egallashi kerak.

Globallashuv ta'lim sohasida turli mamlakatlar o'rtasidagi aloqalarning kengayishiga imkoniyat yaratdi. Buning natijasida O'zbekiston uzluksiz ta'lim tizimida horijiy mamlakatlar amaliyotida faol qo'llanilayotgan ilg'or pedagogik texnologiyalarni samarali qo'llash imkoniyati yuzaga keldi.

Rivojlangan horijiy mamlakatlar, shu jumladan, Buyuk Britaniya ta'lim tizimi bilan yaqindan tanishish ham ta'lim tizimining istiqbolli yo'nalishlarini belgilashda alohida ahamiyat kasb etadi. MTTni boshqarish ularning faoliyatini tartibli, izchil, maqsadli, uzluksiz tashkil etilishini ta'minlaydi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida" gi Qonuni. 2020 yil 23 sentyabr. O'RQ-637-son. (Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 24.09.2020 y., 03/20/637/1313-son)

2. O'zbekiston Respublikasining "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi Qonuni. 2019 yil 16 dekabr. O'RQ-595-son. (Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 17.12.2019 y., 03/19/595/4160-son)

3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 18 maydagi "Maktabgacha ta'lim tizimi uchun kadrlarni tayyorlashni yanada takomillashtirish to'g'risida"gi 418-son Qarori // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 20.05.2019 y., 09/19/418/315 8-son.

4. Incheon Declaration/Education 2030: Towards inclusive and equitable quality education and lifelong learning for all (Word Education Forum, 19-22 may 2015, Incheon, Republic of Korea. http://unesdoc/unesco.org)

5. Вулфсон Б.Ф. Сравнительная педагогика М.: «Просвещение», 2003 г.

6. Зуфаров Ш. Педагогик инноватика. - Тошкент: "Fan va texnologiyalar" нашриёти, 2012.b

7. Friedrich Scheuermann and Francesc Pedty «Assessing the effects of ICT in education « Indicators, criteria and benchmarks for international comparisons». Retrieved 20.01.2016 from http://www.csu.edu.au

8. SN Anvarovna, H Mertol, Comparative Analysis of the Education Systems of Uzbekistan and Turkey: Generalization of the Study Experience // American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education (2993)2024

9. Nurkhon Sultonova, Development Centers of Preschool Organizations and Children's Play Activities/American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education (29932769) 2023/10/25 p428-431

10. https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=Rh71JaMAAAA J&citati on_for_view=Rh71JaMAAAAJ:Se3iqnhoufwC

11. https://scholar.google.com/citations?view op=view citation&hl=ru&user=Rh71JaMAAAA J&citation for view=Rh71JaMAAAAJ:IjCSPb-OGe4C

12. https://scholar.google.com/citations?view op=view citation&hl=ru&user=ozrGWXoAAAA J&citation for view=ozrGWXoAAAAJ:WF5omc3nYNoC

13. https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=ozrGWXoAAAA J&citation for view=ozrGWXoAAAAJ:zYLM7Y9cAGgC

14. https://scholar.google.com/scholar?oi=bibs&cluster=18036205887568494610&btnI=1&hl=r u

15. https://scholar.google.com/citations?view op=view citation&hl=ru&user=Rh71JaMAAAA J&citation for view=Rh71JaMAAAAJ:MXK kJrjxJIC

16. SA Albertovich - INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & ..., 2022 -gejournal.net Issues of the formation of the professional component of future teachers (on the example of the science of physical culture)

17. Albertovich S. A. Jismoniy tarbiya mashgulotlarida katta maktabgacha yoshdagi bolalarda oyin mashqlaridan foydalanib chaqqonlik va epchillikni rivojlantirish //FAN, TA'LIM VA AMALIYOTNING INTEGRASIYASI. - 2022. - Т. 3. - №. 6. - С. 56-60.

18. Albertovich S. A. Social factors of organization and management of sports training in higher education //ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603. - 2022. - Т. 11. - №. 12. - С. 28-31.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.