Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIMNING MUQOBIL SHAKLLARINI JORIY ETISH VA SHAKLLANTIRISH'

MAKTABGACHA TA’LIMNING MUQOBIL SHAKLLARINI JORIY ETISH VA SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
638
45
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
konsepsiya / play groups / home visits / korporativ / muqobil / investitsiya. / concept / play groups / home visits / corporate / alternative / investment.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — N. Ashurova

Ushbu maqola maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishini kengaytirish, aholiga maktabgacha ta’lim xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish, shuningdek, maktabgacha ta’lim va tarbiyaning yangi innovatsion muqobil shakllarini joriy etishga qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INTRODUCTION AND FORMATION OF ALTERNATIVE FORMS OF PRESCHOOL EDUCATION

This article aims to further improve the system of pre-school education, expand the coverage of children with pre-school education, organize the provision of pre-school education services to the population, as well as the introduction of new innovative alternative forms of pre-school education.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIMNING MUQOBIL SHAKLLARINI JORIY ETISH VA SHAKLLANTIRISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

MAKTABGACHA TA'LIMNING MUQOBIL SHAKLLARINI JORIY ETISH VA

SHAKLLANTIRISH Ashurova Nilufar Bahromjon qizi

Surxandaryo viloyati Sariosiyo tumani 13-sonli DMTT uslubchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7351515

Annotatsiya. Ushbu maqola maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, bolalarning maktabgacha ta'lim bilan qamrab olinishini kengaytirish, aholiga maktabgacha ta'lim xizmatlari ko'rsatishni tashkiletish, shuningdek, maktabgacha ta'lim va tarbiyaningyangi innovatsion muqobil shakllarini joriy etishga qaratilgan.

Kalit so'zlar: konsepsiya, play groups, home visits, korporativ, muqobil, investitsiya.

ВНЕДРЕНИЕ И ФОРМИРОВАНИЕ АЛЬТЕРНАТИВНЫХ ФОРМ ДОШКОЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ

Аннотация. Данная статья направлена на дальнейшее совершенствование системы дошкольного образования, расширение охвата детей дошкольным образованием, организацию оказания услуг дошкольного образования населению, а также внедрение новых инновационных альтернативных форм дошкольного образования и воспитания.

Ключевые слова: концепция, игровые группы, домашние визиты, корпоратив, альтернатива, инвестиции.

INTRODUCTION AND FORMATION OF ALTERNATIVE FORMS OF PRESCHOOL

EDUCATION

Abstract. This article aims to further improve the system of pre-school education, expand the coverage of children with pre-school education, organize the provision of pre-school education services to the population, as well as the introduction of new innovative alternative forms of pre-school education.

Keywords: concept, play groups, home visits, corporate, alternative, investment.

O'tgan davr mobaynida mamlakatimizda o'sib borayotgan avlodni sog'lom va har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, ta'lim-tarbiya jarayoniga samarali ta'lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha ta'limning samarali tizimini tashkil etish bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirildi.

Maktabgacha ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari sonini yanada oshirish va ular ko'rsatadigan xizmatlar turlarini kengaytirish uchun mustahkam poydevor bo'ldi.

Shu bilan birga, olib borilgan tahlil, bolalarning maktabgacha ta'lim bilan qamrovini ta'minlash, maktabgacha ta'lim tashkilotlarini zamonaviy o'quv-metodik materiallar va badiiy adabiyotlar bilan to'ldirish, sohaga malakali pedagog va boshqaruv kadrlarini jalb qilish masalalarini hal etish zarurligini ko'rsatmoqda.

Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, bolalarning sifatli maktabgacha ta'limdan teng foydalanishini ta'minlash, maktabgacha ta'lim xizmatlarining nodavlat sektorini rivojlantirish maqsadida, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3955-son qaroriga muvofiq O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Konsepsiya O'zbekiston Respublikasida maktabgacha ta'limni rivojlantirishning maqsadlari, vazifalari, ustuvor yo'nalishlari, o'rta va uzoq muddatli istiqboldagi bosqichlarini belgilaydi hamda maktabgacha ta'lim sohasini rivojlantirishga yo'naltirilgan dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos bo'ladi. Konsepsiyaning boblariga muvofiq bolalarni sifatli maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish ko'lamini oshirish, undan teng foydalanishi imkoniyatlarini ta'minlash, sohada davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantirish alohida ta'kidlangan bo'lib, uning yettinchi bandida maktabgacha ta'limning moslashuvchan ish jadvali hamda rivojlantiruvchi, tuzatuvchi xizmatlar va tadbirlarning keng ko'lamini o'z ichiga olgan quyidagi muqobil shakllarini joriy etish va rivojlantirish:

har xil yoshdagi bolalar uchun qisqa muddatli maktabgacha ta'lim guruhlari — "Pley-guruhlar";

maktabgacha yoshdagi bolalarga uyiga borib maktabgacha ta'lim xizmatlarini ko'rsatish dasturi — "Home visits";

maktabgacha ta'lim tashkilotlari korporativ guruhlari va boshqalar ko'zda tutilgan.

2021 yilda maktabgacha ta'limning qisqa muddatli guruhlari (play groups - olis hududlarda o 'quv materiallar va inventarlar bilan jihozlangan xonalarda turli yoshdagi bolalar uchun kuniga 3-4 soatlik mashg'ulotlar) tashkil etilishi belgilangan.

Bundan tashqari bolalarni uyiga tashrif buyurish (home visits - pedagog tomonidan maktabgacha ta'lim bilan qamrab olinmagan bolalarga tashriflar) ko'zda tutilgan. Oila metodik to'plam bilan ta'minlanadi. Mashg'ulotlardan tashqari, pedagog ota-onalarga metodik materiallardan uy sharoitida foydalanishni tushuntiradi) maktabgacha ta'lim xizmatlari joriy etiladi va rivojlantiriladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrda qabul qilingan "Raqamli O'zbekiston - 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6079-sonli farmoni ijrosini ta'minlash orqali, davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalar davomati va salomatligini onlayn monitoring qilish bo'yicha "Bolalar bog'chasi" axborot boshqaruv tizimini yo'lga qo'yiladi hamda mazkur tizimni boshqa vazirlik va idoralarning axborot tizimi bilan integratsiya qilish imkoniyati yaratiladi.

Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, bolalarning maktabgacha ta'lim bilan qamrab olinishini kengaytirish, aholiga maktabgacha ta'lim xizmatlari ko'rsatishni tashkil etish, shuningdek, maktabgacha ta'lim va tarbiyaning yangi innovatsion muqobil shakllarini joriy etish maqsadida qisqa muddatli "Pley" guruhlarni maktabgacha ta'lim bilan qamrab olinmagan bolalardan shakllantirish hamda ushbu guruhlardagi ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta'lim-tarbiyaning samarali shakllari va usullarini joriy etish, guruhlarni o'quv-uslubiy, didaktik materiallari, rivojlantiruvchi o'yin va o'yinchoqlar, milliy madaniy-tarixiy boyliklarni aks ettiradigan hamda bolalikdan kitob o'qishga qiziqishni oshiradigan badiiy adabiyotlar bilan ta'minlash, ilg'or xorijiy tajriba inobatga olingan holda, ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablariga muvofiq maktabgacha ta'lim bilan qamrab olinmagan bolalarning har tomonlama yetuk, intellektual, ma'naviy-estetik, jismoniy kamol topishi uchun shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.

Maktabgacha yoshdagi bolalarga uyiga borib maktabgacha ta'lim xizmatlarini ko'rsatish dasturi — "Home visits" maktabgacha ta'lim tashkilotlariga bormaydigan bolalarning ijtimoiy moslashuvini ta'minlash va ularni boshlang'ich ta'limga tayyorlash va ota-onalarga bolalarning

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

ilk rivojlanishi, ularga ta'lim-tarbiya berish masalasida maslahat va uslubiy yordam ko'rsatish bo'yicha maktabgacha ta'limning muqobil shakllarini rivojlantirish rejalashtirilmoqda.

Ushbu guruhlar maktabgacha ta'lim tizimining ajralmas qismi hisoblanadi.Guruhlarni o'quv-uslubiy, didaktik materiallar, badiiy adabiyotlar, rivojlantiruvchi o'yin va o'yinchoqlar bilan ta'minladi va guruhlarda tarbiyalanuvchi, pedagog xodim, ota-ona yoki ularning qonuniy vakillari ta'im-tarbiya jarayonining ishtirokchilari hisoblanadi.

Tegishli kasbiy ma'lumotga, tayyorgarlikka, yuksak axloqiy va ma'naviy fazilatlarga ega bo'lgan shaxslar ushbu muqobil guruhlarda pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish huquqiga egadirlar.

Rekord darajadagi qisqa vaqtda joriy etilishidan tashqari, maktabgacha ta'limning muqobil shakllari kamroq xarajat talab qilishi bilan ham ajralib turadi.

'«Modulli va mobil MTTlar maktabgacha ta'lim sohasi bugungi kunda muhtoj bo'lgan tezkor va samarali yechim hisoblanadi.

Ushbu dasturlar 2021-2022 yillar Investitsiya dasturiga quyidagi mezonlarni inobatga olgan holda shakllantirildi:

- qamrov darajasi past bo'lgan hududlar;

- og'ir axvoldagi ta'mirga muxtoj bo'lgan MTTlar;

Tizimda ta'lim-tarbiya jarayonining sifatini oshirish bo'yicha maktabgacha yoshdagi bolalarni uyda tarbiyalayotgan ota-onalarga atrof olamni o'rgatish, ta'limiy-tarbiyaviy bilim berish, nutq va mantiq qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida, ota-onalar bilan hamkorlikda ish olib borishlari uchun ularning talab va takliflarini hisobga olgan holda ta'lim-tarbiyaviy ishlarini tashkil qilish, uslubiy yordam ko'rsatish maqsadida an'anaviy va onlayn tartibda doimiy mashg'ulotlar olib boriladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi PQ-4312-sonli qarori

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori

3. "Ilk qadam" Maktabgacha ta'lim muassasasining Davlat o'quv dasturi. //Mualliflar: I.V. Grosheva, L.G.Evstafeva, D.T.Maxmudova, SH.B.Nabixanova, S.V.Pak, G.E.Djanpeisova.-Toshkent, 2018.-59 b.

4. Qodirova F. Pedagog kadrlarga yangi pedagogik texnologiyalar haqida. //Til va adabiyot ta'limi. 2001. 4-son. 9-10-b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.