Научная статья на тему 'Maktabgacha yoshdagi bolalarning bilish jarayonlarini rivojlanishida kompetensiyaviy yondashuv'

Maktabgacha yoshdagi bolalarning bilish jarayonlarini rivojlanishida kompetensiyaviy yondashuv Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
810
77
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
kompetensiya / kompetensiyaviy yondashuv / sezgi / idrok / xotira / tasavvur / tafakkur / nutq / bilim / ko‘nikma / malaka

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Zilola Axmadovna Sayfiyeva, Orzigul Abduraxmonovna Abdullayeva

Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning bilish jarayonini rivojlanishi, ta’lim jarayonida kompetensiyaviy yondashuvning mohiyati, bolalar xulqatvorini shakllantirish, maktabgacha yosh davriga xos xususiyatlar, kompetensiyaviy yondashuv ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb masala ekanligi haqida umumiy ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Maktabgacha yoshdagi bolalarning bilish jarayonlarini rivojlanishida kompetensiyaviy yondashuv»

Maktabgacha yoshdagi bolalarning bilish jarayonlarini rivojlanishida kompetensiyaviy yondashuv

Zilola Axmadovna Sayfiyeva G'ijduvon tumani, 32-DMTT Orzigul Abduraxmonovna Abdullayeva Bobkent tuman, 5-DMTT

Annotatsiya: Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning bilish jarayonini rivojlanishi, ta'lim jarayonida kompetensiyaviy yondashuvning mohiyati, bolalar xulq-atvorini shakllantirish, maktabgacha yosh davriga xos xususiyatlar, kompetensiyaviy yondashuv ta'lim tizimi oldida turgan dolzarb masala ekanligi haqida umumiy ma'lumot berilgan.

Kalit so'zlar: kompetensiya, kompetensiyaviy yondashuv, sezgi, idrok, xotira, tasavvur, tafakkur, nutq, bilim, ko'nikma, malaka

Competency approach in the development of cognitive processes of preschool children

Zilola Akhmadovna Sayfiyeva Gijduvan district, 32-SPO Orzigul Abdurakhmonovna Abdullayeva Bobkent district, 5-SPO

Abstract: The article provides general information about the development of the cognitive process of preschool children, the essence of the competence approach in the educational process, the formation of children's behavior, the characteristics of the preschool age, and the fact that the competence approach is an urgent issue facing the education system.

Keywords: competence, competence approach, intuition, perception, memory, imagination, thinking, speech, knowledge, skill, competence

Har bir mamlakatning iqtisodiy qudrati, ijtimoiy-ma'naviy hayot darajasining yuksalishi ta'lim tizimining raqobatbardoshligi, ilm-fan taraqqiyoti, yuqori salohiyatli, immuniteti mustahkam yoshlari bilan belgilanadi. Ta'lim tizimining raqobatbardoshligini oshirish va salohiyatli yoshlarini tarbiyalashda eng avvalo ta'limning ilk bo'g'ini - maktabgacha ta'lim sohasiga diqqatni qaratmoq lozim. "Qaysi sohani olmaylik, biz zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib biron-bir

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 3.848 244 [Ml^^^H

o'zgarish farovon hayotga erisha olmaymiz. Bunday kadrlarni, millatning sog'lom genofondini tayyorlash avvalo maktabgacha ta'lim muassasasidan boshlanadi." - deb ta'kidlaydi o'z nutqida prezident Sh.Mirziyoyev.

Maktabgacha ta'lim tashkiloti - bu o'ziga xos olam bo'lib unda bola o'zini qulay, xavfsiz va manzur sezishi lozim. Bu borada esa ta'lim jarayoni muhim ahamiyatga ega. Maktabgacha ta'lim tashkiloti turli yosh guruhlarida rivojlantiruvchi muhit shunday tarzda yaratilishi kerakki, unda bola o'zini erkin, mustaqil tanlash imkoniyatiga ega, o'yinchoqlar, o'quv dasturlari bola yoshiga mos, tarqatma materiallar, mebel jihozlar va AKT texnik vositalar bilan jihozlash me'yorlari asosida jihozlangan boshqacha qilib aytganda shunday inklyuziv muhit yaratilgan bo'lishi kerakki, unda har bir bola o'zini ardoqli, qobiliyatli, intellektli va ta'lim jarayoniga jalb qilingandek his qilishi lozim. Shu o'rinda pedagog esa bolalarning mustaqil harakat qilish, natijalarga erishish va yutuqlarni amalga oshirish hamda ulardan zavqlanish qobiliyatini rivojlantirishga hissa qo'shmog'i lozim.

Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berishda kompetensiyaviy yondashuv muhim ahamiyat kasb etadi. Bola shaxsini har tomonlama hayotga tayyorlash, idrok etish, sog'lom fikrlash, tanqidiy fikrlash, hayotiy muhim masalalarni hal qilish uchun zarur bo'lgan, axloqiy me'yor va qadriyatlarni o'zlashtirish, aqliy rivojlantirish, muloqot qilish, bolaning "Men" ini shakllantirishga yordam beradi va asos bo'lib xizmat qiladi. Kompetensiyalar bolaning faoliyat va axloq sub'ekti sifatidagi yaxlit rivojlanishini talab etadi. Kompetensiya bu - bolaning bilim, ko'nikma, malaka va qadriyatlari majmuidir. Tayanch va soha kompetensiyalari mavjud bo'lib, rivojlanish sohasidan qat'i nazar, bola shaxsi shakllanishi uchun asos bo'lib xizmat qiladi.

Bola kompetensiyasi yanayam aniqroq qilib aytadigan bo'lsak - bolaning ma'lum bir yosh davriga xos bo'lgan vazifalarni maqsadli, samarali bajarishi uchun yetarli bo'lgan bilimi, ko'nikmasi va malakalari, hamda qadriyatlari yig'indisidir.

Mashxur rus pedagogi Lesgaftning fikricha, "Insonning maktabgacha yosh davri shunday bir bosqichki, bu davrda bolalarda xarakter xislatlarining namunalari shakllanib, axloqiy xarakterning asoslari yuzaga keladi" - deydi.

Maktabgacha yosh davrida aynan bolaning tafakkuri rivojlanib, mukammallashib, xarakteri shakllanib boradi. Bola dunyoni anglay boshlaydi, o'rganadi, idrok etadi, fikrlaydi, taqqoslaydi, ko'nikma hosil qiladi. Tajribalar o'tkazadi, tahlil qilishga o'rganadi, natijaga erishish orqali bilimlarini yanada oshirib boradi.

Maktabgacha yosh davrida bolalarning tafakkuri va uning rivojlanishi o'ziga xos xususiyatga ega. Tafakkur bolaning 7 yoshgacha bo'lgan davrida juda tez rivojlana boshlaydi. Bolalarda bilishga qiziqish ortadi, har sohaga doir savollar tug'ila boshlaydi, bu esa o'z navbatida tafakkurning faollashayotganligidan dalolat beradi. Bu davrda bolaning har bir savoli javobsiz qolmasligi lozim. Aks holda bolaning qiziqishlariga, ijodkorligiga, intellektiga to'siq qo'yish mumkin. Har qanday tafakkur, odatda biron

narsani taqqoslash, tahlil qilish va solishtirishdan boshlanadi. Shuning uchun biz ana shu taqqoslash, analiz va sintez qilishni tafakkur jarayoni deb ataymiz.

Bugungi kunda uzluksiz ta'lim tizimining barcha bo'g'inlarida "kompetensiya", "kompetensiyaviy yondashuv", "kompetensiyaviy ta'lim", "kompetentlik" kabi tushunchalar faol qo'llana boshladi. Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta'lim bolaning egallagan bilim, ko'nikma va malakalarini faoliyatda amaliy qo'llay olish imkoniyatini rivojlantirishga zamin yaratdi. Tabiiyki maktabgacha yosh davrida bolalar atrofni anglash va ular bilan bevosita amaliy munosobatda bo'lishga intiladilar.

"Kompetensiya" atamasi ilk bor XX asr o'rtalarida amerikalik tilshunos, generativ tilshunoslik asoschisi N.Xomskiy tomonidan qo'llandi. Uning ta'lim sohasida tildan foydalanish bilan bog'liq faoliyatga yo'naltirilgan bilim, ko'nikma va malakalar majmui sifatida qo'llanishi olimning izdoshlari tomonidan kompetensiyaviy yondashuv sifatida talqin etildi va kompetentlilik, kompetensiyaviy yondashuv ta'limda aniq natijalar bilan bog'liq samarani ko'rsatuvchi omil sifatida qayd etildi.

Xulosa, qilib aytganda bugungi kunda maktabgacha ta'limning sifat va samaradorligini oshirishda kompentensiyaviy yondashuv, bolaning aynan yoshiga mos dasturga tayanish, adabiyotlar bilan boyitib borish, bolalarning kundalik faoliyatini mazmunli va qiziqarli tashkil etish, ularning bo'sh vaqtlaridan unumli foydalanish, qobiliyatlarini aniqlash, yanada rivojlantirish va shunga qarab jarayonga ijodiy yondashish, o'tkaziladigan mashg'ulotlar va manbalarni bolalar va jamiyat ehtiyojlariga javob beradigan holatga keltirish maqsadida ratsional va tizimli tahlil qilishni ko'zda tutadi.

Maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'limning poydevori sanaladi. Poydevor qanchalik mustahkam bo'lsa imorat uzoq yillar xizmat qiladi, yillar davomida jilolanadi. Shunday ekan kelajagimiz davomchilari, g'ururimiz, ishonchimiz bo'lgan yosh avlodni har tomonlama komil, salohiyatli, mustahkam irodali, jahon sahnalarida raqobatbardosh qilib ta'lim-tarbiya berish bugungi kun pedagogining oldida turgan dolzarb vazifalardan biri ekanligini anglamog'imiz zarur. Zeroki mamlakatning qudrati zakovatli yoshlari bilan belgilanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. E.A. Migranova, Sh.X. Poziiova Kasbiy pedagogik faoiiyatga kirish / O'quv qo'llamna. - Toshkent: "Tafakkur bo'stoni", 2018 y. - 200 bet

2. I.V. Grosheva, L.G.Yevstafeva, D.T.Maxmudova, Sh.B.Nabixanova, S.V.Pak, G.E.Djanpeisova "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi T: 2022.

3. F.Qodirova, SH. Toshpo'latova, M.A'zamova. "Maktabgacha pedagogika" -T., "Ma'naviyat" 2019 y.- 688 bet

4. Sh.A. Sodiqova "Maktabgacha pedagogika". "Tafakkur sarchashmalari" T:. 2013 y.- 288 bet.

5. N.M. Qayumova "Maktabgacha pedagogika", "TDPU" nashriyoti T:. 2013 y-184 bet.

6. B.X. Xodjayev. Umumiy pedagogika. Darslik. - T.: "Sano-standart", 2017 y. -434 bet.

7. S.M. Raxmonova DIDACTIC POSSIBILITIES OF IMPROVING THE METHODOLOGY FOR PREPARING FUTURE EDUCATORS OF THE PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATION FOR INNOVATIVE PROFESSIONAL ACTIVITIES. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT ISSN: 2792 - 1883 | Volume 2 No. 12 https://literature.academicjournal.io 16.12.2022 y.36-40 bet.

8. S.M. Raxmonova, D.M. Murotovna. Ta'lim jarayonida pedagogning innovatsion kasbiy faoliyati va xususiyatlari. SCIENCE AND EDUCATION. SCIENTIFIC JOURNAL. ISSN 2181-0842 VOLUME 4, ISSUE 5 MAY 2023. https: //drive.google.com/file/d/190Zcnat7oUs SvaN 14XoXW-LO87w895aE/view?usp=sharing. 4.05.2023 y. 862-866 bet

9. S.M. Rakhmonova. System of inclusive education in preschool education development. SCIENCE AND EDUCATION. SCIENTIFIC JOURNAL. ISSN 21810842 VOLUME 4, ISSUE 5 MAY 2023. https: //drive.google.com/file/d/190Zcnat7oUs SvaN 14XoXW-LO87w895aE/view?usp=sharing. 4.05.2023 y. 950-953 bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.