Научная статья на тему 'Muammoli ta’lim texnologiyasi o’qitishning eng samarali usuli sifatida'

Muammoli ta’lim texnologiyasi o’qitishning eng samarali usuli sifatida Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
5969
423
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
muammoli vaziyat / mantiqiy fikrlash / tanqidiy fikrlash / salohiyat / tafakkur / faoliyat uyg‘unligi / maxsus qobiliyat / ijtimoiy / taraqqiyot / badiiy ifodaviy / ehtiyoj / ziddiyat / izlanish / to‘siq / ilmiy-texnika / kompleks yondashuv

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Hamrogul Yormuhammedovna Qodirova

Maqolada bugungi zamonaviy ta’lim sharoitda muammoli ta’lim texnologiyalarining ahamiyatli jihatlari, ta’lim oluvchilarning tanqidiy, mustaqil va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, aqliy faoliyatni yanada rivojlantirish, muammoli vaziyatlar ularning turli echimlarini izlab topish, muammoli ta’limning samarali usullari, ahamiyati, xususiyatlari haqida umumiy ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Muammoli ta’lim texnologiyasi o’qitishning eng samarali usuli sifatida»

Muammoli ta'lim texnologiyasi o'qitishning eng samarali usuli

sifatida

Hamrogul Yormuhammedovna Qodirova Buxoro viloyati, Vobkent tumani, 6-DMTT

Annotatsiya: Maqolada bugungi zamonaviy ta'lim sharoitda muammoli ta'lim texnologiyalarining ahamiyatli jihatlari, ta'lim oluvchilarning tanqidiy, mustaqil va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, aqliy faoliyatni yanada rivojlantirish, muammoli vaziyatlar ularning turli echimlarini izlab topish, muammoli ta'limning samarali usullari, ahamiyati, xususiyatlari haqida umumiy ma'lumot berilgan.

Kalit so'zlar: muammoli vaziyat, mantiqiy fikrlash, tanqidiy fikrlash, salohiyat, tafakkur, faoliyat uyg'unligi, maxsus qobiliyat, ijtimoiy, taraqqiyot, badiiy ifodaviy, ehtiyoj, ziddiyat, izlanish, to'siq, ilmiy-texnika, kompleks yondashuv

Problem-based educational technology as the most effective

method of teaching

Hamrogul Yormuhammedovna Kadyrova

Bukhara region, Vobkent district, 6-SPO

Abstract: In the article, the important aspects of problem-based learning technologies in today's modern educational environment, the development of critical, independent and creative thinking skills of learners, the further development of mental activity, the search for their various solutions to problem situations, effective methods of problem-based education, general information about its importance and features is given.

Keywords: problem situation, logical thinking, critical thinking, potential, thinking, harmony of activity, special ability, social, development, artistic expression, need, conflict, search, obstacle, scientific-technical, complex approach

Bugungi zamonaviy ta'lim yoshlardan kuchli salohiyatli, raqobatbardosh, maxsus qobiliyatli, zamon bilan hamnafas, maqsadli, ilmiy-texnika taraqqiyot talablariga javob beradigan, mustahkam irodali bo'lishni talab etadi. Bu kabi sifatlarni amalga oshirilishda esa muammoli ta'lim texnologiyasi muhim ahamiyat kasb etadi.

Muammoli ta'lim bu mantiqiy fikrlash, tahlil qilish, izlanish, umumlashtirish, muammoli vaziyatlar, echim topish, bilishga qiziqish, ehtiyoj, usullar q o'llaniladigan bir yangicha tizimidir.

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 3.848 248 [Ml^^^H

Muammoli o'qitish XX asrning 20-30 yillarida tarqala boshladi.

Pedagogikada muammoli ta'lim haqida so'z yuritilarkan ko'z o'ngimizga eng birinchi og'zaki, ko'rgazmali va amaliy metodlar keladi albatta. Ta'limdagi og'zaki, ko'rgazmali yoki amaliy metodlarning har biri bola ongida muammoli vaziyat yaratishi mumkin. Muammoli vaziyatlar esa o'z navbatida bolani mustaqil fikrlashga, tafakkur etishga, izlanishga, ijodkorlikka, boshqacha qilib aytganda aqliy salohiyatining yuksalishiga olib boradi.

Bugungi globallashuv davrida muammoli yondashuv ta'lim dasturlarida, bolalarning mustaqil faoliyatlarida o'zining ifodasini topishi lozim. Jumladan:

- bilimlarni muammoli bayon qilish;

- bolalarni izlanishga undash;

- ta'limning tadqiqiy metodi.

Muammoli ta'lim deganda beriladiga ma'lumotlarni ta'lim oluvchilar ongiga ularning darajasiga mos va muammolarini vujudga keltiradigan yo'sinda o'rgatish tushuniladi. Ta'lim qachonki ushbu yo'sinda olib borilsagina bolaning fikrlash faoliyatida muammoli vaziyatlar vujudga keladi va ular bolani ob'ektiv ravishda izlanishga, tafakkur qilishga va mantiqan to'g'ri ilmiy xulosalar chiqarishni o'rganishga da'vat etadi.

Muammoli ta'lim - ilmiy bilishni rivojlantirish zarurligini ifodalashning sub'ektiv shaklidir. U muammoli vaqtning, yangi jamiyat rivojlanishi jarayonida bilish va bilmaslik o'rtasida ob'ektiv ravishda vujudga keladigan vaziyat. Muammoli vaziyat bolaning ma'lum ruhiy holati bo'lib, bu holat ma'lum topshiriqni bajarish jarayonida ziddiyatni anglash tufayli vujudga keladi.

"Muammoli vaziyat" metodi - ta'lim oluvchilarda muammoli vaziyatlarning sabab va oqibatlarini tahlil qilish hamda ularning bir qancha echimini topish, eng to'g'ri xulosaga kela olish ko'nikmalarini shakllantirishga qaratilgan metoddir .

Eng avvalo "Muammoli vaziyat" metodi uchun tanlangan muammoning murakkabligi darajasi ta'lim oluvchilarning bilim darajalariga mos kelishi lozim. "Muammoli vaziyat" lar tanlanganda bolaning yosh jihati, bilim darajasi inobatga olinishi muhimdir. Ular qo'yilgan muammoning echimini topishga qodir bo'lishlari kerak, aks holda echimni topa olmagach, ta'lim oluvchilarning qiziqishlari so'nishiga, o'ziga bo'lgan ishonchlarining yo'qolishiga olib keladi.

"Muammoli vaziyat" metodining tuzilmasi

- guruhlarga bo'lish

- muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablarini aniqlash

- muammoli vaziyatning oqibatlari to'g'risida fikr yuritish

- muammoli vaziyatning yechimini ishlab chiqish

- to'g'ri yechimlarni tanlash

"Muammoli vaziyat" metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:

- pedagog mavzuga oid muammoli vaziyatni tanlaydi, maqsad va vazifalarni aniqlaydi.

- pedagog o'quvchilarga muammoni bayon qiladi.

- o'quvchilarni topshiriqning maqsad, vazifalari va shartlari bilan tanishtiradi.

- o'quvchilar kichik guruhlarga ajratadi.

- kichik guruhlar berilgan muammoli vaziyatni o'rganadilar, muammoning kelib chiqish sabablarini aniqlaydilar.

- muammoning oqibatlari to'g'risida fikr-mulohazalar olib boradilar.

- muammoni echishning turli imkoniyatlarini muhokama qiladilar, ularni tahlil qiladilar, muammoli vaziyatni echish yo'llarini ishlab chiqadilar.

- kichik guruhlar muammoli vaziyatning echimi bo'yicha o'z takliflarini bildiradilar.

- barcha xulosalardan so'ng bir xil echimlar jamlanadi.

-o'qituvchi rahbarligida muammoli vaziyatni echish yo'llarining eng maqbul variantlarini tanlab oladi.

Muammoli vaziyat metodining mohiyati shuki, u bola tanish bo'lgan ma'lumotlar va yangi faktlar, hodisalar o'rtasidagi ziddiyatdir. Bu ziddiyat bilimlarni ijodiy o'zlashtirish uchun harakatlantiruvchi kuchdir.

"Muammoli vaziyat " metodi

Afzalliklari:

Ta'lim oluvchilarda mustaqil fikrlashni sliakllantiradi;

Muammoning sababi, echimlari va oqibatlarini bilish imkonini beradi;

Ta'lim ohivchilarning bilimlarini baholash uchun imkoniyat yaratiladi;

Ta'lim oiuvchi natijalarni tahlil qilishni o'rganadilar.

Talablari:

Ta Tim ohivchida o Ta yuqori motiva tsiya ta lab etiladi;

Muammo ta'lim bilim darajasiga, kelishi kerak:

ohivchilarning

yoshiga

mos

Muammo mavzuga oid, qiziqarli. bolani shu vaziyatda olib qola ola digan dar ajada tanlamshi lozim.

Yechimda eng ma'qui tanlanishi talab etiladi.

variant

Muammoli ta'lim faoliyatini tashkil etish va o'tkazishning muhim tomoni shundaki, bunda pedagog ushbu ta'limning ham ta'limiy, ham tarbiyaviy funktsiyasini yaxshi anglab olgan bo'lishi talab qilinadi. Pedagog hech qachon ta'lim oluvchiga tayyor yechimni berishi kerak emas, balki ularni fikrlashiga, aqliy rivojlanishiga, bilim olishlariga turtki bo'lishi, ularning barcha faoliyatlarida zarur bo'lgan axborot, voqea va hodisalarni ongida qayta ishlashlariga yordam berishi lozim. Ushbu ta'lim texnologiyasidan, muammoli vaziyatlardan o'quv jarayonining barcha bosqichlarida foydalanish mumkin. Masalan yangi mavzu bayonida, mustahkamlash va bilimlarni nazorat qilishda.

Xulosa qilib aytganda muammoli o'qitish texnologiyasining maqsadi ta'lim oluvchilar bilan ishlash jarayonida ham ta'limiy ham tarbiyaviy masalalar, muammolar, turlicha savollariga javob qidirish, muammoli vaziyatlar ularni hal etish yo'llari bilan yangi bilimlarni o'zlashtirishni, faoliyatda muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish va hal etishga o'rgatish ko'nikmasini shakllantirishdan, qiziqish uyg'ota olishdan iborat.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. N.N. Azizxo'jaeva. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. -T.: TDPU. 2006 y

2. S.A. Madyarova va boshq. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat.- T.: IQTISOD-MOLIYA, 2009, 240 b.

3. R.Ishmuhamedov, M.Yuldashev. Ta'lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar. O'quv qo'llanma. - T.: 2013 y. -279 bet.

4. B.X. Xodjayev. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik. - T.: «Sano-standart» nashriyoti, 2017 yil. -416 bet.

5. Sh.S. Shodmonova va boshqalar. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. - T.: "Fan va texnologiya". 2019 y. -296 bet.

6. A.A. Xoliqov. Pedagogik mahorat. Darslik. Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi. - T.: Iqtisod-moliya, 2011 y. -420 bet.

7. G.Niyozov, M.E.Axmedova. Pedagogika tarixidan seminar mashg'ulotlari. O'quv qo'llanma. - T.: "Noshir" 2011 y. -140 bet.

8. M.E. Axmedova. Pedagogika nazariyasi va tarixi. (Pedagogika tarixi). O'quv qo'llanma. O'zR oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi. - T.: Tafakkur bo'stoni, 2011y. -128 bet.

9. N.T. Omonov, N.X. Xo'jayev, S.A. Madyarova, E.U. Eshchonov. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Darslik.- T.: "Iqtisod-moliya" 2009 y. - 240 bet.

10. S.M.Raxmonova DIDACTIC POSSIBILITIES OF IMPROVING THE METHODOLOGY FOR PREPARING FUTURE EDUCATORS OF THE PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATION FOR INNOVATIVE PROFESSIONAL ACTIVITIES. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT ISSN: 2792 - 1883 | Volume 2 No. 12 https://literature.academicjournal.io 16.12.2022 y.36-40 bet.

11. S.M. Raxmonova МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ЁШИДАГИ БОЛАЛАРГА ТАЪЛИМ БЕРИШДА КОМПЕТЕНЦИЯВИЙ ЁНДАШУВ. Respublika OAK. Илимий-методикалы; журнал 5/1 2022 y.101-105 bet

12. S.M. Raxmonova, D.M. Murotovna. Ta'lim jarayonida pedagogning innovatsion kasbiy faoliyati va xususiyatlari. SCIENCE AND EDUCATION. SCIENTIFIC JOURNAL. ISSN 2181-0842 VOLUME 4, ISSUE 5 MAY 2023.

https: //drive.google.com/file/d/190Zcnat7oUs SvaN 14XoXW-LO87w895aE/view?usp=sharing. 4.05.2023 y. 862-866 bet

13. S.M. Rakhmonova. System of inclusive education in preschool education development. SCIENCE AND EDUCATION. SCIENTIFIC JOURNAL. ISSN 21810842 VOLUME 4, ISSUE 5 MAY 2023. https: //drive.google.com/file/d/190Zcnat7oUs SvaN 14XoXW-LO87w895aE/view?usp=sharing. 4.05.2023 y. 950-953 bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.