Научная статья на тему 'Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish yo’llari'

Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish yo’llari Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1880
903
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
ekologik ta’lim / tasavvur / hissiyot / ekskursiya / taassurot / zavqlanish / ehtiyotkorlik / tejamkorlik

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Oydin Ziyodullayevna Nosirova, Muhabbat Sodiq Qizi G’Aybullayeva

Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish yo‘llari, faollik markazlari va undagi olib boriladigan ishlar, guruhlardagi tabiat burchaklari, ekskursiyalar va uning ta’limiy jihati, ahamiyati, ekologik ta’limning bola hayotidagi roli haqida umumiy ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish yo’llari»

Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish

yo'llari

Oydin Ziyodullayevna Nosirova Muhabbat Sodiq qizi G'aybullayeva Bobkent tuman, 23-DMTT

Annotatsiya: Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish yo'llari, faollik markazlari va undagi olib boriladigan ishlar, guruhlardagi tabiat burchaklari, ekskursiyalar va uning ta'limiy jihati, ahamiyati, ekologik ta'limning bola hayotidagi roli haqida umumiy ma'lumot berilgan.

Kalit so'zlar: ekologik ta'lim, tasavvur, hissiyot, ekskursiya, taassurot, zavqlanish, ehtiyotkorlik, tejamkorlik

Ways to familiarize preschool children with nature

Aydin Ziyodullayevna Nosirova Muhabbat Sadiq kizi Gaybullayeva Bobkent district, 23-SPO

Abstract: The article provides general information about the ways of introducing preschool children to nature, activity centers and the work carried out in them, nature corners in groups, excursions and its educational aspect, importance, role of environmental education in a child's life.

Keywords: ecological education, imagination, emotion, excursion, impression, pleasure, caution, economy

Bugungi kunda insoniyatning tabiatdan oqilona foydalanmasligi oqibatida ekologik muammolar o'rtaga chiqib kelmoqda. Insonning atrof-muhit bilan o'zaro buzilgan aloqasi keng jamoatchilik o'rtasida katta tashvish uyg'otmoqda.

Insonning tabiiy boyliklardan noto'g'ri foydalanishi oqibatida sayyoramizning qiyofasi o'zgara boshladi. Yashil maydonlar siyraklashmoqda, ma'lum bir turdagi o'simlik va hayvonot turlari kamaymoqda, foydali qazilma boyliklari kamayib bormoqda. Suvning, havoning ifloslanishi - energiya va chuchuk suv muammolarini, chiqindi moddalarning ortib borishi esa aholini oziq-ovqat bilan ta'minlash kabi masalalarini, muammolarini yanada murakkablashmoqda. Oqibatda, atrof-muhitning tabiiy holatiga putur yetmoqda.

Ekologik bilim - bu tirik tabiatning tuzilishi, xususiyatlari, tabiiy muhit, rivojlanish, o'zgarish, yangilanish, yer yuzidagi barcha tirik mavjudodlarning holati, tuzilishi, bir-biri bilan munosabati, hayot tarzi, tabiiy boylik va ularda oqilona foydalanish yo'llarini o'zlashtirish demakdir. Har bir inson tabiatga, o'zini o'rab turga muhitga nisbatan munosabatni, tabiat qonunlarini bilishi shart.

Ekologik bilim, ta'lim-tarbiyaning tub ma'nosi - inson va tabiat o'rtasidagi doimiy birlik, zanjir va ularni bir-birlariga bog'lovchi tabiiy hamda ijtimoiy qonunlarni o'rganish, bilish hayotga tatbiq qilishdan iborat. Tabiiy atrof-muhit, o'simliklar, hayvonot olami bilan ijobiy munosabatda bo'ladigan, tabiiy boyliklar va undan tejamkorlik bilan foydalanadigan, saqlaydigan, tabiatni asrab avaylaydigan, go'zalligiga go'zallik qo'shadigan, ijtimoiy va tabiiy qonunlarni biladigan bilimdon shaxsni yetishtirish - bu ekologik tarbiyaning maqsadidir.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirishda pedagog ta'limiy faoliyatni shunday tashkil etishi kerakki har bir faoliyatni bola katta qiziqish bilan qarshilashishi lozim. Mashg'ulotlar bolalarga ta'lim va tarbiya berishning asosiy vositasi hisoblanadi.Va albatta dastur asosida, bola yoshiga mos va unga tushunarli tilda, bolaning shaxsiy qobiliyatlarini inobatga olgan holda tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir. Ya'ni ta'limni bolaga moslashtirish, har bir bolaga individual yondoshish lozim.

Bolalar kundalik hayotda kuzatishlar, o'yinlar, mehnat faoliyati davrida dunyoviy bilimlarga ega bo'lib boradilar. O'z navbatida mustaqil olgan bilimlarini mashg'ulotlar orqali mustahkamlab boradilar.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirishning turli xil yo'llari mavjud.

1-rasm. Tabiat bilan tanishtirish yo'llari Ta'limiy faoliyat ya'ni mashg'ulotlar davomida bolada dastlabki bilimlar shakllantiriladi. Ko'rgazmalar, hikoyalar, kuzatuvlar, mavzu doirasidagi suhbatlar,

didaktik o'yinlar, bolalarning tabiatdagi mehnati orqali bolaning bilim darajasi kengaytiriladi va chuqurlashtiriladi. Qo'shimcha tarzda maqsadli sayrlar, ekskursiya bilimlarning yanada mustahkamlanishiga asos bo'lib xizmat qiladi.

Maktabgacha ta'lim taskkilotlarida bolalarni tabiat bilan tanishtirish ta'lim berishning eng samarali usullaridan biri bu ekskursiyadir. Ekskursiya bolalarni tabiat bilan tanishtiruvchi ish shakllaridan biridir. Ekskursiya davomida bolajonlar o'simlik va hayvon hamda jonsiz tabiat bilan yaqindan tanishadilar. Ekskursiya jarayonida bolalar tabiatning go'zalligini o'z ko'zlari bilan ko'radilar, daraxtlar, qushlar ovozini eshitadilar, his etadilar, taassurotga ega bo'ladilar, zavqlanish, tabiatga muhabbat hissiyotlari shakllana boshlaydi. Tabiatga muhabbat, unga ehtiyotkorona munosabatda bo'lish tarbiyalanadi. Ekskursiyadan mashgulot turi sifatida barcha guruhlarida foydalaniladi.

Bolalarni tabiat bilan tanishtirish uchun maktabgacha ta'lim tashkilotlarida rivojlantiruvchi faollik markazlari mavjud. Fan va tabiat markazi - bu markazda bolalarning tabiatga oid bilimlarini yanada mustahkamlaydi va asosan quyidagi ishlar amalga oshiriladi.

- bolalar tirik tabiat va uning tuzilishi, rivojlanishi undagi o'zgarishlar tabiat hodisalari haqida tushunchalari shakllanadi.

- tabiiy boyliklar ularning soni, sifati, hajmi, xillari, tejamkorlik bilan foydalanish yo'llarini o'rgatadi

- hayvonlar ularning yashash muhiti va yashash tarzini o'rganadi

- bolalar tajribalar orqali amaliy bilim ko'nikmasini va oshirib boradi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotaning har bir guruh xonalarida jonli tabiat

burchagining bo'lishi bolalarni tabiat bilan ko'rgazmali va amaliy tanishtirishning zarur sharoitlardan biridir. Tabiat burchagi bolalarga yil davomida xayvon va o'simliklar bilan yaqin munosabatni, o'simliklarni uzoq muddat kuzatish imkoniyatini beradi. Bu esa bolalar uchun laboratoriya maydonchasi vazifasini o'taydi. Tabiat burchagining ta'limiy ahamiyati shundaki, bolalar o'simliklarning nomlari, qismlari, rivojlanish jarayonlarini kuzatadilar. O'simliklar, hayvonlarni parvarish qilish uchun sarflanadigan mehnat turi bilan tanishadilar.

Xulosa qilib aytish mumkin, maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik tarbiyani rivojlantirish orqali ularning tabiatga bo'lgan mehrini, shakllantirish va kelajakda tabiiy fanlarni o'zlashtirishi uchun poydevor yaratiladi. Bolalarga ekologik tarbiya berishda va zamonaviy usullardan foydalanish yaxshi samara beradi deya olamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. I.V. Grosheva, L.G.Yevstafeva, D.T.Maxmudova, Sh.B.Nabixanova, S.V.Pak, G.E.Djanpeisova "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi T: 2022.

2. F.Qodirova, SH. Toshpo'latova, M.A'zamova. "Maktabgacha pedagogika" -T., "Ma'naviyat". 2019 y.- 688 bet

3. Sh.A. Sodiqova "Maktabgacha pedagogika" "Tafakkur sarchashmalari" T:. 2013 y.- 288 bet.

4. N.M. Qayumova "Maktabgacha pedagogika", "TDPU" nashriyoti T:. 2013 y-184 bet.

5. B.X. Xodjayev. Umumiy pedagogika. Darslik. - T.: "Sano-standart", 2017 y. -434 bet.

6. S.M. Raxmonova DIDACTIC POSSIBILITIES OF IMPROVING THE METHODOLOGY FOR PREPARING FUTURE EDUCATORS OF THE PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATION FOR INNOVATIVE PROFESSIONAL ACTIVITIES. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT ISSN: 2792 - 1883 | Volume 2 No. 12 https://literature.academicjournal.io 16.12.2022 y.36-40 bet.

7. S.M. Rakhmonova. System of inclusive education in preschool education development. SCIENCE AND EDUCATION. SCIENTIFIC JOURNAL. ISSN 21810842 VOLUME 4, ISSUE 5 MAY 2023. https: //drive.google.com/file/d/190Zcnat7oUs SvaN 14XoXW-LO87w895aE/view?usp=sharing. 4.05.2023 y. 950-953 bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.