Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA IQTISODIY TARBIYANI TASHKIL ETISH'

MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA IQTISODIY TARBIYANI TASHKIL ETISH Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
5346
836
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Ученый XXI века
Область наук
Ключевые слова
maktabgacha ta’lim / tarbiya / inson / iqtisod / mehnat / bilim

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Z.N. Ubaydullayeva, M.I. Ochilova

Maqolada maktabgacha ta’lim muassasalarida iqtisodiy tarbiyani tashkil etish haqida ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA IQTISODIY TARBIYANI TASHKIL ETISH»

YneHbiH XXI BeKa • 2022 • № 4 (85)

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI TABIAT BILAN TANISHTIRISH YOLLARI

D.A. Xodjiyeva1, M.T. Sohibova2

Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish yo'llari haqida ma'lumot berilgan.

Kalitso'zlar: tarbiyachi, tabiat, tabiat burchagi, o'yin, mehnat, mashg'ulot.

Inson onadan tug'ilib, olamga kelgan chog'idanoq tabiat ehsonidan bahramand bo'ladi. Ilk bor havodan to'yib nafas oladi. Odamzot o'sib-unish uchun oziq-ovqat, suv, quyosh, harorati juda zarur bo'lib, u bularning hammasini tabiatdan oladi. Tabiat musaffo bo'lsa, odam ham sog'lom, baquvvat o'sadi.

Tabiat shunday odil mo'jizaki, atrof-muhitni muvozanatga keltiradi. Chunonchi chiqarilgan karbonat angidridni o'simliklar yutib, uni kislorodga aylantiradi, demak o'simliklar dunyosi, ramziy ma'noda aytganda, havoni chang va karbonat angidriddan tozalab beruvchi bebaho vositadir. Bunday inson o'z atrofini o'rab turgan tabiatni, uning o'simliklar dunyosini ko'z qorachig'iday asrabgina qolmay, uni boyitishi, qo'lidan kelganicha ko'proq daraxt ekishi, ko'kalamzorlashtirishga intilishi zarur degan xulosa chiqadi. Shuning uchun ota- bobolarimiz daraxt ekish, bog'-rog' yaratishni savobli ish deb bilishgan. Bir tup mevali daraxt ekkan kishining ikki dunyosi obod bo'ladi, deb bejiz aytishmagan.

Muhammad alayhissalom hadislarida bu ishning savobi xususida quyidagilar aytilgan: "Ekmoq niyatida qo'lingizda ko'chat turgan paytda, behosdan qiyomat qoim bo'lib qolishi aniq bo'lganda ham, ulgursangiz, uni ekib qo'ying".

Inson ehtiyoji uchun zarur bo'lgan suv, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak ham tabiatdan olinadi, hattoki insonning xastalikdan qutulishi, salomatligini tiklashi uchun zarur bo'lgan dori-darmonlar ham ona-tabiatda yetishgan mevalar, turli giyohlar va ziravorlardan tayyorlanadi. Inson tanasida birorta ortiqcha a'zo bo'lmaganday, tabiatda ham ortiqcha yaratilgan birorta narsa yo'q. Ularning hammasi hayot uchun zarur.

Mashg'ulotlar bolalarga ta'lim va tarbiya berishning asosiy vositasi hisoblanadi. Dasturda belgilangan bilim va malakalarni tarbiyachi ta'lim tamoyillari asosida bolalar o'zlashtira oladigan qilib tashkil etadi.

Kundalik hayotda kuzatish, o'yin, mehnat vaqtida bolalarning shaxsiy bilimlari yig'ilib boradi. Mashg'ulotlar ularni aniqlash va sistemalashtirish imkonini beradi. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishning xilma-xil yo'llari mavjud. Mashg'ulotlarning ayrimlarida boshlang'ich bilimlar shakllantiriladi. Buning uchun tarbiyachi kuzatish, rasmlarni ko'rish, badiiy asarlarni, hikoyalarni o'qish, diafilm va shunga o'xshashlarni ko'rsatishdan foydalanadi. Boshqa mashg'ulotiarda esa bilimlar aniqlanadi, kengaytiriladi va chuqtirlashtiriladi. Mashg'ulotlarda bu xildagi suhbatlar, didaktik o'yinlar, umumlashtiruvchi so'zlardan, bolalarning tabiatdagi mehnatidan foydalaniladi. Barcha guruhlarda mashg'ulotlarga qo'shimcha sifatida maqsadli sayrlar o'tkaziladi.

Ekskursiya. Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni tabiat bilan tanishtirishda ta'lim berishning tashkiliy formalaridan biri ekskursiyadir. Ekskursiya jarayonida bolalar ona tabiat to'g'risida aniq tasavvurga ega bo'ladilar. Bu tasavvur tabiatni ko'rish, eshitish, sezish orqali idrok etiladi.

1Xodjiyeva Dilafruz Alisherovna - Buxoro viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi Bolalar salomatligini ta'minlash va ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyati muvofiqlashtirish bo'limi boshlig'i (Buxoro, O'zbekiston).

2Sohibova Madina Tolibovna - Buxoro viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi Bolalar salomatligini ta'minlash va ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyati muvofiqlashtirish bo'limi mutaxassisi (Buxoro, O'zbekiston).

Ученый XXI века • 2022 • № 4 (85)

Ekskursiya jarayonida maktabgacha yoshdagi bolalarda tabiat, undagi bog'liqlik va uning qonuniyatlari to'g'risida realistik tasavvurlar hosil bo'ladi. Bu tushunchalar keyinchalik bolalar egallaydigan ilmiy bilimlarning asosini tashkil etadi, maktabda o'rganiladigan tabiiy fanlarni o'zlashtirib olishni osonlashtiradi. Tabiat to'g'risidagi bilimlardan bexabar bo'lish ko'pincha o'simlik va hayvonlarga nisbatan noto'g'ri, ba'zi hollarda esa berahm va shafqatsiz munosabatda bo'lishga olib keladi.

Ekskursiya bolalarni tabiatni o'ziga xos hodisa va voqealari bilan tanishtiribgina qolmay, balki shu bilan qatorda insonlarni tevarak-atrofdagi o'zgartiruvchi faoliyatining natijalari bilan ham tanishtirib boradi. Bu esa kishilarning yaratuvchanlik faoliyatiga hurmatini tarbiyalaydi va unda qatnashish xohishini uyg'otadi, o'z o'lka tabiatidan, unda yashovchi mehnat ahlidan g'ururlanish hissini mustahkamlaydi.

Yuqorida tilga olingan barcha metodlar va usullar bolalarda tabiatga nisbatan qiziqish uyg'otadi, ularni yanada sinchkovlik bilan kuzatishga, kuzatayotgan narsa ustida chuqurroq o'ylashga, fikr, bilim doirasini kengaytirishga, har xil tabiiy voqea, hodisalarni so'z bilan chiroyli qilib to'g'ri ifodalab berishga o'rgatadi.

Tabiatga muhabbat, unga ehtiyotkorlik munosabatini, o'simlik va hayvonlarga g'amxo'rlikni tarbiyalash va shular orqali tabiatga qiziqish, vatanparavarlik, mehnatsevarlik, tabiatni saqlovchi va uning boyliklarini ko'paytiruvchi, kattalarning mehnatiga hurmatni tarbiyalash kabi vazifalarni amalga oshirishda tabiat burchagining ahamiyati kattadir. Tabiat burchagining muhim tomoni yana shundaki, uni bolalar har kuni ko'radilar. Tarbiyachi rahbarligida bolalar tabiat burchagidagi o'simlik va hayvonlarni sistemali ravishda kuzatib va parvarish qilib boradilar, Natijada o'simlik va hayvonot dunyosining rang-barangligi, ularning o'sishi va rivojlanishi, ular uchun qanday shart-sharoitlar kerakligi to'g'risidagi tasavvur va tushunchalarni egallab boradilar. Tarbiyachi bolalarni solishtirma analizga o'rgatadi, ular o'rtasidagi umumiylik va farqlarni, ularga xos belgilarni bilib oladilar. Tarbiyachi bolalar diqqatini o'simliklarning chiroyli gullashiga, barglarining shakli va tusiga, akvariumdagi baliqlarning chiroyli ko'rinishiga va chaqqon harakatiga jalb etadi. Natijada bolalar bu go'zallikdan quvonishga o'rganadilar hamda ularning estetik didi o'sadi. Bolalar tabiat burchagidagi o'simlik va hayvonlarni tarbiyachi rahbarligida sistemali ravishda kuzatib, parvarish qilib borishlari natijasida ma'lum malaka va ko'nikmalarni ham egallab boradilar, ularga nisbatan barqaror qiziqish va g'amxo'rlik hissi uyg'onadi.

Bolalarning tabiatga mehr-muhabbatini o'simliklar va hayvonlarni parvarish qilish, ularni asrab-avaylash bo'yicha mehnat faoliyatlarini tashkil etish bilan birga qo'shib olib borish kerak. Tarbiyachi bolalarni tabiat bilan tanishtirish ishini ularning yosh xususiyatlari, pedagogik, fiziologik imkoniyatlarini e'tiborga olgan holda tashkil etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Hasanboyeva O., Tadjieva М., Toshpulatova Sh. va boshq. Maktabgacha ta'lim pedagogikasi. Т.: Ilm-ziyo, 2012.

2. Имомова Ш.М., Норова Ф.Ф. УЧЕБНЫЕ МЕТОДЫ ОРГАНИЗАЦИИ СПОРТИВНО-ОЗДОРОВИТЕЛЬНЫХ МЕРОПРИЯТИЙ В ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ// Вестник науки и образования, 2021. № 9 (112). Часть 2. С.38.

© D.A. Xodjiyeva, M.T. Sohibova, 2022.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.