Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASIDA MEHNAT TARBIYASINING MAZMUNI'

MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASIDA MEHNAT TARBIYASINING MAZMUNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
10989
521
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Ученый XXI века
Область наук
Ключевые слова
mehnat tarbiyasi / ta’lim muassasasi / maktabgacha ta’lim / qo`l mehnati / mashg`ulot / ijodkorlik / topog`onlik / zehnlilik.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Z.Q. Qoldoshova, Sh.H. Haydarova

Maqolada maktabgacha ta’lim muassasasida mehnat tarbiyasining mazmuni haqida ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASIDA MEHNAT TARBIYASINING MAZMUNI»

YneHHH XXI BeKa • 2022 • № 3 (84)

MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASASIDA MEHNAT TARBIYASINING

MAZMUNI

Z.Q. Qo'ldoshova1, Sh.H. Haydarova2

Maqolada maktabgacha ta'lim muassasasida mehnat tarbiyasining mazmuni haqida ma'lumot berilgan.

Kalit so'zlar: mehnat tarbiyasi, ta'lim muassasasi, maktabgacha ta'lim, qo'l mehnati, mashg'ulot, ijodkorlik, topog'onlik, zehnlilik.

Yosh avlodga mehnat tarbiyasi berish masalasi hozirgi davrda eng dolzarb mavzu hisoblanadi. Mehnat har bir kishi kamolotida va umuman jamiyat taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Bog'cha yoshidagi bolalarni jismoniy, aqliy axloqiy va estetik tomondan tarbiyalashda mehnat tarbiyasi muhim ahamiyatga egadir. Mehnat har bir yosh guruhidagi bolalarning o'ziga xos xususiyatlarini e'tiborga olib tashkil etiladi, unga to'g'ri rahbarlik qilingandagina yetarli natijaga erishish mumkin.

Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar mehnatining o'ziga xos tomonlari ko'pgina olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy ishlarda keng o'rganib chiqilgan. Bolalar mehnatining muhim belgisi uning ma'lum maqsadga qaratilganligidir. Kichik bog'cha yoshidagi bolalarning mehnati biror jarayonga oid harakat bo'lib, u faqat kattalarning rahbarligi natijasidagina amalga oshirilishi mumkin. Bola kubiklarni bir joydan ikkinchi joyga, mashinadan - stolga, stoldan - mashinaga ko'chiradi va hokazo. Tarbiyachi boshqa stol ustidagi kubiklarni ko'rsatib, uni mashinada ortib olib borish kerakligini aytadi. Bola kubiklarni mashinasida shkafga tashiy boshlaydi va joyiga tartibli qilib joylab qo'ya boshlaydi. «Qatnov» bir necha marta takrorlanib, barcha kubiklar joyiga yigMshtirib qo'yiladi. Bolalar faoliyatida

maqsad paydo bo'ladi. Keyingi galda bolaning o'zi o'ynayotgan o'rtoqlariga o'ynab bo'lgandan keyin o'yinchoqlarni mashinada joyiga olib borib qo'yishni aytadi. Katta guruh bolalarida mustaqil maqsad qo'yish qobiliyati moddiy samara beradigan mehnat turlarida muvaffaqiyatli rivojlanadi: gulzorda, ekinzorda ishlash, o'yinchoqlar yasash va boshqalar.

Faoliyatni rejalashtirish mehnat tarbiyasining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Bolalarni kuzatish ular faoliyatining tartibsiz, rejasiz ekanligini ko'rsatadi. Bolalar bunday harakatlar orqali biror natijaga erishish uchun juda ko'p vaqt va kuch sarflaydilar, shu bilan bir vaqtda o'z ishlaridan o'zlari qoniqmaydilar.

Kichik bog'cha yoshidagi bolalar mehnatining asosiy turi o'z-o'ziga xizmatdir. Bu kichik bolalar uchun ancha mashaqqatli ish. Shuning uchun bu yoshdagi bolalarni mehnatning bu turiga o'rgatishda ko'pincha o'yin vaziyatlaridan foydalaniladi («Qo'gMrchoqni sayrga otlantiramiz», «Qo'gMrchoqni uxlatamiz» va shularga o'xshashlar). Avvaliga bolalar o'yin obrazi orqali mehnatga o'rgatiladi. Shu orqali bolalar ishonch bilan harakat qilishni o'rganadilar. Sekin-asta o'z- o'ziga xizmat qilish malaka va ko'nikmalari shakllana boradi. Ta'lim-tarbiyaviy ishning mazmuni maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni kattalar mehnati bilan tanishtirish orqali ularga kattalarning mehnati ijtimoiy-foydali mehnat bo'lib, narsa va buyumlarni yaratishga qaratilganligi, ular har bir kishi va butun xalq uchun zarur ekanligi to'g'risida tushuncha berib boriladi. Masalan, o'simliklarni, hayvonlarni parvarish qilish orqali ulardan olinadigan mahsulot kimlar uchun va nima maqsadda ishlatilishi to'g'risida bilim va tushunchalar berib boriladi.

Kattalarning mehnati bilan tanishtirish yana quyidagi maqsadni ko'zlab ham amalga oshiriladi: kattalar mehnati to'g'risida aniq bilim va tasavvurlar berish, mehnatni va mehnat natijalarini qadrlashga o'rgatish, mehnatga qiziqish va muhabbat uyg'otish, mehnat qilish xohishini tarbiyalash va ishni sifatli bajarishga o'rgatish.

MTT dasturiga binoan har bir yosh guruhidagi bolalar kattalar mehnati to'g'risida quyidagi bilim va tasavvurlarni egallab olishlari lozim: Kichik guruh: 1.

1Qo,ldoshova Zilola Qobilovna - Shofirkon tuman 21-son davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti direktori (Buxoro, O'zbekiston).

2Haydarova Shabnam Hojimurodovna - Shofirkon tuman 21-son davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi (Buxoro, O'zbekiston).

Ученый XXI века • 2022 • № 3 (84)

Ayrim kasb egalarining mehnat jarayoni. 2. Mehnat jarayonidagi mehnat harakatlari. 3. Mehnat jarayonini amalga oshirish uchun kerakli materiallar. 4. Ma'lum bir mehnat jarayonini bajarish uchun jihozlar. 5. Mehnat natijasi. 6. Kishilar mehnatining ijtimoiy ahamiyati. O'rta guruhda mehnat to'g'risida qo'shimcha tasavvur va bilimlar beriladi: 1. Harakat sifati haqida. 2. Kishilarning mehnatini yengillatuvchi moslamalar. 3. Kishilarning mehnatga muhabbati. Katta va maktabgacha tayyorlov guruhida yana yangi tasavvur va bilimlar beriladi: 1. Kishilar mehnatini yengillatadigan mashina va mexanizmlar to'g'risida. 2. Kishilar mehnati jamoa xarakterida ekanligi to'g'risida. 3. Jamoa mehnati jarayonida kishilarning o'zaro munosabatlari to'g'risida. 4. Mehnat qahramonlari, xalqimizning mehnat an'analari haqida. Bolalar kattalar bilan birgalikda mehnat qilishlari orqali mehnat malaka va ko'nikmalarini tez va oson egallab oladilar, ularning kattalar mehnati to'g'risidagi bilimlari boyiydi, bunday mehnat bolalarga quvonch bag'ishlaydi.

Tabiatdagi mehnat bolaning har tomonlama rivojlanishida muhim ahamiyatga ega boüb, o'simlik va hayvonlar, yil fasllari, jonsiz tabiat to'g'risidagi bilimlar manbayi, bolalarda mehnatsevarlikni, tabiatga ehtiyotkorlik munosabatini tarbiyalash vositasidir, shu bilan birga bolalar mehnatning bu turi orqali tuproqni ekishga tayyorlash va o'g'itlash, ko'chatni o'tkazish, o'simlik va hayvonlarni parvarish qilish kabi bir qancha mehnat malaka va ko'nikmalarini egallab oladilar. Mehnatning asosan ochiq havoda tashkil etilishi bolalar organizmini chiniqtiradi, ularning sog'ligini mustahkamlaydi.

Qo'l mehnati - mashg'ulot, o'yinlarga mehnat faoliyati uchun zarur bo'lgan o'yinchoq va qurilmalarni tayyorlash bo'yicha bolalar mehnatidir (qog'oz qiyqimlarini tashlash uchun, o'simliklar urug'i uchun qutichalar, qo'g'irchoq kiyimlari, qalpoqchalar, niqoblar va shunga o'xshash narsalar tayyorlash). Qo'l mehnatini bajarish orqali bola natijaga erishadi narsa, buyum vujudga keladi. Bolalar yopishtirish, bo'yash, qirqish, arralash, mix qoqishni, tikish va shunga o'xshash oddiy mehnat malaka va ko'nikmalarini egallab oladilar. Ularda ijodkorlik, topog'onlik, zehnlilik xislatlari o'sadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Hasanboyeva O. va boshqalar. Oilada barkamol avlod tarbiyasi. - Т.: O'zbekiston, 2010.

2. Имомова Ш.М., Норова Ф.Ф. Работа с криптовалютой//UNIVERSUM: ТЕХНИЧЕСКИЕ НАУКИ. №10(91), 2021. С. 18-21.

© Z.Q. Qo'ldoshova, Sh.H. Haydarova, 2022.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.