Научная статья на тему 'BOLALARNI MEHNAT MALAKA VA KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH ORQALI MAKTABGA TAYYORLASH.'

BOLALARNI MEHNAT MALAKA VA KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH ORQALI MAKTABGA TAYYORLASH. Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

1540
1027
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
shaxsiyat / mukammal inson / mahorat / mahorat / didaktik o'yin. / личность / совершенный человек / умение / умение / дидактическая игра.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Dilrabo Mamatali Qizi Tursunboyeva

ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni mehnat malaka va ko‗nikmalarini shakllantirish orqali maktabga tayyorlash yo‗llari va vositalari atroflicha yoritilib ularni turli interfaol metodlar asosida ko‗rsatib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ПОДГОТОВКА ДЕТЕЙ К ШКОЛЕ ЧЕРЕЗ ФОРМИРОВАНИЕ ТРУДОВЫХ НАВЫКОВ

В статье подробно описаны пути и средства подготовки дошкольников к школе через формирование трудовых навыков и умений, показаны их на основе различных интерактивных методов.

Текст научной работы на тему «BOLALARNI MEHNAT MALAKA VA KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH ORQALI MAKTABGA TAYYORLASH.»

BOLALARNI MEHNAT MALAKA VA KO'NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH ORQALI MAKTABGA TAYYORLASH.

Dilrabo Mamatali qizi Tursunboyeva

Maktabgacha ta'lim yo'nalishi 18/1 talabasi

Annotatsiya: ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni mehnat malaka va ko'nikmalarini shakllantirish orqali maktabga tayyorlash yo'llari va vositalari atroflicha yoritilib ularni turli interfaol metodlar asosida ko'rsatib berilgan.

Kalit so'zlar: shaxsiyat, mukammal inson, mahorat, mahorat, didaktik

o'yin.

ПОДГОТОВКА ДЕТЕЙ К ШКОЛЕ ЧЕРЕЗ ФОРМИРОВАНИЕ

ТРУДОВЫХ НАВЫКОВ

Аннотация: В статье подробно описаны пути и средства подготовки дошкольников к школе через формирование трудовых навыков и умений, показаны их на основе различных интерактивных методов.

Ключевые слова: личность, совершенный человек, умение, умение, дидактическая игра.

PREPARING CHILDREN FOR SCHOOL THROUGH THE FORMATION

OF LABOR SKILLS AND SKILLS

Abstract: The state has a detailed description of the methods and means of preparing preschoolers for school through the formation of labor skills and abilities, shown on the basis of various interactive methods.

Keywords: personality, perfect person, skill, skill, didactic game

Orzu tilak yo'li mehnat tagida, Xazinaning mo'li mehnat tagida.

Balxiy

Mehnat tarbiyasi inson kamolotining asosi, hayot manbai, umr mazmuni hisoblanadi. Mehnat tarbiyasidan ko'zlangan maqsad, avvalo, tarbiyalanuvchilarga mehnatning mohiyati, mazmunini chuqur anglatishdan iboratdir. Mehnat qilayotgan kishi o'zi bajarayotgan ishning natijalarini ko'rsa, his qilsa, o'sha

natijalardan qoniqsa, rohatlansagina mehnat tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Halol mehnat - kishi hayotining mazmunini tashkil qiladi. Ota-bobolarimiz bola tarbiyasida, eng avvalo, uni mehnatga o'rgatish, kasb-hunarga qiziqtirishga alohida e'tibor berishgan. O'zlari farzandlariga mehnatsevarliklari bilan namuna bo'lganlar. Bu vazifalarni amalga oshirishda ota-ona, ustoz va murabbiy, keng jamoatchilik o'z mehnatini ayamasliklari, ayniqsa, maktab tarbiyalanuvchilarida mehnatga va mehnat ahliga to'g'ri munosabatni shakllantirishdagi mas'uliyatni chuqur his qilish kerak. Bolalarni mehnatga o'rgatishda, eng avvalo, ularni psixologik va amaliy tayyorlash: jamoada mehnat qilish ko'nikmalarini tarbiyalash muhim rol o'ynaydi. Mehnatga ruhiy, aqliy va amaliy tayyorlash jarayonida yoshlarda mehnatsevarlik, shijoat, fidoyilik, halollik, intizomlilik kabi sifatlar shakllanishi bilan birga ularda axloqiy - irodaviy xususiyatlar ham shakllanib boradi. Ayniqsa, mehnat madaniyati ko'nikmalarini tarbiyalay borish muhim ahamiyat kasb etadi.

-Mavzuga oid adabiyotlar tahlili(Literature review): Xalqimizning "Mehnat - mehnatning tagi rohat", "Bugungi ishni ertaga qoldirma", "Daryo suvini bahor toshirar, inson qadrini mehnat oshirar", "Ishlagan tishlaydi, ishlamagan kishnaydi", "Mehnatdan qo'rqma, minnatdan qo'rq", "Odamning husni mehnat" kabi maqollar bejiz yaratilmagan. Buyuk alloma Bahouddin Nahshbandning "Dil ba yoru, dast ba kor" degan hikmati bugungi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan. Allomaning fikricha, "Agar kishi hunarli bo'lsa, u bilimini haqiqatga bag'ishlaydi, o'z mehnati bilan kun kechiradi, bordi-yu kasbi bo'lmasa, bilimini kun kechirishga sarflaydi, halollikni unutadi" . Mehnat har bir yosh guruhidagi bolalarning o'ziga xos xususiyatlarni hisobga olgan, unga to'g'ri nazorat yoki rahbarlik qilgandagina ijobiy natija berishi mumkin. V.I. Loginovning ta'kidlashicha, bolalarga mehnat tarbiyasi berish uchun ular mehnat va mehnat malakalari to'g'risidagi bilimlar sistemasini o'zlashtirib olishlari kerak bo'ladi:

-Tahlil va natijalar(Analysis and results):Mehnat tarbiyasi maqsadi va vazifalarini amalga oshirish uchun tarbiya jarayonining xususiyatlarini anglab olish muhim ahamiyatga ega.Tarbiya jarayoni o'ziga xos xususiyatlarga ega. Uning muhim xususiyati aniq maqsadga yo'naltirilganligidir. Zamonaviy talqinda tarbiya jarayoni o'qituvchi va o'quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o'rtasida muayyan maqsadga erishishga qaratilgan samarali hamkorlik demakdir. Zero, tarbiya jarayonida o'qituvchi va tarbiyalanuvchilarning faoliyalari tashkil etiladi, boshqariladi va nazorat qilinadi. Mehnat tarbiyasi masalalari bog'chaning yillik rejasida aks ettiriladi va tarbiyachilarga mehnat tarbiyasini to 'g'ri rejalashtirish va amalga oshirishda yordam beradi. Bolalar bog'chasida mehnat tarbiyasining to 'g'ri tashkil etish va unga rahbarlik qilish yosh

avlodni har tomonlama tarbiyalash vazifalarini amalga oshirishga yordam beradi.

-Xulosa va takliflar(Conclusion/Recommendations). Xulosa qilib aytganda MTTda rivojlantiruvchi muhit orqali ham bolalarda mehnat qilish ko'nikma va malaklarini shakllantirish mumkin. Maktabga tayyorlash markazlarini tanlash; samarali va ijodga chorlovchi o'qitish muhitining yaratish kerak. Faollik markazlari guruh xonasida tashkil etiladi unda bolalar turli faoliyatlarni tanlashlari, qarorlar qabul qilishlari va boshqa bolalar bilan muzokara qilishlari uchun ko'plab imkoniyatlar mavjud bo'lgan muhit yaratish muhimdir. O'qitish muhiti qanday tashkil etilganligi bolalar materiallarni qanday o'rganishlari, yangi ma'lumotlar olishi va bir-birlari hamda pedagog bilan muloqot qilishlarida juda muhim o'rin tutadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda mehnatsevarlikni tarbiyalash uzoq vaqtni talab etadigan murakkab jarayondir. Uni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun pedagoglar jamoasi va ota-onalar o'zaro hamkorlikda ishlab, bolalarda ijobiy his-tuyg'ularni uyg'otishga qaratilgan tarbiya usullarini izchillik bilan amalga oshirib borishlari kerak.

REFERENCES

1. Sh.Mirziyoyev. "Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz" Toshkent -"O'zbekiston" - 2016.56

2. Sh.Mirziyoyev. "Qonun ustuvorligi va inson manfaatlari ta'minlash - yurt taraqqiyoti va xalq faravonligining garovi" . "Toshkent" -2016.488 b.

3. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi. O'zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni.

4. T.Javliev. An'analar — hayot sabog'i. - T., „O'zbekiston", 2012.

5. A.Avloniy. Turkiy Guliston yohud axloq. - T., „O'qituvchi", 2002. U. Mahkamov. Axloq-odob saboqlari. - T., „Fan", 2015.

6. To'raeva. Odobnoma. - T., „O'qituvchi", 2005.

7. J.Yo'ldoshev. Ta'limimiz istiqboli yo'lida. - T., „Sharq", 2016.

8. J.G'.Yo'ldoshev. O'quvchi ma'naviyatini shakllantirish (qo'llanma), T.,

9. www.bilimdon.uz

10. www.ziyo net.uz

11. www.google.ru

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.