Научная статья на тему 'Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatida o’yinning mohiyati va o’ziga xosligi'

Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatida o’yinning mohiyati va o’ziga xosligi Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1056
239
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
salohiyat / kamolot / kompetensiya / faollik / mahorat / kompetentlik / intellektual-salohyat / kommunikativlik / ijtimoiylashuv / estetik tarbiya

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sitora Omon Qizi Toshova

Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsiyatini shakllantirishning muhim davr ekanligi, pedagogik faoliyatda o’yinning ahamiyati va muvofaqiyatlari, bolalarning shaxsini, aqliy-axloqiy va irodaviy fazilatlarini shakllantirishda pedagogning o’rni, o’yin turlari, mashxurlarning fikrlari, ta’lim sifatini oshirishda o’yinnig afzalliklari haqida ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatida o’yinning mohiyati va o’ziga xosligi»

Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatida o'yinning mohiyati

va o'ziga xosligi

Sitora Omon qizi Toshova Buxoro viloyati Vobkent tumani 20-DMTT

Annotatsiya: Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsiyatini shakllantirishning muhim davr ekanligi, pedagogik faoliyatda o'yinning ahamiyati va muvofaqiyatlari, bolalarning shaxsini, aqliy-axloqiy va irodaviy fazilatlarini shakllantirishda pedagogning o'rni, o'yin turlari, mashxurlarning fikrlari, ta'lim sifatini oshirishda o'yinnig afzalliklari haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: salohiyat, kamolot, kompetensiya, faollik, mahorat, kompetentlik, intellektual-salohyat, kommunikativlik, ijtimoiylashuv, estetik tarbiya

The essence and uniqueness of the game in the activities of

preschool children

Sitora Omon kizi Toshova Bukhara region, Vobkent district, 20-SPO

Abstract: In the article, the fact that it is an important period for the formation of the personality of preschool children, the importance and success of the game in pedagogical activities, the role of the pedagogue in the formation of the personality, intellectual, moral and willful qualities of children, the types of games, the opinions of celebrities, and the improvement of the quality of education are discussed in the article. Information about the benefits of 'yinnig is given.

Keywords: potential, maturity, competence, activity, skill, competence, intellectual competence, communicativeness, socialization, aesthetic education

"Qaysi sohani olmaylik, biz zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib biron-bir o'zgarish farovon hayotga erisha olmaymiz. Bunday kadrlarni, millatning sog'lom genofondini tayyorlash avvalo maktabgacha ta'lim muassasasidan boshlanadi." O'zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.M.Mirziyoyev.

Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar samarasi avvalambor sog'lom mafkurali, yuksak ma'naviyatli, yurt ravnaqi yo'lida mustahkam irodali, raqobatbardosh, mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni tarbiyalashga bevosita bog'liqdir.

Maktabgacha ta'limni uzluksiz ta'limning eng muhim ilk bo'g'ini sifatida bilamiz. Maktabgacha ta'lim har tomonlama mukammal rivojlangan shaxsni tarbiyalash, bolalarni intellektual-salohyatli, tanqidiy fikrlash qobiliyatga ega etish, uning bor imkoniyatlarini yuzaga chiqaruvchi, bolani butun kelajagida muhim o'rin egallaydigan bilim, ko'nikma va qadriyatlarni yosh avlod qalbiga singdirishda juda muhim ahamiyatga ega bo'lgan ta'lim dargohidir.

Maktabgacha ta'lim tashkiloti - bu o'ziga xos olam, unda bola o'zini qulay, xavfsiz va manzur sezishi lozim. Maktabgacha ta'lim tashkiloti va undagi olib boriladigan ta'lim-tarbiya jarayonlari bola qobiliyati va layoqatini har tomonlama rivojlantirish, ular shaxsini shakllantirishga qaratilgan.

Barchamizga ma'lumki maktabgacha ta'lim tashkilotilari "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi asosida ta'lim va tarbiya jarayonlarini tashkil etiladi. Bu dasturi maktabgacha ta'lim tizimini takomollashtirishda ilk dadil qadam hisoblanadi.

"Ilk qadam" davlat o'quv dasturi O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga qo'yilgan Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan me'yoriy-huquqiy hujjat bo'lib, unda maktabgacha ta'lim tashkilotlarining maqsad va vazifalari, faoliyatning asosi ifodalangan.

Maktabgacha ta'lim yoshdagi bolalarda ta'limiy faoliyatni o'yin orqali tashkil etilishining samarali tomonlariga e'tibor qaratamiz. "O'yin orqali ta'lim berish"-maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berishning eng muhim yondashuvidir. O'yin bola o'zligining namoyon bo'lishi, uning takomillashuv usulidir. O'yin bolalar uchun alohida ahamiyatga egadir. O'yin orqali bola o'z ehtiyojini qondiradi, yangi bilim ko'nikmalarga ega bo'ladi. O'yin o'zini anglash, menligini shakllantirish va atrofidagi dunyoni bilish imkonini beradi. Uni "bolalikning hamrohi" deb ataymiz. U maktabgacha yoshdagi bolalar hayotining asosiy mazmunini tashkil etadi.

Bolalar o'yini turkumlari mazmuni, xususiyatiga ko'ra xillari.

O'yin yetakchi faoliyat sifatida mehnat va ta'lim faoliyati asosida namoyon bo'ladi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida aksariyat ta'limiy faoliyatlar, mehnat faoliyatlari o'yin shaklida olib boriladi. Bu usul ham qulay ham samaralidir. Chunki o'yinda boladagi barcha mavjud jihatlar ishga tushadi yani bola harakat qiladi, munosabatga kirishadi, jamoa bo'lib ishlashga o'rganadi, ijod qiladi, o'rganadi,

boshqaradi, fikrlaydi, idrok etadi, o'ylaydi eng muhimi har bir faoliyatda natija borligini anglaydi. Umumiy qilib aytganda o'yin tarbiyaning muhim vositasi sanaladi va u orqali bola shaxs sifatida shakllanadi.

Ijodiy o'yinlar - bola tomonidan o'ylab topiladi va unda maxsus belgilangan qoidalar mavjud emas. O'yin jarayonini bolaning o'zi shakllantiradi, boshqaradi, qoidalarni ham o'zi yaratib, rollarni ham o'zi taqsimlaydi.

Ijodiy o'yin turlariga quyidagilar kiradi:

- syujetli-rolli o'yinlar

- sahnalashtirilgan o'yinlar

- qurilish yasashga doir o'yinlar

Qoidali o'yinlar - nomidan ham ma'lum mazmuni va qoidasi mavjud o'yinlar. Qoidali o'yinlarning bir qancha turlari bor:

- didaktik o'yinlar

- harakatli o'yinlar

- musiqaviy o'yinlar

- ermak o'yinlar

O'yin estetik tarbiya vositasi sifatida ham qaraladi. Bolalar ijtimoiy hayotda ko'rgan voqealarini, olgan ta'surotlarini rollar orqali aks ettiradi. O'yin mavzusi bolalarning qiziqishlari bilan belgilanadi. O'yinda bolalar aks ettiradigan voqealar bolalarning bilim darajasi va hayotiy tajribasining kengligiga bog'liq.

Bolalarni erkin fikrlashga o'rgatishda, ijodiy qobiliyatini rivojlantirishda, o'z "Men" ligini topishga yordamlashishda, ta'limiy jarayonlarni, o'yin faoliyatini tashkil etishda pedagog tomonidan rivojlantiruvchi muhit yaratilishi lozim.

Pedagog guruhda shunday inklyuziv muhit yaratishi lozimki, unda har bir bola o'zini mustaqil, erkin, ardoqli, qobiliyatli va ta'lim jarayoniga jalb qilingandek his qilishi kerak.

Pedagog tomonidan bolalarga o'yin vaqtida mustaqil harakat qilish, natijalarga erishish va yutuqlarni amalga oshirish, imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanish, hamda o'yindan zavqlanish hissini shakllantirib borilishi talab etiladi. O'yinlarning tarbiyaviy jihati pedagogning kasbiy mahoratiga bog'liq va bolaning individual hamda yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda, o'yinlarni to'g'ri tanlay olishi, tashkil etishi, pahbarlik qila olish, bolalar o'rtasida jamoaviy munosabatlarni to'g'ri sakllantirishiga bog'liq.

L.S.Vigodskiy o'yinni bolaning ichki ijtimoiy dunyosi, ijtimoiy buyurtmalarni o'zlashtirish vositasi sifatida ta'riflaydi.

Har qanday o'yin muayyan vazifalarni bajaradi deydi:

- maftunkorlik

- kommunikativlik

- o'z imkoniyatlarini amalga oshirish

- tashxis

- o'yin ishtirokchilari o'rtasidagi muloqot

- ijtimoiylashuvlik.

Yan Amos Komenskiy - "O'yinni bola faoliyatining, uning tabiati va mayllariga to'g'ri keladigan zarur shakli deb hisoblaydi. Uning fikricha, o'yin - bolaning barcha qobiliyat ko'rinishlari rivojlanadigan jiddiy aqliy faoliyatdir, o'yinda borliq, dunyo haqidagi tasavvurlar doirasi kengayadi va boyiydi, nutqini rivojlanadi" - deydi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, maktabgacha yosh davr - bu shaxsiyat shakllanishining qisqa, ammo muhim davr hisoblanadi. O'yin ko'p qirrali hodisa bo'lib, bolaning rivojlanishi va tarbiyasida, bilimlarining ortib borishida, o'zini anglashida muhim o'rin egallaydi. Maktabgacha yoshdagi bolaning shaxsini, uning aqliy-axloqiy va irodaviy fazilatlarini shakllantirishning eng samarali vositasi sifatida qaraladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. E.A. Migranova, Sh.X. Poziiova Kasbiy pedagogik faoiiyatga kirish / O'quv qo'llamna. - Toshkent: "Tafakkur bo'stoni", 2018 y. - 200 bet

2. I.V. Grosheva, L.G.Yevstafeva, D.T.Maxmudova, Sh.B.Nabixanova, S.V.Pak, G.E.Djanpeisova "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi T: 2022.

3. F.Qodirova, SH. Toshpo'latova, M.A'zamova. "Maktabgacha pedagogika"-T., "Ma'naviyat". 2019 y.- 688 bet

4. Sh.A. Sodiqova "Maktabgacha pedagogika". "Tafakkur sarchashmalari" T:. 2013 y.- 288 bet.

5. N.M. Qayumova "Maktabgacha pedagogika", "TDPU" nashriyoti T:. 2013 y-184 bet.

6. B.X. Xodjayev. Umumiy pedagogika. Darslik. - T.: "Sano-standart", 2017 y. -434 bet.

7. S.M. Raxmonova DIDACTIC POSSIBILITIES OF IMPROVING THE METHODOLOGY FOR PREPARING FUTURE EDUCATORS OF THE PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATION FOR INNOVATIVE PROFESSIONAL ACTIVITIES. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT ISSN: 2792 - 1883 | Volume 2 No. 12 https://literature.academicjournal.io 16.12.2022 y.36-40 bet.

8. S.M. Raxmonova, D.M. Murotovna. Ta'lim jarayonida pedagogning innovatsion kasbiy faoliyati va xususiyatlari. SCIENCE AND EDUCATION. SCIENTIFIC JOURNAL. ISSN 2181-0842 VOLUME 4, ISSUE 5 MAY 2023. https: //drive.google.com/file/d/190Zcnat7oUs SvaN 14XoXW-LO87w895aE/view?usp=sharing. 4.05.2023 y. 862-866 bet

9. S.M. Rakhmonova. System of inclusive education in preschool education development. SCIENCE AND EDUCATION. SCIENTIFIC JOURNAL. ISSN 21810842 VOLUME 4, ISSUE 5 MAY 2023. https: //drive.google.com/file/d/190Zcnat7oUs SvaN 14XoXW-LO87w895aE/view?usp=sharing. 4.05.2023 y. 950-953 bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.