Qobilova A. T. o^qituvchisi
Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti
MAKTABGACHA TA LIM TARBIYACHILARINING BOLALARNI OYIN METODI ORQALIIQTIDORINI RIVOJLANTIRISHDA
PEDAGOGIK ASOSLARI
Annotatsiya: Ma'lumki, bolalarning asosiy vaqti o'yin bilan o'tadi. 0 'yin — maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlanishining muhim vositasi, ularning asosiy faoliyati bo'lib hisoblanadi. 0 'yin jarayonida bola shaxsi faoliyat subyekti sifatida shakllana boshlaydi. Maqolada ham maktabgacha talim tarbiyachilarining bolalarni o^yin metodi orqali iqtidorini rivojlantirishdapedagogik asoslari xususida so^zyuritiladi.
Kalit so^zlar: maktabgacha talim, tarbiyachi, bola, metod, vosita, o^yin.
Qobilova A. T. teacher Pedagogical Institute Karshi State University
PEDAGOGICAL FUNDAMENTALS OF PRESCHOOL EDUCATIONAL TEACHERS IN DEVELOPING THE CAPACITY OF CHILDREN
THROUGH GAME
Annotation: As you know, kids spend most of their time playing. 0 'yin is an important tool for the full development of preschool children, their main activity. In the process of 0 'yin, the child begins to form as a subject of personal activity. The article also discusses the pedagogical basis of preschool education in the development of children's abilities through the method ofplay.
Keywords: preschool education, educator, child, method, tool, game.
Kirish
Bolaning eng sevimli mashg'uloti bu, albatta o'yin. O'yin orqali uning olamiga kirib borib yangi bilimlarni egallashida yordam berish samarali usuldir. Bugun farzandining ko'p savol beril holijoniga qo'ymay, u bilan o'yinlar o'ynashi kerakligini, bunda esa o'sha ota-onaning sira xohishi yo'qligini aytib, ertaga bolasining betga chopar bo'lib ketganini, kattalarning odatlarini o'zlashtirib olayotganidan noliyotganlar ko'p topiladi. To'g'rida, ayrim yosh onalarning telefoniga mukkkasidan ketib termulishga vaqti boru, farzandi bilan aytaylik qizalog'inrng istagi bilan qo'g'irchog'iga koylakchalar tikib "mehmon-mehmon" o ynashiga sira vaqt topilmaydi. Esimda qoshnimiz Nazira hola qizlari bilan doim shu o'yinnni o'ynashar, tugmachani cho'pchaga qadab ko'zini
sochini galtak ipidan tikib qogirchoq yasab berardi. Bugun esa ona tarbiyasini olgan qizlar, biri katta tikuvchi, biri oqituvchi boshqasi esa shifokor. Demakki yoshlikda to g ri tanlangan o yinlar ham farzandlarimizning kelajagiga yo l ochilar ekan. Kop hollarda ona -qiz ortasidagi salbiy munosabatlarni kuzatar ekanmiz unitilib ketayotgan milliy o yinlarimizning kechagi kuni, arosat kochalarda oz yolini topolmay sarson bolayotgan onaqizlarimizning ayanchli taqdiri hamisha soroq ostida qolaveradi. Yoki bolmasa otalarimiz akalarimizga yasab bergan lankalar o rnini qimmatbaho qo l telefonlari egallayotgani ham barchamizni birdek havotirga soladi. Shunday ekan, bugungi kunda uzluksiz ta limning bir bug ini maktabgacha ta lim tarbiyachilari oldida yana bir masuliyatli vazifa oyin metodikasini rivojlantirish, unitilib ketayotgan milliy qadriyatlarimiz o yinlarni tiklash va ommalashtirish biz pedagoglarning ham maqsadidir.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Malumki o'yin - bolalarning yetakchi faoliyati. O'yin bola tarbiyasining muhim vositasi. O'yin uzoq davrlardan beri mashhur olimlar, pedagog-psixologlar, faylasuflar, sotsiologlar, etnograflar va madaniyat arboblari diqqatini o'ziga qaratib kelgan.
Manbalarda yozilishicha mashhur allomalardan Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiylar o'z asarlarida xalqimizga xos bo'lgan farzand tarbiyasi ustida fikr yuritar ekan, xalq pedagogikasini o'rganish davomida tarbiyaviy ishning eng ta'sirchan uslubi — o'yin shaklidan juda keng foydalanilgan. Pedagog olimlaridan P.F. Lesgaft, K.D. Ushinskiy tomonidan o'yin nazariyasi ishlab chiqilgan. 0 'yinning mehnat jarayoni asosida paydo bo'lganligi va uning yosh avlodni mehnat faoliyatiga tayyorlashdagi roli, o 'yin mazmunining bola shaxsini shakllantirishdagi ahamiyatini K.D. Ushinskiy asoslab berdi. Rus olimlari san'atning kelib chiqishini tadqiq qilayotganlarida bolalar o'yinlariga e'tibor qiladilar. Ularning fikricha, kishilik tarixida o'yinlar san'at kabi, mehnat paydo bo'lgandan so'ng va uning asosida vujudga kelgan. Jamiyat hayotida mehnat jarayonida bolalar kattalar mehnatiga taqlid qilish orqali o'ynaydilar, xuddi shu o'yin keyinchalik bolalarni mehnat faoliyatiga tayyorlashda muhim bosqich bo'lib hisoblanadi. P.F. Lesgaft «Bola dastlabki o'yinida tevarak-atrofdagi voqeahodisalarga taqlid qiladi, o'yin ijtimoiy voqelikni aks ettiradi», deb izohlagan edi. Buyuk psixolog D.V. Elkonin o'yinning kelib chiqishiga oid yangi g'oyani ilgari suradi. Jamiyatning dastlabki taraqqiyotidayoq bolalarning kattalar hayoti va mehnatida ishtirok etishlari, bolalarning mehnat qilishlari uchun qulay o'yinchoq — mehnat qurollari ishlab chiqilgan. 0 'yinchoq-qurollar paydo bo'lishi natijasida rolli o'yinlar paydo bo'ladi. D.V. Elkonin kattalar mehnatida ishtirok etish orqali bolada mehnat qilishga intilish hissini uyg'otish zarurligi g'oyasini ilgari surgan. Maktabgacha pedagogikada o'yin nazariyasi ijtimoiy faoliyat hisoblanib, mehnatning tarixiy rivojlanish jarayonida paydo bo' ladi. Oyin doimo hayotni aks ettiradi. Shuning uchun uning mazmuni ijtimoiy voqelikda o'zgarib turadi.
O yin — maqsadga qaratilgan o'ylangan jarayondir. O yin jarayoni asosida o'quv faoliyati rivojlanadi. Bola yoshligida qancha ko'p o'ynasa, bu maktabda yaxshi o'qishiga va keyinchalik mehnat faoliyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Oyin nazariyasining asosiy masalalari О 'yinning mohiyati va 0'ziga xos xususiyatlari. O yin — buyumli predmetli va ijtimoiy voqelikda harakat qilish va uni anglashga yo'naltirilgan jarayondir. U o'zining kelib chiqish, yo'nalish va mazmuniga ko'ra ijtimoiy voqelik hisoblanadi. O'yin, bu — bola faoliyatining yorqin turi. Unda maqsadning mavjudligi, sabablar, amalga oshirish vositalarining rejali harakatlari, natijaning mavjudligi uning o'ziga xosligidir. Xususiyatlarning orasida sabablarning o'ziga xosligi asosiy hisoblanadi. О'ут jarayonida bolaning psixik bilish jarayoni, irodasi, hissiyoti, ehtiyoji va qiziqishlari, ta'sirchanligi — uning butun shaxsiyati shakllanadi. Bola o'yinda o'zining bevosita ehtiyoj va qiziqishlaridan kelib chiqadi. Bolalarning o'yinlari o'zining rang-barangligi bilan ajralib turadi. О 'yin o'z mazmuni va tashkil etilishi, bolalarga ta'sir ko'rsatish darajasi, buyumlarning turlari hamda kelib chiqishiga ko'ra ijodiy va qoidali o'yinlarga bo'linadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
O yinlarning ichida bolaning iqtidorini gavdalantiradigai bu - Ijodiy o'yinlardir. Ular bolalarning mustaqil, ijodiy, o'zlari o'ylab chiqqan o'yin hisoblanadi. Bunda bolalar o'z taassurotlari, borliq hayotdagi tushunchalari va unga bo'lgan o'z munosabatlarini aks ettiradi.
Ijodiy o'yinlar quyidagi turkumlarga bo'linadi:
• sujetli-rolli;
• dramalashtirilgan;
• qurilish;
• tabiat materiallari bilan o'ynaladigan o'yinlar.
Ijodiy o'yinlar boshqa tur o'yinlardan quyidagi xususiyatlari bilan ajralib
turadi:
• О 'yin mazmunining o'ziga xosligi.
• Rollarning mavjudligi.
• Xayoliy vaziyatning mavjudligi.
О 'yin mazmunining o'ziga xosligi uning eng muhim xususiyatlaridan biridir. Ijodiy o'yinlar sujetlari va mazmunining rang-barangligi, ularni tavsiflash zaruratini keltirib chiqaradi. Sujet o'yin faoliyati tizimida asosiy komponent sifatida o'z ichiga personajni, hayotiy vaziyatni, harakat va personajlar munosabatini oladi. Ijodiy o'yinlarda xayoliy vaziyatning mavjud bo'lishi bolaning tafakkurini o'stirib, sujet va rollar o'yin mazmunini takomillashtiradi. Ijodiy sujetli-rolli o 'yinlarning o'ziga xos sabablari mavjuddir. Buning eng asosiy sababi — bolalarning kattalar bilan birgalikda ijtimoiy hayot kechirishga intilishidir. Bu sabablar bolaning yoshiga qarab, o'yin mazmuniga qarab o'zgarib boradi. Kichik yoshdagi bolalarda asosiy sabab buyumlar bilan bajariladigan qiziqarli harakatlar bo'Isa, bola katta bo'lgan sari o'yindagi kattalar harakatlarini va munosabatlarini qayta aks ettirish asosiy
sabab bo'lib xizmat qiladi. Shunga ko'ra, o'yinlarni sujeti, mazmuniga ko'ra uch guruhga bo'lish mumkin: 1. Maishiy o'yinlar (oila, bolalar bog'chasi va boshqa voqelikni aks ettiradigan). 2. Mehnat mavzuyidagi o'yinlar (oila va kattalar mehnatida ishtirok etish, o'z-o'ziga xizmat va boshq.). 3. Ijtimoiy mavzudagi o'yinlar. Bolalar rollarni tanlab o'ynaydilar. Sujetli-rolli o'yinlarda xattiharakatlarni, qoidalarni egallash asosida, rolda mujassamlash59 tirilgan axloqiy qoidalar ham o'zlashtiriladi. 0 'yinda kishilar turmushiga, ishlariga, jamiyatdagi xulq-atvor me'yor va qoidalariga ijobiy munosabat shakllantiriladi. Xuddi shu jarayonda o'yin muomala madaniyatini shakllantirish vositasi sifatida ham yuzaga keladi. Bola kundalik hayotda kuzatgan buyumlar bilan bajariladigan harakatlarga taqlid qiladi (gazeta o'qiydi, yer chopadi, kir yuvadi), bularning hammasi sujetli-rolli o'yin uchun sharoit yaratadi. 60 Uch yoshga qadam qo'ygan bolalar bilan suhbatlar, kuzatishlar o'tkazish, ularga hikoya va ertaklar o'qib berish, maslahat berish orqali o'yjnlarga qiziqtirish kerak. Manbalarda yozilishich, o'yinda bolalarni katta ish-harakatning faqat tashqi tomonigagina taqlid qildirmay, balki ularni odamlaming, mehnatga boigan munosabatlariga ham taqlid qildirish, bolalarda ahillik bilan o'ynay olish, rollarni taqsimlay bilish, ko'zlangan maqsadga erisha olish, ko'nikmalarini tarbiyalash, tortinchoq va uyatchan bolalarga loyiq rollarni taklif qilib, ularning o'yinga qo'shilishiga yordam berish kerak. Bolalarda xayol tasavvurlarini o'stirish ularda mustaqil biron yangi o'yinni ijod etish, bu o'yinga kerakli narsalarni tanlash, binolar qurish, ba'zi o'yinchoqlarni o'z qoli bilan yasash, badiiy mashg'ulotlarda orttirgan malakalarini o'yinda qo'llash, qo'shiqlar aytish, she'r o'qish, chizgan rasmlaridan va yasagan narsalaridan foydalanish istagini uyg'otadi. Undan tashqari, sahnalashtirish o'yinlarining o'ziga xos xususiyatlari. Sahnalashtirish o'yinlari, bu bolalarning mustaqil ijodiy o'yin turi bo£lib, unda badiiy asar va hikoyalar bolalar tomonidan rollarga bo'lib ijro etiladi. Bu o'yinlar bolalarda iroda, intizom va o'z xatti-harakatlarini boshqara olish, boshqalarning harakatlari bilan hisoblashish kabi ijobiy ma'naviy xislatlarni shakllantiradi. Sahnalashtirish o'yinlarida bolalar o'yin jarayoniga kirib boradilar, voqea va ertak qahramonlarining ichki hayotiga bevosita aloqador bo'lgan qahramonlik, jasurlik, mehribonlik, jonbozlik, jonkuyarlik kabi ijobiy fazilatlarni o'zlarida yaqqol namoyon qiladilar. Bu jarayonda bolalarning nutq faolligi, lug'at boyligi, dunyoqarashi kengayib boradi. Sahnalashtirish uchun badiiy asar, ertaklar tanlash katta yoshdagilardan bolalarning yosh xususiyatlari, qiziqishlari, istaklarini hisobga olishni talab etadi. Adabiy asarlami tanlashda quyidagi talablar qo 'yiladi: 1. Mazmunining g'oyaviy-ma'naviy barkamolligi. 2. Badiiy jihatdan mazmundorligi. 3. Asardagi qatnashchi va rollarning soni (qancha ko'p bo'lsa, asar shuncha ahamiyatlidir). 4. Mazmuni yaxshi bo'lishi bilan birga, unda harakat turlarining ham ko'p bo'lishi. 5. Ifodali o'qishga mos bo'lishi. 6. Mazmuni qiziqarli, hayot bilan bog'langan bo'lmog'i. Bolalar xalq ertaklarini sahnalashtirishni yaxshi ko'radilar. Masalan, «Sholg'om», «Zumrad va Qimmat», «Bo'g'irsoq» va
boshqalar. Bolalar boshqa xalq ertaklarini ham turli usullarda qo' g'irchoq, soya, stol teatri orqali sahnalashtirishga ehtiyoj sezadilar. Badiiy asarni eslab qolishlari uchun uni qayta o'qib berish, sahna ko'rsatish, rasmlar namoyish etish, didaktik o'yinlardan foydalaniladi.
Xulosa
Shuni alohida ta'kidlash kerakki o'yinlarda qadriyatlarimiz ham namoyon bo'lishi lozim. Zero bolalarda vatanga bo'lgan muhabbat, sadoqat, kattalarga hurmat, saxovat tushunchalari ham milliy o'yinlarimiz orqali singdiriladi. Masalan, xalqimizga xos ermak va ovutmachoq o'yinlari bilan, asosan, bolaning ilk yosh davridan boshlab shug'ullanishiga yordam beradi. Bu o'yinlar asosan kattalaming bevosita rahbarligida harakat va so'zlarning uyg'unlashuvi bilan o'ynatiladi. Masalan, «Barmoqlar», «Sichqon-sichqon» o 'yinlari orqali bolalarda xushchaqchaqlik kayfiyatlari hosil qilinib tasavvurlari o'sib boradi. Xalqimizda «Bolaning ilonni changallaydigan davri» degan ibora ham uning o'yindagi holatidan kelib chiqib aytilgan. Bu davrda bola hali qo'rqish hissini bilmaydigan ya'ni yaxshi-yomonni ajrata olmaydigan bo'ladi. Pedagogning mahorati esa dastro'moldan sichqoncha yasay olishidir. Bog'cha opasi qo'li bilan yasalgan san'at asari uning harakatlanishidan bola zavqqa to'ladi, yayraydi. «Ermak o'yinlardan «Oymoma», «Bog'ga kirsam maylimi», «Alla», «Aji-aji», «Boylandi», «Chapakka-xo-chapakka» orqali bolalarni muloqotga o'rgatib boriladi. Bu jarayonda bolalarning eshitish, ko'rish, sezish, his qila olish kabi sensor qobiliyatlari faollashadi. Bolalarning nutq faolligini o'stirish maqsadida aytishma o'yinlaridan keng foydalaniladi. Bunday o'yinlarga «Boylandi», «Xolam keldi», «Mundi-mundi», «Bulbulim-bulbulim», «Ko'z boylog'ich», «Oq sholi, ko'k sholi», «Ada hormang»lar kiradi. Yana, xalqimizda azal-azaldan o'ynab kelinadigan so'z o'yinlaridan «Yarashtirgich»lar hali-hanuzgacha bolalar orasida «tinchlik — yarashuv» timsoli sifatida qo'llaniladi.
Xullas, o'yinlar orqali yosh avlod qalbiga kirib borar ekanmiz uning nozik qalbiga hozirdan zarar yetkazmay o'z mehrimizni shunday namoyon qilaylikki, kelajakda ulardan yetuk shaxslar, olimu fuzalolar yetishib chiqsin.
Adabiyotlar ro'yxati:
1. Norbosheva, M. Rivojlantiruvchi erkin faoliyat markazlarini tashkil etish va uning ahamiyati. O 'zbekiston respublikasi oliy va o 'rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti,
2. "Ilm yo'li" variativ dasturi. Toshkent "Sano-standart" 2О2О yil. 13, 15-bet.
3. Maktabgacha pedagogika f. r. Qodirova, Sh. Q. Toshpo'latova, N.M. Kayumova, M. N. A'zamova "Tafakkur" Nashriyoti Toshkent - 2019
4. Maktabgacha pedagogika Berdiyeva M.M.
5. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi P.Yusupova Toshkent "O'qituvchi" 1993 yil